O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti



Download 7,49 Mb.
bet3/23
Sana10.07.2022
Hajmi7,49 Mb.
#771242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2диплом иши Азиза 08.06.2022

I BOB. ASOSIY QISM:

    1. Farmatsevtika sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Farmonlari, qarorlari va boshqa meyoriy huquqiy hujjatlar

Hozirgi vaqtda Oʼzbekiston Respublikasida 112 tur dorivor oʼsimliklardan tabobatda foydalanishga rasmiy ruxsat berilgan boʼlib, ushbu dorivor oʼsimliklarning 80 % ini tabiiy holda oʼsuvchi oʼsimliklar tashkil etadi. Oʼzbekistonda oʼsimliklar dunyosi tur tarkibining xilma-xilligini saqlab qolish maqsadida davlatimiz tomonidan bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan: 2002 yil 9 dekabrda “Tabiatning muhofazasi toʼgʼrisida”, 2003 yil 7 mayda “Oʼta muhim qoʼriqlanadigan tabiiy hududlar toʼgʼrisida”, 2007 yil 26 dekabrda “Oʼsimliklar dunyosidan foydalanish va ularning muhofazasi toʼgʼrisida”gi Qonunlar; 2004 yil 20 oktyabrda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 290-sonli “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib taomillaridan oʼtish toʼgʼrisida”gi Qarori shular jumlasidandir. Oxirgi yillar davomida farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning arzonligi va erkin muomalasini taminlashga qaratilgan o‘ndan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʼgʼrisida” Oʼzbekiston Respublikasi qonuni 5 yanvarь 2016 yil qabul qilingan.
Farmatsevtika tarmog‘ining davlat boshqaruvi tizimi qayta ko‘rib chiqildi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”(14.02.2018 yildagi PQ-3532-son), Oʼzbekiston Kespublikasi Prezidentining qarori “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» (06/05/2019 PQ-4310), “Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada rivojlantirish (23/01/2018 PQ-3489).
Bundan tashqari, 2020 yil 10 aprelda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yovvoyi holda oʼsuvchi dorivor oʼsimliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” qabul qilingan. PQ-4670-sonli Qarori dorivor oʼsimliklar muhofazasini kuchaytirish, plantatsiyalar tashkil etish orqali qoʼshimcha qiymat zanjirini yaratish, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalashga qaratilgandir. Shifobaxsh oʼsimliklarning tabiiy zaxiralarini himoya qilish va ulardan oqilona foydalanishning oʼsimliklarni tabiiy oʼsish joyidan qayta ishlash joyiga, yaʼni fitopreparatlarni, joyiga oʼtkazish bosqichidir. Аvvalo, oʼsimliklarni toʼgʼri yigʼish va quritishga taaluqlidir. Xom – ashyoni yigʼishda nafaqat turlarning tarqalishi, zaxiralari va mahsuldorligi, balki oʼrim-yigʼimdan keyin oʼsimliklarning tabiiy holatini tiklash qobiliyatini ham bilish kerak. Ushbu xususiyatlar toʼgʼrisida maʼlumotlarning yetishmasligi va eng muhimi, yigʼim-terim ishlarining yomon tashkil etilishi, koʼpincha bir necha yillik ishdan soʼng, avvalgi dorivor oʼsimliklar oʼsadigan xududlar sezilarli yoki toʼliq qurib ketishiga olib keladi. Bu muammolarni tizimli hal qilish qarorda oʼz aksini topgan.
Fundamental fanning yutuqlariga asoslanib shifobaxsh oʼsimliklarni oqilona kompleks chuqur qayta ishlash texnologiyasi iqtisodiy samaradorlikni oshirish tizimlaridan biridir. Baʼzida bir dorivor preparatni oʼsimlikdan ajratib olinib, qolganlari behudaga ketadi. Olimlar iqtisodiy jihatdan tejamkor texnologiyalarga tayanib, dorivor xom-ashyoni chuqur va keng qamrovli qayta ishlash usullarini ishlab chiqishga intilmoqdalar. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 10 aprelda qabul qilingan “Yovvoyi holda oʼsuvchi dorivor oʼsimliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaror shu muammolarni tizimli ravishda yechish imkoniyatini beradi.
Shu bilan birga ushbu qaror ijrosi kelgusida taʼlim, ilm-fan va ishlab chikarishni integratsiyasida katta yul ochib berishini koʼrsatmoqda, chunki tibbiyot sohasida malakali mutaxassislarni yetkazish borasida prezidentimizni kuni kecha respublikamizdagi tibbiyot kollejlarini Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumlarga aylantirish borasida hamda xalq tabobatini yanada rivojlantirish toʼgʼrisidagi qarorlari chiqdi.
Bularning barchasi zamonaviy tibbiyotda va xalq tabobati sohasida malakali kadrlarni tarbiyalashda hamda mahalliy oʼsimliklarni chuqur qayta ishlab, xalqimiz sogʼligi uchun zarur dori vositalarni olishning ilmiy asosini yaratishda va olingan ilmiy tajribalarni farmatsevtik erkin iqtisodiy zonalarga transfer qilishda oʼz aksini topadi, albatta.
Qabul qilingan qaror mamlakatimizning qimmatli dorivor oʼsimliklarini himoya qilish va ulardan foydalanish bilan bogʼliq ilm-fan, biznes, xalq tabobati udumlari, farmatsevtika ishlab chiqarish imkoniyatlarini tartibga keltiradi.
Respublika hududlarida dorivor oʼsimliklarni yetishtirish va qayta ishlashga doir ilmiy tadqiqotlarning yagona bazasini yaratish, xorijiy davlatlarning ilgʼor ilmiy ishlanmalarini oʼrganib borish, yetakchi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik oʼrnatish hamda zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalarni respublikaga joriy etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni kuchaytirish maqsadida 26.11.2020 yilda qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori “Dorivor oʼsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urugʼchiligini yoʼlga qoʼyishni rivojlantirish boʼyicha ilmiy tadqiqotlar koʼlamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”(Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 26.11.2020 y.n PQ-4901)
Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan taminlashni yanada yaxshilash, farmatsevtika tarmog‘iga ilg‘or ilmiy-texnika yutuqlari va innovatsiyalarni joriy etish orqali tarmoqda ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshirish, ichki bozorni taminlash darajasini natural hajmda 80 foizga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2022 — 2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.01.2022 yildagi PF-55-son). Dorivor oʼsimliklar yetishtirish va qayta ishlashni yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yovvoyi holda oʼsuvchi dorivor oʼsimliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilindi.
Keyingi yillarda respublikada aholini dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnika (keyingi o‘rinlarda — farmatsevtika mahsulotlari) bilan taminlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, mahalliy farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Shu bilan birga, ishlab chiqarish quvvatlari yetarli darajada emasligi hamda mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining tor assortimenti ichki bozor ehtiyojlarini qondirmayapti va importga haddan tashqari bog‘lanib qolishga sabab bo‘lmoqda.
Mahalliy korxonalarda xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha ishlarning sust tashkillashtirilishi tashqi bozorlarda raqobatbardosh farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini va tarmoqning eksport salohiyatini cheklamoqda.
Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni hamda yetakchi xorijiy kompaniyalarni investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish, innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini yaratishni rag‘batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish hajmlari va eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida “2019—2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” ( O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.04.2019 yildagi PF-5707-son)
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Oʼzbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida 2019 — 2025 yillarda Oʼzbekiston Respublikasining sogʼliqni saqlash tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi va 2019—2022 yillarda yuqumli boʼlmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sogʼlom turmush tarzini qoʼllab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish kontseptsiyasi doirasida tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va undan barchaning foydalana olish imkoniyatini taʼminlash, tibbiyot ilm-fanining zamonaviy yutuqlari va texnologiyalarini joriy etish, aholi sogʼlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda(10.04.2020 PQ-4668).
Аholi salomatligini taʼminlash, tibbiy-sanitar yordam koʼrsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati muhim oʼrin tutadi. Oʼtgan davr ichida koʼrilgan chora-tadbirlar natijasida xalq tabiblari tomonidan xizmatlar koʼrsatish sohasida huquqiy baza shakllantirildi, Oʼzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi tashkil etildi, xalq tabobatining usullari va yutuqlarini samarali va xavfsiz tarzda qoʼllash uchun birinchi navbatdagi shart-sharoitlar yaratildi, uni rivojlantirishning asosiy maqsadlari va yoʼnalishlari belgilab berildi.
Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlar tahlili xalq tabobati xizmatlarini koʼrsatishni, uning usullari samaradorligini baholash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, xalq tabobatini zamonaviy sogʼliqni saqlash tizimiga izchil integratsiyalash, ushbu yoʼnalishda mutaxassislar va boshqa tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish zarurati mavjudligidan dalolat bermoqda.



Download 7,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish