O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti



Download 7,49 Mb.
bet7/23
Sana10.07.2022
Hajmi7,49 Mb.
#771242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
2диплом иши Азиза 08.06.2022

I BOB BO‘YICHA XULOSA

Ushbu bobda adabiyotlar sharxi keltirilgan bo’lib o’simliklar bo’yicha ma’lumotlar o’rganib chiqildi. Bunda quyidagi bo’limlarda sohaga oid ma’lumotlar keltirilgan:xalqaro farmakopeyalarida nastoyka va ekstraktlar sifatiga qo‘yilgan talablar va ularning tahlili, Suyuq ekstraktlarning istiqbolli dori shaklidir: xususiyatlari, sifat nazorati bo’yicha zamonaviy yondashuvlar, Gentiana Olivieri Griseb Suyuq ekstraktlarning standartizatsiyasi va tibbiyotda qo‘llanilishi. Adabiyotlardagi ma’lumotlar va Gentiana Olivieri Griseb Suyuq ekstraktning biofaol moddalarini o’rganish natijalari standartizatsiyasi ko’p bosqichli miqdoriy tahlil usulidan iboratligini ko’rsatdi. Shuning uchun Gentiana Olivieri Griseb Suyuq ekstraktning miqdoriy tahlil usulini soddaroq va qulay usul bo’yicha ishlab chiqishni maqsad qilib oldik.



  1. BOB. TAJRIBA QISMI

2.1. Gentiana Olivieri Griseb o‘simligining er ustki qismidan suyuq ekstrakt olishning eng optimal usulini tanlash
Ma’lumki, mahsulotning maydalanganlik darajasi, ekstrakt tarkibiga biologik faol moddalarning qay darajada ajralib chiqishini belgilaydi. Shuning uchun barg va gulni optimal kattaligini aniqlash maqsadida, uni turli o‘lchamlarda 2-3 mm, 4-6 mm, 7-8 mm kattalikda maydalangan xolda o‘rganildi. Xomashyo tarkibidagi ta’sir qiluvchi moddalarning eruvchanligini inobatga olgan holda, ekstragent tanlashda turli quvvatli -40%, 60% va 70% li etil spirtidan foydalanildi. Quruq ekstraktlar olish jarayonini bir necha usulda perkolatsiya va reperkolyatsiya usullarida olib borildi. Natijalarga ko‘ra Gentiana olivieri Griseb L bargi va gulining eng optimal maydalik darajasi 2-3 mm ni tashkil qildi. Bunda etil spirtining optimal quvvati 70% ni tashkil qildi. Shuningdek, ekstragent va xom ashyoning o‘zaro nisbatini aniqlash bo‘yicha ham tajribalar olib borildi. Bunda ularning 1:5, 1:10, 1:20, 1:30 nisbatlari o‘rganildi. Bunda olingan natijalar bo‘yicha eng mo‘tadil nisbat-1:10 ni tashkil qildi. Tadqiqotlar davomida Gentiana olivieri Griseb L o‘simligini bargi va gulidan suyuq ekstraktlar olish uchun optimal usul-perkolyatsiya usuli tanlandi. Gentiana olivieri Griseb L o‘simligini bargi va guli alohida 1 kg miqdordan 2-3 mm kattalikda maydalangan bargi va gulini olib, alohida perkolyatorlarga joylashtirildi. Uning ustiga “oynasimon yuza” qatlami hosil bo‘lguncha 70% li etil spirti quyilib, 24 soatga qoldirildi. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tganidan so‘ng, ajratma quyib olindi. Bunda uning hajmi 1600 ml ni tashkil qildi. Olingan ajratmalar yot moddalardan tozalash uchun filtrlandi.
Suyuq ekstraktlar oʻsimlik xom ashyolaridan olinadigan spirtli ajratmalardir. Ajratuvchi sifatida faqat har xil quvvatga ega boʻlgan etil spirti ishlatiladi. Suyuq ekstraktlar 1:1 nisbatda tayyorlanadi, ya’ni bir ogʻirlik qismi ta’sir etuvchi moddasi kuchli boʻlmagan xom ashyodan bir hajmiy qism ekstrakt olinadi. Suyuq ekstraktlarni olish quyidagi tayyorlash bosqichlaridan iborat: xom ashyo va ajratuvchini tayyorlash, ajratma olish, yot moddalardan tozalash, baholash va qadoqlash.Sanoatda oʻsimlik xom ashyosi 1-8 mm kattatikda maydalanadi. Ajratuvchi maxsus oʻlchov asbobdarida tayyorlanadi. Ajratma rasmiy hisoblangan perkolyatsiya, reperkolyatsiya, quruq ekstraktlarni eritish va norasmiy — VNIIF, girdob (vixr) va aylanma matseratsiyadan soʻng xom ashyoni siqish usullarida olinadi. Ajratmani begona moddalardan tozalash uchun bir necha kun davomida 10°C dan yuqori boʻlmagan haroratda tindiriladi va suziladi. Suyuq ekstrakt tashqi koʻrinishi, ta’sir etuvchi modda miqdori va son koʻrsatgichi boʻyicha baholanadi. Suyuq ekstrakt hidi, mazasi, rangi olingan xom ashyoga xos boʻlishi kerak. Ta’sir etuvchi modda miqdori kimyoviy yoki preparatning biologik faolligini aniklash usullarida olib boriladi. Agar suyuq ekstraktda ta’sir etuvchi modda belgilangan miqdordan ortiq boʻlsa, shu preparatni olishda ishlatilgan ajratuvchi bilan suyultiriladi. Son koʻrsatgichlaridan suyuq ekstrakt tarkibidagi spirt foiz miqdori yoki zichlik (spirt miqdori aniqlanmagan taqdirda), quruq qoldiq va ogʻir metallar aniqlanadi. Suyuq ekstraktlardagi spirt quvvati rasmiy hisoblangan haydash yoki norasmiy refraktometrik usulda aniqlanadi.
Suyuq ekstraktlardagi spirt quvvatini haydash (distillyatsion) usulida aniqlash uchun hajmi 200-250 ml li yassi shaklli kolbaga aniq oʻlchab olingan miqdorda suyuq ekstrakt solinadi. Olinishi lozim boʻlgan suyuq ekstraktning miqdori (preparat) u qanday quvvatga ega boʻlgan spirtdan tayyorlanganligiga bogʻliq. Agar ekstrakt tarkibida 20% gacha spirt boʻlsa 75 ml, 20% dan 50% gacha-50 ml, 50% va undan ortiq boʻlsa — 25 ml olinadi.Oxirgi ikki holda preparatga 75 ml ga yetguncha suv qoʻshiladi.Idishdagi ekstraktning bir me’yorda qaynashini ta’minlash maqsadida unga chinni yoki shisha naycha boʻlakchalari solinadi. Ekstrakt qaynaganda koʻpirsa, unga 2-3 ml fosfor yoki sulfat kislota, 2-Zg kalsiy xlorid, parafin yoki mum qoʻshiladi. Ekstrakt solingan idishning ogʻzini mahkamlab, shisha naylar yordamida sovutgich va haydalgan spirt yigʻiladigan idish bilan ulanadi. Haydalgan spirt yigʻiladigan idish sifatida 50 ml li oʻlchov kolbasi ishlatiladi. Oʻlchov kolbani sovuq suv solingan idishga botirib qoʻyiladi. Soʻngra preparat solingan idish toshpaxtali toʻr (asbestovaya setka) ustiga qoʻyib qizdiriladi. Bunda preparatdagi spirt va suv bugʻ holida sovitgichga oʻtib, suyuqlikka aylanadi va oʻlchov kolbasida 48 ml boʻlguncha yigʻiladi (18-rasm).

18-rasm. Spirt quvvatini haydash usulida aniqlash asbobi. 1-kolba: 2-sovutgich; 3-yigʻgich oʻlchov kolbasi.
Olingan suyuqlikning harorati tekshiriladi, agar kerak boʻlsa 20° ga yetkaziladi va 50 ml ga yetguncha suv quyiladi. Keyin haydab olingan suyuqlik zichligi piknometr yordamida aniqlanadi va ХI DF dagi birinchi alkogolemetrik jadvaldan spirtning hajmiy foiz miqdori topiladi.Masalan, agar preparatda efir moyi boʻlsa, uni teng hajmda olingan toʻyingan natriy xlorid va petroleyn efiri aralashmasi bilan chayqatiladi. Agar ekstraktda uchuvchi kislotalar boʻlsa, ishqor eritmasi bilan neytrallanadi, uchuvchi asoslar boʻlsa fosfor yoki sulfat kislota bilan ishlov berilib soʻngra haydatadi.
Suyuqlikning zichligini piknometr yordamida aniqlash.
Toza, quruq piknometr 0,0002 g aniqlikda tortib olinib, belgisigacha tozalangan suv quyiladi. Qopqogʻini berkitib 20 daqiqa 20°C li termostatda saqlanadi. Soʻng piknometrni termostatdan olib, analitik tarozida 10 daqiqa qoldiriladi va 0,0002 g aniqlik bilan tortiladi. Keyin piknometrdagi suv toʻkib tashlanadi, spirt va efir aralashmasi bilan chayiladi. Piknometrdagi efir qoldigʻi havo puflash bilan yoʻqotiladi. Quritilgan piknometr tekshirilayotgan suyuqlik bilan belgisigacha toʻldiriladi va suv bilan bajarilgan jarayon takrorlanadi.
Quruq qoldiqni aniqlash:
Tindirmalardan farqi qoldiq 102,5±2,5°C da 3 soat quritiladi.
Og’ir metallarni aniqlashda:
Aniqlash 1 ml suyuq ekstraktda olib boriladi. Ogʻir metallarni tindirmalar mavzusida koʻrsatib oʻtilganidek aniqlanadi. Suyuq ekstraktlardagi ogʻir metallarning mikdori 0,01 % dan oshmaslish kerak.Saqlanishi. Suyuq ekstraktlar zich berkitilgan idishlarda 12— 15°S da qorongʻi joyda saqlanadi. Saqlash jarayonida choʻkma hosil boʻlishi mumkin. Bunday hollarda suyuq ekstrakt suziladi va tekshirib koʻriladi. Ekstrakt davlat farmakopeyasi talablariga javob bersa, ishlatish mumkin. Suyuq ekstraktlar tomchilab ishlatiladi. Ular har xil suyuq dorilar tarknbida boʻlishi mumkin.



Download 7,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish