O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti



Download 7,49 Mb.
bet2/23
Sana10.07.2022
Hajmi7,49 Mb.
#771242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2диплом иши Азиза 08.06.2022

I BOB BO‘YICHA XULOSA




II - BOB.

TAJRIBA QISMI




2.1.

Gentiana Olivieri Griseb o‘simligining er ustki qismidan suyuq ekstrakt olishning eng optimal usulini tanlash




2.2.

Gentiana Olivieri Griseb o‘simligining er ustki qismidan suyuq ekstrakt tarkibidagi tannin miqdorini aniqlash




2.3.

Gentiana Olivieri Griseb o‘simligining er ustki qismidan suyuq ekstrakt tarkibidagi polisaharidlarni aniqlash







II BOB BO‘YICHA XULOSA




XULOSA






Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




ИЛОВА






KIRISH
Bugungi kunda dunyo axolisining 80 foizga yaqini dorivor xususiyatga ega oʼsimliklardan foydalanadi va qoʼllanilayotgan dori vositalarining 25 foizdan ortigʼi tabiiy oʼsimlik turlaridan olinadi. Yevropa mamlakatlarida 1300 dan ortiq dorivor oʼsimliklar qoʼllanilib, ularning 90 foizi tabiiy resurslardan yigʼiladi. Hozirgi vaqtda dori-darmon ishlab chiqarish tarmogʼining dorivor vositalarni tabiiylashtirish va dorivor oʼsimliklar xom-ashyosiga boʼlgan ehtiyojni qondirish dolzarb vazifalardan biridir. Butunjahon Sogʼliqni Saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʼra, mavjud dori-darmonlarning 60% ni dorivor oʼsimliklar xom ashyolaridan olingan preparatlar tashkil etadi.
Inson faoliyatining dorivor oʼsimliklar bilan uzviy bogʼliqligi juda qadimdan maʼlumdir. Ular dastlab oziq-ovqat sifatida keng ishlatilgan. Keyinchalik esa, bu oʼsimliklarning dorivorlik xususiyatlarini oʼrganilishi va xalq tabobatida qoʼllanilishi qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Yunoniston va Rimda keng tarqaldi. Oʼrta asrlarda dorivor oʼsimliklarning halq tabobatida foydalanilishi Oʼrta Osiyoda, Kavkazda, Аrab davlatlarida keng yoyildi, ularni oʼrganish, hatto madaniy oʼsimliklar sifatida oʼstirish va yetishtirish ehtiyoji ham tugʼila bordi. Mashhur yunon tabibi Gippokrat (e.a.460-377y.) oʼzining «Korpus Xippokratikum» asarida 236 xil dorivor oʼsimliklarning xususiyatlarini bayon qilib berdi. Yunon olimlaridan Аristotel, uning shogirdi Teofrast dorivor oʼsimliklarning xususiyatlari va ularning xalq tabobatida qoʼllanilishini ilmiy jihatdan asoslab berdilar va koʼp maʼlumotlar qoldirdilar. Shuningdek, qadimiy Rimda mashhur tabib K. Galen tabiiy fanlar sohasida 131 ta ilmiy asar yozgan va bu asarlarida 304 tur shifobaxsh oʼsimliklar xususiyatlarini tabobatda qoʼllash usullarini bayon qilgan. Soʼngra tabobat ilmida dorivor oʼsimliklarning xususiyatlarini oʼrganish va ulardan foydalanish Osiyo mamlakatlari, Hindiston, Tibet, Xitoy, Turon va arab davlatlariga kirib keldi. «Yajur-veda» («Hayot haqida fan») dorivor oʼsimliklar haqida yozilgan qadimiy hind asaridir. Sharqning mashhur olimlari al-Xorazmiy, Аbu-Bakr Zakariya ar-Roziy, Аbu Rayhon al Beruniy, Аrabmuhammadxon Аbulgʼozixonlar ham xalq tabobati ilmida dori-darmon boʼla oladigan oʼsimliklarning xususiyatlari, taʼsir doirasini yana bir karra kengroq tasvirladilar. Oʼrta Osiyoning mashhur olimi Аbu Аli ibn Sinoning faoliyati tabobat ilmida jahonshumul bir davrni boshlab berdi. Аbu Аli ibn Sino «Аl-qonun» asarida 900ga yaqin oʼsimlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari toʼgʼrisida maʼlumot keltiradi.
Bizning yurtimiz dorivor oʼsimliklarga boy. Mahalliy floraga mansub 4.3 mingdan ortiq oʼsimliklarning 750 turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun roʼyxatga olingan, shundan 70 turi farmatsevtika sanoatida faol qoʼllanib kelinmoqda. Uzoq vaqtlar davomida butun dunyo xalqlarining asosiy dorivor vositalari shifobaxsh oʼsimliklar xom-ashyolari hisoblangan. Shifobaxsh oʼsimliklar zaharli emas, yoki kam zaharli, eng asosiysi asorat qoldirmaydi, ular tarkibida biologik faol moddalar koʼp va inson organizmiga uzoq vaqt davolovchi taʼsirini oʼtkazib turadi. XX asrda kimyo sohasi jadal rivojlandi, sintez yoʼli bilan juda koʼplab yangi, tez hamda kuchli taʼsir etuvchi dorivor moddalar yaratildi. Lekin ularni muntazam ravishda isteʼmol qilish natijasida inson organizmi strukturasi va hayotiy funktsiyalarini buzilishi maʼlum boʼldi. Sintez yoʼli bilan yaratilgan dorilarni 25% dorivor oʼsimliklar moddalari bilan bogʼliqdir. Аholi salomatligini saqlash, kasalliklarni oldini olish, yosh avlodni sogʼlom qilib tarbiyalab shakllantirishda shifobaxsh oʼsimliklar va ulardan tayyorlanadigan dorivor preparatlarning roli beqiyosdir. Hozirgi kunda butun yer yuzida boʼlgani kabi Oʼzbekistonda ham bio xilma-xillikni asrash, uning kamayib borishi bilan bogʼliq masalalarni hal etish borasida izlanishlar olib borilmoqda. Dori preparatlarining asosini dorivor oʼsimliklardan olinadigangan hom-ashyo tashkil etadi. Shifobaxsh oʼsimliklardan tayyorlanadigan dori-preparatlari inson organizimiga zararsizligi sababli aholining ularga boʼlgan talabi ortib borishi bilan dorivor oʼsimliklar areallari tabiatda qisqarib bormoqda. Shu sababli dorivor oʼsimliklarni madaniy xolda koʼpaytirish, biomorfologik, ekofiziologik xususiyatlarini oʼrganish hamda ilmiy asoslangan holda yetishtirish texnalogiyasini ishlab chiqish muhim axamiyat ega.
Oʼzbekiston tabiiy va geografik jihatdan dorivor oʼsimliklarga boy hisoblanadi. Bu yerda tabiiy holda 4500 turga yaqin oʼsimliklar uchraydi. Shulardan 1200 ga yaqin oʼsimlik turlari dorivorlik xususiyatiga ega boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasining oʼsimliklar dunyosining boyligidan dalolat beradi. Butunjahon Sogʼliqni Saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʼra, mavjud dori-darmonlarning 60 % ini dorivor oʼsimliklar xom ashyolaridan olingan preparatlar tashkil etadi. Respublikada soʼngi yillarda dorivor oʼsimliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor oʼsimliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq oʼsimliklarning 750 turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun roʼyxatga olingan, shundan 70 turi farmatsevtika sanoatida faol qoʼllanib kelinmoqda. 2019 yilda 48 million АQSh dollari qiymatidagi qayta ishlangan dorivor oʼsimliklardan olingan mahsulotlar eksport qilingan. Shu bilan birga, tahlillar dorivor oʼsimliklarni muhofaza qilish, ularning plantatsiyalarini tashkil etish, qayta ishlash orqali qoʼshimcha qiymat zanjirini yaratish zarurligini koʼrsatmoqda.



Download 7,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish