O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/135
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#625125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
 
105 
5.1.
 
Fan dasturi....................................................................................................................................
 
105 
5.2. 
Fan Ishchi dasturi........................................................................................................................ 
113 
5.3. 
Tarqatma materiallar.................................................................................................................... 128 
5.4. 
Testlar............................................................................................................................................ 131 
5.5. 
Baholash mezoni........................................................................................................................... 146 
VI.
ADABIYOTLAR RO‟YXATI
.................................................................................................... 148 
 
 



I.
 
O`QUV MATERIALLARI 
 
1-MA`RUZA. FARMATSEVTIKA SOHASI, TARIXI, OBYEKTLARI VA 
TERMINOLOGIK TIZIMI 
Ma'ruza rejasi
:
1. Farmatsevtika sohasi tarixi. 
2. O‗zbekistonda sanoat farmatsevtika sohasining rivojlanish istiqbollari 
3. Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 
amalga oshirilayotgan tadbirlar 
4. Dori turlarin ishlab chiqarish tizimidagi boshqaruv organlar. 
5.Farmatsevtika sohasi obyektlari va terminologiyasi. 
Tayanch so`z va iboralar: 
Farmatsevtika, O„ZFARMSANOAT, farmatsiya, farmatsevtik 
korxona

dori shakli. 
Qadimgi tibbiyot adabiyotlariga ko‗ra, davolash muassasalarida dorilarni tayyorlash bo‗yicha 
maxsus laboratoriya (dori- xonalar) mavjud bo‗lganligi azaldan ma‘lum. Ular Qadimgi Misr, Xitoy 
va Hindistonda davolash muassasalarida eramizdan bir necha asr ilgari tahlil ishlarini olib 
borishgan. 
Tarixiy ma‘lumotlarga ko‗ra, birinchi mustaqil davlat tomonidan cheklangan dorixona 754-
yili Bag‗dod shahrida ochilgan. Bunday dorixonalar keyinchalik boshqa davlatlarda ham paydo 
bo‗la boshladi, jumladan, XI asrda Ispaniyaning Kordova va Toledo shaharlarida, XIII—XIV 
asrlarda esa Puza va Tallin shaharlarida bunday dorixonalar ochildi. 
Hozirgi O‗zbekiston hududida va umuman, O‗rta Osiyoda qadimdan tibbiyot muassasalarida, 
dorixona-laboratoriyalarida bemorlar uchun dorilar tayyorlanganligi ma‘lum. Bular to‗g‗risida 
qadimiy qo‗lyozmalarda ma‘lumotlar bor va arxeologik qazilmalar materiallari ham buni to‗liq 
tasdiqlaydi. Alohida ta‘kidlash lozimki, G‗azna (X asr), Samarqand (XI asr), Hirot (XV asr), 
Buxoro (XVII asr) shaharlaridagi shifoxonalarda dorixonalar bo‗lganligi yozib qoldirilgan. O‗z 
davrining taniqli tabiblaridan bo‗lgan Abu Hamid an- Naxshabiy Hirot shifoxonasida ishlab, dori 
moddalarining ta‘sirini chuqur va har tomonlama o‗rgangan. U o‗z ma‘lumotlarini umumlashtirib, 
Abu Rayhon Beruniy bilan mingdan ortiq dorivor o‗simliklar va mineral moddalar xossalarini aks 
ettirgan «Kitob as-Saydana fit tib» kitobini yaratdi. 
1670-yili Buxoro xoni Subhonqulixon «Dor ush-shifo» shifoxonasini qurdirgan. Xonning o‗zi 
tez-tez u yerga kelib, bemor- larni ko‗rgan holda ularga davolashni belgilardi.U yoz paytlarida 
uchraydigan oshqozon-ichak kasalliklarining oldini olish uchun kunjut (kundut) ishlatishni tatbiq 
etdi. Demak, bu yerda laboratoriya yoki dorixona bo‗lgan va dorilar tayyorlab, dori vosita- larini 
saqlashgan. 
Bekobod shahri atrofidagi Munchoqtepa qo‗rg‗oni tekshirilganda, o‗z tarkibida simob 
saqlovchi yarimsuyuq holatdagi malham solingan shisha idish topilgan.Ma‘lumki, sharq taboba- 
tida turli malhamlar keng qo‗llanilgan. 
1983-yili O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Buxoro arxeologik ekspeditsiyasi 
olimlari guruhi shahardan 50 km uzoqda joylashgan Paykend qadimiy qal‘a xarobalarida XIII asrga 
mansub bo‗lgan bir imoratni topadilarki, u hamma ko‗rsatkichlari bo‗yicha o‗sha paytdagi 
dorixonani eslatadi. Bu markaziy xona va ikki laboratoriyadan iborat bo‗lib, u yerdan turli shisha, 
sopol idishlar, mumli shisha idishlar, dumaloq tubli idishlar, qaysiki, yonida yana teshik naylar 
chiqqan, sferakon idishlar va boshqalar topilgan. 
Tibbiyot ravnaqiga Aristotel, Gippokrat, Galen va o‗z davrining mashhur olim va tabiblari 
qatori, jahon fani, xususan, tabobat ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‗shgan Markaziy Osiyo 
tuprog‗idan yetishib chiqqan, vatandosh allomalarimizdan biri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sinoning 
tabobatdagi xizmatlari buyukdir. U o‗z asarlarida eng qadimgi fanlardan biri bo‗lgan tib- biyotning 
o‗zidan oldingi ming yillik taraqqiyotiga yakun yasabgina qolmay, uni yangi, yuqori bosqichga 
ko‗tardi, o‗z kuzatuvlari bilan boyitdi, hatto bu fanning keyingi asrlarda erishgan bir qancha 
yutuqlarini oldindan ko‗ra bildi. 
Ibn Sinoning tabobat va dorishunoslikka oid eng yirik shoh asari «Tib qonunlari» kitobi 



hisoblanadi. Uzoq vaqt mobaynida tibbiyot fanining mufassal qomusi hisoblangan bu asarda inson 
sog‗lig‗i va kasalliklariga oid barcha masalalar mantiqiy tartibda to‗la bayon qilingan. 
«Tib qonunlari» asari anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, farmatsiya, gigiyena va 
boshqa masalalarni o‗z ichiga oladi. Besh jildli bu kitobning ikkitasi oddiy va murakkab dorilar 
to‗g‗risida bo‗lib, Ibn Sino 758 ta o‗simliklar, hayvonotlar va minerallardan dori vositalari 
tayyorlash, saqlash va ishlatilishini to‗liq va batafsil bayon qilgan. Ibn Sinoning bu asari Yevropada 
5 asr mobaynida, har bir shifokorning ish joyida, ularning mehnat faoliyati uchun zarur va kerakli 
bo‗lgan o‗quv-amaliyot quroli bo‗lib xizmat qilgan. 
Ibn Sinoning fikriga ko‗ra, har bir dorida o‗zining ta‘sir etish xususiyati bo‗lib, bu xususiyat 
odam organizmida o‗zgarishga uchraydi. Bunda Ibn Sino o‗sha zamondagi dorilar haqidagi nazariy 
tushunchaga asoslangan.O‗rta asrlarda dorilarning xususiyati va ta‘siri nazariy jihatdan quyidagicha 
tushunilgan: har bir dori qabul qilingandan so‗ng inson tanasida undagi tug‗ma harorat ta‘sirida 
faollashadi. Undagi quvvat potensiali holatidan kinetik holatga o‗tadi. Shundan keyingina Ibn Sino 
dori ta‘sirini sinab ko‗rish kerakligini ta‘kidlaydi. 
Ibn Sino zamonida dorilar o‗simliklar va hayvon a‘zolaridan olingan. Uning o‗zi ham, asosan, 
shu uch manbani ko‗rsatgan. U o‗simliklardan olinadigan dorilarga ko‗proq ahamiyat bergan.Ularni 
qay vaqtda yig‗ish, qanday sharoitda quritish, saqlash va ishlatish usullarini to‗liq bayon qilgan. 
X asrning oxiri — XI asrning boshlarida Xorazmdagi siyosiy barqarorlik, iqtisodiy va 
ijtimoiy yuksalish, ilm ahliga hurmat- e‘tibor, mehr-muruvvat o‗sha davrning eng mashhur va 
ko‗zga ko‗ringan olimlarini Gurganchda to‗pladi. 
Abul Abbos Ma‘mun ibn Ma‘mun taxtga o‗tirgach, Xorazm shohlar saroyidagi ilmiy 
an‘analarni davom ettirib, olimlarga alohida e‘tibor bilan qaradi va ilmiy tadqiqotlar olib borish 
uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi. Manbalarda Ma‘mun saroyida olimlarning katta guruhi 
to‗planganligi va Xorazmshoh ularga homiylik qilgani e‘tirof etilgan. 
XIX asrning 70-yillarida Turkiston Rossiya qaramog‗iga o‗tgandan so‗ng, bu yerlarda harbiy 
lazaretlar ochilib, undagi shifo- korlar mahalliy aholiga ham tibbiy yordam ko‗rsata boshladi. 
1868-yilda Toshkentda harbiy lazaret (shifoxona) ochilib, u 1870-yilda 415 o‗rinli harbiy 
gospitalga aylantirildi. Shu vaqtda xuddi shunday gospitallar Samarqand, Farg‗ona, Andijon, 
Namangan shaharlarida ham ochildi. Bu gospitallar qoshida dorixonalar ham bo‗lib, ular o‗sha 
yerda yashovchi aholiga ham erkin ravishda dori-darmon sota boshladi. 
1874-yilning mayida Toshkent shahar hokimiyati tomonidan shahar dorixonasi ochiladi. 
Dorixonada kambag‗al mahalliy va rus aholisiga dori-darmonlar bepul berilar edi. 
1880-yili Toshkent shahrining ruslar yashaydigan qismida Turkiston o‗lkasida birinchi bo‗lib 
aholiga erkin holda dori sotiladigan dorixona provizor I.I. Krauze tomonidan tashkil qilindi. 1901-
yilda provizor G.F. Qoplon tomonidan Toshkentda, ya‘ni ruslar yashaydigan qismida erkin savdo 
qiluvchi dorixona ochildi. 1903-yilda esa eski shaharda uning shoxobchasi (filiali) qilib yana bir 
dorixona ochildi. Xuddi shu yillarda Samarqand, Qo‗qon, Buxoro, Kogon shaharlarida ham erkin 
savdo qiluvchi dorixonalar ochildi. 
Shunday qilib, Toshkentning ruslar yashaydigan hududida 70 minglik aholiga 11 dorixona 
xizmat qilsa, mahalliy xalq yashaydigan hududdagi 170000 aholiga 1 ta ham erkin dorixona yo‗q 
edi, faqatgina 1913-yilda eski shaharda birinchi erkin savdo qiluvchi dorixona ochildi. 1917-yilga 
kelib, O‗zbekistonda 46 dorixona bor bo‗lib, ulardan 29 tasi shaharda va 17 tasi qishloqda faoliyat 
ko‗rsatgan. 
Oktabr to‗ntarishidan keyin respublikamizda dorixonalar ishi asta-sekinlik bilan rivojlana 
bordi. 1922-yil 1-avgustda Toshkent shahrida Sog‗liqni saqlash komissariati qoshida dorixona 
boshqarmasi tashkil qilindi. Bu chora-tadbirlar natijasida shahar va qishloqlarda dorixonalar soni 
asta-sekin ko‗payib, aholini dori-darmonlar, tibbiyot buyumlari bilan ta‘minlash ishlari yaxshilana 
boshlandi. 
Bu davrdagi eng dolzarb va muhim masalalardan biri — bu oliy va o‗rta farmatsevt 
mutaxassislarning yetishmasligidir. Shuning uchun joylarda farmatsevtlar yo‗qligi sababli, 
dorixonalarda feldsherlar ishlar va shunga ko‗ra, dorixonalar soni kam edi. Bu muammolarni hal 
qilish uchun O‗zbekistonda o‗tgan asrning 20-yillarida tibbiy ta‘lim va mahalliy kadrlarni 
tayyorlashga asos solindi. 1918-yili Toshkentda birinchi o‗rta tibbiy bilim yurti ochildi va u O‗lka 
musulmonlar tibbiy maktabi deb nomlandi. 



1927-yili «Farmatsevtika», «Tish texnigi» bo‗limlari, 1929-yili «Akusherlik», keyinroq 
«Sanitar-feldsherlik» (1935-yil), «Feldsher- laborant» (1951-yil), «Tibbiy hamshira» (1968-yil), 
«Hamshira ishi mutaxassisi» (1997-yil) kabi bo‗limlar ochilgan. Bu o‗quv dargohida 1927—1940-
yillari 632 nafar mutaxassis tayyorlandi. Undan tashqari, 1938—1940-yillarda 112 nafar 
farmatsevt, ya‘ni o‗rtama‘lumotli mutaxassislar tayyorlandi. 
Shuningdek, oliy farmatsevtlar tayyorlash maqsadida 1937-yil 16-iyulda O‗zbekiston 
sog‗liqni saqlash komissariatining 155-buyrug‗i bilan Toshkent farmatsevtika instituti tashkil etildi. 
Urushdan keyingi yillarda respublikamizda dorixonalar tarmoqlari tez sur‘atlar bilan rivojlana 
boshladi. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish