O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya institutining



Download 23,65 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi23,65 Kb.
#786102
Bog'liq
Abdullayeva Ominaning nazorat ishi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
Namangan muhandislik-texnologiya institutining
Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi 11as-19 guruh talabasi
Abdullayeva Ominaning
Psixologiya fanidan
Korxonaning uzoq muddatli aktivlari tarkibi va ularni boshqarish xususiyatlari
mavzusida yozgan

Nazorat ishi

Korxonaning uzoq muddatli aktivlari tarkibi va ularni boshqarish xususiyatlari

Uzoq muddatli aktivlar bo`limida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar, o`rnatiladigan uskunalar, kapital qo`yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati kechiktirilgan uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinishi kerak.


Uzoq muddatli aktivlar. Subyekt faoliyatida uzoq muddatli asosda foydalaniladigan aktivlar, jumladan subyektning mulki, binolari va uskunalari, moddiy aktivlari, taraqqiyot va gudvillga xarajatlari. Investitsiyalash maqsadida saqlab turilgan va hisobot kunidan boshlab, 12 oy davomida sotilishi mumkin bo`lmagan aktivlar.
Uzoq muddatli aktivlar quyidagi ijobiy xususiyatlar bilan tasniflanadi:
a) ular inflatsiya bilan bog`liq yo`qotishlardan kam zarar ko`radi va undan yaxshi himoyalangan;

b) korxonaning operatsiya faoliyati jarayonida ular tijorat tavakkalchiligi bilan bog`liq yo`qotishlardan kamroq zarar ko`radi;

v) bu aktivlar tovar bozorlaridagi konyunktura holatiga mos ravishda turli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlab, foydani o`stirishga sharoit tug`diradi;

g) tovar-moddiy zaxiralarni saqlash orqali ularni yo`qotishlardan himoyalashga imkon yaratadi;

d) tovar bozorlari konyunkturasida ijobiy o`zgarishlar yuz berganda ular operatsiya faoliyatni kengaytirish zaxiralariga ega.

Shu bilan birga uzoq muddatli aktivlarga xos bo`lgan bir qator salbiy xususiyatlar ham mavjud:

a) ularga xos ma’naviy eskirish ta’sirida, ishlab chiqarish jarayonidan chiqarilmasdan turib o`z bozor qiymatini yo`qotishi va zamon talablariga mos kelmay qolishi mumkin;

b) bu aktivlarni qisqa muddatli oraliqda operativ boshqarish samaradorligi pastdir, bozor konyunkturasidaga salbiy o`zgarishlar ta’sirida bu aktivlarni tezda o`zgartirish va yangi mahsulot ishlab chiqarishga moslashtirish imkoni cheklangan;

v) bu aktivlarning ko`p qismi past likvidli aktivlar sirasiga kiritiladi va zarur paytlarda korxona majburiyatlari bo`yicha to`lovlar uchun pul mablag`lariga aylantirish tezligi pastdir.

Ularga quyidagilar kiradi:

Asosiy vositalar — ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ortiq muddatda ishlatiladigan, har bir donasining narxi sotib olish paytida eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuqori bo`lgan, kelgusida korxona iqtisodiy naf keltiradigan aktivlar kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida ular asta-sekin eskirib boradi.
Asosiy vositalarga yer, yerni obodonlashtirish, bino va inshootlar, asbob va uskunalar, hisoblash texnikasi, ofis mebeli, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar va boshqalar kiradi.
Nomoddiy aktivlar — moddiy ko`rinish va shaklga ega bo`lmagan biroq ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ortiq muddatda ishlatiladigan, hisobda boshlang`ich bahosiga ega bo`lgan va ishlab chiqarish jarayonida eskirib boradigan aktivlarga aytiladi.
- ixtirolardan foydalanish uchun olinadigan patent huquqi;

- ayrim turdagi faoliyat turlari bilan shug`ullanish huquqini qo`lga kiritish uchun olinadigan litsenziyalar;

- innovatsiya predmeti bo`lgan ishlab chiqarish jarayonlarida to`plangan tajribalarning izohlari yoritilgan va texnik hujjatlar ko`rinishida rasmiylashtirilgan, ammo patentlashtirilmagan texnikaviy, texnologik, boshqaruv, tijorat va boshqa bilimlarning yig`indisi hisoblanadigan – «nou-xau»;

- yaratilgan sanoat namunalari va modellaridan foydalanishga bo`lgan huquq;

- yuridik shaxsning firma nomidan foydalanish huquqini beruvchi savdo markalari;

- muayyan ishlab chiqaruvchi tovarlarini boshqa shu turdagi tovarlardan farqlash uchun xizmat qiladigan va o`rnatilganмм tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan tovar belgilari – emblemalar, chizmalar yoki timsollar;

- kompyuter dasturiy ta’minotidan foydalanish huquqi ;

- korxonaning yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini qo`lga kiritishi;

- korxonani tashkil etish va ro`yxatdan o`tkazish davrida amalga oshirilgan tashkiliy xarajatlar;

- bozorda yuqori obro`ga ega firmaning savdo markasi yoki ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanish huquqini (litsenziyani) sotib olish chog`ida xaridorning litsenziya egasi tomonidan qat’iy belgilab berilgan shartlarga (mahsulot va xizmatlarni sotish chog`ida sifat standartlariga rioya etish) so`zsiz rioya etishini ko`zda tutuvchi shartnoma - franchayzing;

- san’at asarlari va boshqa asarlarga mualliflik huquqi;

- samarali ishlab chiqarish va boshqaruv tizimini qo`llashi natijasida tarmoq korxonalariga nisbatan yuqori foyda oladigan korxonaning balans qiymati bilan bozor qiymati o`rtasidagi farq sifatida hisobga olinadigan - gudvill;

- boshqa nomoddiy aktivlar.
Kapital qo`yilmalar — qurilish yoki asosiy vositalar yoki nomodiy aktivlarni sotib olish va ularni foydalanishga topshirishgacha bo`lgan xarajatlar summasining yig`indisiga tengdir. Masalan, korxona qurilish olib borayotgan bo`lsa, qurilish bilan bog`liq barcha xarajatlar kapital qo`yilmalar hisobida aks ettiriladi.

Uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalar — foiz yoki dividend ko`rinishda daromad olish maqsadida uzoq vaqt davomida o`zida saqlab turadigan qarz va ulushli qimmatli qog`ozlarni sotib olishga aytiladi.

Uzoq muddatli debitorlik qarzlar — bir yildan ortiq muddatga korxona oldida qarzdor jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi.
Asosiy mablag`lar va nomoddii aktivlar ularning to`liq boshlang`ich qiymati bo`yicha hisobga olinadi. Asosiy mablag`lar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning qiymati to`liq to`laguncha yoki obyekt safdan chiqib ketgunga qadar bo`lgan eskirishini (amortizatsiyani) hisoblash yo`li bilan amalga oshiriladi.

Buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablaridan kelib chiqib, asosiy vositalar (fondlar) tarkibiga:

- dastlabki qiymati belgilangan qiymatdan kam bo`lmagan (eng kam ish haqiga nisbatan belgilanadi);

- bir yildan ortiq xizmat muddatiga ega mehnat vositalari kiritilgan.

Qishloq xo`jaligida asosiy vositalar tarkibiga qiymatidan qat’iy nazar qishloq xo`jaligi mashina va asboblari, voyaga etgan ish hayvonlari va mahsuldor chorva mollari kiradi.

Asosiy fondlar ishlab chiqarishga taalluqli va noishlab chiqarishga taalluqli fondlarga bo`linadi. Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy fondlar mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi. Shu bilan birga mahsulot ishlab chiqarish sohasida bevosita ishtirok etmaydigan noishlab chiqarish fondlaridan ham foydalaniladi. Ular xo`jalikning dam olish xonalari, hammom va dush kabi maishiy xaraktyerdagi bino-inshootlaridan tashkil topadi. Noishlab chiqarish fondlari mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmasada, ular fermer xo`jaligida mehnat resurslarining ishchi kuchini qayta tiklash va mehnat unumdorligini oshirishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining barchasi ham qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida birdek ishtirok etmaydi. Traktorlar, kombaynlar, yuk avtomobillari, qishloq xo`jaligi mashina va uskunalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar bevosita asosiy ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib, o`simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ko`paytirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lsa, boshqa bir turdagi ishlab chiqarish fondlari fermer xo`jaligining sanoat xarakteridagi ishlab chiqarishi (mahsulotni qayta ishlash zavodlari, moyjuvoz, tegirmonlar va boshqa), qurilish, savdo yoki xizmat ko`rsatish kabi sohalarida ishtirok etadi. Shundan kelib chiqib, ishlab chiqarish fondlarini qishloq xo`jaligiga taalluqli va qishloq xo`jaligiga taaluqli bo`lmagan fondlarga bo`lish mumkin.

Qishloq xo`jaligi korxonalarining asosiy vazifasi qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan bog`liqligi tufayli qishloq xo`jaligiga taaluqli ishlab chiqarish fondlari asosiy o`rinni egall


aydi. Uning tarkibiga imoratlar, inshootlar, o`tkazuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, transport vositalari, uskunalar (priborlar), mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko`p yillik daraxtlar, ishlab chiqarish va xo`jalik inventarlari, shuningdek yer unumdorligini tubdan yaxshilashga (yerlarni quritish, sug`orish tizimlarini yaratish, sho`rini yuvish va boshqa meliorativ tadbirlarga) yo`naltirilgan kapital qo`yilmalar kiradi.

Imoratlar o`simlikchilik tarmog`ida g`alla, sabzovot, poliz, meva va boshqa mahsulotlarni saqlash uchun omborxonalar, texnika va mashinalarni saqlash uchun garajalardan iborat bo`ladi. Chorvachilikda unga molxonalar, zootexnik va veterinariya laboratoriyalari, yem-xashakni saqlash omborlari va boshqalar kiradi.

Inshootlar – texnikaviy vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. O`simlikchilikda unga suv minorasi, silos va senaj saqlash inshootlari, issiqxonalar, mahsulotlarni qisqa muddatda saqlash va tozalash maydonlari, sug`orish va quritish tarmoqlari kiradi. Chorvachilikda go`ng saqlash qurilmalari, suv chiqarish minorasi va qudug`i inshshoatlar turkumiga kiradi. Bulardan tashqari unga ichki xo`jalik foydalanishida bo`lgan yo`l va ko`priklar ham kiradi.

ASOSIY FONDLARNING NURKUMLANISHI


ISHLAB CHIQARISH FONDLARI
NOISHLAB CHIQARISH FONDLARI ФОНДЛАРИ
QISHLOQ XO`JALIGIGA TAALLUQLI
DAM OLISH XONALARI
IMORATLAR
HAMMOM VA DUSHXONALAR ДУШХОНАЛАР
INSHOOTLAR
O`TKAZUVCHI MOSLAMALAR
MADANIY-МAISHIY OBYEKTLAR
MASHINA VA ASBOB-USKUNALAR
TRANSPORT VOSITALARI
QISHLOQ XO`JALIGIGA TAALLUQLI
BO`LMAGAN MAHSULDOR VA ISHCHI HAYVONLAR
KO`P YILLIK DARAXTLAR
SANOAT ISHLAB CHIQARISH XARAKTERIDAGI
ISHLAB CHIQARISH VA XO`JALIGIK INVENTARLARI
SAVDO VA XIZMAT KO`RSATISH XARAKTERIDAGI
YERLARNING HOLATINI YAXSHILASHGA SARF ETILGAN KAPITAL QO`YILMALAR

24-chizma. Asosiy fondlarning nurkumlanishi

O`tkazuvchi moslamalar fermer xo`jaligining gaz o`tkazish quvurlari, elektr va telefon tarmoqlarini o`z ichiga oladi.

Mashina va asbob-uskunalarga traktorlar, o`rim-yig`im kombaynlari, kuchlantirish mashinalari, turli dvigatel va transformatorlar, generatorlar, ish mashinalari va asbob-uskunalar, shu jumladan, ekish agregatlari, hosilni tozalash va quritish mashinalari, ekinlarga o`g`it solish, qishloq xo`jaligi ekinlarining kasalligi va turli zararkunandalariga qarshi kurashish uskunalari, traktor va mashinalarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko`rsatish bo`yicha garaj asbob-uskunalari, o`lchov va tartibga soluvchi uskunalar, moslamalar, hisoblash texnikasi hamda boshqa xil mashina va asbob-uskunalar kiradi. Chorvachilikda bu turkumga sut sog`ish uskunalari, muzlatkichlar, inkubatorlar, qo`ylarning junini qirqish agregatlari, ozuqa tayyorlash va tarqatish mashinalari ham kiradi.

Transport vositalari odamlar va yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishga xizmat qiluvchi avtomashinalar, ot-aravalar, traktor pritseplari va boshqa vositalardan iborat bo`ladi.

Mahsuldor va ishchi hayvonlar voyaga etgan barcha turdagi mahsuldor chorva mollari va qishloq xo`jaligi ishlariga jalb etiladigan ish hayvonlarini o`z ichiga oladi.

Ko`p yillik daraxtlar ishlab chiqarishga taalluqli mevali, dekorativ va ihota daraxtlaridan tashkil topadi.

Ishlab chiqarish va xo`jalik inventarlari ishlab chiqarish jarayonlarini yengillashtirish uchun xizmat qiladigan xo`jalik va idora inventarlari, jihozlari, yozuv mashinalari, telefon apparatlari, dastgohlar, suyuq va sochiladigan qimmatliklarni saqlashga mo`ljallangan idishlar (baklar, sandiqlar, qutilar) va boshqa buyumlardan iborat.



Erlarni yaxshilashga qaratilgan kapital sarflar (inshootlardan tashqari) erlarni sho`rini yuvish, quritish, shudgorga tayyorlash, suv havzalarini tozalash va boshqa meliorativ tadbirlarni o`z ichiga oladi.
Download 23,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish