O’zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


  O’quvchi  hayotida  muloqot va nutqning o’rni



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/25
Sana30.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#191599
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
kichik maktab yoshi oquvchilarida muloqot va nutq faoliyatini rivojlantirish

2.2.  O’quvchi  hayotida  muloqot va nutqning o’rni   

   Bugungi kunda nutq madaniyati kursi barcha o’quv maskanlarida va oliy 

o’quv yurtlarida o’rgatilishi quvonarlidir. Nutq madaniyati hozirgi davr tilshunoslik 

fanining dolzarb masalalaridan biridir. Chunki, til va nutq har ikkala soha inson  nutqi 

bilan aloqadadir. Har ikkalasi ham kishilar nutqiy faoliyatining foydali ta’sirchan, 

o’tkir bo’lishi uchun kurashadi, insonning nutqiy madaniyati, uning nutqiy holatini 

o’stirishga xizmat qiladi. Nutq madaniyati ham, notiqlik ham nutqiy odam, nutqiy 

go’zallik, nutqiy mantiq qoidalaridan oziqlangan holda ish ko’radi. 

Muloqotda nutq muhim o‘rin tutadi, ayniqsa, uning ravonligi, atamalarning o‘z 

joyida va to‘g‘ri ishlatilishi va hokazolar. Nutq 

eshittirilib, yo ovoz chiqarmasdan aytilishi yoki kar-soqov kishilarda  biron-bir 

mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi mumkin. Muloqotda axborot 

beruvchi bilan axborot qabul qiluvchi o‘rtasida  o‘zaro hamkorlik yuzaga keladi. 

Axborot shaxsning tashqi ko‘rinishi,  kiyimi, mimikasi, ovozi, tez gapirishi yoki 

salmoqlab gapirishiga bog‘liq bo‘ladi. Shaxs axborotni ikkinchi bir shaxsga nutq orqali 

berish bilan birga, jest, mimikalarni qo‘shib beradi yoki u yozma usulda, ko‘rgazmali 

shaklda ham bo‘lishi mumkin. Muloqot davomidagi emotsional 

Holat muloqotga kirishayotgan shaxsning xatti-harakatiga ta’sir qiladi.  Ko‘p 

hollarda muloqotda majburiylik bo‘ladi, ya’ni guvoh va gumon  qilinuvchi muloqot 

qilishga majbur, buning ustiga, qonunga asosan,  muloqot qilmasa, shaxs jazolanishi 

mumkin. Muloqotdagi har bir  fakt shaxs ongi orqali amalga  oshadi, eng asosiysi, bu 

faktlar shaxslarda  ba’zi bir narsalarni bo‘rttirib ko‘rsatishga olib kelishi mumkin. 

Ba’zan muloqotga kirishayotgan shaxs o‘z maqsadini yashiradi, natijada  ma’lum bir 

vaqtdan keyin uning bu maqsadi yuzaga chiqadi.Har bir muloqotda huquqni muhofaza 

qilish organlari xodimlarining bir necha maqsadlari, ya’ni dalillarni yana bir marotaba 

aniqlash, o‘zidagi bor dalillarni boyitish, shaxsning yuqoridagi voqealarga aloqadorligi 

qay darajada ekanligidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.  Muloqot doimo inson 

xarakteri bilan bog‘liq bo‘ladi, masalan, shaxs  janjalkash bo‘lishi mumkin, bu janjal 

ziddiyatlarning natijasida yuzaga  keladi yoki shaxsning ziddiyatni keltirib 

chiqaradigan holatlarini o‘rganish kerak bo‘ladi. 




 

- 42 - 


Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz mumkinki, muloqot, avvalambor, 

O’quvchilar  faoliyatida  yetakchi o‘rinni egallaydi.  Muloqot jarayonida 

obyektning maxsus tomonlarining borligi ham muhim hisoblanadi. Shuni aytish joizki, 

ko‘p hollarda bunday  shaxslar jamiyatdagi axloqsiz, odobsiz va vijdonsiz kishilardir. 

Muloqot jarayonida har xil psixologik to‘siqlar mavjud. Ko‘proq ular sun’iy ravishda 

vujudga keladi. 

 Muloqot jarayonida quyidagi psixologik to‘siqlar mavjud: 

1) motivatsion to‘siqlar; 

2) aqliy (intellektual) to‘siqlar; 

3) emotsional to‘siqlar; 

4) tarbiyaviy jarayondagi to‘siqlar. 

Motivatsion to‘siqlar shaxslarning muloqotga kirishishdan bosh 

tortishi, muomalani to‘g‘ri, aniq ko‘rinishda olib borilishini xohlamasligi 

jarayonida namoyon bo‘ladi.  Aqliy to‘siqlar shaxsning xodimga nisbatan bilim 

doirasining  kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va huquqiy savodxonligi 

mazmunan boy bo‘lgan taqdirda yuzaga keladi.  Emotsional to‘siqlar muloqotga 

kirishuvchilarning psixologik va  emotsional-irodaviy holatlaridan kelib chiqadi 

(agressivlik, qo‘rquv, asabiylashish, xo‘rlanish va boshqalar). 

Nutq faoliyati —  odam tomonidan ijtimoiytarixiy tajribani o’zlashtirish, 

anlodlarga  bеrish  (uzatish)  yoki  kommunikatsiya  o’rnatish,  o’z  shaxsiy  qarakatlarini 

rеjalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. 

Nutq axborot, xabar, ma'lumot va yangi bilim bеrish aqliy topshiriklarni еchish 

faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo’lsa, nutq esa aynan o’sha 

jarayonning o’zidir. 

Qadimgi ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishilarida 

qanday funktsiyani bajarayotgan bo’lsa, o’sha davrda ham xuddi shunday vazifani ijro 

etgan. U davrlarda axborotlar, ma'lumotlar ko’lami tor bo’lganligi tufayli insonlar 

novеrbal nutqdan ko’p davrlar muvaffaqiyatli foydalanib kеlganlar. Avlodlar tarbiyasi 

ma'lumotlar  uzatish  novеrbal  nutq  orqali  amalga  oshirilgan,  ijtimoiy  va  xususiy 




 

- 43 - 


(shaxsiy) fikr uzatish hamda qabul qilish ana shu tariqa namoyon bo’lgan, tobora 

takomillashib borgan.  

Biz nutq yordamida bir-birimizga ta’sir  qilamiz.  Nutq gapirayotgan kishining 

ongida va kalbida bo’lgan fikr va maqsadini ifoda kiladi. Biz nutq yordamida bir-

birimizga ta’sir kilamiz. Nutq gapirayotgan kishining ongida va qalbida bo’lgan fikr 

maqsadini ifoda kiladi. Biz nutq vositasi bilan birovni xursand kilamiz yoki unga 

tassalli bеrishimiz mumkin. Nutqning kuchi haqida xar bir xalqda alohida maqollarni 

bo’lishi  xam  bеjiz  emas.  Bu  maqollar  nutqning  kishi  ruxiga  qanday  ta’sir  qilish 

kuchiga ega ekanligginni yaqqol ko’rsatadi. Masalan, «Yaxshi so’z-jon ozig’i», 

«Sеvdirgan xam til, bеzdirgan xam til» va xakazo. 

Kishilar bir-birlari bilan muomala, munosabatda bular ekanlar, ular u yoki bu 

tildagi (o’zbеk rus, frantsuz, nеmis, va k.) grammatik qoidaga asoslangan so’zlardan 

foydalanadilar. Insonlarning til vositasida bir-birlari bilan muommala qiladilar. 

Dеmak nutq til yordamida bir-birlari bilan aloqa qilish vositasidir. 

«Nutq» va «

til»  tеrminlarining  ma’nosini  ko’pincha bir-biriga aralashtirib 

yuboradilar. Nutq bilan til bir narsa emas. Til so’z 

bеlgilari sistеmasidan iborat bo’lib, 

u aloqa quroli bo’lsa, nutq aloqa jarayonorining o’zidir. Lеkin ularni bir-biridan ajratib 

bo’lmaydi. Ular birgalikda mavjuddir. Xar bir til tarixiy taraqqiyot davomida 

odamlarning nutq yordamida aloqa bog’lash jarayo

nida vujudga kеlgan, rivojlangan va 

takomillashib borgan. Xar qanday tilning mavjud bo’lishi, takomillashib borishi 

kishilarning o’sha tilda doimiy gaplashib turishga bog’liq. Agar kishilar u yoki bu tilni 

nutq orqali biladigan muomalada ishlatmay qo’ysalar u til inqirozga uchraydi, «o’lik 

til»ga aylanib qoladi. Nutq faqat kishilar o’rtasidagi aloqa vositasigina bo’lib 

qolmasdan, balki tafakkur qilishning zaruriy vositasi, tafakkur kurolidir. Chunki biz 

fikr qilish uchun so’zdan foydalanamiz, fikrimizni so’z bilan ifoda qilamiz va 

boshqalarning fikrini bilib olamiz. Odatda biz ovoz chiqarib yoki ovoz chikarmasdan, 

zz ichimizdan tilning grammatika qoidalarga xos xolda aytiladigan so’zlar orqali fikr 

yuritamiz. Tafakkur bilan nutq turli xodisa bo’lsa xam, lеkin ular bir-biri bilan uzviy 

ravishda bog’lanib kеtgan. Xap bir kishidagi tafakkurning o’sishi shu kishi nutqining 




 

- 44 - 


rivojlanishi  bilan  bog’liq  bo’lganidеk  kishi  nutqining  rivojpanishi  xam  undagi 

tafakkurning o’sishiga bog’liqdir. 

 

Birok  kеyingi  yillarda  fiziologik va psixologik olimlar (P.K. Anoxin, 



A.R.Luriya,  A.N.Lеontеv,  D.N.Uznadzе  va  boshkalar)  tomonidan  amalga  oshirilgan 

kator ilmiy tadkikot ishlaridan ma’lum bo’lishicha, nutq faoliyatining fiziologiya 

asosini yuqorida ko’rsatilganidеk talqin etish еtarli emas. Balki bosh miya po’stining 

boshqa markazlari kabi, nutq markazlarining xam  katiy chеgaralari yo’q va bir-biridan 

ajralgan xolda xarakat kilmaydi. 

P.K.Anoxin tadqiqotlarida xosil qilingan ma’lumotlar nuqtai nazaridan olganda, 

nutq faoliyatining fi

ziologik  asosini  bir  nеcha  funktsonal  sistеmalarning  murakkab 

uyushmasi  tashkil  etadi,  bu  funktsional  sistеmalardan  ayrimlari  nutq  uchun 

ixtisoslashgan  sistеma  bo’lsa,  boshqalari  o’zga  faoliyatlar  uchun  xam  xizmat  qila 

bеradi. 

Kishi nutq orqali boshqalar bilan munosabatda bo’lar ekan, buni albatta ikkinchi 

signal  sistеmasi  orqali  amalga  oshiradi.  Shuiing  uchun  xam  vaqtli  bog’lanishlar 

vujudga kеladi. Bu esa uzining qator xususiyatlariga ega bo’ladi. Eshitilgan so’zarning 

xammasi esda saqlanib qolavеrmaydi. Ikkinchi signal sistеmasi tanlab esda olib qoladi. 

Nutq va nutq faoliyati yuzasidan bildirilgan mulohazalar, ilgari surilgan ayrim 

g’oyalar mutlaqlikka da'vo emas albatta, chunki ularning ko’pgina jixatlari, qirralari, 

mеxanizmlari,  qonuniyatlari,  tavsiflari chuqurroq izlanishni talab qiladi, ayrim 

o’rinlarda  ularning  har  birini  ekspеrimеntal  tadqiq  etishni  taqozo  qiladi,  yangi 

mеtodikalar, tеstlar, trеninglar ishlab chiqishni izlanish prеdmеtiga olib kiradi, amaliy 

va nazariy muammolar еchimini tеzroq hal qilishga safarbar etadi, nutqning muomala 

jarayonidan  kеlib  chiqib  yondashish  evaziga  qiymatli  matеriallar  to’plash  mumkin 

hamda  uning  nеgizida  har  qaysi  psixolog  mutaxassisni  notiqyaik  san'atiga  o’rgatish 

kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga muhim xissa bo’lib qo’shiladi. 

 

 

 




 

- 45 - 


2.3. Ta’lim jarayonida  o'quvchilar  muloqot va nutqining osishi

 

Muloqot -  odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan 

turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. 

Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o’qish, o’yin, ijod 

qilish va boshqalar) o’zaro munosabat va o’zaro ta’sir shakllarini o’z ichiga oladi. 

Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli 

xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab 

qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o’rni, ishlarining 

muvaffaqiyati, obro’si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita 

bog’liqdir. 

Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot  aslida juda murakkab 

jarayon bo’lib, unga odam hayoti mobaynida o’rganib boradi. Muloqotning psixologik 

jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F. Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik 

ko’p  qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o’zida quyidagilar kiradi: 

a) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni; 

b) individlar o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; 

v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; 

g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni; 

d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; 

ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».  

Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, 

xattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir.  Jamiyatdan ajralgan, 

muloqotda bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lgan odam o’zida individ sifatlarini 

saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo’lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs 

taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funkqiyalarini tahlil qilamiz. 

Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi -  suhbatdoshlarning  o’zaro 

bir  -  birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o’zbeklarda samimiy salom -  alik, ochiq 

yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O’zbek xalqining eng nodir va buyuk hislatlaridan 

biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko’rishadi, 



 

- 46 - 


so’rashadi, xol -  ahvol so’raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog’da ham 

ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz.  

Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi 

faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o’ziga zarur insoniy xususiyatlarni 

shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o’g’rilanib ketilishi, 

so’ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo’lishi faktlari shuni 

ko’rsatganki, «mauglilar» biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin 

ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish 

qobiliyatlarini ham cheklashi ko’plab psixologik eksperimentlarda o’z isbotini topdi. 

Muloqotning yana bir muhim vazifasi -  u odamni u yoki bu faoliyatga 

hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan 

odamning qo’li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o’zigagina 

manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko’plab tadqiqotlarda 

izolyatsiya, ya’ni odamni yolg’izlatib qo’yishning uning ruhiyatiga ta’siri o’rganilgan. 

Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo’lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy 

xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan 

yolg’izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o’zlarini band 

etishlari u qadar katta salbiy o’zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar 

o’rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg’izlik va muloqotning yetishmasligi 

odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash, xavotirlanish, o’ziga 

ishonchsizlik, qayg’u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg’izlikka 

mahkum bo’lganlar ma’lum vaqt  o’tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu 

avval biror ko’rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo’lsa,  keyinchalik  

nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo’lar ekan. Shaxsning muloqotga 

bo’lgan ehtiyojining to’la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir ko’rsatadi. 

Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o’zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi 

fakti ko’pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o’tirib 

qilinadigan ishlar, birgalikda yonma - yon turib bajariladigan operatsiyalarda odamlar 

o’z oldida to’rgan  hamkasbiga qarab ko’proq, tezroq ishlashga kuch va qo’shimcha 

iroda topadi. To’g’ri, bu hamkorlikda o’sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o’rtasida 




 

- 47 - 


o’zaro simpatiya hissi bo’lsa, unda odam ishga  «bayramga kelganday» keladigan 

bo’lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sotsiolog hamda psixolog Jon Moreno 

asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita ta’sirini o’rganib, 

sotsiometrik texnologiyani, ya’ni so’rovnoma asosida bir -  birini  yoqtirgan va bir - 

birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sotsiometriya metodikasiga asos solgan edi. 

Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o’zaro hamkorlikdagi 

faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil  etadi. Qolaversa, hozirgi yangi 

demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda 

emas, balki kollegial - birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo’lganligini hisobga olsak, 

odamlarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat unumdorligi xamda 

samaradorlikning muhim omillaridandir. 

Muloqot jarayoni o’ziga xos ravishda murakkab bo’lib, bunda uch xil bosqich 

mavjud. 

Dastlabki bosqich —  odamning  o’z-o’zi bilan muloqotidir. T. Shibutani 

“Ijtimoiy psixologiya" darsligida: «Agar odam ozgina bo’lsa ham o’zini anglasa, 

demak, u o’z-o’ziga ko’rsatmalar bera oladi»— deb to’g’ri yozgan edi. Odamning o’z-

o’zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va hajmini 

belgilaydi. Agar odam o’z-o’zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo 

jamiyatdan  o’zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan 

suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish 

mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot— muloqotning ikkinchi bosqichidir. 

Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko’rinishlariga kelsak uning har bir 

shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o’sha vaziyatlardan kelib chiqadigan 

ko’rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda har qanday 

muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo’ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning 

jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, 

masalan, rahbarning o’z qo’l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning 

talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot —  bu odamning shaxsiy 

munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o’sha suhbatdoshlarnnng fikr-o’ylari, 

niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do’stlar 




 

- 48 - 


suhbatdoshi, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo’lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida 

talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. 

Odamlarning asl tabiatlariga mos bo’lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo 

odamlarning hayotida ko’proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin 

shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni 

uning qanchalik sergapligi, ochiq ko’ngilligi, suhbatlashish yo’llarini bilish, til 

topishish qobiliyati, o’zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik 

muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham 

rahbar bo’lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo’l uravermaydi, chunki 

buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik 

talab qilinadi. 

Muloqot mavzui va yo’nalishiga ko’ra, uning: 

• ijtimoiy yo’naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat 

manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot); 

• guru¦dagi predmetga yo’naltirilgan (o’zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga 

oshirish mobaynidagi muloqot — mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni 

bajarish jarayonida guruh a’zolarining muloqoti); 

• 

shaxsiy mulo¢ot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o’z muammolarini ochish 



maqsadida  o’rnatgan munosabatlari); pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda 

ishtirok etuvchilar o’rtasida amalga oshiriladigan murakkab o’zaro ta’sir jarayoni) 

turlari farqlanadi

Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma 



-  yuz» bo’lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o’xshash) 

orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki 

do’stona bo’lishi; sub’yekt -  sub’yekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki sub’yekt - 

ob’yektli (monologik) bo’lishi mumkin. 

Har bir muloqot turining o’z qonun-qoidalari, ta’sir usullari va yo’l-yo’riqlari 

borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa odamlar bilan doimo muloqotda 

bo’ladiganlarning burchidir. 

 



 

- 49 - 


Inson xayotida nutk ma'lum davrda paydo bo’lib, taraqqiy eta boshlaydi. Bu 

taraqqiyot asosan uch davrga bulinadi. Birinchi davr -  nutqni uzlashtirishdan oldingi 

davr.  Bu  ikki  oylikdan  un  bir  oylik  davrgacha  to’g’ri  kеladi.  Ikkinchi  davr  -  tilni 

dastlabki uzlashtirish davri. Bu un bir oylikdan bir yoshu еtti oylik davrgacha davom 

etishi mumkin. Uchinchi davr - tilning grammatik tuzilishini uzlashtirish davri bo’lib, 

bu davr bir yoshu еtti oylikdan 3 yoshgacha bulgan davrni o’z ichiga oladi. Bundan 

kеyingi  davrda  bola  nutqida  printsipval  jixatdan  suz  formalari  kupayib  borishi 

mumkin.  Bola  nutkining  riiojlanishi  uning  butun  psixik  protsеsslarining tarakkiyoti 

bilan boglik va bunga yashash sharoiti xam katta ta'sir etadi. Yangi tugilgan bolada 

xali nutq bo’lmaydi, unda qandaydir chinkiriq yig’lash xususiyati buladi. Bu ichki va 

tashki signallarga (issik-sovuklik ochlik tashnalik yoki biror joyining  og’rishiga) 

boglikdir. Taxminan ikki oylik bo’lganda bolada «gu-gulash» boshlanadi. Ya'ni bola 

«gugu», «atu» kabi tovushlarni chikaradi. Ammo buni biror narsaga boglamasdan, shu 

tovushlarni  chiqarishning  uzidan  mamnun  bulganaеk  tuyuladi.  Olti  oylik  bo’lganda 

esa, ayrim tovushlarni birlashtirib so’z chikaradigan bo’lib krladi va kattalarga 

ergashib suzning ma'nosiga tushunmasa xam uning intonatsiyasiga qarab payqab ola 

boshlaydi.       So’z va gapning ma'nosini bola fakat bir yoshga tulgandan kеyingina 

tushuna boshlaydi va bu yoshda uzi xam nutk egallash davrini utaydi. Bu davrda 

bolalar nutkida lugat  sostavining  sеkin-asta  oshib borishi sеzila  boradi.  Dastlab  bola 

biror bugin yoki so’zni aytish bilan uzining maksadini bildira boshlaydi, bu so’z tugal 

bir gan vazifasini bajaradi. Bolalarning tovushlarni notugri talaffuz qilishi xillari xam 

buladi. Masalan, R tovushi o’rniga, L, Sh urniga, S, K tovushlari talaffuz ztadi. Raqam 

o’rniga Lakam, bеr o’rniga bе,  va xokazo. 

       Ba'zi bolalardagi toviushlarni talaffuz qilishdagi nuqsonlar maktab yoshida 

xam uchrab turadi. Bu ba'zan nutk apparatlarining nuksonlariga boklik bo’lib, buni 

maxsus  mutaxassis  vrachlar  va  logopеdlar  tuzatishi  mumkin  Ammo  bolaning  nutq 

apparata  yaxshi  ishlasa  xam,  nutqdagi  fonеtik  nuqsonlar ota-ona, oiladagi katta 

yoshdagi  kishilar  tomonidan  noto’g’ri  tarbiya  bеrilishi  tufayli  ancha  vaqtgacha 

saklanib  kеladi.  Asosan  bu  kattalarning  bolalar  tilida  erkalanib  gapirishlaridan  kеlib 

chikadi. Bolalar talaffuzidagi kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatilmasa ba'zan bolaning 




 

- 50 - 


duduqlanib  qolishi  va  so’zlarni  noto’g’ri  talaffuz  qilishiga  olib  kеladi.  Kun  sayin 

jismoniy jixatdan o’sayotgan bola aqliy, psixik tomondan xam takomillashib boradi. 

So’z boyligi borgan sari o’sa boradi. Xodisa va voqеalar, narsalar nomini bildiradigan 

so’zlar, so’ngra fе'l, kеyinchalik sifat va sonlar paydo bo’la boshlaydi. Masalan, ikki 

yashar bola taxminan 300-

500 so’z egallagan bo’lishi mumkin. Ikki yosh bilan bеsh-

еtti yosh o’rtasida bolaning nutki tеz o’sa boshlaydi va so’z boyligi 3-4 mingtaga еtadi. 

Shu bilan birga uning tafakkuri xam  rivojlana boradi. Bola ko’rgan, eshitgan narsalari 

to’g’risida ko’p savol bеradi, yangi so’z va tushunchalarni egallay boshlaydi. Albatta, 

buning uchun bolaga tugri tarbiya bеrish, u bilan so’zlashish, ertaklar gapirib bеrish, 

kitob o’qib eshshtirish kеrak. Nutqkni uz vaqtida amaliy egallab olish va so’z boyligini 

o’stirish umuman maktabda sifatli o’qish uchun yaxshi zamin bo’ladi. Maktabda 

ukitiladigan barcha fanlar orkali ukuvchining lug’at sostavi boyib boradi, bolalar o’z 

nutqiga ongli munosabatda bo’ladi, bunda til va adabiyot darslari katta xissa qo’shadi. 

Chunki bu fanlar ukuvchilarga o’z nutqini muayyan grammatik talablarga javob bеra 

oladigan kilib tuzish konunlarini o’rgatadi. Tabiiy fan

lardan dars bеruvchi ukituvchilar 

xam xar bir fikrni bayon qilishda grammatik qoidalarga rioya qilganlari xolda, anik 

ravon, logik jixatdan mukammal nutk orkali mashgulotni utkazishlari ukuvchilar 

nutkining usishiga, tafakkurning rivojlanishiga barakali ta'sir kursatadi.  

O’quvchilar nutqining o’sishida ularning maktabda o’qishi ayniqsa katta rol 

o’ynaydi. O’quvchi maktabga kirmasdan oldin o’zi qanday gapirayotganligi ustida 

o’ylab o’tirmasdan, o’z nutqidan aloqa va bilish vositasi tariqasida foydalanadi. 

Maktabda o’qitilayotgan hamma fanlarni o’rganish va shu fanlar bilan shug’ullanish 

jarayonida o’quvchi nutqining lug’at boyoligi boyiydi, so’zlarning mazmuni 

chuqurlashadi. Har qaysi so’zning, har qaysi tеrminning ma'nosi aniqlanadi. Adabiyot 

darslari bilan shug’ullanish o’quvchilar nutqining o’sishida ayniqsa katta taesir qiladi.  

O’quvchilarning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o’stirishda muhim 

bosqich hisoblanadi. Kitob o’qishva ayniqsa, o’zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab, 

bayon  qilib  bеrish tilning grammatik tuzilishini egallamoq uchun katta ahamiyatga 

egadir. Yozma nutqni egallash og’zaki nutqni va ayniqsa, monolog nutqni to’g’ri va 

kеngroq  qilib  tuzishga  yordam  qiladi.

  O’quvchi ovoz chiqarib o’z so’zlari bilan 



 

- 51 - 


takrorlash yoo’li bilan o’zining artikulyaqiya apparatini mashq qildiradi, o’z nutqining 

qay darajada to’g’riligini nazorat qiladi, shu bilan birga, o’zi o’zlashtirgan bilimlarning 

to’g’riligini va mustahkamligini ham nazorat qiladi.  

Mazmunli to’liq fikrli, to’g’ri tuzilgan, uslub  jihatidan chiroyli bo’lgan nutqni 

o’stirish maktabda o’quvchilarning o’qitish sohasida qo’ygan muhim vazifalarining 

biridir.   




Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish