O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston Respublikasi



Download 321,5 Kb.
bet1/27
Sana31.12.2021
Hajmi321,5 Kb.
#262926
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Platforma Ишчи ўқув дастур 1Бошланғич таълим Sammohm 2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI





O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligining

2021-yil “___”___________ dagi

___- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan


XALQ TA’LIMI MUASSASALARI BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINI UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH KURSINING
ISHCHI O‘QUV DASTURI

Toshkent – 2021


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


A. AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI


Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy o‘quv dasturi
A.Avloniy nomidagi XTMO‘IBITI Ilmiy kengashining
2021-yil ___ ____dagi ____-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan va tasdiqqa tavsiya etilgan



Toshkent – 2021

Mazkur ishchi o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 202__-yil __-_______dagi __-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan tayanch o‘quv reja va namunaviy o‘quv dasturlari asosida tayyorlandi.



Tuzuvchilar:

























Taqrizchi: M.






.











Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri:


_______________



_____________



Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri:

________________


______________.



Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri:


________________


_______________



O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i:

________________


_______________









Kursning mazkur ishchi o‘quv dasturlari TSHXTXQTMOHM Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasining 202__-yil ___-_____dagi ___-sonli yig‘ilishi qarori bilan ma’qullangan hamda TSHXTXQTMOHM Ilmiy-metodik kengashining 202__-yil __-______dagi __-sonli yig‘ilishi qarori bilan o‘quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.

T/r

O‘quv modullarining nomlari

Umumiy o‘quv yuklama hajmi

Videodars mashg‘ulotlari

(soatlarda)

Jami

Vebinar

Video dars

1.

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish

2

 

2

2.

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining AKT va media savodxonligi

4

2

2

3.

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining o‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari

4

2

2

4.

Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi

2

 

2

5.

Boshlang‘ich ta’limda inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari

2

 

2

6.

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining pedagogik mahorati, texnologiya va innovatsiyalar

18

4

14

7.

Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari

4

2

2

Jami:

36

10

26

TAYANCH O‘QUV REJASI

Bunda:


-   ishchi-o‘quv rejadagi modullarning nomlanishini, shuningdek, ularga va ular bo‘yicha mashg‘ulotlar (videodars va vebinar) turlariga ajratilgan soatlar miqdorini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi;

-   malaka oshirish kurs tinglovchilarining kurs yakunidagi natijalari o‘quv modullari bo‘yicha jamlangan umumiy kredit ballari orqali baholanadi;

-   uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning (akademik soatlarning) eng kam hajmi yiliga 18 kredit (36 soat) ni tashkil etadi.

Uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida bilvosita malaka oshirish shakllarining ro‘yxati ularga beriladigan kredit ballari ko‘rsatilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

Kreditlar tegishli davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan majburiy ta’lim olish orqali, shuningdek, malaka oshirishning muqobil shakllari hisobidan to‘planishi mumkin.

Kirish
Ushbu o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108 va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son hamda 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963-son Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, pedagog kadrlarning malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, zamonaviy talablar asosida xalq ta’limi muassasalari pedagog kadrlari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi.

Dastur mazmuni O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi Davlat siyosati, mas’uliyat va moslashuvchanlik, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va media savodxonlik, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish, inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanishlarni o‘z ichiga olib, ular bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.

O‘quv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni umumiy o‘rta ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari asosida shakllantirilgan bo‘lib, pedagoglarning o‘z kasbiy faoliyatiga doir zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini nazarda tutadi.

Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy o‘quv dasturi quyidagi modullardan iborat:

1. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish.

2. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining AKT va media savodxonligi.

3. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining o‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari.

4. Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi.

5. Boshlang‘ich ta’limda inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari.

6. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining pedagogik mahorati, texnologiya va innovatsiyalar.

7. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari.


Download 321,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish