O’zbekiston Respublikasi xtv namangan viloyati xtb uchqo’rg’on tumani xtb ga qarashli



Download 1,07 Mb.
Sana01.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#724093
Bog'liq
Musiqiy tovushlar va shovqinlar. Tovush va salomatlik


O’zbekiston Respublikasi XTV
Namangan viloyati XTB
Uchqo’rg’on tumani XTB ga qarashli
43-sonli DIUM fizika fani o’qituvchisi
Usmanova Lazizaning 6-sinfda “Musiqiy tovushlar va shovqinlar. Tovush va salomatlik.Me’morchilikda tovush” mavzusadagi
TAQDIMOTI
Mavzu: Musiqiy tovushlar va shovqinlar. Tovush va salomatlik.Me’morchilikda tovush
Biz tovushlar olamida yashaymiz. Bu tovushlar yoqimli bo‘lsa, musiqiy ta’sir qildi deymiz. Yoqmasa, buncha shovqin deymiz. Yig‘layotgan chaqaloqning ovozi onasiga yoqimli bo‘lsa, begona kishiga shovqin bo‘lib tuyuladi. Kimgadir nog‘oraning ovozi musiqiy tuyulsa, kimdir uni shovqin sifatida qabul qiladi. Shu sababli ularni qat’iy chegaralash qiyin.
Umuman olganda, ko‘pchilikka musiqiy tovushlar
yoqadi. Musiqa asboblarida tovushlar quyidagicha hosil qilinadi: havo ustuni tebranishi (karnay, surnay, klarnet, fleyta, saksofon va h.k.), tor tebranishi (rubob, tor, dutor, tanbur, skripka, violonchel, g‘ijjak va h.k.), tarang tortilgan teri yoki membrana tebranishi (doira, baraban, nog‘ora va h.k.) va elektron asboblardagi tebranishlar tufayli. Ular chiqaradigan tovushlarning chastotasi, balandligi, tembri turlicha bo‘ladi. Masalan, skripka chiqaradigan tovush chastotasi 260–15000 Hz, klarnetniki 150–8000 Hz, nog‘oraniki 90–14000 Hz atrofida bo‘ladi. Musiqiy tovushlarning parrandalarga, uy hayvonlariga ta’siri borligi ham o‘rganilgan.
Latifani eslaylik. «Nasriddin bir kuni musiqachi tanishinikiga mehmon bo‘lib boribdi. Tanishi unga turli xil musiqa asboblarini uzoq vaqt davomida chalib ko‘rsatibdi-da, so‘rabdi: «Mulla Nasriddin, shu musiqa asboblaridan qaysi birining
ovozi sizga yoqadi» – desa, Nasriddin qorni ochib ketganligidan: «Menimcha eng yaxshi ovoz, kapgirning qozonga urilishidan chiqqan
ovoz», – degan ekan». Shunga ko‘ra, odamlarga turli tovushlar turlicha ta’sir ko‘rsatadi.
Har qanday yoqimli kuy yoki ashulani ham juda baland ovozda qo‘yilsa, u shovqinga aylanadi. Shovqin inson asabiga va salomatligiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli shovqindan asrash uchun tovush yutuvchi vositalardan foydalaniladi. Narsa va vositalarning tovushni yutish xossasini belgilash uchun tovush yutish koeffitsiyenti (α) deb ataluvchi kattalik kiritiladi. α – yutilgan tovush energiyasining tushgan tovush energiyasiga nisbati bilan o‘lchanadi. Shovqinlarning inson salomatligiga salbiy ta’siri bo‘lganligidan, ularni kamaytirish choralari ko‘rilmoqda. Masalan: Yevropa mamlakatlari shovqini ma’lum chegaradan oshadigan samolyotlarning mamlakat hududida uchishi, aeroportlariga qo‘nishini taqiqlab qo‘ydi.
Shovqin-nutq, misiqani to’g’ri qabul qilishga , hordiq chiqarishga , ishlashga halaqit beruvchi begona tovushlar majmui.Shovqin eshitiladigan va eshtilmaydigan bo’ladi.Qattiq, suyq, gazsimon muhitlarda har qanday tebranishlar, texnikada turli dvigatellar va mexanizmlar eshitiladigan va eshitilmaydigan shovqinlarning asosiy manbaidir.
Shovqinning xarakteri, chastotasi, davomiyligi , shuningdek, inson organizmining sezuvchanligi muhim ahamiyatga ega.
Shovqinning salbiy ta’sirlari
Markaziy
nerv sistemasi
Ovqat hazm qilish sistemasi
Tomir tonusi
Eshitish faoliyati
Endokrin sistemasi
Asab tizimi
Xavfli daraja
Og’riqli daraja
O’lim darajasi
Tovush qattiqligi , dB da
SHOVQINNI KAMAYTIRISH
Tevarak atrofni ko’kalamzor
lashtirish
Ko’cha harakatlarini tartibga solish
Insonlarni tovushdan himoya qiluvchi vositalar bilan ta’minlash
Turar joy binolarini tovush o’tmaydigan qilish
Tovush yutuvchi quril-malardaan foydalanish
Past tovushli transportlardan foydalanish
Binolarni loyihalashda ham tovush tarqalishiga e’tibor beriladi. Shusohani o‘rganadigan fan bo‘limi me’morchilik akustikasi deb ataladi.Yaxshi loyihalan gan teatr zallarida, sahnada pichirlab aytilgan tovushzalning istalgan joyida eshitiladi. Bu binoning shipiga qaralsa, uningshakli ichi bo‘sh tuxum po‘chog‘iga o‘xshab qurilgan bo‘ladi. Shundasahnadan chiqqan tovush unga urilib, zalning istalgan joyiga bir xilmasofani o‘tib boradi. Bunday zallarning tomoshabin o‘tiradigan,yuradigan hamma joylariga ular tomonidan chiqadigan shovqinlarniyutuvchi materiallar qoplanadi.
BILIMINGIZNI TEKSHIRING.
1. Dengiz tubiga yuborilgan ultrato vushni 2,5 sekunddan so‘ng qaytib
qabul qilindi. Den giz chuqurligi nimaga teng? To vushning tarqalish
tezligini 1500 m/s deb oling.
A) 1875 m. B) 2550 m. C) 3550 m. D) 3000 m.
2. «1 sekund vaqt davomidagi tebra nishlar soniga... deyiladi». Nuqtalar
o‘rniga mos so‘zni to pib qo‘ying.
A) ...tebranishlar amplitudasi... B) ...tovush yuksakligi...
C) ...tovush tembri... D) ...chastota...
3. Tovush tembri nimalarga bog‘ liq?
A) Obertonlar soniga. B) Obertonlar kuchiga.
C) Tovush balandligiga. D) Tovush chastotasiga.
4. Inson qulog‘ining og‘riq se zish bo‘sag‘asi qanchaga teng?
A) 100–110 dB. B) 130 dB. C) 150 dB. D) 180 dB.
5. Qaysi javobda infratovush larning chastota intervali to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) 16 Hz dan kichik. B) 20000 Hz dan yuqori.
C) 20–20000 Hz. D) 100–2000 Hz.
E’TIBORINGIZ
UCHUN RAXMAT
Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish