O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning chuqurlashuvi jarayoni soliq siyosatini ham muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi



Download 33,21 Kb.
bet5/10
Sana24.06.2022
Hajmi33,21 Kb.
#700709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SOLIQ MA\'MURCHILIGI KURS ISHI

Sayyor soliq tekshiruvi — Mazkur tekshiruv soliq organi rahbarining buyrugʻi asosida, 60 kundan oshmagan muddatda oʻtkaziladi.
Sayyor soliq tekshiruvi 10 kundan ko’p bo’lmagan muddatda oʻtkaziladi. Sayyor soliq tekshiruvida hujjatlar va buyumlarni tungi vaqtlarda (23.00 dan 06.00 ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida) olib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Soliq auditi quyidagi soliq toʻlovchilarda oʻtkaziladi: soliq tavakkalchiligining yuqori toifasiga mansub boʻlgan; kameral soliq tekshiruvi natijasi boʻyicha soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etmasa;
ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslarda;
soliq toʻlovchilarning jinoiy ishlar boʻyicha moliya-xoʻjalik faoliyati taftish qilinish doirasida;
faoliyatini toʻxtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi, davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarni tekshirish bundan mustasno.
Soliq tekshiruvlarini oʻtkazishda soliq organlari mansabdor shaxslari quyidagilarga majbur:
sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishda: soliq toʻlovchiga oʻz xizmat guvohnomasini koʻrsatish;
soliq toʻlovchini soliq tekshiruvi maqsadi, uning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirish;
soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning bir nusxasini soliq toʻlovchiga taqdim etishi; oʻtkazilgan soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha soliq tekshiruvi dalolatnomasini tuzish va bir nusxasini soliq toʻlovchiga taqdim etish;
oʻtkazilgan soliq tekshiruvlarining natijalari tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritilishini taʼminlash;
soliq auditi boshlangunga qadar:
soliq toʻlovchini yoki uning vakilini soliq tekshiruvi maqsadi bilan tanishtirish, unga oʻz xizmat guvohnomasi koʻrsatish;
soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning bir nusxasini soliq toʻlovchiga taqdim etish;
soliq toʻlovchining huquq va majburiyatlarini tushuntirish.
Soliq toʻlovchini soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan eʼtiboran oʻn kun muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanganda jarima miqdori Soliq kodeksi 28-bobining tegishli moddasida belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi.
Texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa texnikasi mavjudligi aniqlangan taqdirda, sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan belgilangan tartibda bayonnoma tuziladi va ushbu nazorat-kassa texnikasi ekspertizadan oʻtkazish uchun vaqtincha olib qoʻyiladi.
Sayyor soliq tekshiruvida soliq toʻlovchining faoliyatining toʻxtab qolishiga olib keladigan hujjatlar va buyumlarni (nusxalari, shuningdek, asl nusxalari), shu jumladan elektron hujjatlari, predmetlarini (tovarlar, buyumlar, xom ashyolar, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar namunalari) olib qoʻyish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi.
Soliq organlari soliq auditi oʻtkazilishi boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin soliq toʻlovchiga soliq auditi oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud boʻlmagan tijorat tashkilotlarida soliq auditi oʻtkazilmaydi.
Solik toʻlovchi soliq tekshiruvi natijasida qabul qilingan qarorni ixtiyoriy tartibda bajarmagan hollarda soliq organi tomonidan mustaqil ravishda Soliq kodeksining 120-124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda soliq qarzlarini undirish amalga oshiriladi.
Mazkur Nizom talablariga asosan oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvlari natijalari boʻyicha soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida soliq organlariga maʼlumot bergan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi Davlat soliq qoʻmitasining buyrugʻi asosida belgilanadi.
Soliq organlari tomonidan soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash sohasida soliq to‘lovchilarning ayrim majburiyatlarini, shuningdek, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘tkaziladi. Unda hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakatining, shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotning tahlili o‘tkaziladi.
Sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarni tekshirish bundan mustasno.


Sayyor soliq tekshiruvida quyidagilar amalga oshiriladi:

      • soliq to‘lovchilar tomonidan aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini, shu jumladan, nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishini tekshirish;

      • profilaktika tadbirlarini o‘tkazish;

      • soliq to‘lovchining tekshiruv bilan bog‘liq, shu jumladan, elektron axborot jismlarida saqlanadigan hisob hujjatlari va axborotni talab qilib olish va o‘rganish;

      • soliq to‘lovchining hududlari va binolarini, shuningdek, hujjatlar va buyumlarini, shu jumladan, soliq to‘lovchi daromad olish uchun foydalanadigan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarni ushbu Nizomning 6-bobi 3-paragrafida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirish;

      • videotasvirga olish moslamalaridan majburiy foydalangan holda mustaqil ravishda nazorat xaridini amalga oshirish;

      • asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;

      • soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar hisobga qo‘yilishi ustidan soliq nazoratini amalga oshirish;

      • xronometraj ko‘zdan kechirishni o‘tkazish;

      • sotilayotgan tovarlar narxini va ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqini sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirishni tekshirish;

      • soliq to‘lovchi ishchi-xodimlari haqiqiy sonining ularning soliq hisobotidagi aks ettirilgan soniga muvofiqligini tekshirish;

      • bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish;

      • yer qaʼridan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan foydali qazilmalar hajmini tekshirish;

      • banklar tomonidan soliq to‘lovchilarning to‘lov topshiriqnomalari va soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari o‘z vaqtida bajarilishini tekshirish;

      • valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlarni amalga oshirish;

      • aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;

      • avtotransport vositalarida tashilayotgan tovarlarga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tovar-kuzatuv hujjatlari mavjudligini tekshirish. 


Download 33,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish