O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning chuqurlashuvi jarayoni soliq siyosatini ham muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi


Soliq to‘lovchilar quyidagi majburiyatlarga ega



Download 33,21 Kb.
bet9/10
Sana24.06.2022
Hajmi33,21 Kb.
#700709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SOLIQ MA\'MURCHILIGI KURS ISHI

Soliq to‘lovchilar quyidagi majburiyatlarga ega:
sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga tekshiruv bilan bog‘liq hujjatlar, shuningdek, elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlash;
soliq organlarining tekshirish bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarish, ular mansabdor shaxslarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik.


Nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish
Nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish nazorat xaridini amalga oshirish yo‘li bilan va (yoki) savdo, umumiy ovqatlanish yoki xizmat ko‘rsatish shoxobchasida bevosita tekshiruv o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Nazorat xaridi nazorat-kassa texnikalari va (yoki) hisob-kitob terminallaridan xaridorlarga kassa cheki berilishi, bank kartalari orqali to‘lovlar qabul qilinishi hamda naqd pul mablag‘lari va bank kartalari orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar shakliga qarab narxlar sun’iy ravishda oshirilishi yoki pasaytirilishi holatlari mavjudligini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Nazorat xaridini amalga oshirishda quyidagilar jalb qilinishi mumkin:
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risida murojaat etgan jismoniy shaxs (yuridik shaxsning ishonchli vakili);
“Xolis xaridor” xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs vakillari;
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi vakillari.
Nazorat xaridini amalga oshirgan shaxslar tomonidan nazorat xaridida kuzatilgan holatlar bo‘yicha ma’lumotlar (hujjatlar, predmetlar) xarid yakunlanishi bilan sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxsga taqdim etiladi.
O‘tkazilgan nazorat xaridi natijasi bo‘yicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda bayonnoma rasmiylashtiriladi va sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs, nazorat xaridini amalga oshirgan shaxs va soliq to‘lovchi tomonidan imzolanadi.
Nazorat xaridini o‘tkazish bayonnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga bayonnoma nusxasini olganligini tasdiqlovchi imzo qo‘ydirgan holda beriladi. Bunda nazorat xaridini o‘tkazish bayonnomasini imzolashdan va (yoki) uning bir nusxasini olishdan bosh tortgan hollarda, sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan bayonnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritiladi.
Nazorat xaridini o‘tkazishda foydalanish uchun naqd pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan ajratiladi.
Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs nazorat xaridini o‘tkazish uchun naqd pul mablag‘larini tegishli soliq organi kassasidan oladi.
Naqd pul mablag‘larini sayyor tekshiruvini o‘tkazish uchun mansabdor shaxsga berishda ularning qiymati, banknota seriyasi va raqamlari alohida varaqda qayd etilib, chiqim kassa orderiga ilova qilinadi. Bunda pul mablag‘larining qiymati, banknota seriyasi va raqamlari yozilgan varaqcha nusxasi sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxsga beriladi.
Sayyor soliq tekshiruvi yakunlangandan so‘ng, nazorat xaridini o‘tkazishda foydalanish uchun olingan naqd pul mablag‘lari bir ish kuni ichida tegishli soliq organi kassasiga to‘liq topshiriladi. Pul mablag‘larining qiymati, banknota seriyasi va raqamlari yozilgan varaqcha nusxasi kirim kassa orderiga ilova qilinadi.
Sayyor soliq tekshiruvi jarayonida soliq to‘lovchiga tegishli shoxobcha kassalarida mavjud naqd pul qoldig‘i sanoqdan o‘tkazilib, nazorat-kassa texnikasi xotirasiga kiritilgan naqd pul summasi bilan solishtiriladi va natijasi bo‘yicha ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq naqd pul qoldig‘ini sanoqdan o‘tkazish dalolatnomasi tuziladi.
Nazorat xaridi o‘tkazilib, o‘zaro hisob-kitoblar yakunlangach, nazorat xaridini o‘tkazishda foydalanilgan pul mablag‘lari tekshirilgan soliq to‘lovchi (uning vakili) tomonidan sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxsga, xarid qilingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning natijalari (nazorat xaridi predmetlari) esa, sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan soliq to‘lovchiga (uning vakili) qaytarib berilishi shart, bundan qaytarish imkoni bo‘lmagan hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan nazorat xaridi predmetlari mustasno.
Soliq organlari nazorat-kassa texnikalari va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini savdo, umumiy ovqatlanish yoki xizmat ko‘rsatish shoxobchasida bevosita tekshirishi mumkin. Bunda tekshirish quyidagilarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi:
qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminali bilan jihozlanganligi, shu jumladan, ularning soliq to‘lovchi nomiga va obyekt manzili bo‘yicha rasmiylashtirilganligi;
nazorat-kassa texnikalari tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanishi ruxsat etilgan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining davlat reyestriga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilishi ruxsat etilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarning davlat reyestriga kiritilganligi;
nazorat-kassa texnikasining texnik talablarga muvofiqligi;
nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallarini qo‘llash qoidalariga rioya etilishi.
Nazorat-kassa texnikalari va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini savdo, umumiy ovqatlanish yoki xizmat ko‘rsatish shoxobchasida bevosita o‘tkazilgan tekshirish natijalari sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida qayd etiladi.
Soliq to‘lovchi tomonidan boshqa soliq to‘lovchiga tegishli nazorat-kassa texnikalari va (yoki) hisob-kitob terminallaridan foydalanish holati aniqlangan taqdirda, sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga ulardan olingan xarid cheki nusxasi, hisob-kitob terminalining rusumi va zavod raqami to‘g‘risidagi ma’lumot ham kiritiladi.
Texnik talablarga javob bermaydigan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanishi ruxsat etilgan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining davlat reyestriga yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilishi ruxsat etilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarning davlat reyestriga kiritilmagan yoxud boshqa soliq to‘lovchiga tegishli bo‘lgan, shuningdek, fiskal xotiraga xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy mahsuloti (versiya) buzilgan nazorat-kassa texnikasi mavjudligi aniqlangan taqdirda, sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan bayonnoma tuziladi hamda ushbu nazorat-kassa texnikasi vaqtincha olib qo‘yiladi.

XULOSA
Soliqlarning korxonalar tomonidan to'lanishi va umuman olganda, undirilishi ob'ektiv zarurat bo'libgina qolmasdan, balki undirilgan soliqlarning sarflanishi ko'proq ahamiyatga ega. Agar undirilgan soliqlar amalda samarali sarf etilsa, u iqtisodiyotni rivojlantirishga turtki bo'lib xizmat qilishi mumkin. Umuman olganda, korxonalar tomonidan to'lanadigan soliqlar budjet daromadlarini ta'minlashning asosiy manbasi hisoblanganligidan davlat tomonidan bajariladigan vazifalarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega, davlat siyosatining to'laqonli amalga oshirilishida zaruriy omil bo'lib hisoblanadi
Sayyor soliq ham korxonalar faoliyatini tartibga solishda muhim axamiyat kasb etadi. Shunisi qiziqarliki, korxonalarda to'plangan asosiy vositalar tarkibi o'rganib chiqilganda shunga amin bo'lindiki, yuridik shaxslarning aksariyatida ishlab chiqarish va texnologik jarayonga ishtirok etuvchi mulk ulushi juda past.
Asosiy vositalarning passiv qismi xisoblangan ofis binolari, xizmat mashinasi, anchadan buyon foydalanilmaydigan omborlar kabi turlari balansda turibdi. Bizningcha, mulkdan samarali foydalanishni boshqarish uchun ularni aktiv va passiv qismlariga ajratilish asosida alohida-alohida stavkalarda soliqqa tortilishi kerak.
Yuridik shaxslarning foydasini soliqqa tortish orqali davlat budjetining daromadlari shakllanibgina qolmasdan, balki iqtisodiyotni rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bu ta'sir eng avval, ushbu soliq bo'yicha imtiyozlarda namoyon bo'ladi. Kurs ishi mavzusidan kelib chiqib hamda yuqoridagi tahlillarga asosan yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i borasida o'z fikr va takliflarimni bildirmoqchimiz:
Korxonalarning balansidagi ko'chmas mulkning turli xil shakllari ishlab chiqarish jarayonidagi bevosita ishtiroki va foydalanish samaradorligiga ko'ra bir-biridan tubdan farq qiladi. Ko'chmas mulkni soliqqa tortishning investitsion jihatini kuchaytirish maqsadida, ularni ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokidan kelib chiqib, bu mol-mulklarga nisbatan progressiv soliq stavkalarini qo'llash maqsadga muvofiqdir. Bunda esa korxona mol-mulklarini ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi ko'chmas mulklar va noishlab chiqarish xarakteridagi ko'chmas mulklarga ajratish lozimdir. Birinchi guruhga korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish va ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qilish uchun mo'ljallangan bino va inshootlar kirsa, ikkinchi guruhga qolgan barcha ko'chmas mulklar kiritiladi. Ko'chmas mulklarni 21 bunday tarzda guruhlab, mol-mulk solig'iga tortish ulardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan bo'lar edi. Mol-mulk solig'ining rag'batlantiruvchilik xususiyatini oshirish maqsadida ilmiy asoslangan soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etishdir. Bizningcha bu minimumning joriy etilishi endigina o'z faoliyatini boshlagan, iqtisodiyot uchun muhim tarmoqda faoliyat yuritayotgan korxonalarning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini birmuncha yaxshilashga xizmat qilgan bo'lar edi. Korxona imtiyozdan bo'shagan mablag'ni ishlab chiqarishga qayta tashlashi natijasida esa uning kelgusidagi soliq bazasini kengaytirilishiga erishilgan bo'lar edi.
Kelgusida soliqqa tortiladigan bazaning kengayishidan esa davlat bevosita manfaatdordir. Bugungi kunda esa rivojlangan mamlakatlarda bu amaliyotdan keng miqyosda foydalaniladi. Amaldagi qoidalarga ko'ra hozirda mol-mulk solig'i to'lovchilarning aksariyati bir xil darajadagi soliq stavkasi bo'yicha soliqqa tortilayotir. Bu o'z navbatida, soliq to'lovchilarga nisbatan bir xil yondashilayotganligidan dalolat beradi. Soliq to'lovchilarga nisbatan bir xil talab qo'yilishi, o'z navbatida, ularning barchasi bir xil sharoitga ega bo'lgan taqdirda o'z ma'nosiga egadir.

Download 33,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish