O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi



Download 356,97 Kb.
bet5/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
Bog'liq
IPK

9-modda. Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 43-moddasining beshinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi.
10-modda. Sud ishlari yuritiladigan til
Iqtisodiy sud ishlari o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yuritiladi.
Sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan sud protsessi ishtirokchilarining tarjimon orqali ish materiallari bilan tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish hamda sudda o‘z ona tilida yoki erkin tanlangan muloqot tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
Sud muhokamasi jarayonida qabul qilinadigan sud hujjatlari sud majlisi qaysi tilda o‘tkazilgan bo‘lsa, o‘sha tilda tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 115-moddasi, mazkur Kodeksning 59-moddasi, 279-moddasi birinchi qismining 4-bandi va to‘rtinchi qismi, 302-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi.
11-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi
Iqtisodiy sudlarda ishlar muhokamasi oshkora o‘tkaziladi.
Davlat sirini, tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur bo‘lgan taqdirda ishni yopiq sud majlisida eshitishga yo‘l qo‘yiladi. Ishni yopiq sud majlisida videokonferensaloqa rejimida eshitishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday majlisning audio- va videoyozuvlari amalga oshirilmaydi.
Eshitish yopiq sud majlisida o‘tkazilgan taqdirda ishni elektron shaklda shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora o‘qib eshittiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari sudning rasmiy veb-saytida taraflarning roziligi bilan yoki shaxsi ko‘rsatilmagan tarzda e’lon qilinadi, bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud hujjatlari mustasno.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 16-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish