O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi



Download 356,97 Kb.
bet8/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   171
Bog'liq
IPK

3-bob. Sudning tarkibi
16-modda. Ishlarning yakka tartibda va hay’atda ko‘rilishi
Birinchi instansiya bo‘yicha ishlar barcha sudlarda sudya tomonidan yakka tartibda ko‘riladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlarni apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish besh nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Ish hay’atda ko‘rilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 135, 153, 269 — 273, 279 — 281 va 290 — 297-moddalari.
Ishni ko‘rishda barcha sudyalar teng huquqlardan foydalanadi.
Ushbu Kodeksga binoan sudyaga ishni yakka tartibda ko‘rish va ayrim masalalarni hal qilish huquqi berilgan taqdirda, sudya sud nomidan ish ko‘radi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 23-moddasining beshinchi qismi, 23-moddasining ikkinchi qismi, 190-moddasining to‘rtinchi qismi.
17-modda. Sud tarkibini shakllantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Muayyan ishni ko‘rish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning ta’sir ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi O‘RQ-607-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko‘rilishi boshlangan ish aynan shu sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.
Sudya yoki sudyalardan biri:
sudya ushbu Kodeksda belgilangan tartibda o‘zini o‘zi rad qilgan yoki sudyani rad qilish haqida ariza berilgan va bu qanoatlantirilgan taqdirda;
sudya yo‘qligi sababli ishni ko‘rish imkoni bo‘lmagan taqdirda almashtirilishi mumkin.
Sudya almashtirilganidan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 22 — 24-moddalari.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish