O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi



Download 1,75 Mb.
bet7/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

axloq mafkura


ISHLAB CHIQARISHNING IQTISODIY USULI

ijtimoiy milliy siyosiy davlat huquqiy




ISHLAB CHIQARISHNING IQTISODIY USULI

qayta ishlab chiqarishning mulkchilik


ayirboshlash taqsimot iqtisodiy
tuzilishi shakllari
boshqaruv
I SHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK USULI

mehnat energiya mehnat tabiiy texnologiyalar ishlab chiqarishning


vositalari manbalari predmetlari resurslar tashkilotlari


ODAM, OILA, XALQ, AHOLI

ehtiyojlar qobiliyatlar bilim malaka ko’nikma manfaatlar (istak) iroda


2 – tasvir




Sivilizatsiya piramidasi (jamiyatning tuzilishi)

1. Piramidaning asosi, poydevori bo’lib odam xizmat qiladi, aniqrog’i-oila, jamiyatning birlamchi bo’g’ini, uning molekulasi (qaysiki, o’z navbatida bo’linmas atomlar-zarralarini to’ldiradigan funksiyalarni bajaradigan oila a’zolaridan tuzilgan, bir kishidan iborat bo’lgan, ko’pgina funksiyalarni, lekin barcha funksiyalarni ham bajarmaydigan bir kishidan iborat bo’lgan oila ham bo’lishi mumkin). Aynan oilada odamning biosotsial genotipini qayta ishlab chiqarish saqlanadi, odamlar avlodini almashuvi yuz beradi, asosiy hayotiy ehtiyojlar qondiriladi, boshlang’ich bilim va ko’nikmalar orttiriladi (qaysiki, ta’lim tizimi bilan keyin to’ldiriladi va rivojlanadi), insonning irodasi va qiziqishlari shakllanadi. Oila ijtimoiy qayta ishlab chiqarishning boshlang’ich va oxirgi nuqtalaridir. Oilani o’z-o’zini saqlashi, tushkunliklari va o’tish davrining buzilishlari vaqtida buzg’unchiliklarni boshlanishiga chegara qo’yib, ularni bartaraf qilishga asos bo’lib xizmat qiladi. Oilani buzilishi oxir-oqibatda atomlashgan jamiyatni aynishi va halokatiga olib keladi.


Oilalarning to’plami demokratik qonunlar bo’yicha rivojlanadigan, jamiyatning ehtiyojlari tuzilishi va umumiy hajmini belgilaydigan xalq, aholini tashkil qiladi. Aholini umumiy soni, uni o’sish suratlari, hududda aholini joylashuvi ko’p hollarda jamiyat taraqqiyoti darajasini va unda to’planib qolgan qarama-qarshiliklarni belgilaydi.
Sivilizatsiyalar tarixi neolit davrida monogam (yaqin qarindoshlarni bir necha avlodlarini o’z tarkibiga olgan katta oila) oilani ijtimoiy-iqtisodiy birlik sifatida shakllanishidan boshlandi. Har bir yangi sivilizatsiya bilan oilaning tarkibi va funksiyasi, uning moddiy va ma’naviy qayta ishlab chiqarishdagi roli o’zgaradi.
Oila jamiyatning asosiy qayta ishlab chiqaruvchi bo’g’ini. Unda odamni qayta ishlab chiqarishni, faqat bosh ishlab chiqarish kuchlarini, balki ijtimoiy qayta ishlab chiqarishning maqsad va mohiyati amalga oshiriladi. Hozirgi jamiyatda uy xo’jaligida foydali mehnatni 30-40 %igacha sarflanadi. Shaxsiy tomorqa xo’jaligida oila iste’mol qiladigan oziq-ovqatni bir qismi yaratiladi, uyda esa shaxsiy xizmatlarning (uyni tozalash, ovqat tayyorlash, kir yuvish, tarbiya, ta’mirlash va boshqalar) asosiy qismi amalga oshiriladi.
Oila sivilizatsiya poydevorini saqlashdan chetlashmaydi. Inson individ, shaxs sifatida o’zining ma’naviy dunyosiga ega, oiladan, jamiyatdan axborot oqimi va energiyani simirib oluvchi, bu oqimlarni o’zgartirilgan holda qaytarib beruvchidir. Har bir kishi individual, takrorlanmas, lekin u jamiyatning oynasi, atomi bo’lib xizmat qiladi. Jamiyatsiz odam yo’q, odamsiz jamiyat yo’q. Jamiyat tarixi-bu ko’pgina odamlarning, ularni taqdirini, anglangan harakatlarning tarixidir. Sivilizatsiyalar tarixi, jamiyatning dinamikasidagi bosqichlar-bu izchil, to’la, ziddiyatli hamkorlik va ko’pgina shaxslarning kurashidir, ularning ongi va faoliyatida tarixiy qonuniyat yaqqol ko’rinadi, merosiy genotip saqlanib qoladi va boyiydi. Jamiyatni bir tarixiy bosqichdan boshqasiga harakati yuz beradi. Alohida odam ko’p qiyofali, o’zgaruvchan, ba’zida sirli va o’z hatti-harakati va intilishlariga tushunib bo’lmaydi, lekin aynan millionlar va milliard individlarning hamkorligi va qarama-qarshiligidan tarixiy rivojlanishning yurishi qaror topadi.
2. Sivilizatsiya piramidasining keyingi qavati-ishlab chiqarishining texnologik uslubi-jamiyatda foydalanadigan texnologiyalar, ishlab chiqarishning tashkil etilishini shakl va tamoyillari, ishlab chiqarish vositalari hamda tabiiy ishlab chiqarish kuchlari to’plamining ifodasidir. Insoniyat jamiyatining birinchi bosqichi davrlarida arxeologlar va tarixchilar tomonidan asosiy xom-ashyolardan foydalanib tayyorlanadigan (tosh, jez, temir) mehnat qurollari bilan davrlar farqlanadi. Energiyaning asosiy manbasi insonning muskul kuchi, keyin esa hayvonlarning kuchi edi; insonning tabiat kuchlariga to’la qaramligi bilan mehnatning oddiy kooperatsiyasi yetakchi edi. Inson uzluksiz ravishda sun’iy dunyoni shakllantirdi, yanada murakkab mehnat qurollar, keyin mahshinalar, murakkab texnik tizimlar, energetikani, endi esa boshqaruv va nazorat funksiyalarini o’zlari kashf qilgan priborlar, programmalashtirilgan nazorat tizimlariga berdi. Ichki ishlab chiqarish, sohalararo hududiy mehnatni ijtimoiy taqsimoti yuz berdi; korxona, hududlar, mamlakatlar, jahon xo’jaligi yanada ko’proq integratsiyalashgan yaxlitlik belgilarini ola boshladi.
Bir sivilizatsiyadan boshqasiga o’tishda ishlab-chiqarishning texnologik uslubi o’zgaradi, ishlab-chiqarish vositalari to’plamidan va uni tashkil qilish usullaridan foydalanadigan-texnologik inqilob yuz beradi. Lekin ishlab-chiqarishning bu usuli doirasida sifat o’zgarishlari yuz beradi, texnik tizimlarni energetik manbalari va umumiy tamoyillariga asoslangan, bu tizimlarga mos,ishlab chiqarish shakllariga mos sifat o’zgarishlari yuz beradi. Ishlab chiqarishning industrial usuli, uni boshlanishini sanoat inqilobi boshlab berdi, u besh texnologik ukladlarni o’z ichiga oladi.
Ulardan birinchisi manufaktura ishlab chiqarish usulidan meros olingan texnikada quriladi; ikkinchisi va to’rtinchisi ishlab chiqarishning industrial usulini, o’z-o’zini rivojlanishini tizimli bosqichini ifodalaydi. Zamonaviy beshinchi texnologik uklad XX asr oxirida rivojlangan mamlakatlarda yetakchi bo’lgan postindustrial ishlab chiqarishni texnologik usuliga o’tish bo’lib, uning ilk unsurlarini o’zida olib borib, XXI asrda o’z asosida rivojlanadi. Har bir texnologik uklad o’z navbatida, 10 yil davomida bir-biri bilan o’zaro bog’langan texnika avlodlarini o’z ichiga oladi, ularning har biri yirik kashfiyotni, ba’zida yangilikni amalga oshiradi. Hozirgi zamon uchun hisoblash, kompyuter, lazer, kosmik, raketa texnikasini ko’rsatish mumkin. Har bir avlod umumiy texnologik tamoyil, ko’pgina modifikatsiyalar va texnik modellarni amalga tadbiq qiladigan yanada yuqori darajadagi (ilmiy texnika yo’nalishidagi) texnologik siklini shakllantirish va joylashtirish bosqichi bo’ladi. Ishlab chiqarishning aralash texnologik usullari, texnologik ukladlari, texnikaning avlodlari, umumiy maydonlar, har xil faoliyatning o’tish davrlarini hosil qiladi, bu uzluksiz texnik progressni ta’minlaydi. Shu bilan bir vaqtda texnikani yangi avlodini, texnologik uklad va ishlab chiqarish usulini qaror topishi navbatdagi texnik progress, u yoki bu masshtabdagi va chuqurlikdagi texnologik to’ntarishni belgilaydi.
Qarama-qarshiliklarga quriladigan bir-birini almashtiradigan tamoyillardagi texnikaning o’tish avlodlari, o’tish texnlogik ukladlarning samarasi pastdir. Yanada yuqori darajada turadigan, texnologik sikllar o’rtasidagi, uni yetuklik fazasini ifodalaydigan, unga joylashtirilgan potensialni to’la amalga oshiradigan avlod va ukladlar ko’proq samarali bo’ladi.
Texnika taraqqiyotidagi bosqichlar insonning bilish, bilimlarini moddiylashuvi texnologik ko’nikmalarini aks ettiradi va o’z navbatida uning ishlab chiqarish qobiliyatlarini rivojlanishiga yangi kengliklar ochadi.
3. Jamiyat piramidasining navbatdagi qavati ishlab chiqarishning iqtisodiy usuli, iqtisodiy (ishlab-chiqarish) munosabatlari tuzulmasi. Uning asosiy unsurlari: qayta ishlab chiqarish tuzilishi; mulkchilik shakllari, ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini (o’zlashtirish) ishlab chiqarilgan mahsulotni qayta ishlab chiqarish ishtirokchilari, jamiyat a’zolari o’rtasida taqsimlash usullari; ayirboshlash usullari, jamiyatda ishlab chiqarilgan mahsulotni aylanishi, iqtisodiy boshqaruv shakllari, alohida xodimlar, qayta ishlab chiqarish birliklarini eng samarali usullarga undovchi, boshqaruvchi va motivatsiya mexanizmi. Har bir sivilizatsiyada ma’lum bir mos qayta ishlab chiqarish unsurlari va sohalar, iqtisodiy munosabatlar tizimi mavjud.
Neolit sivilizatsiyasi jamoa mulki, teng taqsimot, natural ayirboshlash, ijtimoiy mehnat taqsimotining ilk shaklidagi mehnat faoliyatini bevosita boshqarishiga asoslangan edi. Ilk sinfiy va antik sivilizatsiya xususiy o’zlashtirishga (yakka yoki jamoa) asoslangan edi. Ishlab chiqarish vositalari va xodimlarni, erkin dehqonlar va hunarmandlarni jamoa va kichik xususiy mulk aralashgan holda qullar uchun kam ulush, tovar ayirboshlashni o’sishi (ijtimoiy ishlab chiqarish mahsulotining bir qismini qamrab oladigan), dehqon oilalarini shaxsiy mulki sifatida mehnat qurollariga egaligi, noiqtisodiy majburlashga (sun’iy sug’orish tizimini qurish, boshqarish, piramida, saroylar, ibodatxonalarni qurilishi) asoslangan.
O’rta asrlar va industrial sivilizatsiyalar uchun yer va qisman ishlab chiqarish xodimlariga (qaram dehqonlar va hunarmandlar), toifaviy-feodal (“ko’p etajli”) egalik, dehqon oilalarini mehnat qurollariga shaxsiy egaligi, “Erkin shaharlar”da sanoat, qurilish, savdoda yollanma mehnat unsurlari bilan yarim burjua mulkchiligi, rivojlangan bozor-pul mexanizmini shakllanishi xosdir. Industrial sivilizatsiyalar uchun kapital va yollanma mehnat, bozor munosabatlari hukmronligiga asoslangan iqtisodiy tuzum xos.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy usuli o’z taraqqiyotida, uning hayotiy sikli fazalariga javob beradigan ma’lum bosqichlarni bosib o’tadi.
“Sof” ko’rinishda iqtisodiy munosabatlar bo’lmaydi. Har bir davrda turli iqtisodiy ukladlar bir-birini to’ldiradi va qarama-qarshi turadi: bu yetakchi ishlab chiqarish usuli yoki uning fazalari; eski, ilgari yetakchi bo’lgan ukladlarning kam yoki ko’p qoldiqlari; tarixiy vaqti hali kelmagan, tug’ilayotgan kelajak uklad kurtaklaridir. O’tish davrlarida ketayotgan va kirib kelayotgan ukladlarning nisbatan muvozanati va keskin qarama-qarshiligi kuzatiladi, shuning uchun bu yerda aralash iqtisodiyotning yetakchiligi to’g’risida gapirish to’g’riroq bo’ladi.
4. Ijtimoiy-siyosiy tuzum-sivilizatsiya piramidasining navbatdagi qavati-ijtimoiy munosabatlarning murakkab tizimini ifodalaydi. Unga ularning quyidagi ko’rinishlarini keltirish mumkin:
a) Aholining turli guruhlari o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar-jins, yosh (erkaklar va ayollar, bolalar, kattalar va keksalar) ijtimoiy qayta ishlab chiqarishda va mehnat taqsimotida turli o’rinlarni egallaganlar (turli sinflar, jismoniy va aqliy mehnat kishilari, shahar va qishloq aholisi); ta’lim darajasi va boshqa (turli dinlarga mansub ruhoniylar va dindorlar).
b) Etnik va milliy-bir hududda (mamlakatda) yashovchi va madaniyat, iqtisodiyot, tarixiy an’analar, til birligiga ega bo’lgan odamlar guruhlari o’rtasidagi; turli irqlar, millatlar, milliy guruhlar o’rtasidagi;
s) Siyosiy partiyalar o’rtasida alohida ijtimoiy guruhlar, sinflar, mamlakatlar, etnoslar, manfaatlarini himoya qiladigan, yoki boshqa siyosiy kuchlar bilan hamkorlikda yoki qarama-qarshilikda, shu bilan birga bu qarama-qarshiliklar, qurolli to’qnashuvlar, urushlar, mustamlakachilik bosqinlari shiddatli shakllarni olishi mumkin. Ichki siyosiy munosabatlar (bir davlat, mamlakat ichida) va tashqi siyosat (turli mamlakatlar o’rtasidagi) farqlanadi.
d) davlat-huquqiy hokimiyatining turli shakllarida aks etuvchi, uning huquqiy norma tizimlarida amalga oshiruvchi, davlat va huquqni himoya qiluvchi organlarni, ularga rioya qilishni ta’minlaydigan kuchdir. Davlat mamlakat ichida turli funksiyalarni (qayta ishlab chiqarishni, huquq-tartibot, aholini ma’lum bir qatlamlarini qo’llab-quvvatlash, davlat tuzumini o’zgartirishga urinayotganlarni bostirish) va boshqa mamlakatlarni bosib olish, tashqi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish va boshqalarni bajaradi; tegishli huquqiy boshqarish farqlanadi. Har bir sivilizatsiya o’z tuzumi va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning taraqqiyot darajasiga ega. Bu sohalarning asta-sekin kuchayishi, munosabatlarning yangi ko’rinishi va tiplarini paydo bo’lishi umum-tarixiy qonuniyatdir. Agar neolit sivilizatsiyasida yosh jins guruhlari o’rtasidagi, ijtimoiy mehnat taqsimotining (chorvadorlar, dehqonlar) qo’shni jamoalar, birinchi bosqichlari o’rtasidagi munosabatlar yetakchi o’rin egallagan bo’lsa, keyingi bosqichda esa munosabatlar yanada ko’p marta murakkablashdi; sinflar, siyosiy guruhlar, davlatlar, huquqiy tizimlar, davlat boshqaruvi paydo bo’ldi. Soliqlar yig’ish bilan, qo’shinda xizmat qilish, madaniyat sohasida xizmat qilish bilan shug’ullanadigan odamlar qatlami ajralib chiqdi. Bu jamiyatni shakllanishida, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim rol o’ynadi. Har bir keyingi sivilizatsiyada bu muassasalar ajraldi, takomillashdi. U keyin ham saqlanib qoldi: tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, sinflar va davlatni o’lishi ham yuz bermaydi. Davlatni yo’q bo’lib ketishi, sinfsiz jamiyat tushunchalari markscha ta’limotni asosiy tamoyillaridan biri edi. Davlatning funksiyasi xilma-xil, u jamiyatni o’z-o’zini tashkillashtirishni kutilgan natijasi edi, u ijtimoiy munosabatlardagi boshboshdoqlik va tartibsizlikka qarama-qarshi turadigan shakl edi. Sivilizatsiya siklining har xil fazalarida ijtimoiy-siyosiy sohalarni tartibga tushgan darajasi bir xil emas. O’tish davrlarida ijtimoiy qarama-qarshiliklar turli siyosiy partiyalar, davlatlar o’rtasidagi kurash keskinlashadi, inqiloblar, fuqaro va davlatlararo urushlar ketma-ket, o’ta keskin tusgacha chiqadi. Davlat apparatining bir qismini buzish huquqiy tizimni, siyosiy muassasalarni o’zgarishi bilan ijtimoiy-siyosiy sohaning liderlarini almashuvi yuz beradi. Ijtimoiy-siyosiy sohada, to’s-to’polon, qonunsizlikni o’sishi, jinoyatchilikni kuchayishi kuzatiladi; urushlarda, inqiloblarda aholini bir qismi halok bo’ladi. Sivilizatsiya siklining keyingi fazalarida o’tish davrining to’s-to’polonlaridan insonda, ishlab chiqarishning texnologik va iqtisodiy usullaridagi tubdan o’zgarishlarga javob beradigan ijtimoiy-iqtisodiy sohaning yangidan tartibga solinishi tug’iladi.
5. Sivilizatsiya piramidasining yuqori qavati- insonning ma’naviy dunyosi, ijtimoiy ongini tuzilishi qanday?
Bu eng avvalo, insoniyatning bilim sohasi, qaysiki vaqt o’tishi bilan jamiyatni, insonni o’z taraqqiyotining qonuniyatlarini o’rganadigan, boshda sof empirik, keyin esa abstrakt vaqt o’tishi bilan tartibga solingan bilim bu-fan edi. Ijtimoiy ong qachon odam (alohida individ emas, individlar to’plami sifatida) o’zini o’rab turgan borliqdan ajrata olgan paytdan, o’zini o’rnini bilishi va bu bilimlarni o’z-o’zini saqlab qolish va rivojlanishi uchun maqsadli foydalana olishidan boshlanadi. Asta - sekin ijtimoiy, tabiiy va texnik fanlar paydo bo’lib, boyib bora boshladi. Ijtimoiy zakovatning qudratli to’lqini uning yadrosi ilmiy bilim insonning o’z-o’zini rivojlanishini, jamiyatni dinamik taraqqiyotini va uni tarixiy spiral aylanishlari bo’yicha harakatiga birinchi manba sifatida chiqdi.
Agar fan o’ng yarim sharning faoliyatini to’plangan natijasi bo’lsa, madaniyat esa-o’ng yarim sharning faoliyati mevasi, atrof-dunyoni aniq obrazli hissiy qabul qilishdir. U o’zini estetik baholash, go’zallik va xunuklikni qabul qilish, tabiatni mukammalligi va insonni go’zalligini tushunishdir. San’atning turli xil turlari (tasviriy san’at, haykaltaroshlik, me’morchilik, musiqa, vokal, xoreografiya, teatr, adabiyot, ommaviy axborot vositalari va kitob bosish) madaniyatga kiradi. Ulardan bir nechasi (qoyatosh tasvirlari, raqs, qo’shiq aytish) paleolit davrida paydo bo’ldi. XX asrda esa faqat kino, videosan’at paydo bo’ldi. Madaniyatning boyligi va turli xilligi insonni o’rab turgan dunyoning keng qamrovli qabul qilishga, uni samarali transformatsiya qilishga yordam beradi.
Ma’naviyat sohasiga yana axloq normalari to’plami, har bir kishini yurish-turishini yetuk baholash, uni boshqa oila a’zolari va ijtimoiy guruhlar bilan o’zaro munosabatlari kiradi.
Axloqiy normalarini mezoni har bir kishining yurish-turishida nima yaxshi, nima yomon degan mezonlar beradi; ularsiz jamiyat yashay olmaydi. Bu yurish-turish qoidalari oilaviy, milliy an’analarda, diniy qonunlarda, davlat uchun muhim bo’lgan huquq normalarida singdirilib, muctahkamlanadi.
Nihoyat kishilik jamiyatining siyosiy partiyalari, davlat, ularni faoliyatini maqsadlari majmuasi bo’lgan mafkura ham ijtimoiy ong, ma’naviy dunyo tarkibiga kiradi. Mafkura diniy shaklda ham mavjud bo’ladi, lekin uning sohasi mafkura bilan cheklanmaydi.
U yoki bu sivilizatsiyaning ma’naviy hayotini barcha sohalari o’zaro aloqada, bir-biri bilan yaqindan bog’langan ijtimoiy ongning hayotbaxsh harakatida ma’lum bir bosqichni ifodalaydi. O’tish davrlarida ma’naviy soha tubdan “tozalanadi”. Eskirib qolgan ilmiy paradigmalar yemiriladi, badiiy uslublar, ta’limning mazmuni, uslublari va tashkiliy shakllari o’zgaradi. Axloq normalari yangilanadi, mafkuraviy oqimlarning eskilari siqib chiqariladi, ularning o’rniga yangilari, diniy e’tiqodlar va boshqalar shakllanadi.
Ma’naviy dunyoni vaqtinchalik to’s-to’polon qamrab oladi, qachonlardir uloqtirib tashlangan xurofotga berilish qayta tug’iladi, ijtimoiy ongda yuzaga kelgan bo’shliqni to’ldirish uchun shafqatsiz kurash boshlanadi. Keyin ma’naviy tushkunlik bartaraf etiladi; ijtimoiy ongning yangi mazmuni qaror topadi, tarqaladi va takomillashadi, u hozircha navbatdagi tushkunlik yuz bermaguncha yashaydi.
Sivilizatsiya piramidasi shunday umumiy holda ko’rinadi.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish