O’zbekiston tarixi” fanidan mavzu: Mustaqillik yillarida madaniy qadriyatlarning tiklanishi. Bajardi


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Download 0,71 Mb.
bet2/12
Sana20.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#567067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mustaqillik yillarida madaniy qadriyatlarning tiklanishi

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi mustaqillik yillarida madaniy qadriyatlarning tiklanishi masalalarini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqotning bosh maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni hal qilishga asosiy e'tibor quyidagilarga qaratilgan:

  • Milliy istiqlol davrida ma`naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi;

  • Mustaqillik yillarida ta`lim, adabiyot, me`morchilik amaliy san`at va kino ravnaqi;

  • Teatr, sirk, musiqa va qo`shiqchilik san`ati, muzey va sport taraqqiyoti.

Kurs ishining o’rganilganlik darajasi. O`zbek xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sohifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I.A. Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo`lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`risida”gi Qarorida belgilab berildi.
Milliy qadriyatlarimiz hamda obidalarimizni asrab-avaylash to’g’risida mustaqillikka erishganimizgacha faqat gazeta va jurnallarda maqolalar e’lon qilingan bo’lsa, istiqlolga erishishimiz arafasidan to bugunga qadar milliy qadriyatlarimiz tiklashga oid juda ko’plab ilmiy tadqiqotlar, darslik va qo’llanmalar, ilmiy ishlar olib borildi. Bu boradagi M.Quronov, S.Otamurodov, M.Sobirov, U.Qoraboyev, Aminova R.X. va boshqa olim hamda olimalarimizni olib borgan ishlari1 tahsinga sazovordir.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA MILLIY VA DINIY QADRIYATLARNING TIKLANISHI
§ 1. Milliy istiqlol davrida ma`naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi.
Jamiyat ma`naviyati mamlakat taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Shu narsa haqiqatki, biron-bir mamlakat o`z ma`naviy imkoniyatlariga tayanmay, odamlar ongi, tafakkurida ma`naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg`otmay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko`tarila olmaydi. Ma`navit insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da`vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon irodasi, e`tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg`otadigan qudratli kuchdir.
Tarixdan ma`lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujmiga duchor bo`lgan, qaramlik va julm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma`naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo`lgan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzimi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma`naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko`plab masjidumadrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma`naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.
Jamiyat ma`naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta`minlovchi ma`naviy-ma`rifiy islohotlarning yo`nalishlari belgilab olindi. Mustaqillik dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma`naviy merosini tiklash ishlari boshlanib ketdi.
Xo`sh, ma`naviy merosning o`zi nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo`lmoqda?
Ma`naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan ma`naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob me`yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san`at asarlari majmuidir. Ma`naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo`l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o`sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o`zgarishi bilan yo`qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun meros bo`lib qoladi. Har bir avlod ma`naviyatni yangidan yaratmaydi, balki mavjud ma`naviy merosga tayanadi. Biroq uni qanday bo`lsa shundayligicha, ko`r-ko`rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi.
1991 yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O`zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta`sis etildi. Yubiley yilida «Lison ut-tair», «Sab`ai-sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Hayrat-ul abror» asarlari nashr qilindi, kinofil`mlar va sahna asarlari yaratildi. 1991 yil 28 sentyabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Alisher Navoiy haykali va Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog`ining ochilishi marosimi bo`lib o`tdi.
1994 yil oktyabr oyida Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yillik yubileyi o`tkazildi. Ulug`bek madrasasi, Ulug`bek yashagan davrdagi astranomik asboblar, Toshkentdagi Ulug`bek haykali aks etgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. O`sha yil 24 oktyabrda Parijda YuNESKO zalida “Ulug`bek va Temuriylar davri” mavzusida Xalqaro konferensiya hamda “Ulug`bek va an`anaviy san`at” ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug`bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga molik ekanligini yana bir bor isbot etdi.
1998 yil 23 oktyabrda Farg`onada byuuk alloma Ahmad al-Farg`oniyning 1200 yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg`ona shahrida al-Farg`oniy bog`i yaratildi va buyuk allomaga haykal o`rnatildi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish