O‘zbekistonda oliy ta’limni isloh qilish: muammolar va takliflar



Download 47 Kb.
bet4/5
Sana11.03.2022
Hajmi47 Kb.
#489503
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zbekistonda oliy ta’limni isloh qilish muammolar va takliflar

Pandemiya oqibatlari
Pandemiya uzoq vaqtdan beri aytib kelinayotgan masofaviy ta’limga o‘tishni jadallashtirdi. Mazkur vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan texnik muammolar (internet tezligining pastligi va h.k.) haqida ko‘p gapirildi.

Har xil platformalar orqali mashg‘ulotlarni tashkil etishda quyidagi usuldan foydalanilsa, o‘qish jarayoniga ham, o‘qituvchi va talabaga ham qulaylik tug‘diradi. Ya’ni seminar/amaliy mashg‘ulotlarni boshqacha formatda o‘tkazganda o‘qituvchi talabalarga ma’ruza yoki platformada joylashtirilgan materiallar bo‘yicha tushuntirish berib, savol-javob tarzida dars o‘tadi va talabalarni baholamaydi. Fan bo‘yicha baholash semestr davrida 2-3 ta yozma topshiriq berish, fan xususiyatidan kelib chiqib, bu 30-40 ballga baholanishi mumkin, qolgan ball yozma yakuniy imtihonga qoldirilishi mumkin.

Unda o‘qish oson bo‘lib qolar ekan-da, degan fikr tug‘ilishi mumkin. Yo‘q, unday emas, bu o‘rinda o‘qituvchining talabalar bilimini baholash uchun tuziladigan topshiriqlarga ko‘proq vaqt sarflab, uni sifatli ishlab chiqishi talab etiladi. Topshiriqlar talabalarda mustaqil fikrlash va tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Bunday sharoitda talabalarning bir-biridan ko‘chirib, topshiriqlarni topshirish holatlari uchrashi mumkin. Lekin biz talabalarga plagiat bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishimiz, kerak bo‘lsa, tilxat yozdirib olib, bu qilmishi uchun talabalar safidan chiqarishgacha choralar qo‘llanilishi mumkinligidan ogohlantirishimiz zarur. Chet elda universitetlar xuddi shu tarzda ish olib boradi.

Ilmiy faoliyat
Bizda xalqaro tajriba, xalqaro standartlar deyiladi-ku, lekin o‘zimizga xos yo‘ldan ketiladi. Chet elda magistrlikdan keyin doktor darajasini olish mumkin. Bizda ma’lum bir vaqt shunday tizim joriy etildi, biroq yana o‘zgardi, endi magistrlikdan keyin falsafa doktori, undan keyin fan doktori darajasini olish mumkin. Menga chet ellik professorlar nimaga O‘zbekistonda doktorlik darajasi ikki marta olinishi kerak, deb ko‘p murojaat qilishgan.

Agar bu ilmiy ishlar sifatini oshirishga qaratilgan bo‘lsa, buni boshqa mexanizmlarni joriy etish bilan hal etish mumkin-ku. Bizda ilmiy ishni yozish taxminan 30 foiz vaqtingizni olsa, qolgan 70 foizi tashkiliy ishlar va har xil bosqichlardan o‘tishga sarflanadi. Ilmiy ish qilganlar mening fikrimga qo‘shilsa kerak?!

Chet elda tadqiqotchining ilmiy ishi rahbari, ichki va tashqi taqrizchilar tomonidan baholanib, ilmiy daraja ommaviy himoyasiz, universitet tomonidan berilaveradi.

Bizda ham ilmiy ish bosqichlarini kamaytirib, sifati bo‘yicha ilmiy rahbar va taqrizchilar mas’uliyati oshirilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Misol uchun, agar tadqiqotchining ish sifati yaxshi emasligi aniqlansa, unga daraja bermay, uning ilmiy rahbari boshqa ilmiy ishlarga rahbarlik qilish huquqidan mahrum etilishi kerak. Xuddi shunday qoidani ichki va tashqi taqrizchilarga ham qo‘llasa bo‘ladi.

Hozirda ilmiy ish natijalarining tatbiq etilganligini talab qilish — alohida mavzu. Xo‘sh, yuridik sohada ilmiy ish qilayotgan tadqiqotchi nimaga vazirlik, idoralar va Oliy Majlisga yugurib ilmiy natijamni tatbiq eting deb yurishi kerak?! Bunday vazifani tadqiqotchining bo‘yniga qo‘yish qanchalik to‘g‘ri?! Bu talabning ilmiy ish sifatini yaxshilashda ahamiyati nechog‘lik?

Tadqiqotchining vazifasi biror mavzuni tadqiq etib, asoslantirilgan ilmiy (amaliy) xulosalarini ishlab chiqishdan iborat, ularni amaliyotga tatbiq etish esa vazifasiga kirmaydi. Misol uchun, bir tadqiqotchi yuridik sohada yangi mavzu bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi deylik, takliflarini vazirlik, idora va Oliy Majlisga kiritdi. O‘zimni misol qilsam ham bo‘lar ekan, men mediatsiya bo‘yicha ilmiy ishimni 2008 yilda himoyalaganman. Takliflarimni Oliy Majlisga ham yuborganman, lekin O‘zbekistonda mediatsiya to‘g‘risidagi qonun 2018 yilda qabul qilindi. Demak, men hozirgi talab bo‘yicha tadqiqot natijalarimning tatbiq etilishini 10 yil kutishimga to‘g‘ri kelardi. Xullas, bu masala bo‘yicha o‘zingiz xulosa qilavering.

Hozirda bu talab tadqiqotchilarning ko‘p vaqtini olib, asosiy ishidan qoldirmoqda. Ularga bunday talabni qo‘yish qanchalik to‘g‘ri?


Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish