O’zbekistondagi xozirgi ekologik vaziyat Jalaquduq tumanining tabiiy geografik tavsifi


IV BOB. JALAQUDUQ TUMANIDA ATROF-MUXITNING IFLOSLANISHI VA SUV HAVZALARINI EKOLOGIK HOLATI



Download 0,56 Mb.
bet6/8
Sana06.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#748486
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUNDARIJA - 1

IV BOB. JALAQUDUQ TUMANIDA ATROF-MUXITNING IFLOSLANISHI VA SUV HAVZALARINI EKOLOGIK HOLATI
3.1. Inson salomatligiga ta’siri
Jalaquduq tumanidagi ochiq suv xavzalarining ekologik va sanitariya – gigienik jihatdan nazorati Jalaquduq tuman DSENM va tuman Ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan muntazam ravishda olib boriladi.
Muntazam nazorat natijalari asosida tumandagi suv xavzalarining monitoringi va taxlili amalga oshirilgan. Monitoring va taxlilar natijasida shu narsa ma’lum bo‘lmoqdaki, tumandagi ayrim sanoat korxonalari va qo‘shma korxonalardagi oqova suvlarini tozalash inshoatining xolati va uning samaradorligi o‘rganilganda, qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
Jumladan, “Mimitaj” qo‘shma korxonasi oqova suvini tozalash uchun maxsus loyixa asosida biologik usulda tozalashga mo‘ljallangan “KU-400” inshoati qurilgan. “Mimitaj Tekistil” qo‘shma korxonasining ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi sababli tozalov inshoatining ish faoliyati ham to‘xtatib qo‘yilgan.
Qolaversa tozalov inshoatiga “Mimitaj Tekistil” qo‘shma korxonadan tashqari boshqa bir qator Oyim QFY hududida joylashgan ob’ektlarning maishiy chiqindi oqova suvlarini tozalashga rejalashtirilgan bo‘lishiga qaramasdan, inshootga kelayotgan turli oqova suvlari tozalanmasdan, zararsizlantirilmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri ekin maydonlariga qo‘yilmoqda.
Tozalov inshoatining moddiy texnk xolati talab darajada emas. Tozalov asosiy va yordamchi binolari mukammal tamirlashga muxtoj. Oqova suvini tozalash uchun tozalov bosqichlari to‘la ishlamaydi. Birlamchi tozalovdan o‘tgandan so‘ngi oqova suvini qabul qilish xovuzi bugungi kunda yaroqsiz xolatda bo‘lib, ta’mirlashga muxtoj. Oqova suvini filtrlash qurilmasi izolyatsiya qilinmagan. Laboratoriya binosi mukammal ta’mirlashga muxtoj. Oqova suvi tozalov inshoatining samaradorligini aniqlash uchun laboratoriya tegishli reaktivlari hamda jixozlar bilan ta’minlanmagan. Oqova suvini zararsizlantirish binosi ta’mirlashga muxtoj hamda tozalov bosqichidan o‘tgan chiqindi suvidagi qoldiq xlor miqdorini aniqlash uchun sharoit yaratilmagan [4].
O‘zbekiston Respublikasi SSVning №300 buyrug‘ida belgilangan tartibda xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan, maxsus kiyim bosh va ximoya vositalari bilan ta’minlanmagan.
Yuqoridagi salbiy xolatlar atrof muhit ob’ektlarini oqova suv chiqindilari bilan ifloslanishiga olib kelishi va aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar ommaviy tarqalish xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
Undan tashqari Jalaquduq tuman DSENM tomonidan Davlat Sanitariya Nazorati to‘g‘risidagi qonun talablari bajarilishini ta’minlash, xususan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlarini nazorat qilish bo‘yicha amaliy ishlar qilinmoqda.
Tumanda jami 33 ta vodoprovod inshoati, 60 ta artezian qudug‘i mavjud. Vodoprovod tarmog‘ining uzunligi jami 275,5 km. bo‘lib tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishini 82% ni tashkil etadi. Oxunboboev sh. “Suv oqova” shuba korxonasida 2 ta nasos ta’mirlanib ishga tushirildi. O‘zbekiston ko‘chadagi nosozliklar to‘la ta’mirlandi. Tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi 82 % tashkil etgan bo‘lsada. Ayrim aholi yashash punktlarining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi 65-70% dan yuqori emas. Ayniqsa, Teshik-tosh QFY, Oyim QFY, Yorqishloq QFY da aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi talab darajasida emas. Ya’ni, bu ko‘rsatkich 55-60% dan yuqori emas. Shuningdek Janubiy Olamushuk shaharchasida suv nasoslarining tez tez ishdan chiqishi xollari kuzatilmoqda. Hozirda “Suv oqova” korxona ta’sarrufida jami 6 ta MChJ faoliyat ko‘rsatmoqda, qolgan vodoprovod inshoatlari MFY lari xodimlari tomonidan ishlatilmoqda.
Jumladan, Oyim QFY da “Nafis kamalak” MChJ tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. MChJ da jami 8 ta yer osti qudug‘idan 5 tasi turli sabablarga ko‘ra ishlamaydi. Vodoprovod inshoati ishlamayotgan va vodoprovod tarmog‘i kirmagan Buzrukxontura, Raxmonov, Ittifoq, Ko‘kalam, Olmazor, Toshloq, Delvarzin mahallalariga vodoprovod suvi tashib berish tashkil etilmagan. Vodoprovod inshoatini ta’mirlab ishlatish masalan hal etilmasdan qolmoqda. Vodoprovod tarmog‘ining uzunligi 21,4 km. bo‘lib, tarmoqning 30% ta’mirlashga, almashtirishga muxtoj [4].
Yorqishloq QFY da “G‘alaba vodiy gavhari” jami 6 ta suv inshoati mavjud bo‘lib, bundan 2 ta suv inshoati nosos qo‘yganligi sababli ishlamaydi. Yorqishloq QFY “Kambar bulog‘i” MChJ da jami 5 dona yer osti suv qudug‘i bo‘lib, bundan 2 dona suv qudug‘i turli sabablarga ko‘ra ishlamaydi. Aholini asosiy qismi hozirda vodoprovod suvini tashib ishlatishmoqda. Vodoprovod suvini tashib berish tashkil etilmagan. Vodoprovod inshootlarini tevarak atrofida SXZ (sanitariya ximoya zona) lari to‘la tashkil etilmagan. U.Murodov ko‘chasida ro‘y bergan avariya aniqlanib zudlik bilan bartaraf etilishi ta’minlandi.
Barcha MChJ lar tasarufida joylashgan vodoprovod inshootlarida xlorator qurilmalari nosozligi uchun ishlamaydi, vodoprovod suvini zararsizlantirish ishlari shartnoma asosida tuman dez.stansiyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Oxunboboev shahar axolisini “Suv oqova” shu’ba korxonasi tomonidan toza ichimlik suvi bilan ta’minlaydi. “Suv oqova” shu’ba korxonasida jami 4 ta yer osti suv qudug‘i bo‘lib, vodoprovod tarmog‘ining uzunligi 24,6 km ni tashkil etadi. Vodoprovod tarmog‘iga 32 ta suv kirish nazorat qudug‘i, 40 ta suv tarqatish jumraklari mavjud. Vodoprovod inshoati va uning tarmoqlarida ta’mirlash, almashtirish ishlari talab etiladi.
J.Olamushuk ShFY da “Gulchiroy chashmasi” MChJ da jami 4 dona vodoprovod inshoati mavjud grafik asosida suv berish tashkil etilgan. Vodoprovod tarmog‘i va suv sifatini yaxshilash bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Jalaqudud tumani Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi tumandagi ishlab chiqarish korxonalarida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida” gi qonunning hamda O‘zbekiston Respublikasi SSV ning 06.06.2000 yil kungi № 300 son buyrug‘i talablarini bajarilishini nazorat qilib chiqib, quyidagilarni aniqlagan.
Hozirgi kunda Jalaquduq tumanidagi asosan So‘fiqishloq paxta tozalash zavodi, Neftbaza unitar korxonasi, “TOPAZ” qo‘shma korxonasi, “ALYoRTEKS” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi, Oyim “Mimitaj Tekstil” qo‘shma korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Tuman hududida faoliyat ko‘rsatgan sanoat ishlab chiqarish korxonalari va qishloq xo‘jalik sohasida ishlayotgan ishchi-xodimlarni salomatligini muxofaza qilish, umumiy va kasb kasalliklarini oldini olish hamda aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi SSV ning 06.06.2000 yildagi № 300 son buyrug‘i bo‘yicha ishga kirishdan oldingi-dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi tashkil qilingan bo‘lib, 2010 yilning shu kuniga qadar rejadagi 5629 ta zararli omillar bilan ishlovchi ishchi xodimlardan 5286 tasi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, bu rejaga nisbatan 93.9 % ni tashkil qiladi. O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijasida 393 ta umumiy kasalligi bor bemorlar aniqlangan bo‘lib, bu tibbiy ko‘rikdan o‘tganlarga nisbatan 7.4 % ni tashkil qiladi.
Ishchilar o‘rtasida uchraydigan umumiy kasalliklar № 16 shakl asosida taxlil qilinganida ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar organligi aniqlandi. Jumladan “Mimitaj Tekstil” qo‘shma korxonasida 2010 yil 9 oyi mobaynida nafas olish yo‘llari surunkali kasalliklari 2009 yil 9 oyiga nisbatan 2.3 martaga ortgan, buyrak va siydik yo‘llari kasalliklari +34 % ga ortgan. NQOFM RK ning 2006 yil 11 martdagi № 06.01.01 sonli qaroriga asosan tuman DSENM ning 30.09.2010 yil kungi № 01/106 sonli buyrug‘i bo‘yicha, “Mimitaj Tekstil” qo‘shma korxonasi ish faoliyat davomida hosil bo‘lgan oqova suvlarini tozalash inshoatining holati va uning samaradorligi monitoring tarzida o‘rganilganda, qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, “Mimitaj” qo‘shma korxonasi oqova suvini tozalash uchun maxsus loyixa asosida biologik usulda tozalashga mo‘ljallangan “KU-400” inshoati qurilgan. “Mimitaj Tekstil” qo‘shma korxonasining ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi sababli tozalov inshoatining ish faoliyati ham to‘xtalib qo‘yilgan. Qolaversa tozalov inshoatiga “Mimitaj Tekstil” k/kdan tashqari boshqa bir qator Oyim QFY hududida joylashganob’ektlarning maishiy chiqindi oqova suvlarini tozalashga rejalashtirilgan bo‘lishiga qaramasdan, inshoatga kelayotgan turli oqova suvlari tozalanmasdan, zararsizlantirilmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri ekin maydonlariga qo‘yilmoqda. Tozolov inshoatining moddiy texnik xolati talab darajada emas. Tozalov inshoatining asosiy yordamchi binolari mukammal ta’mirlashga muxtoj. Oqova suvini tozalash uchun tozalov bosqichlari to‘la ishlamaydi. Birlamchi tozalovdan o‘tgandan so‘ngi oqova suvini qabul qilish xovuzi bugungi kunda yaroqsiz xolatda bo‘lib, ta’mirlashga muxtoj. Oqova suvini filtrlash qurilmasi izolyatsiya qilinmagan. Laboratoriya binosi mukammal ta’mirlashga muxtoj. Oqova suvi tozalov inshoatining samaradorligini aniqlash uchun laboratoriya tegishli reaktivlari hamda jixozlar bilan ta’minlanmagan. Oqova suvini zararsizlantirish binosi ta’mirlashga muxtoj hamda tozolov bosqichidan o‘tgan chiqindi suvidagi qoldiq xlor miqdorini aniqlash uchun sharoit yaratilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi SSVning № 300 buyrug‘ida belgilangan tartibda xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan, maxsus kiyim bosh va ximoya vositalari bilan ta’minlanmagan.
Monitoring o‘rganish davomida tuman DSENM sanitariya gigiena va sanitariya bakteriologiya laboratoriyalariga oqova va vodoprovod suvi na’munalari olindi.
Yuqoridagi salbiy holatlar atrof muhit ob’ektlarini oqova suv chiqindilari bilan ifloslanishiga olib kelishi va aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar ommaviy tarqalish xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
Undan tashqari Jalaquduq tuman DSENM tomonidan Yorqishloq QFY o‘ramidagi, aholi yashashpunktlarida sanitariya tozalov va obodonlashtirish ishlarini bajarilishi, savdo, umumiy ovqatlanish shahobchalarida, maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi tegishli San QM lari talablari bo‘yicha nazorat ishlari o‘tkaziladi.
Yorqishloq QFY o‘ramida jami 6 ta MFY mavjud bo‘lib, O‘zbekiston besh yilligi massivida Yangi ko‘rpa MFY, Qashqar MFY, Qutlug‘ MFYlari, Yorqishloq massivida Toshxovuz MFY, G‘alaba MFY, Yorqishloq MFYlar tashkil etilgan. Barcha aholi yashash punktlarida, tashkilot va muassasalar hududlarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Irrigatsiya shahobchalari, ariq va lotoklar turli axlat va chiqindilardan tozalash ishlari tashkil etilgan. Jumladan, Yorqishloq QFY markazida Toshxovuz MFY hududida 70-80 metr ariq zovurlar turli chiqindilardan tozalandi va axlat uyumlari olib tashlandi. Mevali va manzarali daraxtlarga shakl berish ishlari amalga oshirilmoqda. Shunga qaramasdan, ayrim savdo, umumiy ovqatlanish shahobchalari somsaxona, novvoyxona, oshxona, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari tevarak atroflarida kundalik tozalov va obodonlashtirish ishlari sifatli o‘tkazilmagan, sanitariya – gigiena qoidalariga to‘la amal qilinmaganligi kuzatildi. Jumladan, G‘alaba MFY hududidagi Mirzaxakimov Mga qarashli somsahona, Yangi ko‘rpa MFY hududidagi Eraliev I va Yorqishloq MFY xududidagi Mirzaxakimov Mga qarashli ovqatlanish shoxobchalarida kundalik tozalov ishlari sifatli bajarilmagan, axlat tashlash uchun maxsus joy va idish tashkil qilinmagan. Toshxovuz MFY xududida qurilishi nihoyasiga yetkazilmagan bozorcha tevarak atrofida joylashgan savdo, umumiy ovqatlanish shahobchalari, tijorat do‘konlaridan chiqayotgan chiqindilar uchun alohida joy va maxsus idishlar tashkil qilinmaganligi sababli noqonuniy axlatxona paydo bo‘lgan. Yorqishloq QFY O‘zbekiston besh yilligi massivida “Qambar bulog‘i chashmasi” suv ta’minot bo‘limi tizimida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun jami 5 ta vodoprovod inshoati bo‘lib, tarmoqning uzunligi 12 km, shundan 3 km tarmoq ta’mirga muxtoj. Ushbu vodoprovod inshoatlaridan 2 ta vodoprovod inshoati nosozligi sababli ishlamaydi. Qutlug‘ MFYga qarashli paxta-front uchastkasida joylashgan suv inshoati ishga yaroqsiz xolatga kelib qolgan. Aholi vodoprovod suvini 3 km uzoqlikdan tashib ishlatishga majbur bo‘lmoqda. Yangi ko‘rpa MFYda joylashgan suv inshoatining nasosi qo‘yganigi sababli bir oydan ortiq mobaynida faoliyat ko‘rsatpayapti. Yangi ko‘rpa MFY va Qashqar MFY aholisiga vodoprovod suvini O‘zbekiston va Oqtosh ariq ko‘chasida joylashgan vodoprovod inshoatlaridan yetkazib beriladi.
Yorqishloq QFY “G‘alla vodiy gavhari” M.Ch.J-da jami 6 ta yerosti qudug‘idan 5 ta suv qudug‘i ishlamoqda. Barcha vodoprovod inshoatlari tevarak atrofida ximoya mintaqalari to‘la tashkil etilmagan. Vodoprovod inshoatlarida xlorator qurilmalari nozligi uchun ishlamaydi. Zararsizlantirish ishlari to‘la bajarilmayapti. Vodoprovod tarmog‘ida ta’mirlash va almashtirish ishlari talab etiladi. Nazorat quduqlari va suv tarqatish jo‘mraklari talabga javob bermaydi. Aholiga ichimlik suvi ertalab 2-soat davomida berilyapti. O‘zbekiston besh yilligi massivi va Yorqishloq massivining ichki ko‘chalari G‘alaba MFYning Haqiqat ko‘chasi va barcha Yangi cheklariga vodoprovod tarmog‘i kiritilmagan, aholi ichimlik suvini tashib ishlatishga majbur, toza ichimlik suvini tashib berish tashkil etilmagan.
Tumanimizga qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining o‘sh viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Yorqishloq QFY hududidan oqib o‘tuvchi Oq bo‘yra soydan tarsoq oluvchi ariq suvlarida kanalizatsiya chiqindi suvlari Oq bo‘yra soyiga quyilib oqib kelishi xolatlari o‘tgan 2010 yilning sentabr-oktabr oylari davomida kuzatilgan. Yorqishloq hudidiga oqib kelayotgan Oq bo‘yra soyidan sanitariya-gigiena va sanitariya-bakteriologiya hamda virusologiya laboratoriyalarga 2010 yil sentabr-avgust oylari davomida 98 ta nu’mana olingan bo‘lib bundan 3 ta na’muna o‘zining bakteriologik ko‘rsatkichlari, organoleptik ko‘rsatkichlari, ammiak miqdorining me’yordan yuqoriligi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida ochiq suv havzalarini muhofazasi bo‘yicha San.Qm № 0172-04 talabiga to‘g‘ri kelmaganligi aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha tuman xokimligi va tuman MXX bo‘limi hamda viloyat DSENMlarga belgilangan tartibda axborotlar berilgan.
Yorqishloq QFYda tadbirkor A.Sotvoldievga qarashli xayvon so‘yish binosi Yorqishloq qishlog‘i hayvon bozori hududida joylashgan bo‘lib, binoda jihozlash ishlari 3 yildan buyon tugatilmasdan to‘xtab qolgan. 2008 yilda boshlangan qurilish ishlari hozirga qadar nihoyasiga yetkazilmaganligi uchun qassoblar tomonidan uy hayvonlari noqonuniy ravishda xonadonda va boshqa ruxsat berilmagan joylarda so‘yilib, go‘sht maxsulotlarini qossobxonaga sotuvga olib chiqilmoqda. Bu holat aholi o‘rtasida zoonos kasalliklari: kuydurgi, brutsellyoz, exinokokkoz va boshqa o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar kelib chiqish xavfini yuzaga keltirmoqda.
Yorqishloq QFY o‘ramidagi TXTBga qarashli № 44, № 49 maktab va № 42-MTM, № 44 MTM, №10 MTM, № 9 MTM larda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida” gi qonunini San QM-01-02-00 talablari bajarilishini nazorat qilinganda quyidagilar aniqlandi. № 44 maktab direktori Odilov B maktab binosining atrofi to‘liq o‘ralmagan, territoriyasi yo‘laklariga asfalt yotqizilmagan, o‘quvchilar qo‘lini yuvish uchun xojatxona yo‘liga qo‘lyuvgich o‘rnatilmagan. Issiqlik rejim bo‘yicha maktab binosini isitish uchun 2 ta kichik kozonxona qurilgan, lekin atrofi o‘ralmagan. № 49 maktab direktori Ro‘ziohunov O maktab binosi 2 ta qorpusining tom qismi va sport zali devorlarida yoriqlar paydo bo‘lib, ta’mirga muxtoj, yog‘ingarchilik paytida binoning tom qismida chakka suvlari oqib o‘tadi. Maktab ma’muriyati tomonidan bir necha bor ta’mirlangan lekin ijobiy natijasi yo‘q № 42 MTM mudiri Jalolova F. MTMda 2 ta guruh faoliyat ko‘rsatmoqda. Ilk yoshlik guruhda yumshoq va qattiq anjomlar, gorshok yetishmaydi. Xonani isitish uchun moslama ham o‘rnatilmagan, ko‘rpa, yostiq jildlari, choyshablar kabi oqliklarni almashtirish uchun oqliqlar zahirasi yetishmaydi. № 49 MTM, № 10 MTM, № 9 MTMlarda vodoprovod tarmog‘i nosozligi uchun ichimlik suvidan tashib foydalaniladi. Shu sababli bu muassasalarida sanitariya-gigiena qoidalariga to‘liq rioya qilinmoqda deb bo‘lmaydi. Muassasalarda obodonlashtirish va ommaviy tozalov ishlarini sifatli o‘tkazilmaganligi ham aniqlandi.
Yorqishloq MChJga qarashli Alyor-Teks O‘zbekiston-Rossiya-Amerika qo‘shma korxonasida O‘zbekiston paxta sanoatining xom ashyosi, ya’ni paxta tolasini qayta ishlab kalava ip yigirishga ixtisoslashgan korxonada ish 3 smenada tashkil qilingan bo‘lib, jami 628 nafar ishchi xodim ishlaydi. Shundan, 495 nafari ayollarni tashkil qiladi. Ishlab chiqarishda asosiy zararli omillar paxta changi, shovqin va havo namligini me’yoridan yuqoriligi hisoblanadi. Ishchilarni madaniy dam olishi, ishdan so‘ng yuvinish uchun sharoitlar yaratilmagan. Garderob binosi qurilish nihoyasiga yetkazilmagan. Ishchilarni ishdan so‘ng yuvinish uchun dushxona, ayollar shaxsiy gigiena xonasi tashkil qilinmagan. Oqova chiqindi suvini tozalash inshoati avariya xolatida bo‘lganligi uchun ichki sanitariya uzul va oshxonadagn chiqadigan chiqindi suvlar to‘g‘ridan to‘g‘ri korxona orqasidagi fermer xo‘jalikni dalasiga oqizilib, ochiq suv havzasiga tushmoqda. Bu borada korxona ma’muriyati bir necha marotabi ogohlantirilgan bo‘lsada, lekin ijobiy o‘zgarish bo‘lmadi. Bunday salbiy xolat bufer xudud hisoblangan nafaqat Yorqishloq QFY balki butun atrofdagi xududlar sanitariya epidemiologik vaziyatini murakkablashishiga va aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar tarqalish xavfini ortishiga omil yaratmoqda.
Yorqishloq QFY hududida jami 32 ta fermer xo‘jaligi mavjud bo‘lib, 591 nafar ishchi xodim ishlaydi, shundan 346 nafari ayollar tashkil qiladi. Ishchi xodimlarni aksariyati ish jarayonida chang, quyosh insolyatsiyasi, jismoniy zo‘riqish va zaharli omillar bilan muloqotda bo‘lgan xolatda ishlaydi. Shuning uchun ishchilar o‘rtasida umumiy va kasb kasalliklarini kelib chiqishini oldini olish uchun fermer xo‘jalik raxbari tomonidan ishchilarni dam olishi, ovqatlanishi va ishdan so‘ng yuvinishi uchun qulay sharoitlar yaratilmagan. Jumladan, 32 ta fermer xo‘jalikdan, faqat 7 ta f/x.da dala shiyponi mavjud. Ushbu dala shiyponlarida ham ishchilar uchun yetarli sharoit yaratilmagan. Dala shiyponlarida bahorgi mavsumga tayyorgarlik ishlari boshlanmagan, binolar joriy ta’mirlashga muxtoj. Toza ichimlik suvini vaqtincha saqlash uchun tayyorlangan maxsus sig‘imlar ta’mirlab xolatda.
Jalaquduq tuman bo‘yicha o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari har yuz mingta aholiga nisbatan taxlil qilinganda intensiv ko‘rsatkich 32.5, Yorqishloq QFY o‘ramida aholi o‘rtasida o‘tkir yuqumli ichak kasalligi har yuz minta aholiga nisbatan olingan intensiv 25.4, virusli gepatit kasalligi tuman bo‘yicha har yuz mingta aholiga nisbatan olinganda 50.1, Yorqishloq QFYda virusli gepatit kasalligi intensiv ko‘rsatkichi 38.1 tashkil etib, o‘tgan 2009 yilga nisbatan 2010 yilda ortib ketgan. Tuman bo‘yicha endokrin kasalligi har minta aholiga nisbatini olib, taxlil qilinganda umumiy kasallanish intensiv ko‘rsatkichi 11.5, birlamchi kasallanish intensiv ko‘rsatkichi 4.9, Yorqishloq QFY da har mingta aholi soniga nisbatan umumiy kasallanish 22.2, birlamchi kasallanish intensiv ko‘rsatkichi 9.6 tashkil qiladi.
Jalaquduq tuman DSENM tomonidan O‘zbekiston Respublikasi DSN to‘g‘risidagi qonun, San.QM, O‘zbekiston Respublikasi SSVning №300 sonli buyrug‘i talablari, tuman xokimining obodonlashtirish to‘g‘risidagi 6.03.2010 yil kungi №16-A qarori bajarilmaganligi uchun 16 nafar javobgar shaxslarning har biriga 49735 so‘m miqdoridan jarimalar solindi. Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab-chiqilibb 20.02.2014 yil kunigacha tuman DSENMga taqdim qilishingiz so‘raladi.
Jalaquduq tuman DSENM tomonidan 2013 yil paxta yig‘im terimi mavsumiga jalb qilingan hasharchilarga yaratilgan shart-sharoitlar muntazam o‘rganib chiqilmoqda. Hasharchilar joylashgan manzillarda binolar tuman Dez.stansiyasi tomonidan muntazam dezinfeksiya qilinmoqda. Tuman DSENM № 38 son buyrug‘iga asosan xasharchilar joylashgan joylarga tuman DSENM mutaxassislari biriktirilib, ular tomonidan ichimlik suvlaridan, oziq-ovqat maxsulotlaridan kimyoviy va bakteriologik tekshiruvlari uchun sinamalar olindi.
Tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mutaxassislari tomonidan 2013 yil 27-sentabr kungi xasharchi paxtakorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida bipr qancha massivlar joylashgan xasharchilarga yetarli shart sharoitlar yaratilmagan holatlari qayd etildi. Jumladan Yorqishloq massivi № 15-otryaddagi “Serhosil zamin durdonasi” fermer xo‘jaligi raxbari Abdullaev Lutfillo, Isanov massivi № 60-otryad “Porloq vodiy ne’mati” fermer xo‘jaligi raxbari Qodirov O, Amur Temur massivi № 28otryad xamshirasi Xasanova Z, Paxtakor massivi № 44 otryad “Paxtakor iqtisodi” fermer xo‘jaligi raxbari Jumaboev A, Do‘stlik massivi № 57-otryad boshlig‘i o‘rinbosari Turdiqulov A, Oyim massivi № 58 otryad “Akmal Shukur dalasi” fermer xo‘jaligi raxbari Axmedov I, Haqiqat massivi № 76-otryad raxbari Xamraev S, Beshtol massivi “Vodiy shodligi ziyosi” fermer xo‘jaligi raxbari Qubijonov Xamidillolar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan vazifalarni to‘la qonli bajarilishini ta’minlamaganligi, xasharchilar ovqatlanishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratib bermaganligi, toza ichimlik suvi ta’minotini o‘z vaqtida tashkil etmaganligi uchun ularning har biridan tushuntirish xatlari olindi. Yuqoridagi ma’sul shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTK ning 53-moddasi talablarini buzganligi yuzasidan ma’muriy xujjatlar tayyorlanib, ko‘rib chiqish uchun tuman prokuraturasiga taqdim qilindi.
Jalaquduq tuman DSENM mutaxassislari tomonidan nazorat ishlari davom ettirilmoqda. Aniqlangan xolatlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim qilinadi.
Tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishini 82% bo‘lsada, ayrim aholi yashash punktlarining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishini 65-70% dan yuqori emas. Ayniqsa, Oxunboboev Sh. Janubiy Olamushuk ShFY, Teshik-Tosh QFY, Oyim QFY, Yorqishloq QFY, Beshtol QFY, Jalaquduq QFY, Abdullabiy va boshqa qishloq fuqorolar yig‘inlari aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi talab darajasida emas.
Tumanda Oxunboboev “Suv oqova” shu’ba korxonasi, hamda 4 ta QFY va Janubiy Olamushuk QFY da jami 6 ta suv ta’minot bo‘limlari (MChJ) faoliyat ko‘rsatmoqda, qolgan vodoprovod inshoatlari MFY xodimlari tomonidan ishlatilmoqda.
“Suv oqova” i/ch korxonasi (A.Otaxonov) Oxunboboev shahar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlaydi. Vodoprovod suvi aholiga reja jadval asosida berilmoqda. Vodoprovod suvini zararsizlantirish uchun xlorator qurilmalari tashkil etilgan, ammo zararsizlantiruvchi moddalar bilan yetarli miqdorda ta’minlanmagan. Namuna MFY xududida joylashgan suv inshoati ishlamayotganligi sababli Namuna MFY aholisi vodoprovod suvi bilan to‘la ta’minlanmagan.
“Gulchiroy chashmasi” STB (Sh.Turg‘unov) Janubiy Olamushuk ShFY aholisini vodoprovod suvi bilan ta’minlaydi. Vodoprovod inshoati maxsus loyiha asosida qurilgan. Tevarak atrofida sanitariya ximoya mintaqasi mavjud. Vodoprovod tarmog‘i 5 km, bundan 50 m, ta’mirlashga muxtoj. Vodoprovod suvini zararsizlantirish uchun vannalar mavjud, ammo zararsizlantiruvchi moddalar bilan yetarli miqdorda ta’minlanmagan. Vodoprovod suvini reja asosida ertalab 3 soat, kechqurun 3 soat davomida suv berish tashkil etilgan. Vodoprovod tarmog‘i 6 ta ko‘chaga kiritilmagan, ushbu ko‘chalarga vodoprovod suvini tashib berish ishlari tashkil etilmagan.
Oyim QFYda “Nafis kamalak” MChJ (bosh. A.Umarov) da jami 8 ta yer osti qudug‘idan 5 tasi turli sabablarga ko‘ra ishlamaydi. Jumladan, Delvarzin, Beruniy ko‘chalarida hamda Tosh-machit, qurilish bo‘limida joylashgan suv inshoatlari ishlamaydi. Vodoprovod suvini zararsizlantirish uchun zararsizlantiruvchi moddalar bilan ta’minlanmagan. Vodoprovod inshoati ishlamayotgan va vodoprovod tarmog‘i kirmagan Andijon, Raxmonov, Qo‘tqar, M.Yulchiev mahallalari vodoprovod suvi bilan to‘la ta’minlanmagan. Ushbu aholi yashash punktlariga vodoprovod suvini tashib berish tashkil etilmagan.
Yorqishloq QFY “Qambar bulog‘i” MChJ ja jami 4 dona yeo osti suv qudug‘i bo‘lib, bundan 2 dona suv qudug‘i turli sabablarga ko‘ra ishlamaydi. Aholining asosiy qismi hozirda vodoprovod suvini tashib ishlaitmoqda. Vodoprovod suvini tashib berish tashkil etilmagan. Vodoprovod suvini zararsizlantirish ishlari o‘tkazilmaydi.
Beshtol QFY “Beshtol vodiy kengligi” MChJ da 3 ta suv inshoatidan, 1 ta suv inshoati ta’mirlashga muxtojligi sababli ishlamaydi. Natijada bir qator ko‘chalarga vodoprovod suvi yetib bormaydi. Vodoprovod tarmog‘i 10,5 km bo‘lib, 5 km vodoprovod tarmog‘i almashtirishgan. Nazorat quduqlari ishga yaroqsiz, suv tarqatuvchi jumraklar yo‘q bo‘lib ketgan. Vodoprovod suvini mantazam ravishda zo‘ararsizlantirish ishlari tashkil etilmagan.
Abdullabiy QFY “Obi-hayot” suv ta’minot bo‘limida jami 5 dona suv qudug‘i mavjud bo‘lib, bundan 2 ta suv qudug‘i ishlamaydi. Vodoprovod inshoatini atrofida sanitariya ximoya mintaqasi tashkil etilgan, ammo sanitariya xolati qoniqarsiz. Vodoprovod suvini zararsizlantirish ishlari tashkil etilmagan. Vodoprovod tarmog‘ining uzunligi 7 km, bundan 3 km vodoprovod tarmog‘i almashtirishga muxtojligi sababli vodoprovod suvi chiqmaydi. Vodoprovod suvi bilan ta’minlanmagan ko‘chalarga toza ichimlik suvini tashib berish tashkil etilmagan.
Do‘stlik MFY hududida bir dona vodoprovod inshoati mavjud bo‘lib, ta’mirlashga muxtojligi sababli bir necha kundan buyon ishlamaydi. Aholiga toza ichimlik suvini berish tashkil etilmagan.
Tuman DSENM ning sanitariya gigiena va sanitariya bakterologiya laboratoriyasiga shu yilning o‘tgan 7 oyi davomida olingan jami 270 ta vodoprovod suvidan 2 ta na’munada salbiy natijalar aniqlangan.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Oxunboboev shahar “Suv oqova” MChJ boshlig‘i hamda Oyim QFY, Abdullabiy QFY, Beshtol QFY, Janubiy Olamushuk ShFY raislari hamda suv ta’minoti bilimlariga tegishli sanitariya talabnomalar berilgan (№4-5/256 9.03.2010 yil).
Tumanda shu yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida Oxunboboev shahar, Janubiy Olamushuk ShFY, Qoratol QFY, Guliston QFY, Jalaquduq QFY hududlarida o‘tgan yilga nisbatan virusli gepatit kasalligi 2-3 marotaba ortganligi kuzatilmoqda.
Viloyatda Respublika bosh vaziri Sh.Mirziyaev ishtirokida 7 avgust 2013 yil kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida ta’kidlab o‘tilgan ma’lumotlarga ko‘ra, jaxonning 160 ta davlatlarida 183 nafar A HINI grippi bilan kasallangan bemorlar aniqlanganligi, qo‘shni Qozog‘tistonda aholi o‘rtasida 17 ta gemmoragik Qrim Kongo isitmasi kasalliklariga chalingan bemorlar qayd etilib, shundan 7 nafari vafot etganligi, shuningdek 14 ta xolatda yangi A HINI grippi kasalligi ro‘yxatga olingan hamda Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyatining Suzoq, O‘sh viloyatining O‘zgan tumanlarida kuydirgi kasalligi ko‘payishi qayd etilgan.
Jalaquduq tuman DSENM Andijon viloyati xokimi tomonidan 2013 yil 18-mart kungi “Andijon viloyati aholisi o‘rtasida virusli gepatit, kuydirgi, OIB/OITS kasalliklarining oldini olish yuzasidan 2013 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar” ni, shuningdek tuman xokimining ushbu masala yuzasidan tumanda bajariladigan
tegishli chora-tadbirlar va vazifalar belgilab olgan:
- suv tarmoqlari manbalari, nazorat quduqlari va suv tarqatish kalonkalarini ta’mirlash uchun QFY va MFY, “Suv oqova” bo‘limlarida maxsus brigadalar tashkil etishni;
- toza ichimlik suvi yetib bormagan aholi yashash punklariga toza ichimlik suvi tashib berilishini ta’minlashni;
- ahaoli yashash punklarida qattiq va suyuq chiqindilarni to‘plash joylarini sanitariya-gigiena me’yorlari asosida tashkil etish;
- xazonrezgidan to‘planadigan barglarni o‘z vaqtida tashib ketilishini ta’minlash
Hozirda tumandagi Beshtol QFY “Beshtol vodiy kengligi” MChJ da 4 ta suv inshoati bo‘lib, 1 ta suv inshoati ta’mirga muxtojligi sababli ishlamaydi. Vodoprovod tarmog‘i 9,5 km bo‘lib, 4,5 km vodoprovod tarmog‘i almashtirishga va ta’mirlashga muxtoj.
“Beshtol vodiy bahori” MChJ da 3 ta yer osti qudug‘i mavjud, bundan 2 ta suv qudug‘i ishlamaydi, 1 ta suv qudug‘i ishga yaroqsiz xolatda. Vodoprovod tarmog‘ining uzunligi 10,39 km, bundan 9,39 km vodoprovod tarmog‘i ishlatish muddatini o‘tab bo‘lgan almashtirishga, ta’mirlashga muxtoj. Suv tarqatish jo‘mraklari yetarli emas, nazorat quduqlari ko‘mib tashlangan. Teshik-tosh QFY da G‘ayrat, Haqiqat Kurtki MMTP larida 1 tadan suv inshoatlari mavjud bo‘lib, Ushbu vodoprovod inshoatlarining tevarak atrofida SXZ tashkil etilgan. Vodoprovod tarmog‘ida ta’mirlash ishlari talab etiladi. G‘ayrat massivi Daryo bo‘yi, tikka ko‘cha, Haqiqat massivi Guliston maxallasi, Kurtki massivi Dexqonobod va boshqa yangi cheklarida vodoprovod suvini tashib berish ishlari tashkil etilgan.
Tuman DSENM xodimlari tomonidan aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi qattiq nazorat ostiga olindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Oxunboboev shahar “Suv oqova”, STB MChJ boshliqlariga hamda barcha QFY raislariga tegishli sanitariya talabnomalar berilgan.
Jalaquduq tuman xududida 1 ta markaziy axlatxona mavjud bo‘lib axlatxona Janubiy Olamushuk shaharchadan 1 000 metr uzoqlikdagi ariqlarda joylashgan. Axlat chiqindilarni saralash ishlari axlatxonada yetarli tashkil etilgan. Aholi yashash punktlarida axlat chiqindilarni to‘plash uchun maxsus maydonlar bo‘lsada lekin maxsus konteynerlar bilan ta’minlanmagan. Axlat chiqindilarni to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan va ularni o‘z vaqtida tozalab olishini ta’minlanmagan 4 ta javobgar shaxslarga oy davomida ularning har biriga eng kam ish haqqining 2 barobari miqdorida jarimalar solindi. Tuman obodonlashtirish bo‘limiga va QFY hamda MFY raislariga taqdimnomalar chiqarilgan.
Jalaquduq tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi tumandagi ishlab chiqarish korxonalarida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida” gi qonunining hamda O‘zbekiston Respublikasi SSV ning 06.06.2000 yil kungi № 300 son buyrug‘i talablarini bajarilishini nazorat qilib chiqib, quyidagilarni ma’lum qiladi.
Hozirgi kunda Jalaquduq tumanida, asosan, So‘fiqishloq paxta tozalash zavodi, Neftbaza unitar korxonasi, “TOPAZ” qo‘shma korxonasi, “Alyorteks” O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma korxonasi, Oyim “Mimitaj Tekstil” qo‘shma korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Tuman hududida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat ishlab chiqarish korxonlari va qishloq xo‘jaligi sohasida ishlayotgan ishchi-xodimlarni salomatligini muxofaza qilish, umumiy va kasb kasalliklarini oldini olish hamda aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi SSV ning 06.06.2000 yildagi № 300 son buyrug‘i bo‘yicha ishga kirishdan oldingi-dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi tashkil qilingan bo‘lib, 2010 yilning shu kuniga qadar rejadagi 5629 ta zararli omillar bilan ishlovchi ishchi xodimlardan 5286 tasi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, bu rejaga nisbatan 93.9% ni tashkil qiladi. O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijasida 393 ta umumiy kasalligi bor bemorlar aniqlangan bo‘lib, bu tibbiy ko‘rikdan o‘tganlarga nisbatan 7,4 % ni tashkil qiladi [12].
Ishchilar o‘rtasidagi uchraydigan umumiy kasalliklar № 16 shakl asosida taxlil qilinganida ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar ortganligi aniqlandi. Jumladan “Mimitaj Tekstil” qo‘shma korxonasida 2010 yil 9 oyi mobaynida nafas olish yo‘llari surunkali kasalliklari 2009 yil 9 oyiga nisbatan 2.3 martaga ortgan, buyrak va siydik yo‘llari kasalliklari +34 % ga ortgan. NQOFM RK ning 2006 yil 11 martdagi № 06.01.01 sonli qaroriga asosan tuman DSENM ning 30.09.2010 yil kungi № 01/106 sonli buyrug‘i bo‘yicha, “Mimitaj Tekstil” qo‘shma korxonasi ish faoliyati davomida hosil bo‘lgan oqova suvlarini tozalash inshoatining xolati va uning samaradorligi monitoring tarzida o‘rganilganda, qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, “Mimitaj” qo‘shma korxonasi oqova suvini tozalash uchun maxsus loyixa asosida biologik usulda tozalashga mo‘ljallangan “KU-400” inshoati qurilgan. “mimitaj Tekstil” qo‘shma korxonasining ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi sababli tozalov inshoatining ish faoliyati ham to‘xtatib qo‘yilgan. Qolaversa tozalov inshoatiga “Mimtaj Tekstil” k/kdan tashqari boshqa bir qator Oyim QFY xududida joylashgan ob’ektlarning maishiy chiqindi oqova suvlarini tozalashga rejalashtirilgan bo‘lishiga qaramasdan, inshoatga kelayotgan turli oqova suvlari tozalanmasdan, zararsizlantirilmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri ekin maydonlariga qo‘yilmoqda. Tozalov inshoatining moddiy texnik xolati ta’lab jarajada emas. Tozalov inshoatining asosiy va yordamchi binolari mukammal ta’mirlashga muxtoj. Oqova suvini tozalash uchun tozalov bosqichlari to‘la ishlamaydi. Birlamchi tozalovdan o‘tgandan so‘nggi oqova suvini qabul qilish xovuzi bugungi kunda yaroqsiz xolatda bo‘lib, ta’mirlashga muxtoj. Oqova suvini filtrlash quridmasi izolyatsiya qilinmagan. Laboratoriya binosi mukammal ta’mirlashga muxtoj. Oqova suvi tozalov inshoatining samaradorligini aniqlash uchun laboratoriya tegishli reaktivlari hamda jihozlar bilan ta’minlanmagan. Oqova suvini zararsizlantirish binosi ta’mirlashga muxtoj hamda tozalov bosqichidan o‘tgan chiqindi suvidagi qoldiq xlor miqdorini aniqlash sharoit yaratilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi SSV ning № 300 buyrug‘ida belgilangan tartibda xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan, maxsus kiyim bosh va ximoya vositalari bilan ta’minlanmagan.
Monitoring o‘rganish davomida tuman DSENM sanitariya-gigiena va sanitariya bakteriologiya laboratoriyalariga oqova va vodoprovod suvi na’munalari olindi.
Yuqoridagi salbiy xolatlar atrof muhit ob’ektlarini oqova suv chiqindilari bilan ifloslanishiga olib kelishi va axoli o‘rtasida yuqumli kasalliklar ommaviy tarqalish xavfini keltirib chiqarish mumkin. Ushbu muammolarni ijobiy hal etishiga o‘z ta’siringizni ko‘rsatishingizni so‘raymiz.
Respublikamizga qo‘shni bo‘lgan Respubliklarda “Ich terlama”, “Virusli gepatit” va boshqa kasalliklar bo‘yicha vaziyatni keskinligi, aynan shu hududlarga chegaradosh bo‘lgan aholini toza ichimlik suviga bo‘lgan extiyoji to‘la qondirilmayotganligi hududimizda epidemiologik vaziyatni keskinlashtirmoqda.
Yorqishloq QFY O‘zbekiston 5 yilligi aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda mavjud vodoprovod inshoatlarini yuritish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida “Qambar bulog‘i” suv ta’minoti bo‘limi tashkil etilgan. Ushbu suv ta’minoti bo‘limi tomonidan aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, vodoprovod inshoatlarini material texnik holatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatilgan chora-tadbirlar to‘la bajarilmagan. Mavjud yer osti suv quduqlari muntazam ravishda ishlamaydi. Aholini asosiy qismi hozirda vodoprovod suvini tashib ishlatishmoqda. Vodoprovod suvini tashib berish tashkil etilmagan. Vodoprovod inshoatlarini tevarak atrofida SXM (sanitariya ximoya mintaqasi) to‘la tashkil etilmagan. Eski omborxona xududida qurilgan suv inshoatining tevarak atrofida sanitariya ximoya mintaqasi umuman tashkil etilmagan. Vodoprovod tarmoqlarida ro‘y bergan avariyalar bartaraf etilmagan, vodoprovod suvini zararsizlantirish tashkil etilmagan.
Jalaquduq tuman DSENM tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan quyidagilarni zudlik bilan bajarish talab qilinadi.
1. Tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasini hal etish. Mavjud vodoprovod inshoatlarini ta’mirlash, ularni to‘la quvvat bilan ishlatilishiga erishish.
2. Vodoprovod tarmog‘i yetib borgan ko‘chalarga toza ichimlik suvini tashib berish ishlarini tashkil etish.
3. Eski omborxona xududida joylashgan vodoprovod inshoati atrofida 30x30 m masofada to‘la sanitariya ximoya mintaqasini tashkil etish.
4. Vodoprovod suvini zararsizlantirish ishlarini tashkil etish.


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish