O’zbekistondagi xozirgi ekologik vaziyat Jalaquduq tumanining tabiiy geografik tavsifi



Download 0,56 Mb.
bet3/8
Sana06.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#748486
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUNDARIJA - 1

Jalaquduq tumani


P A S PO R T I

Tashkil bo‘lgan yili

-

1926 yil 29 sentabr

Xududi

kv.km

369,5

Aholi soni 2014 yil 1 yanvar holatiga

Ming kishi

171,7

Shahar aholisi

Ming kishi

69

Qishloq aholisi

Ming kishi

92,7

Aholi zichligi 1kv.km

Kishi

421,3

Mahallalar soni

Birlik

63

Sanoat korxonlari soni

Birlik

3

Kichik biznes sub’ektlari soni

Birlik

2224

Ko‘shma korxonalar

Birlik

6

Fermer xo‘jaliklar

Birlik

670

Jalaquduq tumani haqida ma’lumot
Umumiy ma’lumotlar – Jalaquduq tumani 1926 yil 29 sentabrda tashkil topgan bo‘lib, xududi 368,7 kv.km. Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida joylashgan. Tumanimiz Shimoliy-Sharqdan va Janubdan Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jabod tumanlari bilan, Sharqiy-Janubdan Qirg‘iziston Respublikasi bilan G‘arbdan Andijon tumani, Shimoliy-G‘arbdan Paxtabod tumanlari bilan chegaradosh.
Aholi va uning demografiyasi – Aholisi 2014 yil 1 yanvar xolatiga 171,7 ming kishi yoki viloyat aholisini 6 foizi istiqomat qiladi. Aholi zichligi 1kv.kilometrga o‘rtacha 421,3 to‘g‘ri kelib, viloyatdagi tumanlar orasida aholisi ko‘p. Zich joylashgan tumanlar qatorida turadi.
Mavjud aholining 58,3 foizi qishloqlarda va 41,7 foizi tuman markazi (shaharcha)da yashaydi. Bular 12 millat va elatlarga mansub kishilardir. Buning 92,4 foizi o‘zbeklar va 9,6 foizi boshqa millatlarni tashkil etadi.
2013 yilda tug‘ilish 3843 ta bo‘lib, aholining yillik o‘rtacha tabiiy o‘sishi 3318 kishini tashkil etdi.
Ma’muriy tarkibi. Tuman ma’muriy markazi tumanga bo‘ysunuvchi Oxunboboev shahri. Bu shahar 1975 yilda tashkil etilgan bo‘lib, aholisi 22.7ming kishining tashkil etadi. Tuman markazi Andijon shahridan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Tuman viloyat tumanlari orasida salmoqli o‘riga ega. Viloyatning umumiy yer maydonining 8,5 foizini, aholisining 6 foizini tashkil qiladi.
Hozirgi kunda tumanda 9 ta qishloq fuqorolar yig‘inlari, 1 ta tumanga bo‘ysunuvchi shahar, 4 ta tumanga bo‘ysunuvchi shahar tipidagi shaharcha 63 ta mahalla fuqorolar yig‘inlari va 50 ta aholi yashash punktlari mavjud.
Mehnat resurslari – 2013 yil 1 yanvar xolatiga mexnatga layoqatli aholi soni 89,4 ming 405 nafarni tashkil qilib, xisob-kitoblarga ko‘ra ularning 89 ming 384 nafari xalq xo‘jaligi tarmoqlarida, shunlan 7 ming 607 nafari davlat tasarrufidagi korxonalarda, 81 ming 777 nafari iqtisodiyotning muqobil turlarida mehnat qilmoqdalar [12].
Iqtisodiyot – hisobot davrida 2224 ta kichik biznes sub’ektlari mavjud bo‘lib, faoliyat ko‘rsatganlar ulushi 96,8 foizni tashkil etdi. Kichik biznes sub’eektlari tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulot va xizmatlardan tushgan tushum 5.7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Sanoat. Tumanda 2013 yil davomida sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish xajmi 52 mlrd. 428 mln. 2 ming so‘mga yetkazilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan taqqoslama baholarda 103,1 foizni tashkil etadi. Sanoat korxonalari tomonidan 6 mlrd. 888 mln. 8 ming so‘mlik xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, 2012 yilga nisbatan 6,9 foizga ortgan. Aholi jon boshiga xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish xajmi 44,4 ming so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 5 foizga ortgan.
Sanoat korxonlarida ishlab chiqarilgan sanoat maxsulotlarining hammasi nodavlat korxonalari xissasiga to‘g‘ri keladi. Yil davomida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 231,1 mln. so‘mlik maxsulot ishlab chiqarilib, 2012 yilga nisbatan 161,7 foizni tashkil etadi.
Tashqi iqtosodiy faoliyat. Tumanda 2013 yil 1 yanvar xolatiga ro‘yxatga olingan qo‘shma korxonalar soni 6 tani tashkil etib, hozirgi kunda barcha qo‘shma korxonasi ishlab kelmoqda. Hozirda ushbu qo‘shma korxonada ishlovchilar soni 1331 nafarga yetdi.
Tumanda 2013 yil davomida tashqi savdo aylanmasi xajmi 9 mln 54 ming AQSh dollarni, shundan eksport xajmi 8 mln. 303, 9 ming AQSh dollarni. Import xajmi 750,1 ming AQSh dollarni tashkil etmoqda.
Kommunikatsiya. Tumanda avtomobil transporti xizmati ko‘rsatish yaxshi rivojlangan bo‘lib, 1 ta korxona, 3 ta avtotransport uyushmasi viloyatining 4 ta tumaniga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
2013 yilda transport xizmati ko‘rsatuvchi korxona va xo‘jalik yurituvchi suyub’ektlar tomonidan 1 mln. 466,2 ming tonna xalqxo‘jaligi yuklari va 12 mln. 240,9 mingdan ziyod yo‘lovchilar tashildi hamda 14 mln. 583,1 ming tonna/km yuk va 101 mln. 23 yo‘l/km yo‘lovchi aylanmasi amalga oshiriladi.
Qurilish. Kapital qurilishda barcha turdagi moliyaviy manbalar hisobidan 18 mlrd 500 mln so‘m xajmda kapital qo‘yilmalar o‘zo‘lashtirildi yoki o‘tgan yilga nisatan 96,6 foizga bajarildi. O‘z kuchi bilan bajarilgan pudrat ishlar xajmi 12 mlrd 500 mln so‘mga bajarildi yoki o‘sish sur’ati 2009 yilga nisbatan taqqoslama baholarda 102,7 foizni tashkil qildi.
O‘tgan davrda 48,1 km. Masofada ichimlik suv tarmoqlari, shu bilan birga 1 ta musiqa maktabi, 1 ta maktabgacha ta’lim muassasi binoalari kapital rekonstruksiya,1 ta tug‘ruq kompleksi binosi kapital ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.
Moliyaviy natijalar – 2013 yil davomida mahalliy byudjet daromatlari (subvensiyasiz) 12,9 mlrd so‘mni tashkil etib, rejaga nisbatan 111 foizga bajarildi. Tuman mahalliy byudjetiga 1,3 mlrd.so‘m ortiqcha mablag‘ tushirildi.
Agrosanoat majmui. Tumanda qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Qishloq xo‘jaligida yalpi maxsulot xajmi 146,7 mlrd. so‘mga yoki 2009 yilga nisbatan 111,9 foizga bajarildi. 2012 yilga nisbatan don 104,5 foizga, pilla 108,6 foizga bajarishga erishildi. 2013 yilda fermer xo‘jaliklari soni 715 tadan 670 ta kamaydi. Bitta fermerga ajratilgan o‘rtacha yer maydoni 28,6 ga ni tashkil etmoqda. Fermerlar tomonidan jami yetishtirilgan donning hosildorligi 64 sentnerni tashkil qildi [17].
Savdo va pulli xizmat ko‘rsatish – 2013 yil davomida chakana savdo tovar aylanmasi xajmi amaldagi baholarda 46 mlrd. 91 mln.so‘mga yoki 131,9 foizga, taqqoslama baholarda esa o‘sish sur’ati 115,3 foizni ya’ni 41 mlrd. 61 mln.so‘mni tashkil etdi. Aholi jon boshiga 302,0 ming.so‘mga to‘g‘ri keldi. Pullik xizmatlar xajmi amaldagi baholarda 34 mlrd. 951,8 mln. so‘mni, taqqoslama baholarda esa 30 mlrd. 27,3 mln. so‘mni tashkil etib, aholi jon boshiga 225,3 ming so‘mga, maishiy xizmat ko‘rsatish xajmi amaldagi baholarda 6 mlrd. 242 mln. so‘mni, taqqoslama baholarda esa 5 mlrd. 917 mln. so‘mni tashkil etib, aholi jon boshiga 40,2 ming so‘mga to‘g‘ri keldi.
Ijtimoiy soha. Hisobot davrida ijtimoiy soha tizimini rivojlantirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi.
Tumanida 53 ta umumta’lim maktabi, 30 ta maktabgacha tarbiya va 3 ta bolalar va o‘smirlar muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘quv – ta’lim muassasalarida 23649 nafar o‘quvchilarga 3121 nafar o‘qituvchi va texnik xodimlar bilim bermoqdalar, maktabgacha tarbiya muassasalarida 3068 nafar bolalarga 665 nafar tarbiyachilar ta’lim tarbiya bermoqdalar.
Joriy yilda tumanimizda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 1 ta Bolalar musiqa va san’at maktabi qurilib bitkazildi. 1 ta bolalar bog‘chasi mahalliy byudjet xisobidan kapital ta’mirlashdan chiqarildi.
Tumandagi 6 ta kollejda 7067 nafar o‘quvchiga 400 nafar o‘qituvchi va texnik xodimlar bilim bermoqdalar. Shuningdek 3 ta musiqa va ixtisoslashtirilgan maktab internatlarda 880 nafar o‘quvchilarga 68 nafar o‘qituvchi va texnik xodimlar bilim bermoqdalar.
Bulardan tashqari, 8 ta maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bo‘lib, ularda 4790 nafar o‘quvchilar, shuningdek 3 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablarida 2415 nafar o‘quvchilar ta’lim olmoqdalar.
2013 yilda sog‘liqni saqlash tizimi islox qilish va uning moddiy-texnika ba’zasini mustaxkamlash ishlari davom ettirildi. Yil davomida 1 ta shifoxona, 23 ta qishloq vrachlik punktlari faoliyat ko‘rsatdi.
Xisobot yilida madaniy-ma’rifiy va sport muassasalari faoliyatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratib kelindi. Yil davomida 27 ta kutibxona, 10 ta klub va qishloq madaniyat uylari, ularda 51 ta to‘garaklar faoliyat ko‘rsatib keldi.
Shuningdek, 1 ta stadion, 1ta kurash sport majmuasi, 3 ta bolalar va yoshlar sport maktabi va 186 ta boshqa sport inshootlarida aholini sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratib berildi.
Tumanda o‘rtacha oylik sh xaqi 545,6 ming so‘mni tashkil etmoqda. Tuman aholisining pul daromadlari 109,9 mlrd so‘mni, pul xarakatlari 108,3 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda. Aholi jon boshiga hisoblangan pul daromadlari 705.6 ming so‘mga hamda pul xarakatlari 695,8 ming so‘mga to‘g‘ri kelmoqda.
Tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan tumandagi 16789 nafar nafaqachilarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Ularga bir oyda o‘rtacha 2 mlrd. 379 mln. so‘m pensiya va nafaqa pullari yetkazib berildi.
2013 yil 1 yanvar xolatiga tumanda mexnatga yaroqli aholi soni 89375 kishini, iqtisodiy faol aholi 78459 kishini tashkil etmoqda [8].
Xisobot davrida tumanda jami 4 ming 407 ta, jumladan, kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish 1786 ta, yakka tadbirkorlikni rivojlantirish xisobiga 642 ta, uy mehnatining barcha shakllarini tashkil etish hisobiga 1046 ta, fermer xo‘jaliklarni rivojlantirish hisobiga (parrandachilik, baliqchilik va boshqalar) 723 ta ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hisobiga 128 ta, ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga 15 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
2-jadval

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish