O’zbekistondagi xozirgi ekologik vaziyat Jalaquduq tumanining tabiiy geografik tavsifi



Download 0,56 Mb.
bet1/8
Sana06.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#748486
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUNDARIJA - 1





MUNDARIJA:







Kirish





O’zbekistondagi xozirgi ekologik vaziyat





Jalaquduq tumanining tabiiy – geografik tavsifi




1.1.

Tarixi




1.2.

Iqlimi




1.3.

Rel’efi





Jalaquduq tumanida atrof-muxitning ifloslanish sabablari




2.1.

Atmosferaning ifloslanishi




2.2.

Suv xavzalarining ifloslanishi




2.3.

Tuproq resurslarining ifloslanishi





Jalaquduq tumanida atrof-muxitning ifloslanishi va suv havzalarini ekologik holati




3.1.

Inson salomatligiga ta’siri




3.2.

Suv havzalarini ekologik holati







Xulosa







Foydalanilgan adabiyotlar





I BOB O’ZBEKISTONDAGI XOZIRGI EKOLOGIK VAZIYAT

Sobiq ittifoq davlat tuzumi davrida bir tomonlama xomashyoga va paxta yetishtirishning yakkaxokimligiga yo‘naltirilganligi O‘zbekistonda, uning iqtisodiyoti, ekologiyasi, axoli salomatligi va boshqalarga o‘zining halokatli ta’sirini ko‘rsatdi. Respublikamizda yuzaga kelgan ushbu vaziyatlardan kelib chiqqan xolda, xalqning tarixan vujudga kelgan milliy va madaniy xususiyatlarini hisobga olgan xolda, respublikamizning tabiiy-iqtisodiy saloxiyatini baholash, siyosiy, iqtisodiy rivojlanish, davlat va jamiyat qurilishining strategik rejasi ishlab chiqildi.[3]


Isloxotlar davrida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotigi asoslangan ochiq demokratik jamiyat qurish va mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish amalga oshirildi. Yangi davlat va jamiyat qurilishi asosiga mamlakatni islox qilishning prinsipial maqsadli vazifalarini belgilaydigan quyidagi 5 ta tamoyil asos bo‘ldi:

  1. Iqtisodiyot g‘oyasini o‘zgartirish va uning siyosatdan ustunligini ta’minlash

  2. Davlat bosh isloxotchi bo‘lishi, davlat va jamiyat hamda iqtisodiy yangilanish soxasidagi isloxotlar tashabbuskori bo‘lishi

  3. Qonun ustuvorligi va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi

  4. Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlari va guruxlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlatning javobgarligi

  5. Isloxotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, shok terepiyasi turli modellaridan voz kechish

Isloxotlarning izchil amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistondagi yalpi ichki mahsulot (YaIM) xajmi 1990 yildagiga nisbatan 1,5 barobar o‘sdi. Bunda sanoatning xissasi 11 % dan 32 % ga, xizmat ko‘rsatish soxasi qariyb ikki barobar ko‘tarildi. Xususiy fermer xo‘jaliklarining yangi zamonaviy bozor infratuzilmasi ishlay boshladi. Iqtisodiyotning nodavlat shaklida butun YaIM ning 76 % dan ortig‘i, sanoat mahsulotlarining 80 % i, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining deyarli barchasi ishlab chiqarilmoqda.
Respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishining istiqbollarini, uning atrof-muxitga ta’sirini hisobga olgan xolda ko‘rib chiqish zarur. Shuning uchun bu davrda iqtisodiy va ekologik siyosatning uyg‘unlashuviga katta ahamiyat berish lozim.
Mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston tabiiy resurslarning nobarqaror boshqaruvi bilan bog‘liq murakkab ekologik muammolar, shuningdek, kommunal, sanoat manbalari, sug‘oriladigan maydonlardan qaytgan oqava suvlar natijasida vujudga kelgan yuqori ifloslanish darajasini meros qilib oldi. Bu esa qishloq xo‘jaligi, energetika, sanoat tarmoqlaridagi jiddiy tuzilmaviy muammolar tufayli ro‘y berdi hamda O‘zbekiston atrof-muxiti va tabiiy resurslarini boshqarish soxasidagi ko‘plab jiddiy ekologik muammolarning ilk sababchisi bo‘ldi. [4]
Hozirgi davrga kelib, ekologik nobarqarorlik o‘choqlari deyarli barcha viloyatlarda mavjud. Yuqori ekologik nobarqarorlik asosan, maxalliy tusga ega. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida vaziyat ancha jiddiy va eng noxush xududlar hisoblanadi.
Atrof-muxit muammolari orasida O‘zbekiston xududlari uchun quyidagilar katta ahamiyatga ega:

  1. Atmosfera havosining ifloslanishi;

  2. Suv resurslarining ifloslanishi va chuchuk suvning yetishmasligi;

  3. Aholining toza ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi;

  4. Tuproqning sho‘rlanishi va tanazzulga uchrashi;

  5. Qattiq chiqindilar va undan tashqari zaharli sanoat chiqindilariningto‘planishi;

  6. Oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi;

  7. Turlar bioxilma-xilligining va ularning mahsuldorligining pasayishi va qisqarishi

O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingandan beri atrof-muxitni muxofaza qilish, uni boshqarish hamda tabiatdan foydalanish bo‘yicha qator qonunlar, u bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq 260 dan ortiq me’yoriy va boshqaruv xujjatlari qabul qilindi.
O‘zbekiston iqtisodiyotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar tabiiy resurslardan foydalanish darajasi va atrof-muxitning ifloslanish darajasiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun bu davrda ekologik qarorlar qabul qilishning iqtisodiy omillari, ya’ni ekologik va iqtisodiy siyosatning uyg‘unlashuvi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunday sharoitda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi iqtisodiy vositalarni qo‘llagan xolda tabiiy resurslarni tejaydigan va kam chiqitli, ya’ni toza texnologiyalarni, yangi xizmat turlari, tadbirkorlik boshqalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan siyosatni amalga oshirishga katta e’tibor qaratmoqda.
Atrof-muxitni muxofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muxitga salbiy ta’sirni oldini olish muammolarini muvaffaqiyatli hal qilish maqsadida, tabiatni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi tabiatni muxofaza qilish faoliyatining iqtisodiy uslublarini joriy etish va tabiatdan haq to‘lb foydalanishni tegishli tamoyillari asosida joriy qilish va boshqarishni amalga oshirmoqda.[12]
O‘zbekiston hal qilinishi zarur bo‘lgan birinchi navbatdagi vazifalar ekologik muammolarning murakkab uzviy bog‘liqliklari va ularning ko‘p jihatdan tarmoqlararo tusga ega ekanligidan kelib chiqqan xolda aniqlanadi.
Tabiiy resurslar bilan va atrof-muxit bilan bog‘liq ekologik muammolarni bartaraf etishda quyidagilarni amalga oshirish lozim:
Suv bo‘yicha – suvdan limitli foydalanish orqali suvni tejash va uni muxofaza qilish;

  • mavjud suvdan foydalanish tizimlarini qayta tiklash va jihozlash;

  • sanoat oqava suvlarini tozalashning sanoat usullarini qo‘llash va suvni tejaydigan texnologiyalarni tatbiq jtish;

  • transchegaraviy suv xavzalari bo‘yicha davlatlararo hamkorlikni takomillashtirishni siyosiy yo‘l bilan hal qilish

Yer resurslari bo‘yicha – yerdan foydalanishning qonunchilik bazasini rivojlantirish;

  • qishloq xo‘jalik yerlarining hosildorligini oshirish;

  • yer tuzish tizimini takomillashtirish;

  • yer-suv resurslarini boshqarishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish;

  • Qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklariga qarshi kurashishning ekologik xavfsiz usullarini joriy etish va kimyoviy vositalarni qo‘llashni kamaytirish

Atmosfera havosi bo‘yicha – sanoat ishlab chiqarishini ekologiyalashtirish;

  • ifloslantirishni eng past darajagacha pasaytirishni rag‘batlantiradigan iqtisodiy vositalarni ommaviy tarzda tatbiq qilish;

  • ekologik qonunchilikni kuchaytirish;

  • xududiy, milliy va mintaqaviy darajalarda havo sifati ustidan kuzatishning davlat axborot tizimini tashkil etish;

  • an’anaviy yoqilg‘i turlarini muqobil va tiklanuvchi enargiya turlari bilan almashtirib borish;

  • mavjud transport vositalarining texnik xolati ustidan nazoratni kuchaytirish

Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha – muxofaza etiladigan xududlar tizimini qayta tashkillashtirish va ushbu ob’ektlarni boshqarishni takomillashtirish;

  • muxofaza qilinadigan tabiiy xududlar maqomiga qat’iy rioya qilish va kadastrini yuritish;

  • muxofazaga muxtoj o‘simlik va hayvon turlar ustidan nazoratni kuchaytirish;

  • cho‘llanishga uchragan yerlarda agroo‘rmonmelioratsiya chora-tadbirlarini o‘tkazish

Chiqindilar bo‘yicha – chiqindilarning, ayniqsa, radioaktiv chiqindilarning to‘planishi, qayta ishlanishi va tashilishini operativ boshqarish tizimini tashkil etish;

  • chiqindilarni zararsizlantirish va qayta ishlash texnik bazasini tuzish;

  • chiqindilarni ko‘mish va zararsizlantirish joylari davlat kadastrini ishlab chiqish va joriy qilish;

  • chiqindilar bilan bog‘liq tadbirkorlikni rag‘batlantirish.

Yuqorida sanab o’tilgan tashkiliy chora-tadbirlar respublikamizdagi
ekologik vaziyatni yanada barqarorlashtirish, bioxilma-xillikni saqlab qolish hamda atrof-muxit muxofazasini kuchaytirishda muxim ahamiyatga ega.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish