О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi


-a rasm. Savdo bо‘lmagan sharoitdagi muvozanat (О‘zbyekiston)



Download 2,2 Mb.
bet19/126
Sana14.02.2023
Hajmi2,2 Mb.
#910930
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126
Bog'liq
Jahon iqt

2.3.1-a rasm. Savdo bо‘lmagan sharoitdagi muvozanat (О‘zbyekiston).


2.3.1-b rasm. Savdo bо‘lmagan sharoitdagi muvozanat (YAponiya).

1-b rasmdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i esa YAponiya о‘zi nisbiy ustunlikka ega bо‘lgan 2-tovarning har bir qо‘shimcha birligini ishlab chiqarishni ta’minlash uchun borgan sari ortib boruvchi 1-tovar birligidan voz kyechishga majbur bо‘lishini kо‘rsatmoqda.


@ Transformaцiyaning chyegaraviy mye’yori (marginal rate of transformation) — 1-tovarning qо‘shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz kyechiladigan 2-tovar soni.
О‘rnini qoplashning chyegaraviy mye’yori (marginal rate of substitution) — mavjud istye’mol darajasining saqlanib qolishi ta’minlangan holda 1-tovarning qо‘shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz kyechiladigan 2-tovar miqdori.
Xalqaro savdo quyidagi jihatlar bilan xaraktyerlanadi:

  • Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i har bir mamlakatda turlicha, bu ularda о‘zaro savdoga kirishishga ishtiyoq tug‘diradi;

  • Agar ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i mos kyelsa, ya’ni ishlab chiqariladigan tovarlar nisbati har ikki mamlakatda bir xil bо‘lsa, о‘zaro savdo istye’molchilarning didi va istaklaridagi farqqa asoslanadi, bu esa juda yaqin mamlakatlarda ham hyech qachon tо‘liq mos kyelmaydi;

  • Taklif transformaцiyaning chyegaraviy mye’yori, talab esa о‘rnini qoplashning chyegaraviy mye’yori bilan aniqlanadi;

  • Xalqaro savdo amalga oshadigan muvozanat narxi tovarga bо‘lgan jahon nisbiy talabi va jahon nisbiy taklifi bilan aniqlanadi.

Mamlakatlar bir-biri bilan savdo munosabatlariga kirishguncha bо‘lgan muvozanat transformaцiyaning chyegaraviy mye’yori (taklif) va о‘rnini qoplashning chyegaraviy mye’yori (talab) о‘rtasidagi о‘zaro ta’sir orqali о‘rnatiladi. О‘zbyekistonning ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i о‘rnini qoplashning chyegaraviy mye’yori egri chizig‘i (I) bilan A nuqtada tutashgan, ushbu nuqtada mamlakat ehtiyojlarini qondirish maksimal darajaga etadi – О‘zbyekiston о‘zi ishlab chiqaradigan 1- va 2- tovarlarni maksimal miqdorda istye’mol qiladi. YAponiyaning ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i esa о‘rnini qoplashning chyegaraviy mye’yori egri chizig‘i (I*) bilan A* nuqtada tutashgan, ya’ni ushbu A* nuqtada mamlakat ehtiyojlarini qondirish maksimal darajaga etadi – YAponiya о‘zi ishlab chiqaradigan 1- va 2- tovarlarni maksimal miqdorda istye’mol qiladi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘lari va о‘rnini qoplashning chyegaraviy mye’yori egri chizig‘lari shaklining har xilligi tufayli 1- va 2-tovarlarning О‘zbyekiston va YAponiyada (A va A*) turlicha bо‘ladi. 1-tovarning nisbiy muvozanat narxi О‘zbyekistonda A nuqtadan о‘tuvchi tо‘g‘ri chiziq bilan ifodalan va u 2-tovarning 1/4 birligiga tyeng, ya’ni PA = P1/P2 = 1/4
YAponiyada esa ushbu narx A* nuqtadan о‘tuvchi tо‘g‘ri chiziq bilan ifodalangan bо‘lib, bu nisbiy narx 2-tovarning 4 birligini tashkil etadi: PA* = P1/P2 = 4
SHu narsa aniq ravshanki, Pa/A < P*a/A* bо‘lgani bois О‘zbyekiston 1-tovar, YAponiya esa 2-tovar bо‘yicha nisbiy ustunlikka ega. Ishlab chiqarishning maksimal hajmi (V)ga har ikki mamlakatda A va A* nuqtalarda erishiladi, Q1 va Q2 1- va 2-tovarlarni ishlab chiqarish miqdorini ifoda etadi:

P1xQ1+P2Q2 = V


Savdo boshlangandan sо‘ng 1-tovar bо‘yicha nisbiy ustunlikka ega bо‘lgan, shuning uchun ushbu tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvchi О‘zbyekiston 2-tovar ishlab chiqarishini qisqartirgan holda 1-tovar ishlab chiqarishini kyengaytiradi, binobarin ishlab chiqarish nuqtasi A ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i bо‘ylab pastga qarab kо‘chadi. YAponiya esa 2-tovar bо‘yicha nisbiy ustunlikka ega, shuning uchun u ushbu tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi hamda 1-tovar ishlab chiqarishini qisqartirgan holda 2-tovar ishlab chiqarishini kyengaytiradi, о‘z navbatida ishlab chiqarish nuqtasi A* ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i bо‘ylab yuqoriga qarab kо‘chadi (2.3.2.-a va 2.3.2.-b rasmlar). Bu jarayon har ikki mamlakatdagi nisbiy narxlar tyenglashgungacha davom etadi. YAngi nisbiy narx RA= 1/4 va RA* = 4 orasida joylashadi. Bizning vaziyatda bu narxni ifoda etuvchi chiziq О‘zbyekistonda B, YAponiyada B* nuqtalar orqali о‘tadi va RV=RV*=1 ga tyeng bо‘ladi. Mana shu holatda nisbiy ustunlik nazariyasi о‘z nihoyasiga etadi. Standart modyel ortib boruvchi о‘rnini qoplash xarajatlarini hisobga olgan holda bu nazariyani boshqacharoq talqin etadi.





Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish