Sifat ko’rsatkichlari bo’yicha tozalanmagan va gidrotastiya qilinmagan moylar oliy, 1 va
2 navlariga bo’linadi.
Amalda ishlatilib kelayotgan standartlar talabi bo’yicha savdo tarmoqlariga va umumiy
ovqatlanish korxonalariga yuborish uchun, ya’ni to’ridan-to’ri iste’mol uchun tozalangan
dezodorastiya qilingan moylar tavsiya etiladi. Xuddi shuningdek, to’ridan-to’ri iste’mol uchun
presslab olingan kungaboqar moyining tozalangan dezodorastiya qilinmagan, gidrotastiya
qilingan oliy va I-nav va tozalanmagan oliy va I-navlari ham ishlatilishi mumkin.
Paxta moyi
. Bu moy paxta chiitidan olinadi. Tozalanmagan paxta moyi o’ziga xos hidi
va achchiq ta’miga ega bo’lib, rangi qora-qo’nir tusda bo’ladi.
Tozalanganlik darajasiga qarab paxta moyi tozalangan va tozalanmagan turlariga
bo’linadi. Moylarning bu ikki turi ham oliy, I, 2 navlariga bo’linadi.
Oshpazlikda presslash yuli bilan olingan tozalanmagan paxta moyning uchala navi ham
tozalangan paxta moyining 2-navlari ishlatilmasdan, faqatina texnik maqsadlariga ishlatiladi.
Bundan tashqari, salat paxta moyi ham ishlab chiqariladi. Salat paxta moyi tozalangan
paxta moyining oliy va I-navlarini 7,5-8
0
S haroratgacha sovutib olinadi. Bu haroratda moy suyuq
va quyuq frakstiyalariga bo’linadi. Moyning ana shu suyuq frakstiyasi salat paxta moyi
hisoblanadi. Bu moyda hech qanday begona hid va ta’m sezilmaydi, tiniq, rangi sal sariq, tez
hazm bo’ladi.
Soya moyi
soya dukkagidan olinadi. Yuqorida qayd qilganimizdek, soya qimmatbaho
ekinlardan biri hisoblanadi. Buning boisi shundaki, soya dukkagida 20 foiza yaqin moy bo’lishi
bilan bir qatorda 40 foizdan oshiqroq miqdorda to’liq qiymatli oqsil moddasi bo’ladi. Soya oqsili
inson origanizmi uchun zarur bo’lgan hayvon oqsilining o’rnini almashtira olishi mumkin.
Chunki, soya oqsilining aminokislota tuzumi hayvon go’shti oqsilining aminokislota tuzumiga
juda yaqindir. Keyina paytlarda, avval aytganimizdek, O’zbekiston Respublikasida soya
etishtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Shu bilan bir qatorda, O’zbekiston Respublikasida ba’zi
moy-ekstrakstiya zavodlari chet eldan keltirilayotgan soya dukkaklaridan moy ishlab chiqarishni
allaqachon yo’la qo’yganlar. Savdo tarmoqlarida soya moyining ko’plab aholiga sotilayotganligi
bundan dalolat beradi.
Tozalaganlik darajasiga qarab soya moylari gidrotastiya qilingan I va 2-nav, tozalangan
oqartirilmagan, tozalangan oqartirilgan, tozalangan dezodarastiya qilingan moylar holida sotuva
chiqariladi.
Soya moylaridan to’ridan-to’ri iste’mola yaroqlisi tozalangan dezorodastiya qilingan va
gidrotastiya qilingan I-nav moylari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: