O‚zr konst o‚rganish 3826. qxd



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/113
Sana20.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#564703
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113
Bog'liq
14-O‘zb-Res-Kons-ni-o‘rganish-X.Odilqoriyev-va-bosh-Toshkent-2010

Birinchidan, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitu -
Huquq va erkinliklar
kafolatlarining o‘ziga
xos xususiyatlari


105
tsiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini belgi-
lashda va kafolatlashda Inson huquqlari umumjahon
Deklaratsiyasi va xalqaro huquqning g‘oyalari asos qilib
olindi. Ushbu xal qaro hujjatlarga asosan fuqarolarning
ko‘plab huquqlari, ayniqsa, tabiiy-shaxsiy huquqlari
hech kim (davlat, monarx, prezident va boshqalar)
tomonidan berilmaydi. Kafolat ushbu huquq va erkin-
liklarning amalga oshishini, ro‘yobga chiqishini
ta’minlashdir. Shuning uchun ham Konstitut siyamizga
murojaat etsak, inson va fuqarolarning huquq va erkin-
liklari asosiy o‘ringa ko‘tarilgan hamda ularning kafo-
latlanishiga alohida e’tibor berilgan.
Ikkinchidan,
bizning Konstitutsiyamiz bo‘yicha
davlat biron sinf, tabaqa yoki guruhning manfaatlari
uchun emas, balki butun xalq manfaati uchun xizmat
qiladi.
Uchinchidan,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitu 
-
tsiyasi va qonunchiligida belgilangan demokratik va
insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan asosiy prinsiplar-
dan biri bu — hokimiyatlar taqsimlanish prinsipidir.
Hokimiyatlarning taqsimlanish prinsipi — demokratik
davlatga xos xususiyat bo‘lib inson va fuqarolar
huquqlarini kafolatlashning muhim shartidir.
To‘rtinchidan,
mulkchilik, mulkchilikka muno 
-
sabat masalasida ham fuqarolarning huquqlari xalqaro
huquq normalariga mos kafolatlangan.
Sobiq ittifoq Konstitutsiyasiga binoan ishlab
chiqarish vositalari, jamiki moddiy boyliklar davlat
mulki hisoblanardi. Fuqarolarning xususiy mulkka ega
bo‘lishi, boylik orttirishi qat’iyan man qilib qo‘yilgan
edi. Demokratik O‘z 
bekiston Respublikasi Konsti 
-
tutsiyasida esa «Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli»
(37-modda) ekani, O‘zbe 
kiston iqtisodiyoti bozor
munosabatlariga asoslanishi, uning negizini xilma-xil
mulk tashkil etishi, barcha mulk shakllarining teng
huquqqa ega ekaniga kafolat beriladi. Mamla 
-
katimizda ishbilarmonlik, tadbirkorlik va tashabbus 
-


106
kor lik harakatiga keng yo‘l ochildi va bosqichma-
bosqich mulkdorlar sinfi vujudga kelmoqda.
O‘zbekiston jahonning taraq -
qiy etgan va demokratiya
yo‘lidan borayotgan davlatlar
tajribalaridan kelib chiqib,
umume’tirof etilgan xalqaro
huquq me’yorlari talablarini tan olib, qonunchilikning
bu tarmog‘ida aktiv faoliyat olib bormoqda.
Respublikamiz taraqqiyot sari rivojlanib borayot-
gan mamlakatdir. Uning taraqqiyoti fuqarolarning
huquq va erkinliklari hajmining kengayishi, ularni
amalga oshirish va samarali himoya qilish kafolatla 
-
rining mustahkamlanishi bilan bog‘liq holda kechadi.
Fuqarolarning huquqlarini ta’minlashda O‘zbe 
-
kiston Respublikasi Konstitutsiyasining «Inson huquq
va erkinliklarining kafolatlari» deb nomlangan X bobi,
43—46-moddalari muhim ahamiyatga egadir.
Konstitutsiyamizda inson huquq va erkinliklarining
huquqiy kafolatlari to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qoi 
-
dalar mazmunida asosan inson manfaati ustuvor
bo‘lib, uning qat’iy izchil amalga oshirilishi muhim
o‘rin tutadi. O‘zbe 
kiston Respublikasi Konstitu 
-
tsiyasining 43-moddasida: «Davlat fuqarolarning
Kons titutsiya va qonunlarda mustahkamlangan
huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi», de 
yiladi. Bu
konstitutsiyaviy qoidaning ahamiyati shundan iborat-
ki, huquqiy demokratik davlat qurayotgan O‘zbe kiston
davlati o‘zining qonun chiqaruvchi organi hisoblangan
Respublika Oliy Majlisi orqali inson va fuqarolarning
huquq va erkinliklarining huquqiy kafolati hisoblan-
gan umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari
ta lablariga mos me’yoriy hujjatlar qabul qiladi.
Konstitutsiyaning 44-moddasida «Har bir shaxs-
ning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qi -
lish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat bir-
lashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish