Ozuqa turlari va ularning tasniflanishi


-jadval Dukkakli-don ekinlarining barg va mevalari



Download 0,68 Mb.
bet8/11
Sana14.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#799974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ozuqa turlari va ularning tasniflanishi

16-jadval
Dukkakli-don ekinlarining barg va mevalari

Ekinning nomlanishi

Lotincha nomlanishi

Bargi

Mevasi

Ko’k no’xat










Burchoq










Ekma vika










Loviya










Soya










Mosh










No’xat












17-jadval
Dukkakli don ekinlarini biologik va xo’jalik xususiyatlarini o’rganish, turlarini ajratish



Belgilari

Ekma ko’k no’xat

Soya

No’xat

Burchoq

Yasmiq

1.

Ildiz tizimi
















2.

Poyasi
















3.

Bargi
















4.

To’pguli bargi
















5.

Gullarining rangi
















6.

Dukkaklarining shakli va katta-kichikligi
















7.

Dukkagidagi urug’lar soni
















8.

1000 ta don vazni
















9.

Urug’idagi oqsil miqdori
















10.

Issiqlikka talabi
















11.

Namlikka talabi
















12.

Yorug’likka talabi
















13.

Tarqalgan mintaqalari
















14.

Asosiy navlari


















4-амалий машғулот

Dukkakli em-xashak o’tlarning umumiy morfologik xususiyatlari


Ishning maqsadi: Talabalarни дуккакли ўсимликларнинг морфологик белгилари, биологик ривожланиш хусусиятлари bilan tanishtirish.
Kerakli jihozlar va o’quv qo’llanmalari: Don-dukkakli ekinlarning gerbariysi, don va maysalarining namunalari, jadvallar, rangli rasmlar, darslik, uslubiy qo’llanmalar .

Dukkakli don ekinlari - Fabaceae - dukkaklilar oilasiga mansub. Bu botanik oilaga kiradigan ekinlar: ko‘k no‘xot, soya, loviya, fasol, mosh, yasmiq, xashaki dukkakli ekinlar xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega.


Bu ekinlarning doni oqsilga juda boy (25 - 30 %). Oqsil miqdori bo‘yicha ular g ‘alla don ekinlaridan (bug‘doy, javdar, arpa, suli va boshqalar) 2 - 3 barobar ustun. Dukkakli don ekinlari urug‘larida 50 % atrofida uglevodlar, ayrimlarida ko‘p miqdorda yog‘: masalan, soya urug‘ida 20 - 25 % bo‘ladi.
Dukkakli don ekinlarining urug‘lari oziq-ovqatga keng ko‘lamda ishlatiladi. Ular vitaminlarga boy, to‘yimliligi jihatidan go‘sht mahsulotlariga tenglashtiriladi.
Hayvonlarga ozuqa bo‘lish nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega. Ularning doni yuqori oqsilli, to‘yimli yem hisoblanadi. Ko‘k massasidan esa a’lo sifatli senaj, ko‘k ozuqa va pichan tayyorlanadi. Ko‘k no‘xot, burchoq, yasmiq va boshqa dukkaklilar somonida 8 - 12 %oqsil bo‘lib, bu g ‘alladonlar somomdagidan 2 - 3 barobar ko‘p. Ko‘k massasida 4 - 5, gullash fazasida o‘rilgan pichanida esa 16 % oqsil boiadi.
Bularning agrotexnik ahamiyati dehqonchilikda alohida o‘rin tutadi. Ular tuproqni havodagi erkin azotni (1 ga 100 - 150 kg) to‘pлash hisobiga boyitadi, ildizida azot to‘plovchi tuganak bakteriyalar rivojlanadi. Demak, ular boshqa ekinlar uchun yaxshi o‘tmishdoshlar hisoblanadi.
Chorvachilikni rivojlantinshda oqsil muammosini hal etish alohida ahamiyat kasb etadi. Hayvonlarni protein bilan balanslangan (1 ozuqa birligida 105 - 120 g oqsil) oziqlantirish har bir sentner chorvachilik mahsuloti uchun energiya (yem-xashak) sarfining kamayishini kafolatlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra yetishtirilgan ozuqaning to‘rtdan bir qismi hayvonlarga berilayotgan ozuqada oqsilning yetishmasligi sababli foydasiz sarflanadi.
Demak, dukkakli don ekinlar maydonlarini kengaytirish aholining oziq-ovqatga ehtiyojini qondirish, chorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirish, boshqa ekinlar hosildorligini oshirishda juda ahamiyatлi.
Dukkakli don ekinlari bargining tuzilishiga ko‘ra 3 ta guruhga: patsimon bargli (ko‘k no‘xat, vika, yasmiq, Burchoq no‘xat); ikkinchisi - uchta bargli (mosh, fasol loviya, soya) va uchinchisi - panjasimon bargli o‘simliklar (lyopin)ga bo‘linadi.
Bu guruh o‘simliklar dastlabki o‘sish va agrotexnikaviy xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Birinchi guruhga kiradigan o‘simliklar urug‘ palla (epikotil) hisobiga o‘sadi va shuning uchun urug‘ pallasini tuproq yoziga olib chiqmaydi. Ular ancha chuqur ekish va maysalar paydo bulguncha hamda paydo bo‘lgandan keyin ham yerni boronalash mumkin.
Ikkinchi va uchinchi guruh o‘simliklari dastlabki urug‘ palla osti bugimi (gipoqotil)ning chuzilishi tufayli o‘sadi va urug pallasini tuproq yoziga chiqaradi. Ularning urug‘ini birmuncha yoza ekish va faqat maisa chiqargandan keyin juda ehtiyetlik bilan boronalash mumkin. Urug‘ pallalarini tuproq yozasiga olib chiqadigan o‘simliklarning maysasi mustaqil oziqlanishga tez o‘tadi va ancha kam siyraklashadi.
Dukkakli don ekinlarining ildizi yerga 2 m gacha chuqur kiradigan acociy uq ildizdan va tuproq katta hajmini kamrab oladigan tarmoqlangan yen ildizchalardan iborat. Tuproq dukkaklilar ildizida seziladigan shish, ya’ni tugunaklar bo‘lib, ularda havo azotini o‘zlashtiruvchi bakteriyalar joylashadi. Dukkakli don ekinlari ayrim turlarinnng azot to‘plash xususiyati tugunaklarining rivojlanish darajasiga bog‘liq tugunak bakteriyalarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish kerak.
Dukkakli don ekinlari poyasi turlicha bo‘ladi. No‘xat, xashaki dukkak va soya o‘simliklarining poyasi vertikal holatda tik o‘sadi.
Mosh, ko‘k no‘xat, vika, burchoq yasmiq va loviyaning poyasi yetilish vaqtiga kelib yotib qoladi. Bunday hol sodir bo‘lmasligi uchun dukkakli don ekinlarini ko‘pincha, poyasi tik turuvchi boshqa ekinlar bilan qo‘shib eqiladi, shunda ular gajaklari bilan boshqa ekinlarga tirmashib o‘sadi.
Dukkaklm don ekinlarining guli noto‘g‘ri shaklda, qo‘sh gulqo‘rg‘onli bo‘ladi. Gultojisi yirik mayda va turli shakldagi barglardan iborat qayiqcha, yelkan va qanotchali bo‘ladi. Gulida 10 ta changchi va 1 ta urug‘lanish, bir uyali tugunchasi hamda bir nechta urug‘ kurtaklari bor. Gultojisining rangi oqdan och qizil va bipafsha ranggacha bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining ko‘pchiligida gul asosi poya va yon novdalar ichidagi to‘pgullarda joylashgan (13-14-rasmlar).

Dukkakli don ekinlarining mevasi yirik mayda va har xil shakldagi dukkak bo‘lib, u ikki tabaqaga ochiladi va ichida bir nechta urug‘ bo‘ladi. Ko‘pchilik dukkakli don ekinlari­ning dukkagi ekilganda uzunasiga ketgan choqidan chatnaydi (yeriladi), so‘ngra dukkagining tabasalari srilib bo‘ralib, urush sochilib ketadi. No‘xat va lyopin ayrim navlarining dukkagi chatnamaydi. Selsksionerlar lovlya, soya va burchoqilig dukkagi kam chatnaydigan navlarini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar.
Urug‘i turli tuman shaklda, turli rangda va yirik may­da bo‘ladi. Dukkaklarining urush urug‘ qobig‘idan va mo‘rtakdan tuzilgan. Urcht mevaga birikadigan joyidan urug‘choqi, loviyada esa, xalaza va mikropmle dungchalar saqlanadi. Mo‘rtak seret 2 ta urug‘ palladan va ular orasida joylashgan mo‘rtak ildizchasi hamda kurtakchadan iborat. Urug‘ pallalari mo‘rtak barglaridan iborat, ularda o‘simliklar usganda foydalainladigan zapas oziq moddachalar to‘planadi.
Dukkakli don ekinlari o‘suv davrining uzoqligiga qarab ikki ruruhga. vegetasiya davri qisqa va uzun bo‘lgan o‘simliklarga bo‘linadl. Birinchi guruxga ko‘k no‘xat, yasmiq va burchoq, ikkinchi guruhga xashaki dukkak loviya va soya kiradi. Har qaysi ekinning ertapishar va kechpishar navlari bor. Mamlakatimizning janubiy tumanlarida esa, ulardan keyin takroriy ekin (makkajo‘xori, jo‘xori va boshqalar) ekishga imkon bo‘ladi.
Issiqqa talabi. Dukkakli don ekinlaridan ko‘k no‘xat, yasmiq va burchoq sovuqga ancha chidaydi. Ularning maysasi 45°C dayeq paydo bo‘ladi. Ular erta eqiladigam ekin. Ingichka bargli lyopin, xashaki dukkak va no‘xatga (bular o‘rta muddatda eqiladigan ekinlar ) ancha ko‘proq issiqlik zarur. Soya bilan loviya juda issiqsevar o‘simlik. Ularning maisa hosil qilishi uchun 10-13° harorat bo‘lishi kerak. Bular kech eqiladi.
Urug‘larning unib chiqish harorati qancha past bo‘lsa, maysalarining mo‘zlash harorati ham shuncha past bo‘ladi. Masalan, ko‘k no‘xat va yasmiq maysalash fazasida 8°C gacha, lyo­pin va xashaki dukkaklar 6 S gacha, soya 3,4°C gacha sovuqga chidaydi. Loviya sovuqda juda ta’sirchan bo‘lib, maysalari - GS da nobud bo‘ladi. Dukkaklilarda don (urug‘)ning to‘liq bo‘lishi, ayniqsa muhimdir, chunki bu urupsh kech muddatlarda ekishga imkon bermaydi va ba’zi dukkaklilarning bir muncha shimoliy hududlarga surilishini cheklaydi.
Namga talabi. Dukkakli don ekinlari boshqa g‘alla ekinlariga qaraganda namni ko‘p talab qiladi. Masalan, urug‘i unib chiqishi uchun uz vazniga nisbatan 110-140% nam talab qiladi, transpirasiya koeffisiyenti 400 va 800 gacha uzgarib turadi. Ular sizot suvi yoza joylashgan yerlarda yaxshi usmaydi. Soya, xashaki dukkaklar va lyopin namga juda talabchan bo‘ladi. Shuning uchun ular nam yetarli bo‘lgan tumanlarda eqiladi. No‘xat va burchoq qurgoqchilikka chidamli ekinlar guruhiga kiradi. Yasmiq, ko‘k no‘xat va loviyaning ba’zi navlari ham qurgoqchilikka chidaydi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish