Pandemiya davrida kitobxonlik va internet tarmoqlari



Download 18,08 Kb.
bet1/2
Sana29.12.2021
Hajmi18,08 Kb.
#75593
  1   2
Bog'liq
Pandemiya davri maqola


Pandemiya davrida kitobxonlik va internet tarmoqlari.

M.Malikova, O’zPFITI tayanch doktoranti, dmalika11@gmail.com



Annotatsiya. Ushbu maqolada pandemiya davrida kitobxonlikka e’tibor va o’quvchilarni mutolaaga jalb etish xususida so’z yuritilgan va tavsiyalar berilgan.

Tayanch so’z va iboralar: o’yinlar, ijtimoiy sayitlar, messengerlar, pandemiya, elektron kutubxona, onlayin dars, fecebook, youtube, instagram, telegram.

Texnika rivojlangan XXI asrda kitob va mutolaaga munosabat birqadar o’zgarganday.Kitob savdosi va kutubxonalarga kitobxonlarning tashrifi sezilarli darajada kamaygan. Bugungi kunning asosiy kitobxonlari talabalar va ilmiy ish bilan band bo’lgan magistrant hamda doktorantlar. Bolalar asosan kopyuter o’yinlari bilan band bo’lishsa, uy bekalari “Sariq” matbuot hamda teleseiallarga ko’proq vaqt ajratishadi.Chroyli grafikaga ega bo’lgan telefondagi turli ko’ngil ochar sahifalar ham ( o’yinlar, ijtimoiy sayitlar, messengerlar) ko’pchilikni o’ziga jalb etgan. Shuning natijasida insonlarni mushohadaga chorlaydigan adabiyotlarga qiziqish bir qadar kamaygan.Covid-19 pandemiyasi davrida o’z- o’zini asrash maqsadida aholining ko’p qismi uyda qoldi va vaqtni bekor o’tkazmaslik uchun elektron kutubxonalarga e’tibor bera boshladi. Bu borada telegram messengeridagi turli tillardagi adabiyotlar kishilarning kitobga bo’lgan e’htiyojini qanoatlantirdi.Telegram kanallarda nafaqat elektron kitoblar balki audio kitoblar ham salmoqli o’rin egallagan. Masalan, “Uyda kitob eshitamiz”, “Kitob eshitamiz”, “Jizzah ko’zi ojizlar kutubxonasi”, “ Audio kitoblar uz”, “Audio kinigi” va boshqalar.

Shundan ko’rinib turibdiki, bu kitoblarni eshitayotganda boshqa ishlar bilan ham band bo’lish mumkin. Pandemiya davrida ayrim mahalliy hokimiyatlar tashabbusi bilan kitob va mutolaaga alohida e’tibor berilib onlayin tarzda, “Kitobxon ota”, “Kitobxon ona ”, “Kitobxon o’quvchi” ko’rik tanlovlari o’tkazildi. Ota –onalar televideniya va internet sahifalarida namoyish etilayotgan onlayin darslarni farzandlari bilan birga kuzatib borib, dars jarayonida zarur bo’lgan o’quv qo’llanmalari va badiiy adabiyotlardan foydalanishmoqda. Oilaviy kitobxonlik an’analari tiklanmoqda.

Bu tashabbusni milliy teleradio kompaniya ham faol tarzada qo’llab kelmoqda. O’z arxividagi yozuvlarni MTR ka audio tarzda telegram kanalida joylashtirib borib ko’plab tinglovchilarning olqishiga sazavor bo’lmoqda.

Bolalik insoniyatning eng shirin va beg’ubor davri. Onalarimizning allasidan musiqiy ongimiz uyg’onsa, buvilarimizning ertaklari dunyoqarashimiz va tafakkurimizni rivojlantiradi.Telegramdagi “Bolalik kunlarimda”, “Audio ertak ulashamiz”, kanallari har qanday didi nozik kitobxon bolalarimizning ma’naviy ehtiyojini qondirishga qodir. Ertaklar nafaqat o’zbek balki rus tilida ham berilib boriladi.

Ayrim telegram kanallari, masalan “Kitobxonlar davrasi”, “Elektron kutubxona” va hokazo. Kitobxonlar o’rtasida onlayin tanlovlar o’tkazib turishadi. ( ikki haftada bir kitob ) tanlovi o’qilgan matn asosida tuzilgan savollarga javob berish tarzida o’tkazilsa, boshqa bir tanlovda o’qilgan bir matnga taqriz yozish asosida ballar yeg’ib boriladi. Bunday tanlovlarda mutolaa uchun turli mavzudagi asarlar tavsiya qilinadi. Natijada kitobxonlar bahs orqali ham kitob mushohadasiga berilib ketadilar.

Shuningdek fecebook, youtube, instagram tarmoqlarida ham kishilarni kitob o’qishga, mutolaaga jalb etadigan bir qancha kanallar mavjud. Masalan, fecebookdagi “ Kitobxonlar davrasi”, Youtube dagi “Xurshid Davron kutubxonasi”, “O’zbek audio kutubxonasi”, “Audio kinigi” kabi sahifalarda audio va elektron kitoblar targ’ib etilsa, “Kitobxonlar davrasi” da esa adabiyot shaydolari o’zaro muloqotda bo’lishadi, o’qigan kitoblarini muhokama qilishadi, mulohazalari bilan o’rtoqlashadilar va joylarda uchrashuvlar tashkil etishadi. Bunday sahifalarni tashkil etishdan maqsad yosh avlodni kitob dunyosiga olib kirish hamda kitoblarga oshno etishdir. Ayniqsa maktab o’quvchilarining biznes va tadbirkorlik sohasidagi kitoblarga qiziqishi kishini quvontiradi. Og Mandinoning “Dunyoning eng buyuk savdogari”, Morrening “Seshanba darslari”; falsafiy dunyoqarashni kengaytiradigan P.Sharmaning “O’lsang, kim yig’laydi”, E. Safarliyning “Qaytganimda uyda bo’l” va shunga o’xshash asarlar bugungi kunda omma orasida keng mutolaa qilinmoqda. Yoshlarimizning jahon kitob dunyosi namunalari bilan tanishishga intilishlari diqqatga sazovordir. Bu borada kitob targ’ibotida olib borilgan ishlarning natijasi o’laroq savodxon yoshlarimizning ko’payishi umididamiz. Bunga sabab qilib kitobxonlarning asarni u yozilgan orginal tilda o’qishga intilishlarini aytishimiz mumkin. Pushkin aytganidek, “Yozuvchilar quyosh, tarjimonlar esa shamchiroq”. Biz bu bilan tarjimonlar mehnatini kamsitmagan holda yoshlarimizning ona tilidan boshqa tillarda ham mutolaa qobiliyatiga ega bo’layotganligini nazarda tutmoqdamiz. Axir bir tilni bilgan bitta odam, ko’p tilni bilgan ko’p odam.

Yozgi ta’tilda o’quvchilarimizning vaqti bekor o’tmasligi uchun onlayin maktab televizion namoyishlarini davom ettirmoqda. Bugungi pandemiyaning havfi kuchli bo’lgan bir payitda mutolaa uchun qiziqarli bo’lgan tarbiyaga ijobiy ta’sir etadigan, o’quvchi yoshiga mos, ruhiy holatiga xos asarlardan tavsiya etish joizdir.Masalan, Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Quyonlar saltanati”, Anvar Obidjonning “Mesh polvon sayohatga chiqdi”, ( o’g’il va qiz bolalar uchun) ensklopediyalar, Rik Riordanning “ Persi Jekson va chaqmoq o’g’risi” va boshqalar. Hozir eng kichik maktab o’quvchilari ham aktiv internet foydalanuvchisi bo’lishlari mumkin. Shu sababli ota- ona nazorati alohida ahamiyatga ega. Chunki “ Farzandlarimiz nimaga qiziqadi? Nima bilan mashg’ul ?” degan savol har qanday ota- ona uchun dolzarb bo’lishi kerak. Maktab yoshidagi farzandlarga har tomonlama ibrat bo’ladigan ota - onalar qanday asarlarni tavsiya etishlari ham o’quvchilar uchun katta ahmiyat kasb etadi. Farzandlariga kitob sovg’a qilayotgan ota- onalar uning dizayniga ham e’tibor berishlari kerak. Chunki kichik yoshdagi o’quvchilarimiz ko’proq kitoblarning sur’atlariga, rang- barangligiga e’tibor berishadi. Bugungi kunda kitob do’konlarida buklet shaklidagi, g’ildirakli, lanshaftli, ovoz effektli va hokazo tarzdagi bola ko’zini quvnatadigan hamda ongini jalb etadigan kitoblar mavjud.



Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ko’proq vaqtni uyda o’tkazishga majbur etadigan holatlarda ham o’quvchilar zerikmasligi va bilim olishlari uchun ressurslar yetarli. Faqatgina ulardan foydalanish qoldi xolos. Agar do’konga borib kitob ololmasak, onlayin kutubxonalar har qanday nozik didli kitobxonning ehtiyojini qondiradi. Shu sababli o’quvchilar kitob o’qishga intilganda ularga imkoniyat yaratib berish lozim.


Download 18,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish