Pedagogika. Psixologiya


Psixologik nazariyalarni yo’nalishlari va psixologiyaning fanlar tizimida



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/158
Sana13.08.2021
Hajmi0,89 Mb.
#146715
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   158
Bog'liq
Pedagogika. Psixologiya

5.4. Psixologik nazariyalarni yo’nalishlari va psixologiyaning fanlar tizimida 

tutgan o’rni.  

 Psixologiya fanining ko’p yillik taraqqiyoti bir qancha yo’nalishlar maydonga keldi. 




Psixologiya oqimlaridan biri BIXYeVORIZM (inglizcha bhaviour so’zidan olingan 

bo’lib, xulq-atvor ma’nosini bildiradi) dastavval AQSHda hayvonlarni kuzatish sifatida 

yuzaga keldi. Uning namoyondalari – D.Uotson (asoschisi), E.Torndayk. Bixevorizmning 

asosida psixologik tadqiqotning predmeti sifatida psixikani ongni inkor qilish yotadi. Ularning 

fikricha psixologiyaning o’rganish predmeti xulq-atvordir. Bixevoristlarning fikricha, 

psixologiyaning vazifasi stimulga (turtki, qo’zg’atuvchi) (S) ga qarab bunga qanday javob

reaktsiya (R)  bo’linishi va aksincha reaktsiyaga qarab uning stimulini aniqlash aytib 

berishdan iboratdir. Klassik bixevorizmning formulasi S – R demakdir. Klassik bixevorizm 

mexanistik yo’nalish bo’lib, bu yo’nalish tarafdorlari ishining xulq-atvorini oddiy mexaniq, 

bir taraflama tushuntirishga harakat qilganlar. Lekin hayotda bir stimul ko’plab, turli-tuman 

reaktsiyalar, harakatlar tug’dirishi va aksincha bir xil reaktsiyaning asosida bir-biriga 

o’xshamagan turli stimullar yetishi mumkin. Stimul va reaktsiya orasidagi bog’lanishlar  

atrof-muhitning ta’siriga, kishining ichki dunyosiga, ongiga, qiziqishiga va boshqalarga 

bog’liq holda yuzaga chiqadi. 

FREYDIZM. Asoschisi venalik psixiatr va psixolog Z.Freyd. ko’pchilik psixologik 

oqimlar orasida eng ta’sirga ega bo’lgan oqimlardan biri. Ularning fikricha odamning hulq-

atvori, hatti-harakatlari ikkita printsipga «rohatlanish printsipi» (hayvonlar instinktiga 

o’xshash jinsiy moyillik ko’zda tutilgan) va «reallik printsipi» (jamiyat talabiga mos 

kelmaydigan, uyat va man qilingan o’zining jinsiy hirslariga erk bermasligi) ga bo’ysunadi. 

Rohatlanish va reallik printsiplarining to’qnashishi natijasida qondirilmagan mayllar ongsizlik 

(ong osti) sohasiga siqib chiqariladi. Ammo ular butunlay yo’qotilmaydi, balki ongsizlik 

sohasidan turib kishi xulq-atvori va hatti-harakatlariga ta’sir qilib ba’zan boshqarib turadilar. 

Hozirgi vaqtda psixologiya o’zining predmetiga, maxsus vazifalariga va maxsus tekshirish 

metodlariga ega. Bugungi kunda psixologiya sohasiga taalluqli bir qancha psixologik tashkilotlar, 

ilmiy  muassasalar,  o’quv  yurtlari  va  nashriyotlari  mavjud.  Shuningdek,  psixologlarning  ilmiy 

assotsiatsiyalari  va  psixologlar  jamiyati  ish  ko’rmoqda.  Psixologiya  muammolar  bo’yicha 

Respublikamizda xalqaro konferentsiyalar, kongresslar o‘tkazilmoqda. Ma’lumki psixologiya fani 

XX asrda falsafa fani tarkibidan mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. O’z-o’zidan ravshanki bu bilan 

psixologiya falsafadan chetda qolib, undan butunlay uzoqlashgani yuk. Hozirgi zamon psixologiya 

fanining asosini falsafadagi ilmiy-falsafiy tasavvurlar, turli falsafiy qarashlar tashkil qiladi.  Shu 

bilan  birga  psixologiya  sohasida  erishilayotgan  ilmiy  va  amaliy  yutuqlar  o’z  navbatida  falsafa 

fanini, falsafiy amaliyot va nazariyani boyitadi. 

Hozirgi zamon texnik taraqqiyoti kishi psixikasiga katta talablar qo’yadi. Barcha sohalarda 

psixik omillarning roli oshib bormoqda. Kishining xotirasiga, tafakkuriga, idrokiga, temperamenti 

xususiyatlariga reaktsiya tezligini hisobga olishga e‘tibor kuchaymoqda. Chunki odamning ishda 

jiddiy  xatolarga  yo’l  qo’ymasligi,  ishni  buzmasligi  uning  psixik  va  Shaxsiy  fazilatlariga  ko’p 

jihatdan  bog’liq.  Shu  sababli  «odam-mashina»  tizimini  to’g’ri  tashkil  qilishda  psixologiya 

fanining ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa texnik fanlar va psixologiya o’rtasidagi aloqalarning 

mustahkamlanishiga, bir-biriga kirishib ketishiga olib kelmoqda. 

Psixologiya  va  pedagogika  o’rtasidagi  aloqalarni  alohida  ko’rsatib  o’tish  lozim.  Har 

tomonlama barkamol Shaxsni tarbiyalash vazifasi psixologiya sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlar 

ta’lim va tarbiya jarayonini takomillashtirishda psixologiyaning imkoniyatlari keng foydalanish 

imkonini beradi. 

Psixologiya  oldida  turgan  vazifalardan  biri,  pedagogik  amaliyotda  qo’llanilayotgan 

qoidalarni  (ta’lim  va  tarbiya  mazmuni,  metodlari,  usullari  va  h.k.)  psixologik  pedagogik 

amaliyotdan oldinda borishi, pedagogika uchun yangi yo’llar ko’rsatishi lozim. Psixologiyaning 

yordamisiz pedagogika o’z oldiga qo’ygan ko’plab vazifalarni muvaffaqiyatli hal qila olmaydi.  


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish