Переферия ва офис курилмаларини



Download 0,94 Mb.
bet21/67
Sana05.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#531081
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67
Bog'liq
ЭХМ нинг периферия курилмалари

Nazorat savollari:



  1. Hozirda qanday shinalar keng qo’llanilmoqda?

  2. Komp`yuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari vazifasi nimadan iborat?

  3. ATX sistemali plata afzalliklarini ayting?

  4. Sistemali plataning asosiy komponentlari qaysilar?

  5. Razyom deb nimaga aytiladi?

  6. Sistemali platani tanlashda nimalarga e’tibor berish zarur?

KOMPYUTERNING TIZIMLI PERIFERIYALI
INTERFEYSI. EHM PORTLARI


Reja:



  1. Periferiyali interfeys

  2. Kengaytirish shinalari 

  3. Lokal shinalar

  4. Periferiya shinalari

  5. Yangi universal ketma-ket periferiya shinalari

  6. USB portlar

  7. COM ketma – ket portlari

  8. Paralel interfeys LPT – port



Tayanch iboralar: Interfeys, adapter, kengaytirish shinalar, lokal shinalar, ISA, EISA, lokal shinalar, periferiya shinalari, USB, PlugAndPlay texnologiyasi, Fire Wire, PCI shinasi, USB portlar, xost-kontroller, xab, fizik interfeys, bayonnoma, disconnected, disabled, inabled, ketma ket interfeysli COM, paralel interfeysli port LPT.

PERIFERIYALI INTERFEYS


Interfeys (interface - Kompyuterra tegishli adabiyotda ba’zida «interfeys» atamasi o’rniga «nazoratchi» yoki «adapter» atamalari ishlatiladi. qatiy aytganda, bu to’g’ri emas, chunki «nazoratchi» (controller) interfeysni boshqaradi va uning ishlashini ta’minlaydi, «adapter» (adapter) interfeyslarning to’g’ri (mos) kelishini ta’minlaydi) - ulanish va aloqa vositalari to’plami bo’lib, u tizimlarning yoki ular qismlarining o’zaro samarali harakatini ta’minlaydi. Interfeysda odatda ulanish masalalarining mexanik (simlar soni, aloqa elementlari, ulanish tiplari, kontaktlar nomerlari va sh.o’.) va mantiqiy (tushunarli signallar, ularning uzunligi, kutbliligi, chastotasi va amplitudasi, o’zaro harakat bayonnomalari ) darajalari ko’zda tutilgan.


Mashina ichidagi interfeys - EHM tarmoqlari va bloklarining o’zaro aloqa va ulanish tizimidir. U elektr aloqa liniyalari (simlar), kompyuter komponentalari bilan ulanish sxemalari, signallarni uzatish va o’zgartirish bayonnomalari (algoritmlar) yig’indisi ko’rinishiga egadir.
Mashina ichidagi interfeysni tashkil etishning 2 varianti mavjud.
Ko’p aloqali interfeys. SHK ning har bir bloki boshqa bloklar bilan o’zining lokal simlari orqali bog’langan; ko’p aloqali interfeys ba’zida tizimli interfeysni to’ldiruvchi periferiyali interfeysi sifatida (SHK ning tashqi qurilmalari bilan aloqa qilish uchun ) qo’llaniladi, sistemali interfeys sifatida esa faqat ba’zi xonadon kompyuterlarida ishlatiladi.
Bir aloqali interfeys. SHK ning barcha bloklari bir-biri bilan umumiy yoki tizimli shina orqali bog’langan.
Nisbatan ko’pchilik zamonaviy SHK larda tizimli interfeys sifatida tizimli shina ishlatiladi. Tizimli shinaning strukturasi va tarkibi SHK ning funkcional-strukturali tashkil etilishi bobida ko’rib chiqilgan. Tizimli shinaning muhim funkconal tavsiflari quyidagilardir: u xizmat ko’rsatadigan qurilmalar soni va uning o’tkazish qobiliyati, ya’ni axborotni uzatishning eng yuqori mumkin bo’lgan tezligi. Shinaning o’tkazish qobiliyati uning razryadliligiga (8,16,32 va 64 razryadli shinalar bor ) va shina ishlaydigan taktli chastotaga bog’liq.
Tizimli shina sifatida turli SHK larda quyidagilar ishlatilgan va ishlatilishi mumkin:
kengaytirish shinalari - ko’p sonli juda rang-barang qurilmalarni ulash imkonini beruvchi umumiy vazifali shinalar;
lokal shinalar - uncha katta bo’lmagan aniq bir sinfdagi qurilmalarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan.

KENGAYTIRISH SHINALARI 


Multibus 1 shinasi 2 ta modifikaciyaga ega: PC/XT bus va PC/ AT bus.


PC/XT bus shinasi - 4,77 MGc taktli chastotaga mo’ljallangan 8-razryadli qiymatlar shinasi va 20-razryadli adreslar shinasidir; apparatli uzulishlar uchun 4 ta liniyaga va xotiraga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish uchun 4 ta kanalga ega ( DMA - Direct Memory Access kanallari). Adreslar shinasi mikroprocessorning adres kengligini 1 Mbayt kattalik bilan chegaralaydi. 8086, 8088 MP bilan ishlatiladi.
PC/AT bus shinasi - 8 MGc gacha ishchi taktli chastotada ishlovchi 16-razryadli qiymatlar shinasi va 24-razryadli adreslar shinasidir, lekin 16 MGc taktli chastotali MP ishlatilishi mumkin, chunki shina nazoratchisi chastotani teng ikkiga bo’lishi mumkin; apparatli uzulishlar uchun 7 ta liniyaga va 4 ta DMA kanaliga ega. 80286 MP bilan ishlatiladi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish