Переферия ва офис курилмаларини


ELEKTR TA’MINOTI BLOKI VA SISTEMA BLOKI KOMPONENTLARINI SOVUTISH



Download 0,94 Mb.
bet17/67
Sana05.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#531081
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67
Bog'liq
ЭХМ нинг периферия курилмалари

ELEKTR TA’MINOTI BLOKI VA SISTEMA BLOKI KOMPONENTLARINI SOVUTISH

Ta`minot bloki odatda korpusga o’rnatilgan bo’ladi. Uning bir nechta modifikatsiyalari mavjud, ammo eng ko’p tarqalgani ATX tizimli platasi uchun yangi konstruktsiyalardir. Hozirgi kunda eskirgan Baby - AT modeli korpusi amalda yangi ATX modeli tomonidan siqib chiqarilgan. Korpus ulchami va shakli, ta`minot bloki va hatto tizimli plata formfaktor deb ataladi. Quyida eng ommaviy formfaktorlar keltirilgan.


- Full Tower
- Mini Tower
- Desktop
- Low Profile va Slimline
Korpusni xarid qilishdan oldin quyidagilarni aniqlab olish lozim.
Komp'yuterga qanaqa apparatli ta`minot o’rnatiladi (korpusni formfaktorini aniqlash va ta`minot manbaini to’g’ri tanlash uchun), u qaerga stol yoki polga o’rnatiladimi (monitor, klaviatura va sichqoncha kabellari uzunligini aniqlash uchun).
Slimline korpusi Slimline va LPX turidagi maxsus tizimli plata o’rnatish uchun muljallangan. LPX platasida amalda barcha komponentlari biriktirilgan, qo’shimcha qurilmalar adapterlarini ulash uchuí muljallangan odatdagi ajraluvchilar yo’q. Ular maxsus qo’shimcha urnatiladigan platada joylashgan va tizimli platadagi maxsus ajratgichga biriktiriladi. Adapterlar platalari qo’shimcha o’rnatiladigan plataga qo’yiladi, bu ularni ulashni ancha qiyinlashtiradi.
Kupchilik yangi korpuslar ATX platasiga mos keladi, ular Pentium II, III, IV Celeron protsessorlarini yangi modellarini qo’llab quvvatlaydi.
Baby AT uchun maxsus o’rnatilgan korpus, ATX tizimli platasiga o’rnatishga muljallanmagan. Shunday qilib, agar sizga korpus va ta`minot bloki kerak bo’lib, ular keyinchalik komp'yuterni modernizatsiya qilishga xalaqit bermasa, shunday konfiguratsiya olingki, u ATX tizimli platasi konstruktsiyasini qo’llab quvvatlasin.
Umumiy holda yangi tizimni shakllantirish uchun korpus va ATX tizimli platasi, shuningdek quvvati amaldagi jixozlarni ta`minlash uchun etarli bo’lgan ta`minot bloki asos bo’lib xizmat qiladi.
Tizimli platalar va 1998 yil sentyabrdan keyin tayyorlangan Dell komponiyasi ta`minot bloklarida ATX standart ta`minot blokida kuchlanish darajasi va chiqarishlari uzgartirilgan ulchagichlardan foydalaniladi. Dell tizimli platasini ATX standart ta`minot blokiga qo’shish yoki standart tizimli platani Dell ta`minot blokiga qo’shish ta`minot manbaini va hatto tizimli platani buzilishiga olib kelishi mumkin. Nisbatan zamonaviy Dell tizimini modernizatsiyalashda Dell – qo’shma ta`minot bloki olish kerak, u Dell tizimli platasi bilan birga foydalaniladi, yoki Dell ni har ikkala komponentini ATX standart komponentlariga almashtiriladi.
Intel Pentium IV protsessorida kuchliroq issiklik ajratgich va quvvatli sovutish ventilyatori ishlatiladi. Tizimli platani buzilishini oldini olish uchun Intel kompaniyasi tomonidan maxsus karkasli takomillashtirilgan ATX korpusi ishlab qhikilgan bo’lib, issiqlik ajratgich va sovutish ventilyatori unga tog’ri keladi.
Bundan tashqari Pentium IV ni ba`zi tizimli platalari maxsus tayanchli plastina bilan komplektda keltiriladi, ular ATX standart korpuslarida issiqlik ajralib chiqishini quvvatlashga xizmat qiladi. Pentium IV protsessoriga zaruriy kuchlanish berish uchun shuningdek ma`lum turdagi qo’shimchà kuchlanish ajratgichi o’rnatiladi. Pentium IV uchun muljallangan elektr ta`minoti bloklari mavjud, yoki mavjud yuqori kuchlanishli ta`minot manbalaridan protsessorga energiya uzatish uchun qo’shimchà adapterdan foydalanish mumkin.
Mini - Tower va Micro - Tower tizimlari to’ldiriluvchi korpuslardan farq qiladi. Bu turdagi komp'yuterlar odatda formfaktor micro - ATX tizimli platasidan foydalanadi va diskovod urnatish uchuí ikkita yoki uchta alohida joyga ega bo’ladi. Bunday tizimlarni modernizatsiyalash Slimline tizimlariniki kabi qiyin.
Elektr ta`minoti blokini sotib olishda tizimga urnatiladigan qurilmalar sonini va ularni iste`mol qiladigan kuchlanishni hisobga olish kerak bo’ladi.

ELEKTR TA`MINOTI SIFATINI OSHIRISH CHORASI


Komp'yuterni bekordan-bekorga yoqib-o`chirmang, agar ishdagi tanaffus katta bo`lmasa, energiyani o`chirmaslik lozim. Yaxshisi elektr energiyani tejash uchun vaqtincha vinchesterni to`xtatish, monitor ekranini o`chirish kerak.


Agar sizning elektr tarmog’ingiz ishonchli bo`lmasa lampochkalar tez-tez lipillab, ba`zan tok ketsa, kechki payt kuchlanish kamayib tursa, komp'yuter energiyasini muxofaza qilish uchun stabilizator, "Pilot" turidagi impul'sli to`sqinlik tarmoq filtrlari, UPS - beto`xtov energiya maxsus bloklarini qo`llash lozim, chunki ular o`ziga o`rnatilgan akkumulyatorlarni zaryad qilib turadi.
Kompyuterni ishonchli va beto’xtov ishlashi uchun uni turli xil kutilmagan tasodiflardan himoya qiluvchi, uning еlektr tarmog’idan ta’minlanishini maxsus tizimini ko’zda tutish kerak. Bu kutilmagan tasodiflar, birinchi navbatda еlektr ta’minoti parametrlarini standartdan turlicha chetga og’ishlaridir.
Texnik nuqtai nazardan, bu:

  • kuchlanishning yo’qolib qolishi (blackout) - shubxasiz, barcha kompyuterlardan foydalanuvchilar xatto kuchlanishning qisqa vaqtli yo’qolib qolishidan, shakllanishiga bir necha soatlab ish vaqti sarflangan asosiy xotiradagi ma’lumotlarni yo’qolishidan ma’naviy iztiroblar chekkanlar;

  • kuchlanishning o’tirib qolishi (brounout) — bir vaqtning o’zida bir nechta quvvatli еlektr еnergiyasi iste’molchilarining ulanishi bilan kelib chiqqan kuchlanish amplitudasining juda qisqa vaqtga nominaldan pastga tushib ketishi;

  • kuchlanishning sakrashlari (strike) - еlektr еnergiyasining quvvatli iste’molchilari ulanganda va uzilganda, statik razryadlar va yashin urishlar bilan ham va еlektr tarmog’idagi o’tkinchi jarayonlar bilan ham chiqariluvchi, amplitudasi bir necha ning voltlargacha etadigan kuchlanishning qisqa vaqt oshib ketishi;

  • еlektromagnit halaqitlar (electromagnetic interference) - turli xil jixozlarning ishlashidan kelib chiqadigan induktiv yoki galvanik oshib ketishlar natijasida kuchlanish shaklining sinusoidal shakldan og’ishi;

  • chastotaning og’ishi (frequency deviation) - kuchlanish manbai chastotasining doimiy еmasligidan kelib chiqadi.

Bu barcha og’ishlar, odam uchun deyarli kuchlanishni to’liq yo’qolib qolishidan tashqari sezilmaydi, lekin kompyuter ishini buzishi mumkin. Baholashlarga qaraganda, SHK ishlashidagi 75% tushuntirib bo’lmaydigan buzulishlar (osilib qolishlar, dasturlar ishlashidagi uzulishlar, xotiraga murojaat qilishdagi xatoliklar) past sifatli еlektr ta’minoti sababli kelib chiqadi.
Shuning uchun kompyuterni hech bo’lmaganda kerakmas ruxiy zarbalardan saqlash uchun ham еlektr tarmog’ining kungilsiz ta’sirlaridan himoya qilish maqsadga muvofiqdir.
Kompyuterni еlektr ta’minoti qurilmasining ushbu ikki tipini ishlatishni tavsiya еtish mumkin:
• tarmoqli filtrlar,
• uzluksiz ta’minot manbalari.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish