Pul massasi va uni tartibga solish muammolari


Pul muomilasi va uning amal qilish qonuniyatlari



Download 439,73 Kb.
bet6/12
Sana23.01.2022
Hajmi439,73 Kb.
#405663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Pul-massasi-va-uni-tartibga-solish-muammolari

3. Pul muomilasi va uning amal qilish qonuniyatlari

Pulning o’z vazifalarini bajarish jarayonidagi bu to’xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.

Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo’yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

1) milliy pul birligi (so’m, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.);

2) naqd pul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog’oz, tanga va kredit pullar tizimi;

3) pul emissiyasi, ya'ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;

4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.

Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to’lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo’lgan pul massasi ularni (naqd va kredit pullarni) qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.

Pul muomalasi o’ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.

Muomalani ta'minlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog’liq:

1. Muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo’lgan tovarlar summasiga.

2. Pul birligining aylanish tezligiga.

3. Kreditning rivojlanishiga, puldan to’lov vositasi vazifasidan foydalanishga ham bog’liq.

Ko’pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to’lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo’ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to’lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko’paytiradi. Undan tashqari hozirgi vaqtda ko’pgina oldi-sotdi jarayonlari naqd pulsiz, bir-biriga bank orqali pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Biz ularni o’zaro hisob-kitoblar deb ataymiz.

Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

,

bu yerda:

Пm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori;

Tb - sotilishi lozim bo’lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori x narxi);

Xk - kreditga sotilgan tovarlar summasi;

Xt - to’lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to’lovlar summasi;

Ўx-k - naqd pulsiz o’zaro hisob-kitoblar;

At - pulning aylanish tezligi.

Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori pul muomalasi qonunini miqdoran ifodalaydi. Chunki muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga nisbatan muomalaga kam pul chiqarilsa, ko’pgina xo’jaliklarda pul yetishmasligi, normal holatda xo’jalik yuritib bo’lmay qolish holati yuz beradi. Yoki, aksincha, muomalada bo’lgan pul miqdori sotilayotgan tovarlar va xizmatlar summasiga nisbatan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta'minlanmagan pulning paydo bo’lishi pulning qadrsizlanishi, ya'ni inflyasiyani bildiradi.

Pul miqdoriga ta'sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasi qonuniga quyidagicha ta'rif berish mumkin: boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, muayyan davrda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar narxi summasiga to’g’ri mutanosib, pulning aylanish tezligiga teskari mutanosibdir.

Ta'kidlash lozimki, pulning hamma tizimlari uchun pul muomalasi qonuni umumiy bo’lib, shu bilan birga oltin va qog’oz pul muomalasi qonunlarining o’ziga xos xususiyatlari va bir-biridan farqlari mavjud.

Masalan, 1) oltin pul muomalada bo’lganda:

a) ortiqcha oltin pul xazinaga jalb qilinadi va har xil bezaklar uchun foydalanishga chiqariladi;

b) tovarlar hajmi ko’payib, muomala uchun qo’shimcha pul zarur bo’lganda xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo’l bilan muomala uchun zarur bo’lgan oltin pul miqdori o’z-o’zidan tartiblanadi.

2) Muomala uchun zarur bo’lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining miqdoriga teskari mutanosiblikda, oltinning o’z qiymatiga nisbatan esa to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi:

a) oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o’zgarmagan taqdirda tovarlar qiymati qancha past bo’lsa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori ham shuncha kam bo’ladi. Agar tovarlar qiymati o’zgarmasa, pulning miqdori tovarlar hajmining ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko’payadi;

b) agar tovarlar hajmi va qiymati o’zgarmaydi, deb faraz qilsak, muomaladagi oltin pul miqdori oltinning o’z qiymatiga qarab o’zgaradi, ya'ni uning qiymati oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko’payadi.

Qog’oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni quyidagicha ifodalash mumkin:

- qog’oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo’lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng bo’ladi;

- qog’oz pulning har birligida belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo’lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog’oz pul miqdori nisbatiga mos keladi.

Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining asosiy ko’pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo’lgan pul miqdorini hisoblash uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi. Barcha pul agregatlari yig’indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.

Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:

M0 – muomaladagi naqd (qog’oz va metall) pullar.

M1 = M0 + aholining joriy hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, korxonalarning hisob varaqalaridagi pul mablag’lari, banklardagi talab qilib olish mumkin bo’lgan pul omonatlari.

M2 = M1 + tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jamg’arma hisob varaqalaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi depozitlar va boshqa aktivlar. Mazkur agregat tarkibiga kiruvchi pul mablag’larini bevosita bir shaxsdan boshqa biriga o’tkazish hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish mumkin emas. Ular asosan jamg’arish vositasi vazifasini bajaradilar.

M3 = M2 + bank sertifikatlari + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.

Bundan ko’rinadiki, pul massasining har bir alohida agregati o’zining likvidligi darajasiga ko’ra farqlanadi. Likvidlik – bu turli aktivlarning o’z qiymatini yo’qotmasdan (ya'ni eng kam xarajatlar asosida) tezlik bilan naqd pulga aylana olish qobiliyatidir. Pullar (metall tanga va qog’oz pullar) eng yuqori likvidlikka ega bo’ladi. Mijoz o’zi istagan vaqtida olishi mumkin bo’lgan bank hisob varaqalaridagi pul omonatlari ham likvidli hisoblanadi. Pul massasi tarkibiga to’lov vositasi vazifasini bajarish layoqati pastroq bo’lgan aktivlar qo’shilib borishi bilan, ularning likvidlik darajasi ham pasayib boradi.

Naqd pullar rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida umumiy pul massasining 9-10 foizini, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mustaqil hamdo’stlik davlatlarida 35–40 foizni tashkil qiladi.

Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag’lariga bo’lgan talab va pul taklifining o’zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.

Pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinsada, u iqtisodiyotdagi barcha taklifni qamrab ololmaydi. Chunki, bu jarayonga uy xo’jaligi hatti-harakati hamda tijorat banklarining siyosati ham ta'sir ko’rsatadi.

Tijorat banklari o’z ixtiyorlarida bo’lgan aktivlari hisobiga yangi pullarni hosil qilishlari, ya'ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin. To’g’ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o’rnatiluvchi majburiy zahira me'yorlari orqali cheklanadi. Ya'ni, tijorat banki o’zining joriy xarajatlarini qoplashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish maqsadida ma'lum miqdordagi pul mablag’larini zahira sifatida saqlashi lozim. Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma'lum muddatdan so’ng yana bankka qaytishi hamda, majburiy zahira me'yoridan ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mumkin. To’xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi.

Pul taklifi multiplikatori – bu bankdagi pul depozitlari qo’shimcha ravishda o’sgan hajmining majburiy zahiralar qo’shimcha hajmiga nisbati bo’lib, pul mablag’larining bir birlikka ko’payishi iqtisodiyotdagi pul taklifining qanchaga o’sishini ko’rsatadi:



,

bu yerda:

m – pul taklifi multiplikatori koeffitsienti;

Ms - bankdagi pul depozitlarining qo’shimcha ravishda o’sgan hajmi;

R - majburiy zahiralar qo’shimcha hajmi;

r – majburiy zahiraning foizdagi me'yori.

Pul taklifi ko’p jihatdan inflyasiya jarayonlariga ham ta'sir ko’rsatadi. «Inflyasiya» atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo’llanilib, muomalada qog’oz pullarning haddan ortiq ko’payib ketishini ifodalagan edi. Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi.

Inflyasiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog’liq holda qog’oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi.

Bu yerda qog’oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga pulning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o’zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, muomaladagi pul miqdori o’zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi omillar ta'sir qiladi.

Qog’oz pullar inflyasiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi:

1) oltinga nisbatan – bu oltinning qog’oz pullarda bozor narxining oshishida o’z ifodasini topadi;

2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o’z ifodasini topadi;

3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o’z ifodasini topadi.

Inflyasiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o’lchanadi. Narxlar indeksi esa joriy davrdagi iste'mol narxlarini bazis davrdagi iste'mol narxlariga nisbati orqali aniqlanadi:



,

bu yerda:

НИ – narxlar indeksi;

ТНj – joriy davrdagi iste'mol tovarlari narxi;

b - bazis davrdagi iste'mol tovarlari narxi.

Narxlar o’zgarishini hisobga olish qamroviga ko’ra narxlar indeksining quyidagi turlarini hisoblash mumkin:

- iste'mol narxlari indeksi;

- ulgurji narxlar indeksi;

- narxlar indeksi – YaIM deflyatori;

- eksport va import narxlar indeksi.

Narxlar indeksidan foydalangan holda inflyasiya sur'atini (IS) quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:

.

Kelib chiqish sabablari va o’sish sur'atlariga qarab, inflyasiyaning bir qancha turlarini farqlash mumkin.

1. Talab inflyasiyasi. Narx darajasining an'anaviy o’zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmini ko’paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to’liq foydalanilgan bo’ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyasiyasini keltirib chiqaradi. Talab inflyasiyasini quyidagi chizma orqali ham izohlash mumkin (2-rasm).




Download 439,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish