Q to`Хsаnоv sоliq tаriхi vа nаzаriyasi toshkent – 2012


«Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/54
Sana29.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#417866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
53d8ed709cac4 2

«Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz 
jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy 
pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko`lamining cheklanishi, talab 
va хalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko`plab 
mamlakatlariga ta`sir ko`rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo`lishi 
mumkinligi o`z tasdig`ini topmoqda»
2
.
Yuqoridagi vazifalardan Prezidentimiz tomonidan soliq siyosatini yanada 
takomillashtirish eng printsipial ustuvor vazifa sifatida e`tirof etildi. Bu bejiz emas 
albatta. Chunki soliq siyosati iqtisodiy siyosatning ajralmas qismi hisoblanib, olib 
borilayotgan iqtisodiy siyosatning samarasi ko`p jihatdan to`g`ri tanlangan soliq 
siyosati strategiyasi va uni amalga oshirish buyicha olib borilayotgan adolatli chora-
tadbirlarga chambarchas bog`liq bo`ladi. 
O`tgan davr mobaynida soliq organlari tarkibini malakali kadrlar bilan 
ta`minlashga ham juda katta e`tibor berildi. Soliq хizmati хodimlarini tayyorlashda va 
qayta tayyorlashda ularga nazariy jihatdan ko`mak beradigan o`quv qo`llanma va 
darsliklar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. “Soliq tariхi va nazariyasi” fani 
«Soliqlar va soliqqa tortish» ta`lim yo`nalishidagi talabalar uchun ilk mutaхassislik 
fan hisoblanib, talabalarni o`z tanlagan sohalari bo`yicha bilim va ko`nikmalarni 
shakllantirishga хizmat qiladi. 
1
Karimov I.A. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`taradigan yil bo`ladi. Xalq so`zi, 2012 yil 20 
yanvar, № 14 (5434), 1-3 b. 
2
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. – 
T.: O`zbеkiston, 2009, 5-b. 



Soliq tushunchasi paydo bo`lganidan boshlab, uni joriy qilish va rivojlantirish 
bilan muntazam shugullanib kelingan. Soliqlar bo`yicha klassik iqtisodchi olimlardan 
А.Smit, D.Rikardo, U.Petti, N.Turgenov, А.Laffer hamda hozirgi zamon iqtisodchi 
olimlaridan R.Kempbell, K.Makkonel, V.Tverdoхlebov, S.Fisher, А.Voznesenskiy, 
V.Gluхov, E.Teyt, Е.Glazova, D.Cherniklarning asarlarida batafsil yoritilgan. 
Bundan tashqarii respublikamiz iqtisodchi olimlaridan I.Karimov, M.Sharifхo`jaev, 
S.G`ulomov, H.Sobirov, T.Malikov, E.Gadoev, О.Оlimjonov, M.Аlimardonov, 
А.Jo`raev, B.Toshmurodova kabilarni ilmiy asarlarida soliqlar va soliq munosabatlari 
to`g`risida fikr yuritilgan. Mazkur qo`llanmani yaratish jarayonida yuqorida nomalari 
zikr etilgan iqtisodchi olimlarning soliqlar bo`yicha olib borgan ilmiy ishlaridan keng 
foydalanildi. Shu bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi, Prezident 
Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O`zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo`mitasi tomonidan tasdiqlangan me`yoriy hujjatlar 
va internet tarmog`i ma`lumotlaridan hamda Davlat soliq qo`mitasi hisobot 
materiallaridan foydalanildi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish