Qabul qildi: Turon fa akademigi R



Download 23,12 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi23,12 Kb.
#779477
Bog'liq
11 - mazvu matni


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” kafedrasi
“IQTISODIY SIYOSATGA KIRISH” fanidan

MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Davlat byudjeti

Bajardi: IQT-AU-20 guruh talabasi Olimov Shohjahon


Qabul qildi: Turon FA akademigi R.Ahmedov
NAMANGAN – 2022
Davlat byudjeti
Reja:
1. Davlat byudjeti
2. Rivojlangan davlatlarda byudjet siyosati
3. O’zbekiston Respublikasida byudjet tarkibi va uni takomillashtirish yo’llari
Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjet i (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va xarajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h. k. doirasidagi pul daromadlari va xarajatlari) ga boʻlinadi.
Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi.
Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi.
Davlat byudjeti moliya tizimining muhim bo'g'ini sifatida mamlakatning asosiy moliya rejasini tashkil etuvchi va foydalanu vchi umumdavlat pul fondidir. Byudjet so'zi inglizcha "budget" - xalta ma'nosini anglatib davlatning ma'lum muddatga mo'ljallab tuzilgan va qonun bilan tasdiqlangan daromadlari hamda xarajatlari hisobining bandlar bo'yicha tasdiqlangan hujjatidir. Davlat o'z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo'lgan strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma'lum bir qismini o'z qo'lida to'plamog'i obyektiv zaruriyatdir. Aynan shu obyektiv zaruriyatning mavjud bo'lishi davlat byudjetining mavjud bo'lishini va amal qilishini taqozo etadi. O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 3-moddasida O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga ta'rif berilgan. Unga ko'ra O'zbekiston Respublikasining davlat byudjeti (Davlat byudjeti) - davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta'minlash uchun mo'ljallangan markazlashtirilgan pul jamg'armasi; Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma'lum bir bosqichida paydo bo'lgan bo'lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosi ta bog'liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo'lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va byudjetning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi. Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratil gan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to'plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqti sodiyot, maorif, sog'liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta'mi not, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo'naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash instrumenti (vositasi)dir.
O'zining mohiyatiga ko'ra, davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat bo'lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli boʻlgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo'lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o'zida, davlat byudjeti faqat o'ziga xos bo'lgan xarakterli xususi yatlarga ham egadirki, ular o'z navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa boʻlinmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o'rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlar idan biri bevosita davlat (hukumat)ga tegishli ekanligidir. Haqiqa tdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo'lsa-da, uning bu xislati, ya'ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsim lovchisi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon boʻladi.Davlat byudjeti moliya tizimining markaziy bo'g'ini, qayta taq simlash munosabatlarining iqtisodiy shakli hisoblanadi. Byudjet orqali milliy daromad qayta taqsimlanadi. Byudjet orqali qiymatni qayta taqsimlash nisbati moliyaning boshqa bo'g'inlariga nisbatan katta miqdorni tashkil etadi. Byudjet orqali qayta taqsimlash davlat moliyasi tarkibida markaziy o'rinda. Davlat byudjetida, moliya tizimining boshqa bo'linmalaridan farqli o'laroq, ikki tushunchaning terminologik qo'shilishi mavjud:
1) byudjet-iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida;
2) byudjet-mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida.
Iqtisodiy kategoriya sifatida, davlat byudjeti - ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida hosil bo'lgan YaIM va milliy daromad ning taqsimlanishi jarayonida davlat va mahalliy o'z-o'zini bosh qarish organlari ehtiyojlari uchun zaruriy markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog'liq im perativ tavsifdagi pul munosabatlari tizimidir. Huquqly kategoriya sifatida, davlat byudjeti - davlat pul mab lag'larining (shu jumladan, davlat maqsadli jamg'armalari mab lag'larining) markazlashtirilgan jamg'armasi bo'lib, unda daromad lar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yill mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Moddiy ma'noda byudjet- tegishli darajadagi davlat va mahal liy hokimiyat idoralari faoliyatini ta'minlovchi, ular oldiga qo'yil gan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni bajarish imkonini beru vchi markazlashtirilgan pul mablag'lari fondidan iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni byudjet hisobidan moliyaviy ta'minlash deganda byudjetning aynan ana shu moddiy ma'nosi ko'zda tutiladi. Byudjet iqtisodiy kategoriya sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- YalMni qayta taqsimlash;
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag'batlan tirish;
- byudjet sohasidagi muassasalarni moliyaviy ta'minlash va davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish;
- nazorat.
Byudjet daromadlari va xarajatlarining tushish manbalarini turli-tumanligi, moliya-byudjet munosabatlarining murakkabligi sharoitida davlat moliyasini boshqarishni pul oqimlarini haraka tining qonuniy tasdiqlangan yagona tizimisiz tasavvur qilish juda mushkul. Shu maqsadda, tarkibiy bir-biriga yaqin byudjet ko'rsat kichlarini umumlashtrish yo'llaridan biri bo'lib hisoblanadigan maxsus byudjet tasnifi xizmat qiladi. Byudjet tasnifi o'z vazifa va funksiyalarini bajarish uchun mablag'larni qanday sarflashni ko'rsatib beradi. Byudjet tasnifi smetalarni va byudjetlarni umumiy jamlanma ga birlashtirish uchun sharoit yaratadi, ularni ko'rib chiqishni sod dalashtiradi va iqtisodiy tahlil qilish imkoniyatini yaratadi, byud jet ijrosi nazorati va mablag'larini o'z vaqtida to'liq jamlanishini soddalashtiradi, hamda mablag'larni maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni osonlashtiradi. Byudjet tasnifi byudjet ijrosi bo'yicha hisobotlardagi daromadlar va xarajatlarni solishtirish va byudjet mablag'lari sarflanishida moliyaviy intizomga rioya etilishini kuza tish imkoniyatini yaratadi. Davlat moliyasi aniqrog'i, davlat byud jetini tuzish aniq tamoyillarga asoslanadi, bu o'z navbatida muhim ahamiyatga molik bo'lgan byudjet jarayonining hamma bosqichlar ini bir tizimga solish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shunday tizim lardan biri bu byudjet tasnifidir. Iqtisodiy adabiyotlarda byudjet tasnifining umumiy tamoyil lariga, davlat va mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarining mohiyati va ularni guruhlashtirish byudjet tasnifidan optimal ravishda foylanishga qaratilgan muhim fikrlar berilgan. Shuningdek, davlat va mahalliy byudjetlar jarayonida tasnifning iqtisodiy mohiyati va uning roli to'g'risida ham ko'p ta'kidlab o'tiladi. Bunda byudjet daromadlari va xarajatlarini jamiyatning iqtisodiy hayo tidagi, xususan ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiya ti, tasnifni aniq belgilariga asosan guruhlashtirish, iqtisodiyotning tarmoqlari bo'yicha mohiyatini ochib berishga harakat qilinadi. Byudjetni guruhlash tavsifi va ularni tuzish tamoyillari, byud jet daromadlari va xarajatlarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, iqti sodiyotning tuzilishi va uni boshqarishga bog'liq ravishda aniqlanadi. Daromad manbalarini bilish va byudjet sarflarining yo'nalishini aniqlab olish, bu byudjet jarayonining samarali ishlashiga sharoit yaratadi
Shuningdek, byudjet daromadlari va xarajatlarini bir tizimga sollb guruhlash nafaqat bir qancha o'xshash daromad va xarajatlar ni birlashtirish imkoniyatini beradi, balki iqtisodiyotda moliyaviy nazoratni mustahkamlashni va byudjet intizomiga rioya etilishini ham ta'minlaydi. Davlat moliyasi tizimida byudjet tasnifi byud jet holati haqidagi ma'lumotlarni tizimlashtiradi va hisob-kitob ma'lumotlarini ham ta'minlab beradi. Byudjet tasnifi Davlat byud jetini tuzish, ko'rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma'lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi. Byudjet tasnifi byudjet ma'lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma'lumotlari bilan qiyoslashni ta'minlaydi. Byudjetning muhim qismini tashkil etuvchi tizim bu byudjet tasnifi bo'lib, turli darajadagi byudjet ko'rsatkichlarini o'zaro taqqoslash, moliyaviy manbalarni, byudjet taqchilligini qoplash manbalarini belgilash imkonini beradi.
Xalqaro tasniflash asosida davlat byudjeti daromadlari va xara jatlarini milliy tasniflashni ishlab chiqish ko'zda tutiladi. Ushbu tasniflar davlat moliyasi hisobini yuritish va uni boshqarishni yax shilash imkonini beradi. Turli darajadagi byudjetlarning barcha daromad manbalari va xarajat yo'nalishlari belgilanadi. Byudjet tas nifining yana boshqa ahamiyatlarini quyidagi rasmda ko'rishimiz mumkin. Ma'lumki, byudjet qurilishi mamlakatning davlat byudjeti va byudjet tizimini, uning bo'g'inlari o'rtasidagi byudjetlararo munos abatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet mablag'larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.
Byudjet daromadining boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet xarajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi milliy mahsulotning 3-3,5% ga teng boʻlishi me'yoriy hisoblanadi.
Byudjet kamomadining g'oyat oshib ketishi va uni mumkin boʻlmaganda byudjet xarajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy Davlat byudjeti va Davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi.
Davlat byudieti muavvan mamlakatdagi ijtimoiviqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab Davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va xarajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodivot, ishlab chiqarish, milliy daromadni taqsimlash va qayta o taqsimlashga faol aralashuvi Davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliv daromad davlat ixtiyorida vig'iladi va uning byudiet orqali qayta taqsimlanadigan qismi ko'payadi.
Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda Davlat byudjetining asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad solig'i, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, • korporatsiyalar foydasidan undiriladigan fovda solig'i va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987-y. da AQSHda soliq tushumlari Davlat byudjetining 98% ini, Buyuk Britaniyada 96,7% ini, Fransiyada 91,5% ini tashkil qildi).
AQSH federal byudjetidan qilinadigan xarajatlar orasida «da-romadlar darajasini taʼminlash» (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h. k. ga yordam koʻrsatish) sarflari 40%, milliy xarajatlari (28-30%) eng muhim o'rinda turadi.
Hozirgi davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk) dan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun Davlat byudjeti yil yakuni (dek. oyining oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan Davlat byudjeti qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng Davlat byudjetining shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o'tish davridagi o'zgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga olinmoqda.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun Davlat byudjeti yil yakuni (dek. oyining oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan Davlat byudjeti qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng Davlat byudjetining shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o'tish davridagi o'zgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga olinmoqda.
Download 23,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish