Qadimgi turkiy til fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Ularning topilishi, O‘qilishi. Qadimgi turkiy obidalar va turkiy yozuvlar



Download 78,44 Kb.
bet3/10
Sana13.06.2022
Hajmi78,44 Kb.
#665819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-maruza

Moyunchur bitigi. Bu bitigni fin olimi G.I.Ramstedt 1909-yilda Shimoliy Mo‘g‘ulistonda Selenga daryosi va Shineusu ko‘liga yaqin yerda topgan. Bitig va uning tarjimasini 1913-yilda nashr ettirgan. Bitiktosh 759-yilda qo‘yilgan deb taxmin qilinadi. Qadimgi turkiy tilning taxminan V-X asrlarda vujudga kelgan.

  • Yenisey bitiglari. Oltoy o‘lkasi va Yenisey daryosi teveragida topilgan ko‘k turk yozuvidagi yodgorliklar “yenisey bitiglari” deb yuritiladi. Ularning soni ko‘p, lekin hajman katta emas. Yiriklari 15-16 qatorli bo‘lib, qabr toshlariga bitilgan.

  • Irq bitigi ko‘k turk xatidagi yaxlit kitob holida saqlangan. Qadimgi turkiy tilda ïrq – “fol”, ïrq bitig “fol kitobi” degan ma’noni anglatadi. Manbani A.Steyn Xitoydagi Dunxuan yaqinidagi “Ming budda g‘ori” nomli ibodatxona xizmatchisidan Londonga olib kelgan. Asarni dastlab V. Tomsen 1912-yilda nashr etgan7. Asar 65 bo‘limdan iborat. Unda tush ta’birlari turli hayvon va qushlarning obrazlari, har xil voqealar bilan bog‘lab bayon etiladi.

  • Suja bitigi Moʻgʻulistondagi Suja dovonining janubidan topilgan. Bitig koʻk turk yozivida boʻlib, IX asrda koʻchirilgan.

    Ikkinchi davrga tegishli yodgorliklarga esa sug‘d yozuvi asosida shakllangan uyg‘ur yozuvida bitilgan matnlar kiradi. Ular turli mazmundagi va til xususiyati jihatidan ham har xil bo‘lgan asarlar, hujjatlardan (moniy), buddaviy va xristian yodgorliklari deb qaralsa ham, bir umumiy nom bilan uyg‘ur yozuvi yodgorliklari deb yuritiladi.


    QADIMGI TURKIY YOZUVLAR




    Asosiy tushunchalar: grafika, ilk yozuv, yozuv belgisi, rasmli yozuv, tovush tili, “imo-ishoralar” tili, xitoy yozuvi, kursiv yozuv, misr yozuvi, oromiy yozuvi, soʻgʻd yozuvi, koʻk turk yozuvi, uyur yozuvi, ideografik yozuv, shumer yozuvi, moniy yozuvi.

    Ma’lumki, grafika tilshunoslikning bo‘limi bo‘lib, unda ma’lum bir tilning yozuv sistemasi o‘rganiladi. Yozuvning dastlabki bosqichi sifatida rasmli yozuv e’tirof etiladi. Rasmli yozuvga ibtidoiy san’at asos bo‘lgan. Yozuvning bu turi faqat olamni anglash ifodasi sifatida emas, balki insoniyatning badiiy ehtiyojini qondirish yoki sehr-jodu maqsadlarda qo‘llangan. Yozuvning bu turi qachon paydo bo‘lgani to‘g‘risida aniq dalillar yo‘q bo‘lsa-da, arxeologlar “ibtidoiy san’atning ilk izlari sifatida so‘nggi tosh davriga mansub”ligini aytadilar. Neolit davrida esa ma’lum darajada ishlangan alifbo paydo bo‘ldi.


    Yozuv qanday paydo bo‘1gan, degan savolga olimlar turlicha javob beradilar. XX asrning birinchi yarmida yozuvning paydo bo‘lishi to‘g‘risida N.Marr va I.Meshchaninov ilk bor o‘z qarashlarini ilgari surdilar. Ularning nazariyasi bo‘yicha, tilning ikki turi bo‘lgan: birinchisi — tovush tili, ikkinchisi yozuv tili. Ilk yozuv hatto tovush tilidan, boshqaclıa aytganda, “imo-ishoralar” tilidan oldin paydo bo‘lgan. Ular yana shuni ta’kidlaydilarki, ilk yozuv magik (ya’ni sehr- jodu) vazifani bajargan. Chex tilshunosi Ch.Loukotka ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, g‘arb tilshunosligida ham N.Marr bilan I.Meshchaninovlarnikiga yaqin fikrlar paydo bo‘ldi. Jumladan, G.Malleri Amerika hindulari tilida ko‘pgina belgilar imo-ishoralar tilidan kelib chiqqanini isbotladi. Shu tariqa yozuv “tushuncha - so‘z - yozuv belgisi” ko‘rinishidagi yangi qo‘shimcha aloqalarni yaratadi. Chjon Chjen- Min ham jamiki xitoy ierogliflari imo-ishoralar tilidan kelib chiqqanini dalillashga urindi. Shuningdek, ieroglifik yozuvning dastlabki namunalaridan bo‘lgan xitoy yozuvida bitta element bilan yozilgan xat uchramaydi. Xitoy yozuvidagi hozirda mavjud bo‘lgan belgilar rasmli yozuv bilan baravar ravishda paydo bo‘1gan. Shuning uchun xitoy yozuvidagi hamma ieroglifik belgilarni imo-ishoralarga bog‘lash uchun asos yo‘q. Bunga qo‘shimcha dalil sifatida Misr va shumer yozuvlarini keltirish mumkin. Bu har ikki yozuvdagi belgilarga imo-ishoralar aslo ta'sir etmagani o‘z isbotini topgan. Bu yozuvlarda narsa-buyumlar tasviri asosiy o‘rin egallaydı. Dastlabki mukammal yozuvlar sifatida ana shu ikki ideografik yozuvni ko'rsatish mumkin. Bu yozuvlarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida ham g‘arbda turli qarashlar bor. Jumladan, Misr yozuviga Mesopotamiya, ya’ni shumer yozuvi ta’sir etgan degan qarashlar mavjud. Ammo ko‘pchi1ik olimlar, Misr yozuvi mustaqil ravislıda rivojlangan, deb qaraydilar.
    Misr yozuvidagi belgilarning eng diqqatga sazovor tomoni, yuqorida aytib o‘tilganıdek, narsa-buyumlar tasviri asosiy o‘rin egallaydi. Yozuvdagi ana shu suratlar o‘ninchi ming yillik - yozuv paydo bo‘lgan davrdan boshlab milodiy III— IV asrgacha davom etib kelgan monumental yozuvda saqlangan. Kundalik
    turmushda qo‘llana borgan sari, shuningdek, kitobatchilikda belgilar tez yozilishi natijasida ilk davrdagi suratli alomatlarini yo‘qotgan va harfli yozuvga yaqinlashgan. Suratli monumental yozuv va kursiv yozuv hozirgi yozuvdagi bosma va qo‘lyozma shakllarga o‘xshab ketadi. Misr yozuvi belgilari miqdori taxminan besh yuz atrofida bo‘lgan. Misr yozuvi ikki usul - gorizontal holda o‘ngdan chapga yoki vertikal holatda yuqoridan pastga, ustunlar ham o‘ngdan chapga qarata yozilgan.
    Shumer mixxatlari Efrat va Dajla daryolari ora1ig‘ida miloddan oldingi to‘rtinchi-uchinchi ming yilliklarda paydo bo‘ldi. Misr yozuvi papiruslarga, shumer mixxatlari esa loy “taxtacha”larga bitilgan. Mixxatlar, shumerlardan tashqari, Urartu (Armaniston, mil. ol. I rning yillik), xetlar (mil. ol. I ming yillikda Kichik Osiyo), akkadlar va boshqa bir qator xalqlarda ishlatilgan. Mixxatlar Sharqda keng hududga tarqalgani uchun bu yozuv turini “Qadimgi Sharqning lotin yozuvi” deb ham ataydilar,
    Keyingi yillarda shunday fikrlar paydo bo‘ldiki, yozuvning ilk shakllari-biz so‘nggi paleolit davriga oid deb qarayotgan belgilar o‘z shaklini tabiatdan, tabiatda paydo bo‘lgan jonzotlardan, samoviy jisınlardan olgan, shunirıgdek, ko‘p belgilar ham imo-ishoralar tilidan kelib chiqqan ekan. Yozuvning bu bosqichi formulasi quyidagicha: belgi+nom+belgining talqini +so‘z-tushuncha. Bu ham yozuvning paydo bo‘lishi va taraqqiyotidagi muhim g‘oya bo‘la oladi.
    Umuman, yozuvning ma’lum belgilari paydo bo‘lishining biron sababi bor, sababsiz belgilar paydo bo‘1a olmaydi. Yozuvlaming kelib chiqishini bitta manbaga bog‘lab bo‘1maydi. Ayrim olimlar aytganidek, rasm-rusmlar, “shomonlar”ning xatti- harakatlari ham ayrim belgilarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgani ehtimoldan xoli emas. Binobarin, har bir xalqning yozuvi paydo bo‘lish sabablarini, avvalo, ichki omillardan, keyin tashqi omillardan qidirish nıaqsadga muvofiqdir9.
    Qadimgi turkiy yodnomalar urxun, uyg‘ur, sug‘d, moniy, brahma, suryoniy yozuvlarida bitilgan.

    Download 78,44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish