Qalamtasvir asosida mavzuli kompozitsiya yaratish uslublari



Download 2,04 Mb.
bet1/9
Sana20.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#826137
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boboyev Xusraf original


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI


PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKULTETI


5110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yoʻnalishi


15.15-guruh bitiruvchisi
Boboyev Xusravjon Alxamjonovichning

QALAMTASVIR ASOSIDA MAVZULI KOMPOZITSIYA YARATISH USLUBLARI”


mavzusidagi


BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar: R.Djalilova


Farg‘ona – 2019


Bitiruv malakaviy ishi “Tasviriy san’at va musiqa” kafedrasida 2019 yil 6 maydagi 9-yig’ilishida muhokama qilingan va himoyaga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri __________ S.Mannopov

Taqrizchilar 1. L.Semizorova


2. R.Djalilova



MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………..………..…4
I BOB. TASVIRIY SAN’ATNI OʻQITISHDA DIDAKTIK PRINTSIPLAR……………………………………………………………………9
1.1. Tasviriy san’atni oʻqitishda ilmiylik, koʻrgazmalilik qoidalari…………………………………………………………………….…..…..9
1.2. Mavzu asosida kompozitsiya ishlashdagi badiiy elementlar………………....15
I bob boʻyicha xulosa………………………………………………………….….22
II BOB. QALAMTASVIR ASOSIDA KOMPOZITSIYA ISHLASHNING NAZARIY VA METODIK ASOSLARI.............................................................23
2.1. Qalamtasvirning oʻziga xos xususiyatlari …………….........................…......23
2.2. Qalamtasvirda kompozitsiyaning roli..……………………….........................34
2.3. Amaliy ish tahlili………………………………………………………..……43
II bob boʻyicha xulosa ……………………………………………………………45
UMUMIY XULOSA…..…………………………………………………………46
TAVSIYALAR…………………………………………………………………...47
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI………………………….48


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur strategik maqsadga erishishning demokratik davlat fuqarolik jamiyati shakllantirishining asosi boʻlib kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.1
Oʻzbekiston respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov oʻzining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida tasviriy san’at haqida quyidagi fikrlarni bildiradi: “…Hozirgi kunda milliy ma’naviyatimiz rivojini tasviriy san’at namunalarisiz tasavvur etib boʻlmaydi.
Oʻzbek rassomlarining keyingi yillarda samarali ijod qilib, yangi-yangi yutuqlarni qoʻlga kiritayotgani, bu sohaga koʻplab yosh iste’dod egalari kirib kelayotgani uning ravnaqi va istiqbolidan dalolat beradi”.2
Yuqoridagi fikrlardan koʻrinadiki, tasviriy san’at tarixi va uning xozirgi kundagi ahamiyati soha mutaxasislari tomonidan mukammal oʻzlashtirilishi lozim, bu bilimlar tizimi tasviriy san’atning rivojlanish bosqichlarini belgilab beradi.
Ta’lim-tarbiya tuzilishini isloh qilishda avvalo tarbiya beruvchilarning oʻzini tarbiyalash vazifasi yotadi. Agar tarbiyachilarning bilim saviyasi zamon talablariga mos kelmasa islohotlar mohiyatini teran anglab yetmasa va yangi tafakkurga ega boʻlmasa qanday qilib ular yoshlarning barkamol oʻsishiga mas’ul boʻladilar. Zamonaviy bilimga milliy mafkura va istiqbolli dunyoqarashga ega boʻlgan yoshlargina kelajagimizni belgilaydi. Binobarin bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlarni topib, ularni vatanga fidoiy insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifamizdir”3
Mamlakatimiz ilm fanini rivojlantirish, xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish, yosh avlodni milliy umumbashariy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, yuqori malakali zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash har bir pedagogning zimmasidagi muhim burchi hisoblanadi.
Ta’lim tizimini tubdan yaxshilash va ijobiy oʻsishida oʻqitish metodlarini takomillashtirish, ilg‘or texnologiyalarni amalda koʻproq bajarish zaruriyati davr talabidir.
Oʻqituvchilar oʻquvchilarni ijodiy salohiyatini faollashtirish, ularni qobilyatini hamda qiziqishlarini hisobga olgan holda darslarni oʻtish, dars turlari, maktabdan tashqari ta’limga qoʻyilgan davlat standarti talablarini bajarish, an’anaviy dars oʻtish usullari bularni barchasi oʻquvchilarni aqliy, axloqiy, g‘oyaviy-tarbiyaviy va jismoniy voyaga etkazish umummilliy vazifamiz hisoblanadi.
Oʻquvchilarni tasviriy sa’nat boʻyicha badiiy didini tarbiyalashda, jamiyat quruvchilarini estetik tarbiyachisiga raxbarlik qilishda ham pedagoglar katta rol oʻynashlari muhim. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab Respublikamizda xalq ta’limining tubdan isloh qilish, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga olib chiqish masalasi kun tartibiga qoʻyildi. Shu maqsadda “Ta’lim toʻg‘risida”gi qonun e’lon qilindi. Bu xujjatda koʻrsatilgan reja va tadbirlarni amaliyotga joriy etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi deb qaraladi.
Xalqimiz hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlar, sanoat sohasida ham muayyan darajada oʻz ta’sirini oʻtkazmoqda. Shunday ekan, san’at hozirgi kunlarda inson hayotini yanada goʻzal qilishi, unda ruhiy estetik ozuqa berishi darkor. Insonlarni mehnatga va yashashga ruhlantirishi ularning ichki dunyosini boyitishi lozim. Har bir oʻrtata’lim maktablarida taxsil olayotgan oʻquvchi bugungi kun oʻquvchilariga mos xolda, bilimli boʻlib yetishishi lozim. Shuning uchun oʻrtata’lim maktablarida dars samaradorligini oshirish fanlarning oʻzaro bog‘liqligini oʻrganish, oʻquvchining iste’dodini aniqlash orqali ta’lim – tarbiyani shakllantirish bugungi kunning talabidir. 4

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish