Qarori o‘zbekiston respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora- tadbirlari to‘G‘risida



Download 44,64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.04.2022
Hajmi44,64 Kb.
#585337
Bog'liq
PQ-3926-сон 02.09.2018. O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida (1)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KRIPTO-BIRJALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-
TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-
iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-3832-son 
qaroriga
muvofiq:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi
“O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
3832-son 
qaroriga
 muvofiq:
kripto-aktivlar aylanmasi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘lik operatsiyalari,
jumladan norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan obyekt
hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar bo‘yicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi;
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda
litsenziya olgan shaxslar tomonidan o‘tkaziladigan kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq valyuta
operatsiyalariga valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari tatbiq etilmaydi.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
kripto-aktivlarni ayirboshlash, sotib olish va sotish uchun elektron maydoncha taqdim
etadigan tashkilot kripto-birja hisoblanadi;
blokcheyndagi qiymatga ega va egasi bo‘lgan qaydlar majmuasi kripto-aktiv hisoblanadi;
kripto-aktivlar aylanmasi bo‘yicha faoliyatga va kripto-birjalar faoliyatiga qimmatli qog‘ozlar,
birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari tatbiq etilmaydi;
kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya faqat chet el yuridik shaxslariga
O‘zbekiston Respublikasi hududida sho‘ba yoki boshqa korxonalarni ochish orqali beriladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
kripto-birjalar faoliyatini ularning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi
kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishi qismida nazorat qilish funksiyalari kripto-
birjalar faoliyatini litsenziyalovchi organga va tegishli vakolatli davlat organlariga yuklanadi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-
sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son)
sanoat mayningini amalga oshirish uchun (oyiga 100 KVt/s dan ortiq foydalanish) yer
uchastkalari “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda
belgilanadigan maxsus hududlarda elektron auksion o‘tkazmasdan beriladi.
3. Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun quyidagi asosiy litsenziya talablari va
shartlari belgilansin:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) ariza berilgan sanada pul mablag‘i shaklida bazaviy hisoblash miqdorining kamida o‘ttiz
ming baravari miqdorida shakllantirilgan ustav jamg‘armasi mavjudligi, shundan yigirma ming
baravari O‘zbekiston Respublikasining tijorat bankida alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yiladi;
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-
sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)


b) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarga joylashtirilgan hamda Kripto-
birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutiladigan talablarga javob
beradigan ishlab turgan elektron kripto-birja savdo tizimi mavjudligi;
v) quyidagilar aks ettirilishi shart bo‘lgan kripto-birja savdo qoidalarining mavjudligi:
ishtirokchilarga kripto-birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat berish tartibi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari talablarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar;
(3-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-
iyundagi PF-6252-sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y.,
06/21/6252/0617-son)
kripto-aktivlarni muomalaga qo‘yish va muomaladan chiqarishga ruxsat berish tartib-
taomillari;
kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;
bitimlar tuzishda kripto-birja savdolari ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga
oshirish tartibi;
kripto-birja xizmatidan foydalanganlik uchun to‘lov miqdori va uni belgilash tartibi;
kripto-birjalarda narxlar manipulatsiyasi va maxfiy axborotdan noqonuniy foydalanishning
oldini olish choralari;
kripto-aktivlardan g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanishni taqiqlash;
g) kripto-aktivlarni kotirovkalashni ularga bo‘lgan talab va taklif asosida amalga oshirish;
d) mijozlarning kripto-aktivlar bilan operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, ularning
identifikatsiya ma’lumotlarini va mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar bo‘yicha materiallarni,
jumladan ish yozishmalarini besh yil davomida saqlash.
4. Kripto-birjalarga:
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, shu jumladan kripto-aktivlar shaklida mukofot olish, uning
miqdorini va uni savdolar ishtirokchilari (mijozlar)dan undirish tartibini belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan kripto-aktivlarni milliy va xorijiy
valyutaga sotib olish va (yoki) begonalashtirishga, shuningdek, kripto-aktivlarni boshqa kripto-
aktivlarga ayirboshlashga qaratilgan birja bitimlarini tashkil etish huquqi berilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish uchun davlat boji miqdori va uni
to‘lash tartibi litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi;
kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berishdan tushadigan davlat bojining
barcha summasi litsenziyalovchi organning hisobraqamiga o‘tkaziladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bir oy
muddatda:
Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda
tasdiqlasin va amalga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan
kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.R. Li va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-sentabr,


PQ-3926-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2018-y., 07/18/3926/1823-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-
son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son)

Download 44,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish