Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman"


«Psixologiya» (yunoncha psychelogos) so‘zini o‘zbek tiliga tarjima qilsak, u «jon», «ruh» haqidagi



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/97
Sana26.05.2022
Hajmi2,44 Mb.
#610332
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
fayl 2584 20220225

«Psixologiya» (yunoncha psychelogos) so‘zini o‘zbek tiliga tarjima qilsak, u «jon», «ruh» haqidagi 
«fan, ta’limot» degan ma’no anglatadi. 
Biroq hozirgi davrda «jon» tushunchasi o‘rniga «psixika»ni qo‘llashda 
davom etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. 
Lekin «psixika» tushunchasi bugungi kunda «jon»dan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib, ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham 
ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, muomala yaqqol 
namoyon bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechimalar, ijodiy rejalar, ilmiy 
farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular ko‘zga ko‘rinmaydi. Psixologiya fanining keyingi davrdagi 
taraqqiyoti ular o‘rtasida bir talay tafovutlarni keltirib chiqardi.Psixika to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish 
uchun dastavval psixik hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik hodisalar deganda ichki, subyektiv 
tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo‘lishi tushuniladi, boshqacha so‘z bilan aytganda, psixika hayotning 
sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, subyektiv 
tajribaning o‘zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg‘ulari, uning nimalarnidir esga tushirishi, 
biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi 
shaxsning ichki dunyosini tarkibiy qismlaridir, ya’ni bularning hammasi subyektiv psixik hodisalar sanaladi. 
Subyektiv hodisalarning asosiy xususiyati — ularning bevosita subyektga taalluqliligidir. Agar inson idrok 
qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir davrning o‘zida tushunib (kuzatib) ham 
turadi. Inson intilsa, ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo‘layotganligini anglab turamiz ham. 
Shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir bo‘lishidan tashqari, ular bevosita ko‘z o‘ngimizda 
namoyon bo‘lib turadi. Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, 
odatda, shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini hisoblanadi. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan subyektiv hodisalar xususiyatidan kelib chiqqan holda ayrim psixologlar 
psixologiya fani subyektiv kechinmalarning paydo bo‘lishi va ularning kechishi bilan shug‘ullanishi zarur, uning 
asosiy metodi o‘zini o‘zi kuzatish (shaxsning o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari va xatti-harakatlarini o‘zi kuzatishi) 
bo‘lmog‘i kerak, degan xulosaga keladilar. Lekin psixologiya fani-ning keyingi davrdagi taraqqiyoti bunday 
cheklanganlik fanni mut-laqo ta’minlay olmasligini tasdiqladi.Psixikaning turli shakllarda ko‘rinishi, jumladan, 
psixik ja-rayonlar, anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunon-cha psyche — «jon», somoto — 
«tana» ma’nosini anglatadi) hodisalar, inson akl-zakovati va qo‘lining mo‘jizakorligi moddiy va ma’na-viy 
madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday faktlarda (voqelikda), hodisalarda psixika namoyon bo‘ladi, o‘zining 
xususiyatlarini ajra-tadi, faqat ular orqaligina psixikani o‘rganish mumkin.Psixologik voqelik-fakt deganda 
subyektning ichki kechinmala-rining tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ularning obyektiv shakllari (xulq-atvor, tana 
harakati, jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali psixikaning xususiyatlari, holatlari
qonuniyatlarini o‘rganish tushuniladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, inson ongidan tashqari, unga bog‘liq 
bo‘lmagan holda hukm suruvchi obyektiv borliq, ya’ni atrofimizdagi narsa va hodisa-lar, muhit, sharoit va 
boshqalarning psixikada aks etishi psixolo-gik voqelik deb ataladi. 
Shunday qilib, yuqorida biz psixologiya to‘g‘risidagi tasavvurlar, uning predmeti hamda unga kiruvchi ilmiy 
tushunchalar, psixologik holatlar, voqelik yuzasidan fikr almashdik, ilmiy psixologik materiallar o‘rtasidagi 
bog‘liqlik va tafovut bo‘yicha mulohaza yuritdik.Bugungi kunda psixologiya to‘g‘risidagina emas, balki uning soha-
lari bo‘yicha ham boy ilmiy materiallar to‘plangan. Jahon psixologiya fani tajribasidan mana bunday sohalar 
mustaqil tadqiqot pred-metiga ega ekanligi haqida ishonchli dalillar mavjuddir: mehnat psixologiyasi (injenerlik 
psixologiyasi, aviatsiya psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya (ta’lim psixologiyasi, tarbiya 


psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, maxsus psixolo-giya, iste’dod psixologiyasi), tibbiyot psixologiyasi 
(psixoterapiya, psixogigiyena, psixofarmokologiya, patopsixologiya), yuridik psixo-logiya (mehnat tuzatish, sud 
psixologiyasi, sud psixologik eksperti-zasi), harbiy psixologiya, savdo va reklama psixologiyasi, sport psi-
xologiyasi, yosh psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiya kabilar. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish