Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti



Download 2,89 Mb.
bet1/13
Sana13.05.2022
Hajmi2,89 Mb.
#602718
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
AMALIYOT HISOBOTI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUXANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI


,,ENERGETIKA’’ fakulteti
5312400-,,Muqobil energiya manbalari’’ ta’lim yo’nalishi

TANISHUV AMALIYOT HISOBOTI


Bajardi: MEM-200 (20) guruh talabasi


Jo’rayev Bekzod Faxriddin o’g’li

Qabul qildi: ___________________________


Qarshi-2021
MUNDARIJA

  1. Kirish

  2. Quyosh kollektorlari. Ularning issiqlik ta’minot tizimini o‘rganish.

  3. Biomassa energiyasi. Muqobil yoqilg‘i resurslari

  4. Shamol energiyasi va undan foydalanish imkoniyatlari

  5. Shamol energetik qurilmalari. Ularning elektr ta’minot tizimidagi o‘rni.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon tabiatdagi tabiiy energiya manbalari bo‘lmish quyoshni, shamolni, suv manbalarini va boshqalarni kuzatib kelgan. Ularga sig‘inib, ba’zilarini masalan, quyoshni, olovni xudo o‘rnida ko‘rganlar, ulardan foydalanish yo‘llarini axtarganlar. Turar joylarini quyoshga qaratib qurish, quyosh nurida suv isitish, shamolda xirmon sovurish, shamol hamda suv tegirmonlari qurib ulardan foydalanish va boshqalar. Mamlakatimizda birinchi bo‘lib qaytalanuvchi energiya manbalaridan biri bo‘lgan suv energiyasidan foydalanish, 1926 yili qurilgan Bo‘zsuv gidroelektrostansiyasini ishga tushirishdan boshlandi. O‘tgan asrning 1987 yilida esa, 3 0000 S dan ortiq issiqlik to‘playdigan dunyoda eng katta quyosh pechi ishga tushirildi. Hozirgi kunda mamlakatimizning Samarqand viloyatida 400 gektar maydonga quvvati 100 000 MVt ga teng quyosh elektrostansiyasi uchun Osiyo taraqqiyot bankining investitsiyalari kiritildi va qurilish ishlari boshlab yuborildi. Kichik quvvatli quyosh energetik qurilmalaridan respublikamizning barcha burchaklarida foydalanilmoqda. Shamol energiyasidan foydalanish nazariyasi va usullari 1950 yillarda ishlab chiqilgan bo‘lib, Respublikamizda birinchi shamol energetik qurilmalaridan 1983-yilda, Navoiy viloyati Tomdi tumani chorvadorlari foydalana boshlashdi. Chorva mollarining go‘ngi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining qoldiqlari hisobiga biogaz ishlab chiqarish va undan foydalanish esa, 1987 yillardan boshlab amalga oshirila boshladi. Mamlakatimizda noana’naviy va qayti tiklanuvchi energiya manbalariga qiziqish va ulardan foydalanish, misli ko‘rilmagan tusda o‘ziga xos ravishda tobora ommalashib bormoqda. Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga energetik ob’ektlar qurish va ulardan foydalanish uchun chet el va xalqaro banklarning investitsiyalari kiritilmoqda. Noana’naviy va qaytа tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida Prezidentimizning 1995 yil 28 dekabrdagi 476-sonli «O‘zbekiston Respublikasida kichik gidroenergetikani rivojlantirish haqida»gi, 2001 yil 22 fevralda «Energetikada iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish to‘g‘risida»gi hamda 2013 yil 1 martdagi 15 «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlari qabul qilindi. Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga quriladigan energetik ob’ektlarda loyiha-qidiruv ishlarini olib borish, loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun albatta chuqur bilimga ega bo‘lgan raqobatbardosh mutaxasslarni tayyorlash taqoza etiladi. Chuqur bilimli bakalavr va magistrlarni tayyorlash uchun esa, ularni o‘zbek tilida tayyorlangan, zamon talabiga javob beradigan o‘quv qo‘llanmalari hamda darsliklar bilan ta’minlash zarur. Hozirgi kunda mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan biri hisoblangan irrigatsiya tizimlarida foydalaniladigan suv eneriyasiga katta e’tibor berilmoqda. Shuning uchun ushbu fanning tarkibiga gidroenergetikaning rivojlanishi – O‘zbekiston Respublikasi va dunyoda gidroenergetikaning rivojlanish tarixi, gidroenergetikaning hozirgi holati va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari, gidroenergetika asoslari, suv va suv resurslari, gidrologiyaning asosiy tushunchalari, suv manbasining ishi, gidroenergetik resurslar, suv omborlari hamda gidroelektrostansiya(GES) beflarining xarakteristikalari va boshqalar haqida ma’lumotlar kiritilgan. Ma’lumki har qanday GESni uning asosiy energetik jihozlari va gidrotexnik inshootlari tashkil qiladi. Shuning uchun ushbu fanda gidravlik turbinalar va gidrogeneratorlar, asosiy gidrotexnik inshootlari tarkibi, suv xo‘jaligi tizimi, suv resurslaridan kompleks foydalanish, irrigatsiya tizimlari suv energiyasidan foydalanish, GESni irrigatsion va energetik tizimda ishlashi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Fanning so’ngida, energetika rivojlanishining muammolari, energetikaning salbiy oqibatlari, energiyani tejash usullari beriladi. Dunyo mamlakatlarida elektr energiya ishlab chiqarish bir xil emas. Elektoroenergiya ishlab chiqarish qarab chiqilayotgan mamlakatdagi energetik resurslar organik yoqilg‘ilar (neft mahsulotlari, ko‘mir, gaz va boshqalar), gidroenergetik zahiralar, atom elektrostansiyalarini harakatga keltiruvchi xom ashyolar, daryo va dengiz hamda okeanlar bilan chegaradoshligi hamda boshqa omillarga bog‘liqdir. Elektr energiya ishlab chiqarish bo‘yicha yer yuzi mamlakatlari quyidagicha joylashgan: Janubiy Amerika; G‘arbiy Yevropa; Osiyo; MDH mamlakatlari; Lotin Amerikasi; Afrika; Avstraliya. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda umumiy elektroenergiyaning 80 % ishlab chiqilsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 20 % ni tashkil qiladi. Elektor energiya ishlab chiqish bo‘yicha AQSH, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Kanada, Fransiya, Angliya, Ukraina va Hindiston mamlakatlari yetakchi o‘rinlarni egallaydilar.

Download 2,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish