Qizamiq — belgilari, yuqish yo’llari, asoratlari, davolash, oldini olish Qizamiq



Download 33,46 Kb.
bet4/5
Sana22.04.2022
Hajmi33,46 Kb.
#575075
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qizamiq

Asimptomatik shakl. O’ziga xos alomatlar kuzatilmasligi bilan ajralib turadi va faqat qonni immunoglobulinlar uchun laborotoriya tahlili natijasida aniqlanadi.

  • Og’irlashgan shakl kamdan-kam uchraydi. Organizmning kuchli intoksikatsiyasi, gemorragik sindrom bilan kechadi, ko’pincha kattalar uchun xos sanaladi.

    Tashxislash


    Ko’pgina hollarda qizamiq infektsiyasining aniq klinik ko’rinishi mavjudligi vizual ko’rikdan keyinoq tashxis qo’yish imkonini beradi. Biroq, kasallikning dastlabki bosqichlarida, yengil yoki atipik shaklida, shuningdek boshqa infektsiya qo’shilishida toshma toshishi o’xshash bo’lgan skarlatina, qizilcha va infektsion eritema kabi kasalliklarda differentsion tashxis talab etilishi mumkin.
    Laboratoriya diagnostikasida virusologik va serologik usullar qo’llaniladi:

    1. Virologik usulda o’rganish uchun material buruh-halqum surtmasi, ko’z ajralmalari, peshob sanaladi. Biologik materialda virus mavjudligini aniqlash uchun immunoflyuorestsent, faza-kontrast va flyuorestsent mikroskopiya amalga oshiriladi.

    2. Serologik usulda agglyutinatsiya reaktsiyasini, komplement bog’lanishi va boshqalarga murojaat qilinadi. Tahlil ikki marta amalga oshiriladi: kasallikning boshida va ikki haftadan so’ng. Antitana titrinining 4 yoki undan ortiq martaga oshishi qizamiqqa tashxis qo’yish mezoni sifatida xizmat qiladi.

    Qo’shimcha tadqiqotlar kasallikning rivojlanish xususiyati va asoratlar yuzaga kelishini aniqlashga imkon beradi. Ko’pincha terapiyani nazorat qilish va tuzatish uchun siydik tahlili buyuriladi. Agar kasallikning asorati sifatida o’pka yallig’lanishiga shubha qilinadigan bo’lsa, ko’krak qafasi a’zolarining rentgenologik tekshiruvi talab qilinadi.

    Qizamiqni davolash


    Bugungi kunda aynan paramiksovirusga qarshi kurashga qaratilgan o’ziga xos terapiya mavjud emas. Davolash alomatlar jiddiyligini kamaytirish, asoratlarning oldini olish yoki tuzatishga asoslangan bo’ladi.
    Kasallik boshlangach, dastlabki 7-10 kun davomida yotoq tartibga amal qilish, sut-sabzavotli parhezga rioya etish katta ahamiyatga ega. Taomnomadan achchiq, yog’li, qovurilgan, oshqozon-ichak traktining shilliq qavatini qo’zgatish xususiyatiga ega boshqa mahsulotlar chiqarib tashlanadi.
    Bemorda isitma, tez-tez hojat chiqarish, ich ketishi inobatga olinsa, yetarli miqdorda suyuqlik ichish muhim o’rin tutadi. Zarurat tug’ilganda elektrolitli eritmalardan foydalaniladi.
    A vitamini yetishmovchiligi bo’lgan bemorlarda kasallik sezilarli darajada og’irroq kechishi ma’lum. Shuning uchun mono- yoki multivitamin buyurilishi qizamiqni davolashning bir qismi sanaladi.

    Medikamentoz terapiya


    Simptomatik terapiya kasallik qanday alomatlar bilan kechayotganligiga bog’liq: aynan klinik belgilar tanlanadigan dori vositasini belgilab beradi.

    • Kon’yunktivitda kon’yunktiva fiziologik eritma, boychechak damlamasi, iliq qaynatilgan suv, 2% natriy bikarbonat eritmasi (iste’mol sodasi) bilan yuviladi. Agar kon’yunktivit bakterial tabiatli bo’lsa va yiringli ajralmalar kuzatilsa, antibakterial ko’z tomchilari buyuriladi.

    • Tumovda vaziyatni yengillashtirish uchun mahalliy ta’sir qiluvchi tomir toraytiruvchi vositalar va burun yo’llarini yuvishga murojaat qilinadi.

    • Quruq, tez-tez, holdan toydiradigan yo’tal kuzatilganda yo’talga qarshi dori-darmonlar tayinlanadi.

    • Tana haroratining yuqoriligi yoki gipertermiya fonida konvulsiv reaktsiyaga moyillik mavjudligida isitma tushiruvchi dorilarga murojaat qilinadi.

    Ayrim hollarda terapiya tananing himoya qobiliyatini kuchaytirishga qaratilgan bo’ladi. Agar bolada og’ir intoksikatsiya belgilari kuzatilsa yoki bemor zaiflashgan katta yoshli shaxs bo’lsa, bu holat bemorning umumiy immunitet samaradorligini oshirish uchun immunoglobulin qo’llagan holda statsionarda davolanish uchun ko’rsatma sanaladi. Jiddiy allergik reaktsiyalar, intoksikatsiya belgilari, shishlar kuzatilganda antigistaminlardan foydalanish mumkin (Suprastin, Fenistil, Zirtek va boshqalar).
    Asoratlar va qo’shimcha infektsiya bo’lmasa, antibiotikli terapiya ko’rsatilmaydi. Agar bakterial infektsiya belgilari mavjud bo’lsa, penitsillin, sefalosporin, makrolidlar guruhi antibiotiklari buyuriladi. Asoratlarni davolash statsionar sharoitda amalga oshiriladi.
    Dorivor vositalar patologik jarayonga qaysi a’zo jalb etilganligiga qarab tanlanadi. Qizamiqning meningit, ensefalit va pnevmoniya kabi asoratlarni davolash kerak bo’lsa, turli bo’linmalarda, jumladan, intensiv terapiya va reanimatologiya bo’limida bo’lish talab etilishi mumkin.

    Download 33,46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish