Quyidagi holatlarda majburiyatlarni real bajarish va lozim darajada bajarish prinsiplariga rioya etilganmi



Download 36,02 Kb.
bet2/3
Sana28.01.2022
Hajmi36,02 Kb.
#414577
1   2   3
Bog'liq
Fuqarolik huquqi

Vaziyatga huquqiy baho bering.

Ushbu masalalarga to‘xtalishdan avval biz quyidagilarga to‘xtalib o‘tamiz.



  • Majburiyat o‘zi nima ekanligiga, ya’ni majburiyat tushunchasiga to‘xtalib o‘tamiz.

  • Majburiyatning qanday turlari mavjud?

  • Majburiyatning qanday prinsiplari mavjud?

  • Real va lozim darajada bajarish prinsiplari qanday prinsiplar?

Fuqarolik huquqining eng muhim kichik sohalaridan biri majburiyat huquqi hisoblanadi. Majburiyat – fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa – qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda Fuqarolik kodeksida ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi1.
Yuridik adabiyotlarda majburiyat atamasi bilan birgalikda burch atamasi borasida ham so‘z yuritiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquq va burchlar borasida so‘z boradi. Ushbu atamalar teng ma’noli bo‘lib, fuqarolik huquqiy munosabatlarda har doim majburiyat atamasi qo‘llaniladi. Majburiyat subyektlari, obyektlari, uning mazmuni majburiyatning eng muhim elementi hisoblanadi. Majburiyat subyektlari bu muayyan huquqlarga ega bo‘lgan va zimmasiga muayyan majburyatlar yuklangan shaxslardir. Odatda har bir majburiyatda kamida ikki taraf ishtirok etadi. Muayyan harakat qilinishini va muayyan harakatdan tiyilishni talab qilishga haqli bo‘lgan taraf – kreditor (haqdor) deb ataladi. Muayyan harakatni qilishga yoki harakat qilishdan saqlanishga majbur bo‘lgan taraf esa – qarzdor (burchdor) shaxs bo‘lib hisoblanadi. Majburiyat huquqiy munosabatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra nisbiy huquqiy munosabat hisoblanadi. Demak, kreditor faqat muayyan shaxsdan yoki shaxslarga nisbatan talab qo‘yish huquqiga ega. Majburiyat munosabatlarda kreditorning talab qilish huquqi va shunga muvofiq qarzdorni burchi nimaga qarata yo‘naltirilgan bo‘lsa u majburiyat obyekti hisoblanadi. Masalan, huquq va majburiyatlar biron-bir ashyoni olishga, topshirishga, muayyan pulni to‘lashga, ishni, xizmatni ijro etilishiga qaratilgan yuridik harakatlardan yoxud muayyan harakatlarni sodir etishdan o‘zini tiyish xulq-atvoridan iborat bo‘lishi mumkin. Majburiyat huquqi – mol-mulkni topshirish, ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish yoki pul toʻlash yoki muayyan harakatdan oʻzini tiyib turish bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan fuqarolik - huquqiy normalar yigʻindisidir. Majburiyat huquqi tizimi ikki asosiy bo‘limdan, ya’ni majburiyatlar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar va majburiyatlarning alohida turlariga oid maxsus qoidalardan iboratdir. Shartnomali majburiyatlarga oid huquqiy institutlar asosan shartnomaviy munosabatlardan vujudga keladi va uning asosiy xususiyati majburiyat taraflarining erk-irodasini namoyon etish orqali yuzaga keladi. Shartnomasiz majburiyatlar shaxsning erk-irodasidan tashqarida yuz beradi yoki bir tomonlama harakat natijasida kelib chiqadi. Majburiyat taraflarining bir-birlariga nisbatan belgilangan huquq va majburiyatlari ularning tusiga qarab farqlanadi. Ular mazmuni, obyektlari va subyektlariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi:
1. Ijobiy va salbiy mazmunli majburiyatlar. Agar majburiyat yuzasidan qarzdor muayyan bir harakatni qilishga burchli boʻlib, kreditor aynan shunday harakatning qilinishini talab qilishga haqli boʻlsa, bunday majburiyat ijobiy mazmunli majburiyat hisoblanadi. Huquqiy munosabatning koʻpchiligida ijobiy mazmunli majburiyatlar yotadi. Masalan, oldi-sotdi, mulkni ijaraga berish, maishiy xizmat
koʻrsatish sohasida olinadigan majburiyatlar – ijobiy mazmunli majburiyatlardir.
2. Bir tomonlama va ikki tomonlama majburiyatlar. Majburiyatda qatnashuvchilarning birida faqat talab qilish huquqi (yoki huquqlari), ikkinchi tomonda esa faqat majburiyat (majburiyatlar) boʻlsa, bunday majburiyatlar bir tomonlama majburiyatlar hisoblanadi. Masalan, qarz shartnomasi. Qarz shartnomasi boʻyicha qarz bergan shaxs qarzning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega boʻlsa, qarzdor oʻz zimmasiga olgan qarzini qaytarishga burchlidir. Huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning har qaysisi ham huquq, ham majburiyatga (qator huquqlar va majburiyatlarga) ega boʻlsa, bunday majburiyatlar ikki tomonlama majburiyat hisoblanadi. Ikki tomonlama majburiyatlarga oldi-sotdi, ijara, pudrat kabi shartnomalarni misol qilib koʻrsatish mumkin. Masalan, oldi-sotdi munosabatida sotuvchida sotilgan narsani topshirish majburiyati boʻlsa, oluvchida sotib olingan narsaning qiymatiga yarasha haq toʻlash majburiyati boʻladi va aksincha. Aksariyat majburiyatlar ikki tomonlama majburiyatlardir.
3. Muayyan harakatni bajarishga qaratilgan va muqobil majburiyatlar. Agar huquqiy munosabat boʻyicha kreditor qarzdordan muayyan bir harakat qilinishini, masalan, ma’lum ishning bajarilishini, biror-bir ashyoning topshirilishini yoki ma’lum summa pul toʻlanishini talab qilish huquqiga ega boʻlsa, bunday majburiyat muayyan harakatni bajarishga qaratilgan majburiyat hisoblanadi. Agar huquqiy munosabatda kreditorning talabi boʻyicha qarzdor bir necha harakatlardan birini bajarishga majbur boʻlsa, bunday majburiyat muqobil majburiyat sanaladi.
4. Shaxsiy tusga ega boʻlgan majburiyatlar va shaxsiy tusga ega boʻlmagan majburiyatlar. Ba’zi majburiyatlar huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning har qaysisi yoki birining shaxsi bilan qat’iy bogʻliq boʻlishi mumkin. Masalan, topshiriq shartnomasi boʻyicha vujudga keladigan majburiyat vakilning (topshiriqni bajaruvchining) ishonchli shaxs boʻlishiga qarab belgilanadi. Bunday shaxsiy xarakterga ega boʻlgan majburiyatlarning bajarilishini, agar qonun yoki shartnomada boshqacha hol belgilanmagan boʻlsa, boshqa shaxsga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaydi, kreditor ham boshqa shaxs bilan almashinishi mumkin emas. Bunday majburiyatlar, odatda,qarzdor yoki kreditorning vafot etishi bilan bekor boʻladi2.
Endi bevosita majburiyatlarni bajarish tushunchasi va tamoyillariga to‘xtalib o‘tamiz. Majburiyatlarni bajarish deb, qarzdor tomonidan kreditor talabiga muvofiq, muayyan bir harakatning qilinishi yoki harakatdan saqlanish tushuniladi. Qarzdorning majburiyatni bajarishi – kreditorga ashyoni topshirish, ma’lum ishni bajarish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash, asossiz olingan mulkni qaytarish muayyan harakatdan saqlanganlik kabilardan iborat. Davlat, yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan olingan majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishi xalq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega boʻlib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, mulkiy munosabatlarni mustahkamlash, jamiyatning tobora oʻsib borayotgan moddiy va madaniy talablarini qondirishda katta rol oʻynaydi. Majburiyatlar Fuqarolik Kodeksining 236-moddasida aytilganidek, majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmagan taqdirda esa ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak. Bunda taraflarning har biri oʻz majburiyatlarini ancha tejamli bajarishi, ikkinchi tomonga uning oʻz majburiyatlarini bajarishda har tomonlama yordam koʻrsatishi lozim. Majburiyatlar davlat hujjatlari va shartnomalardan kelib chiqqan boʻlsa, ularda koʻrsatilgan talab va shartlarga muvofiq bajarilishi kerak. Agar qonun hujjatlarida majburiyatni bajarish sharti koʻrsatilmagan boʻlsa, majburiyatlar oʻzaro kelishib qoʻyiladigan talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi zarur. Majburiyatni bajarishda har ikki tomon xoʻjalik aloqalarining rivojlanishini koʻzlab, tejamlilik bilan va oʻzaro hamkorlikda zarur harakatlarni qilishlari talab etiladi. Majburiyatning bajarish predmeti yuklangan majburiyatning xarakteriga qarab faol harakatni amalga oshirish yoki harakatdan saqlanish hisoblanadi. Odatda Fuqarolik kodeksida koʻproq faol harakatdan iborat majburiyatlar oʻrin olgan. Majburiyatlarni bajarish bir qator tamoyillarga asoslanadi. Ular: majburiyatlarni lozim darajada bajarish, kelishilgan va maqbul usulda bajarish, majburiyatni tegishli shaxs uchun bajarish, aniq bajarish, tejamlilik va oʻzaro hamkorlikda bajarish kabilardir.
Majburiyatlarni lozim darajada bajarish tamoyili deganda, majburiyatlar qoʻyilgan talablarga toʻliq javob beradigan darajada, bekamu koʻst va belgilangan muddatda bajarilishi nazarda tutiladi. Huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar oʻz majburiyatlarining lozim darajada bajarilishidan bab-baravar manfaatdor boʻlishlari, bir-birlariga koʻmaklashishlari faraz qilinadi. Mazkur tamoyil yuklatilgan majburiyatlarni majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmaganida esa - ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq bajarilishini ta’minlaydi. Majburiyatlarning lozim darajada bajarilishi jamiyat manfaati hamda uning tobora oʻsib borayotgan moddiy va madaniy talablarini qondirishga qaratilgan boʻlishi lozim. Bozor munosabatlari sharoitida majburiyatlarni lozim darajada bajarilishidan nafaqat majburiyat oʻz foydasiga bajarilayotgan subyekt, balki oxir - oqibatda jamiyatning har bir a’zosi manfaatdor boʻladi. Chunki barcha xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan oʻz majburiyatini lozim darajada bajarmasligi boshqa subyektlar uchun ham, garchi ular bevosita bunda kreditor sifatida qatnashmasalarda, salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Majburiyatlarni lozim darajada bajarish ularni qonun hujjatlariga, shartnoma shartlariga, ish muomalasi odatlariga, odatda qoʻyiladigan talablarga muvofiq ravishda shartnoma narsasining sifati, miqdori, hajmi boʻyicha oʻz vaqtida bajarilishini anglatadi.
Majburiyatlarning aniq bajarilishi tamoyili – shartnomada koʻrsatilgan harakatning aynan oʻzi bajarilishining, topshirilishi lozim boʻlgan narsaning (mahsulotning) asl holatida topshirilishini bildiradi. Bu tamoyil ayrim adabiyotlarda “majburiyatlarni asl holatda bajarish tamoyili” deb ham nomlanadi. Bu Fuqarolik Kodeksining 330-moddasi mazmunidan kelib chiqib belgilangan. Majburiyatning qarzdor aybi bilan kechiktirilishi yoki lozim darajada bajarilmasligi hollarini nazarda tutib, belgilangan neustoyka (jarima, penya)ning ham majburiyatning lozim darajada bajarilmasligi natijasida kelib chiqqan zararning undirilishi – majburiyatni asl holida bajarishdan qarzdorni ozod qilmaydi. Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari majburiyatni bajarishda bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi (FK 237-modda). Ammo bu qoida yuqorida aytilganidek, qonunda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi majburiyatlar uchun qoʻllanilmaydi. Chunonchi, topshiriq shartnomasi boʻyicha topshiriq beruvchi bergan topshirigʻini har vaqt bekor qila oladi, topshiriq olgan shaxs xohlagan vaqtida topshiriqni bajarishdan bosh torta oladi. Temir yoʻl va boshqa turdagi transport vositasida yoʻlovchilar tashish munosabatida ham yoʻlovchi talabi bilan shartnoma har qachon bekor qilinishi mumkin. Majburiyatlarni bajarishda tejamlilik qoidasiga muvofiq majburiyatni bajarishda taraflar kam xarajat bilan koʻp foyda keltirishga qaratilgan harakatlarni qilishlari lozim. Bu qoida kreditor va qarzdorga majburiyatni bajarish jarayonida eng qulay hamda eng foydali usuldan foydalanish lozimligini belgilaydi. Chunonchi, pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi ishni buyurtmachi materialidan bajarishda materialni tejamlilik bilan sarflashi va u notoʻgʻri ishlatilishi uchun javobgar boʻlishi belgilangan. Yuk tashish shartnomasiga asosan yuk tashuvchi yukni eng qisqa yoʻldan tashishi koʻrsatilgan3.
V.S.Tolstoyning bildirgan fikricha majburiyatni real bajarish haqida qo‘shimcha majburiyatni (buzilishi ehtimol tutilgan majburiyatga nisbatan o‘rnatilgan sanksiya) undirishga qaratilgan talabdan farqli o‘laroq javobgar tomonidan asosiy majburiyat bo‘yicha ayni ko‘zda tutilgan harakatlarni bajarishni talab qilish yuzasidan gap yuritish mumkin4.
Demak, ushbu bilimlar asosida yuqoridagi kazusda berilgan vaziyatni tahlil qilamiz. A). Ushbu holatda tomonlar, ya’ni traktor zavodi hamda fermer xo‘jaligi o‘rtasida shartnoma tuzilib, traktor zavodiga majburiyat yuklatilgan. Traktor zavodi fermer xo‘jaligiga 2018 yilning I kvartalida 6 ta traktor yetkazib berishi kerak edi. Amalda traktorlar 16 aprel kun yetkazib berildi. Ushbu holatda majburiyatni lozim darajada bajarish tamoyiliga rioya etilmagan. Chunki, ushbu prinsipda majburiyatlar qoʻyilgan talablarga toʻliq javob beradigan darajada, bekamu koʻst va belgilangan muddatda bajarilishi nazarda tutiladi. Ammo ushbu holatda traktor zavodi o‘z majburiyatini belgilangan vaqtida bajarmagan. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki ushbu holatda majburiyatni real bajarish tamoyiliga ham rioya etilmagan. Chunki, ushbu tamoyilda ham shartnomada koʻrsatilgan harakatning aynan oʻzi bajarilishi darkor.
B). Ushbu vaziyatda ham Komilov o‘z majburiyatini belgilangan vaqtda bajarmagan. Qarzdor tomonidan majburiyatni bajarish kechiktirilmoqda. Mazkur vaziyatda majburiyatni lozim darajada bajarish tamoyili buzilgan. Majburiyatni real bajarish tamoyiliga rioya etilmagan. Chunki, qarzdor Komilovning aybi bilan qarz kechiktirilmoqda. Shuning uchun Komilov belgilangan neustoyka to‘lashi zarur. Ammo bu Komilovni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi.
V). Mazkur holatda ham majburiyat lozim darajada bajarish tamoyiliga rioya qilinmagan. Lazizov o‘z majburiyatini kechiktirib bajarmoqda. Qarzdor pulni shartnomada belgilangan sanada qaytarishi zarur edi. Lazizov majburiyatni real bajarish tamoyiliga rioya qilmagan. Chunki qarzni kechiktirgani sababli neustoyka to‘laydi.
G). Marufov majburiyatlarni aniq bajarilishi tamoyiliga rioya qilmagan. Chunki, u shartnomada koʻrsatilgan harakatning aynan oʻzini bajarmagan, topshirilishi lozim boʻlgan narsaning (mahsulotning) asl holatida topshirmagan. Ushbu holatda Marufov neustoykaning jarima ko‘rinishini to‘lashi zarur. Majburiyatni lozim darajada bajarish tamoyiliga ham rioya qilmagan. Chunki, majburiyatlarni lozim darajada bajarish ularni qonun hujjatlariga, shartnoma shartlariga, ish muomalasi odatlariga, odatda qoʻyiladigan talablarga muvofiq ravishda shartnoma narsasining sifati, miqdori, hajmi boʻyicha oʻz vaqtida bajarilishini anglatadi. Marufov o‘z majburiyatini bajarmagan hamda vazifasiga sovuqqonik bilan yondashgan. Shartnoma shartlarida Marufov kostyumni Soliyevning materialidan tikib berishga kelishgan.
D). Ushbu vaziyatda Valiyev va Daminov mebelni temir yo‘l transporti orqali yetkazib berishni kelishib olishgan. Shuning uchun mazkur vaziyatda ikki tarafda ham ayb yo‘q. Mebelning shikastlanishi esa taraflarga bog‘liq bo‘lmagan holat hisoblanadi. Ushbu holatda majburiyatni uchinchi shaxs real hamda lozim darajada bajarmayapti.
E) Mazkur vaziyatda fermer xo‘jaligi hamda super market o‘rtasida shartnoma tuzilgan. Bu holatda majburiyat uchunchi shaxs tomonidan lozim darajada va real bajarilmayapti. Chunki, uchinchi shaxs kechikkan va mahsulotni asl holida yetkazib bera olmagan. Fermer xo‘jaligi majburiyatni lozim darajada bajarmagan. Sababi olmani pishib bo‘lganida yuklagan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:




  1. Download 36,02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish