R. H. Djurayev pedagogika fanlari doktori, akademik



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/231
Sana21.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#571017
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   231
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

 
REJA: 


99 
1. O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi islohotlar. 
2.
 
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari
 
3. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim 
 
Tayanch tushunchalar:
ta'lim tizimi, ta'lim islohotlari, Maktabgacha ta'lim 
vazirligi, 11 yillik umumiy o‘rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv 
yurtidan keyingi ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish. 
O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi islohotlar.
Mustaqillik 
yillarida O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sifatini tubdan o‘zgartirish, 
zamonaviy 
pedagogik 
va 
axborot 
kommunikatsion 
texnologiyalardan 
foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or metodlarini joriy etish orqali shaxsning 
sub'ekt sifatida namoyon bo‘lishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Boshqa 
fanlar singari pedagogika ham jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida shakllanib, 
jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti bilan uzviy rivojlanib bormoqda. Shu sababli ta'lim-
tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash lozim. Ana 
shunday umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy voqyelik, hodisa, ijtimoiy 
tasavvur va ehtiyoj mamlakatimizda shaxsni markaziy figura sifatida tan olinishi 
va rivojlanishning harakatlantiruvchisi tarzida baholanishi respublikamizda ta'lim 
tizimini rivojlantirishning konseptual asoslarini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. 
Mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari 
hisoblanmish O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi 
Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da davlatimiz ijtimoiy 
taraqqiyoti sohasida ta'limning ustuvor deb e'lon qilinishi Pedagogika 
fani zimmasiga juda katta masuliyatli, ulug‘vor vazifalarni yukladi.
1997 yilning 29 avgustida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX 
sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'grisidagi»gi Qonuni va 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Ularda ta'lim -tarbiya va 
kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishga oid asosiy yo'l-yo'riqlar ko'rsatib berildi. 


100 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni zamonaviy 
pedagogikaning konseptual asosi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur Qonunning qabul 
qilinishi ta'lim-tarbiya tizimida keng islohotlar o‘tkazishga zamin yaratdi. 
Qonunga muvofiq ta'lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibi, bosqislarini 
bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish, 
ta'lim-tarbiya tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar 
talablariga javob bera oladigan qilib tashkil etishga yo‘l ochildi O‘zbekiston 
Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunining maqsadi fuqarolarga ta'lim, 
tarbiya berish, kasb-xunar o‘rgatishning xuquqiy asoslarini belgilash hamda har 
kimning bilim olish mumkinligi kabi konstitusiyaviy huquqini ta'minlashdan 
iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunining 1-
bo‘limi "Umumiy qoidalar" deb nomlanadi. Unda ta'lim sohasidagi davlat 
siyosatining asosiy prinsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish 
xuquqlari, ta'lim muassasasining xuquqiy maqomi, DTS, ta'lim berish tili kabi 
masalalar o‘z ifodasini topgan. 
"Ta'lim to‘g‘risida" gi Qonunning 2- bo‘limida ta'lim tizimi va turlari 
mohiyati yoritilgan. Respublikamizdagi ta'lim tizimi: Davlat ta'lim standartlariga 
muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim 
muassasalarini; ta'lim tizimini rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan
tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta'lim sohasidagi 
davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxona, muassasa va 
tashkilotlarni qamrab oladi. 
Mazkur qonunning 10-moddasida ta'lim quyidagi turlarda amalga 
oshirilishi ko‘rsatiladi: maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, 
o‘rtamaxsus,kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim , 
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim
Qonunning 2- bo'lim, 11-17- moddalarida har bir ta'lim turining mohiyati 
qisqacha yoritib beriladi. Unda ta'kidlanganidek, maktabgacha ta'lim bola 
shaxsini sog'lom va etuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish 


101 
maqsadini ko'zlaydi. Maktabgacha ta'lim bola olti-etti yoshga etgunicha davlat 
va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalalr muassasalarida hamda oilalarda amalga 
oshiriladi.
Qonunning uchinchi bo'limi ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy qimoya 
qilishga bag'ishlangan bo'lib, unda ta'lim oluvchilarni va ta'lim muassasasi
xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, etim hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida 
nuqsoni bo'lganbolalarni o'qitish masalalari qonuniy ifodasini topgan.
Qonunning to'rtinchi bo'limida ta'lim tizimini boshqarishdagi Vazirlar 
mahkamasining, ta'lim ni boshqarish do'yicha vakolatli davlat organlarining va 
mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko'rsatilgan bo'lsa, beshinchi
bo'limda yakuniy qoidalar ifodalangan. 
Kadrlar tayyorlash milliy modeli zamonaviy pedagogikaning konseptual asosi 
hisoblanib, unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, ularni tayyorlash 
tizimini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rsatilgan.
Ma'lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi besh bo'limdan iborat bo'lib, 
unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish omillari, dasturning maqsadi
vazifalari va uni ro'yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlash tizimini 
rivojlantirishning asosiy yo'n alishlari, dasturni ro'yobga chiqarishga oid chora-
tadbirlar belgilab berilgan. Dasturning 3- bo'limida kadrlar tayyorlashning milliy 
modeli moqiyati yoritilgan. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy 
qismlari jamiyatimizda yashayotgan har bir insonning, fuqarolarning ilm olish 
huqo'qini, ularning kasb tanlash va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Kadrlar tayyorlash milliy modeli»ning tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va 
jamiyat, fan, ishlab chikarish, uzluksiz ta'limdir.
Mamlakatimizda 
 
«uzluksiz ta'lim”
- malakali raqobatbardosh kadrlar 
tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlarini: maktabgacha ta'lim , 
umumiy o'rta ta'lim , o'rta maxsus, kasb-xunar ta'lim i, oliy ta'lim , oliy o'quv 
yurtidan keyingi ta'lim , kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, 


102 
maktabdan tashqari ta'lim ni, DTSni, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning 
faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi. 
“Uzluksiz ta'lim tizimi inson va jamiyatning turli xil ta'lim iy ehtiyojlarini 
qondirishi, bilimlarning qadr-qimmati va mavqyeini ko'tarish uchun keng 
imkoniyatlar yaratib berishi, shuningdek iqtisodiyotning o'zgaruvchan ehtiyojlari 
sharoitida umum ta'limiy, umummadaniy, kasbiy va ilmiy asosda mutaxassislar 
tayyorlash yo'li bilan fundamental bilimlar berib shaxsni ijtimoiy himoya qilishni 
ta'minlashi kerak”
23
.
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish priniplari(3-rasm) yoshlar uchun 
turli xil ta'limiy ehtiyojlarini qondiradi, shaxsni ijtimoiy himoyalaydi.
Mamlakatimizda ta'lim tizimini isloh qilinishi va rivojlantirishning tarihiy
ahamiyati – bu ta'limning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aks 
etgan – “inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz 
huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” (23-modda) – prinsipiga amal qilgan holda
insoniylikka yo‘naltirilganligidir. Insoniy ustuvorlik ta'lim sohasidagi davlat 
siyosatining asosiy prinsipi sifatida O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim 
to‘g‘risida” gi qonunida ham o‘z ifodasini to‘liq topgan
: “Ta'lim va tarbiyaning 
insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi” (3-modda).
Kadrlar tayyorlash milliy dasutri. Barkamol avlod-o'zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., "Sharq",
1998 y, 42 bet 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish