«Raqamli iqtisodiyot» faniga kirish Reja



Download 31,17 Kb.
bet1/4
Sana01.09.2022
Hajmi31,17 Kb.
#848001
  1   2   3   4
Bog'liq
«Raqamli iqtisodiyot » faniga kirish


«Raqamli iqtisodiyot » faniga kirish


Reja:
1.1.Axborotlashtirish jamiyatining rivojlanish asoslari.
1.2. Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning iqtisodiy qonunlari.
1.3.Raqamli iqtisodiyotni xususiyatlari.
1.4. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi.
1.5. Raqamli iqtisodiyot va iqtisodiy o`sish.


Axborotlashtirish jamiyatining rivojlanish asoslari.
Jamiyat rivojlanishining zamonaviy davri axborotlashtirish jarayoni bilan ajralib turadi. Bugungi axborot davrida har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning tafakkuri va siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vosita bo‘lib kelmoqda.Jahonda kechayotgan globallashuv va integratsiya, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy modernizatsiya jarayonlarida axborotning ahamiyati, xususan, axborot erkinligi va ochiqligi masalasi shaxs, jamiyat va davlat hayotida tobora muhim ahamiyat kasb etib, zamonaviy axborot tizimining shakllanganligi har qanday mamlakatning salohiyati va taraqqiyotini belgilovchi omil bo‘lib sanalmoqda.
«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash masalasiga yuksak e’tibor bilan qaralib, mamlakatimizni siyosiy modernizatsiya jarayonining bugungi bosqichida axborot sohasini isloh qilish borasida ustuvor vazifalarni belgilab berib, soha qonunchiligini yanada takomillashtirish borasida asosiy g‘oya va takliflarini bayon etishi bilan birga, ularni hayotga tatbiq qilish mexanizmlari ham aniq va ravshan ko‘rsatib berilgani diqqatga sazovordir.
Axborot sohasini rivojlantirish, uni jahon talablari darajasiga ko‘tarish borasida mamlakatimizda salmoqli ishlar amalga oshirilib, mamlakatimizda har kimning fikrlash va so‘z erkinligi, axborotni olish, izlash va tarqatish huquqlari, ommaviy axborot vositalarining erkinligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari bilan mustahkamlanib, ushbu konstitutsiyaviy normalarni rivojlantirish, ommaviy axborot vositalarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ularning faolligini oshirish, media makonga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bevosita joriy etishga qaratilgan:
•«Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»;
•«Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»;
•«Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»;
•«Noshirlik faoliyati to‘g‘risida», «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»;
• «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa jami 20 dan ortiq axborot sohasida qonunlar, 50dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 300 dan ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida yaratilgan bunday huquqiy maydon ommaviy axborot vositalariga o‘z vazifalarini samarali bajarish hamda o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlarga, kommunikatsiya vositalarining rivojlanish darajasiga yetishish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida axborotlashtirish — bu yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni hisoblanadi.
Axborotlashgan jamiyat — bu globallashgan ijimoiy jarayon bo‘lib, uning o‘ziga hos asosiy xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida faoliyatning ustuvor turi sifatida zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari hamda axborot almashuvining xilma-xil vositalari asosida amalga oshirilayotgan axborotni izlash, yig‘ish, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishdir.
Axborotlashgan jamiyat:
• bosma fondda hamda jamiyat a’zolarining ilmiy, ishlab chiqarish va boshqa faoliyati turlarida jamlangan jamiyatning tobora kengayib borayotgan intellektual salohiyatidan faol foydalanishni;
• ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini rivojlantirish va mehnat faoliyatini intellektuallashtirishga qaratilgan faoliyatning ilmiy va ishlab chiqarish turlariga axborot texnologiyalarini joriy qilishni;
• axborotlashtirish xizmati darajasini yuqoriga ko‘tarish, jamiyatning barcha a’zolarini obyektiv va tezkor axborotga ega bo‘lish, foydalanilayotgan ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlaydi.
2003-yil 11-dekabrda mamlakat Parlamenti tomonidan «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni yangi realliklarga muvofiq qayta ko‘rib chiqildi va uning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun tayanch qonun bo‘lib, elektron hukumat, masofadan o‘qitish, teletibbiyot, elektron tijorat kabi va yana bir qancha yangi xizmatlarning rivojlanishiga hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlab chiqiladigan boshqa qonunlar uchun asos bo‘lib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha qonun hujjatlari ishlab chiqilishini belgilab, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda milliy axborot tizimini yaratishga xizmat qilmoqda.
Jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini axborotlashtirish maqsadida, ularni kompyuter texnikasi, lokal hisoblash va korporativ kompyuter tarmoqlari bilan jihozlash bo‘yicha ham muayyan ishlar qilinmoqda, 2012-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, davlat idoralarining 80 foizida lokal hisoblash tarmoqlari yaratildi.
Shuningdek, 98 foiz davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarida veb-saytlar yaratilib, davlat axborot resurslarining soni 186 taga yetkazildi. Natijada aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 378 turdagi davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
1999-yilda «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda telekommunikatsiyalarni yaratish, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar belgilandi.
Ushbu Qonun hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash va rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan boshqa qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash hamda sohada amalga oshirilgan tizimli va bosqichma-bosqich islohotlar natijasida respublikaning barcha viloyat markazlarida raqamli xalqaro telekommunikatsiya stansiyalari o‘rnatildi, magistral xalqaro va viloyatlararo aloqa liniyalarida tolali-optik kabel va raqamli radioreleyli liniyalar o‘tkazildi. Respublika hududlarida CDMA standartida simsiz radiofoydalanish telekommunikatsiya tizimi joriy etildi. 2011-yil 30-dekabrda «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun qabul qilindi.
Ushbu Qonun bilan fuqarolarni zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari bilan to‘laqonli va sifatli ta’minlash, axborotlashtirish hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish, aloqa xizmatlari, ma’lumot uzatish va tarqatish sohasi ravnaqiga yo‘naltirilgan yangi normalar kiritildi. Bu ham bo‘lsa o‘z ifodasini 8-moddaning o‘n yettinchi xatboshisi va Qonunga kiritilgan yangi 81-moddada topmoqda. Tilga olingan yangi moddada davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik hamda jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining samarali ishlashi va rivojlantirilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi bo‘yicha majburiyat belgilandi.
Shunday qilib, Qonunning yangi normalarida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zaro munosabatlarga zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini yanada ko‘proq jalb etish maqsadida ularni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalasi hal etilmoqda.
Rivojlangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat va jamiyat qurilishi tizimida keng foydalanishda Internet jahon axborot tarmog‘idagi milliy segmentni rivojlantirish zarurligi, uni tashkil etishda esa asosiy qismlaridan bo‘lgan aynan domen nomlari va domen nomlari tizimi kabi muhim tushunchalarga ta’rif berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Internetdan foydalanish ko‘lamini kengaytirishdan asosiy maqsad fuqarolar uchun zarur axborotni ularga kerak bo‘lgan vaqtda olish imkonini berishdir. Mazkur Qonunda belgilanayotgan islohotning maqsadi odamlarga axborot olish va undan foydalanishga bundanda to‘laqonli imkoniyat yaratishdir.

Download 31,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish