Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish



Download 165,62 Kb.
bet3/5
Sana31.12.2021
Hajmi165,62 Kb.
#266112
1   2   3   4   5
Raqamli signal - bu signal faqat ikki qiymatga ega bо‘ladi (ba’zi hollarda uchta qiymatga) 1.1-chizma. Masalan, kuchlanish ikki qiymatga ega bо‘lishi mumkun: 0 dan 0,5V gacha (mantiqiy nol) yoki 2,5 V dan 5 V gacha (mantiqiy bir). Faqat raqamli signallar bilan ishlovchi qurilmalar, raqamli qurilmalar deb ataladi.


1.1-chizma. Elektr signallar: (chap) uzuliksiz va raqamli (о‘ng).


Tabiatda xamma signallar uzluksiz kо‘rinishga ega, yani ular ma’lum oralikda uziliksiz о‘zgarib turadi. Aynan shuning uchun ham dastlabki elektron qurilmalar analog qurilma boʻlgan. U qurilmalar fizik kattaliklarni shu kattaliklarga proporsional bо‘lgan kuchlanish yoki tokga о‘zgartirganlar, hamda ular ustida qandaydir operatsiyalar bajarib, sо‘ng yana fizik kattaliklarga о‘zgartirganlar. Masalan, inson ovozini (havoning tebranishi) mikrofon yordamida elektr tebranishiga о‘zgartirib, soʻng bu elektr signalini elektron kuchaytirgich yordamida kuchaytiriladi va akustik tizim yordamida yana ham kuchliroq havo tebranishiga, yani kuchli tovushga о‘zgartiriladi.

Lekin uzluksiz signal va unga ishlov beruvchi analog elektronikasining katta kamchiliklari mavjud, bu kamchiliklar aynan uzluksiz signalning tabiatidan kelib chiqadi. Sababi, uzluksiz signal turli xil parazit signallarga ta’sirchandir, yani shovqin, xalal. Shovqin - bu har qanday elektron qurilmaning ichki sust tartibsiz signallari (mikrafon, tranzistor, qarshilik vaxokazo ). Xalal - bu elektron tizimga tashqaridan keluvchi va foydali signalni о‘zgartiruvchi signallardir (masalan, radio uzatuvchilardan yoki transformatorlardan tarqaluvchi elektromagnit nurlanishlar).

Signallar ustida elektron qurilmalarda bajariluvchi barcha operatsiyalarni shartli ravishda uchta katta guruxga ajratish mumkin: ishlov berish (yoki о‘zgartirish); uzatish; saqlash.

Yuqorida sanab о‘tilgan xollarda foydali signal parazit signal tufayli о‘zgaradi-shovqin, xalal. Undan tashqari signalga ishlov berish jaroyonida (masalan, kuchaytirish, filtrlash) elektron qurilmalarning yetarlicha rivojlanmaganligi tufayli signallarning shakli xam о‘zgaradi. Signallarni katta masofaga uzatish jaroyonida va saqlash vaqtida sо‘nadi (susayadi).

Uzluksiz signal bо‘lgan holda esa foydali signalni sezilarli darajada yomonlashtiradi (1.2 - chizma). Shuning uchun har bir ishlov berish, har bir ishlov berish oraliqlaridagi saqlashlar, har bir kabeldan yoki efirdan uzatishlarda uzluksiz signal yomonlashib boradi, ba’zi hollarda signal butunlay yoʻq bо‘lib ketadi. Shuni ham hisobga olish kerakki hamma shovqin, xalallarni aniq hisoblab bо‘lmaydi, demak analog qurilmani о‘zini tutishini umuman aniq bayon qilib bо‘lmaydi. Undan tashqari barcha analog qurilmalarning texnik kо‘rsatgichlari vaqt о‘tishi bilan elementlarining eskirishi tufayli о‘zgaradi, shuning uchun analog qurilmalarning texnik kо‘rsatgichlari doimiy emas. Uzluksiz signallardan farqli о‘laroq ikkita ruxsat etilgan qiymatga ega bо‘luvchi raqamli signallar shovqin, xalallar ta’siridan ancha yaxshi himoyalangan. Ruxsat etilgan qiymatdan ozgina о‘zgarishi esa raqamli signalni о‘zgartirmaydi, chunki har doim ruxsat etilgan chekinish qiymati mavjuddir (1.2 - chizma). Aynan shuning uchun raqamli signallarga murakkab va kо‘p bosqichli ishlov berish, xech qanday yо‘qotishsiz kо‘p vaqt saqlash va uzluksiz signalga nisbatan ancha sifatli uzatish mumkin. Undan tashqari raqamli qurilmalarni holatlarini aniq hisoblash, bashorat qilish va tashxizlash mumkin. Raqamli qurilmalarning eskirish jaroyoni sekin kechadi, chunki ularning texnik kо‘rsatgichlarini kam о‘zgarishi qurilmaning ishlash faoliyatiga ta’sir etmaydi. Yana raqamli qurilmalarni loyihalashtirish va sozlash oson. Sanab о‘tilgan afzalliklar esa raqamli elektronikaning jadal suratlar bila rivojlanishini ta’minlamoqda.

1.2 – chizma. Shovqin va yо‘naltirishlar taʻsirida surilgan anolog signal (chapda) va raqamli signal (о‘ngda).


Lekin raqamli signallarning xam katta kamchiligi mavjud. Raqamli signal ruxsat etilgan qiymatida lokal ma’lum minimal vaqt davomida ushlanib turishi kerak, aks holda uni aniqlab bо‘lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, uziliksiz signal uzuluksiz vaqt oralig‘ida aniqlanadi (yani har qanday vaqt oralig‘ida), raqamli signal esa diskret vaqt oralig‘ida (yaʻni faqat ajratilgan vaqt oralig‘ida) aniqlanadi. Shuning uchun analog qurilmalarda erishiladigan maksimal tezlik har doim raqamli qurilmalarga nisbatan keskin yuqori.

Undan tashqari raqamli signal axborotni uzatishda faqat ikki holat bilan uzatadi, analog signal esa har bir vaqt davomidagi qiymatini uzatadi, yaʻni u axborot uzatish jihati boʻyicha anchagina sig‘imli. Shuning uchun bitta uzluksiz signaldagi kerakli hajmdagi foydali uzluksiz signalni uzatish uchun kо‘pincha bir necha raqamli signalni (odatda 4 tadan 16 tagachan) ishlatishga tо‘g‘ri keladi.

Yuqorida aytib о‘tilganidek tabiatda barcha signallar uzluksizdir, yaʻni ularni raqamli signalga о‘zgartirish uchun maxsus qurilmalardan foydalanishga tо‘g‘ri keladi (analog-raqam va raqam-analog о‘zgartiruvchi).



  1. Download 165,62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish