Referat bajardi: bet-80 guruh talabasi xojamberdiyev xotamjon mavzu: Debitorlik va kreditorlik qarzlari. Reja



Download 30,13 Kb.
bet1/2
Sana31.03.2023
Hajmi30,13 Kb.
#923571
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Xojamberdiyev X


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


„Iqtisodiy tahlil“ fanidan

REFERAT



Bajardi: BET-80 guruh talabasi XOJAMBERDIYEV XOTAMJON


Mavzu: Debitorlik va kreditorlik qarzlari.
Reja:

  1. Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlilining mazmuni, ularni tahlil qilish maqsadi va vazifalari.

  2. Debitorlik va kreditorlik qarzlari shakllanishi.

  3. Xulosa.


Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlilining mazmuni, ularni tahlil qilish maqsadi va vazifalari
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini doimiy tahlil yetish to‘lovlar intizomini mustahkamlash, muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi to‘lovlar va hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga qarzlarni qisqartirish va ular vujudga kelishining oldini olish imkoni, qarzdorlikni maqsadli boshqarish imkonini beradi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini (qarzlarini) tahlil yetish orqali iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida, sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish hamda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda bank va moliya muassasalari tomonidan to‘lov intizomi va hisob-kitoblarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash, soliqlar va majburiy to‘lovlarning to‘liq to‘lanishi masalalari bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya yetilishi ustidan ta’sirchan nazoratni yo‘lga qo‘yish imkoni tug‘iladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini tahlil qilish, korxonalar va tashkilotlarning muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari taqqoslanishini muntazam ravishda tashkil yetish hamda ularni qisqartirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ko‘rishda subyektlarning rolini, ye’tiborini oshirishni talab yetadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlarning vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, aylanma mablag‘lardan oqilona foydalanish, ularning saqlanishini va o‘z vaqtida to‘ldirilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ulligini oshirib borish, o‘z navbatida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ham yaxshilashga imkon beradi. Bu yesa o‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning zaruriy sharti hisoblanadi. Debitor va kreditor qarzdorlik bilan ishlash bir muncha murakkab jarayon. Negaki, ularning ikkinchi tomonga bog‘langanligi doimo ham manfaatli yechimlar chiqarishga imkon bermaydi. Bu borada analitiklar nimalarga ahamiyat qaratishi lozim: Birinchi navbatda analitiklar korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini monitoring qilishi, moliyaviy aktivlar va passivlarni inventarizatsiyalashni amalga oshirishi lozim. Avvalo, navbatda qarz mavjudligi, uning miqdori, asosi va uni yuzaga kelish muddatlari dalilini aniqlashi lozim. Ikkinchidan vujudga kelgan qarzlarni so‘ndirish bo‘yicha yondashuvni tanlab olish lozim. Qonunchilik me’yorlari kreditorga o‘z ixtiyoriga ko‘ra sudgacha hal qilish tusidagi choralarni ko‘rishga, sud instansiyalariga sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza bilan yoki qarzni undirish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan bevosita murojaat qilishni tanlash imkoniyatini ham ko‘zda tutadi. Uchinchidan qarzni undirishning tanlangan strategiyasiga (talabnomani qarzdorga yuborish, sudga murojaat qilish uchun hujjatlarni tayyorlash, majburiy ijro yetish uchun ijro varaqasini berish va h.k.) muvofiq amalga oshiriladigan qarzni so‘ndirishga qaratilgan aniq harakatlarni amalga oshirish orqali mavjud chigallikni hal yetish yoki uni yumshatish choralarini ko‘rish lozim1. Qonunchilik bilan belgilanishicha, vujudga kelgan paytdan boshlab 90 kun o‘tgan debitorlik qarzi muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi deb tan olinadi.2 Korxonada buning mavjudligi uning mansabdor shaxslariga 10 dan 15 YeKIH miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.3 Binobarin, muddati o‘tgan debitorlik qarzi korxona boshqaruvchilariga ko‘p muammolar keltirishi mumkin. Qayd qilish lozimki, belgilangan muddatlarning o‘tishi kontragent tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan paytdan boshlanadi. Binobarin, muammoni hal qilish uchun taraflar shartnomaviy majburiyatlarni bajarish muddatlarini uzaytirish uchun qo‘shimcha kelishuvni rasmiylashtirishlari Yetarli bo‘ladi. Qarzdorga nisbatan birdaniga sud muhokamasi tashabbusi bilan chiqish va unga nisbatan majburiy undiruv choralarini qo‘llash umuman shart yemas. Yuzaga kelgan majburiyatlarni uzoq vaqt va zo‘r berib undirishga harakat qilishdan yoki bu harakatlarning befoyda deb tan olgan holda qarz majburiyatlarini bekor qilishdan ko‘ra, uni vujudga kelishini oldini olgan maqbul hisoblanadi. Ya’ni qarzdorlik haqida ushbu qarzdorlikning yuzaga kelgandan keyin yemas, balki yuzaga kelgunga qadar qayg‘urgan maqbul hisoblanadi. Buning uchun nimalar qilish lozim. Avvalo kontragent bilan tegishli shartnomani rasmiylashtirish bosqichining o‘zidayoq taraflar majburiyatlarining aniq miqdorlari va majburiyatlarni ta’minlash choralarini ko‘zda tutgan holda amalga oshirish mumkin. Bu shartlar qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda uni so‘ndirishning qo‘shimcha kafolati bo‘ladi. Debitorlar va kreditorlar bizning strategik hamkorlarimiz hisoblanadi. Ularga nisbatan muomalada qonuniy va ijtimoiy normalardan kelib chiqqan holda harakat qilish lozim. Hech kim o‘z hamkorlari bilan munosabatni buzishni xohlamaydi. Shu sababli debitorlik va kreditorlik majburiyatlarni tahlil yetishda avvalo kontragentlarning tarkibiga va ularning doimiy faoliyat hamkorligidagi tarixiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Avvalo, kontragentlar bilan aloqada qarzdorlikning yuzaga kelish sabablarini o‘zidan va undan keyingina hamkoridan izlash lozim. Qarzdorlik nafaqat iqtisodiy munosabatlarni, balki jamiyat hayotini, ijtimoiy munosabatlarni ham chigallashtiradi. Korxonaning jismoniy va huquqiy shaxslar bilan bo‘ladigan munosabatlari alohida olingan subyektlarning muammosi yemas, balki butun iqtisod va jamiyatning ham muammosi hisoblanadi. Shu sababli, ularning yuzaga kelishI, muddatlarining cho‘zilishi, oqlanishi, himoyalanishi kabi masalalarga doimo muhim ye’tibor qaratish lozim. Qarzdorlikning oshib ketishi o‘z navbatida korxonalarning moliyaviy holatiga, barqarorligiga, to‘lovga qobilligiga ta’sir yetadi. Natijada korxonaning yashovchanligi, hayotiyligi qiyinlashadi. Debitorlik majburiyatlari deganda – qarshi tomonning (ajratilgan bo‘linmalar, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari, xodimlar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urta badallari bo‘yicha, ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlari bo‘yicha) korxonaga to‘lashi lozim bo‘lgan muddatli majburiyatlari nazarda tutiladi. Kreditorlik majburiyatlari deganda – qarshi tomonga korxonaning to‘lashi lozim bo‘lgan (mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga, ajratilgan bo‘linmalarga, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga, kechiktirilgan daromadlar, majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo‘naklar, budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz, sug‘urtalar bo‘yicha qarz, maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz, ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari) majburiyatlari nazar tutiladi. Majburiyat bu muayyan fuqarolik huquqiy munosabatidan iborat bo‘lib, unga amal qilishi orqali bir shaxs (qarzdor) ikkinchi shaxsga kreditor foydasiga ma’lum bir harakatni bajarishi, mol-mulkni topshirishi, ishni bajarishi, xizmat ko‘rsatishi, pul to‘lashi yoki biror harakatni bajarishdan tiyilishi zarur bo‘lgan holatga aytiladi.4 Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda Fuqarolik kodeksida ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi yoki vujudga keladi. Majburiyatlar xo‘jalik shartnomalari bandlariga to‘la amal qilmaslik natijasida yuzaga keladi. Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf yesa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to‘lash majburiyatini oladigan kelishuv xo‘jalik shartnomasi deyiladi. Qarzdorliklar xo‘jalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxsining aybi bilan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan, uning tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulki maqsadga nomuvofiq foydalanilgan, to‘lov intizomi buzilgan, xo‘jalik yurituvchi subyekt bankrotlikka duchor qilingan yoki shartnoma munosabatlari sohasida boshqa qoidabuzarliklar sodir yetilgan taqdirda yuzaga keladi. Debitor va kreditor so‘zlari ma’nosini ko‘payish va kamayish, qo‘shish va chegirish, kirim va chiqim ma’nosida qarash mumkin. Uning nomlanishiga asos qilib balansning aktiv va passiv qismlarga, hisobvaraqalarining aktiv va passiv turlarga tarkiblanishi asos qilib olingan. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil yetishda tahlil mazmunini majburiyatlarni hajmi, tarkibi, vujudga kelish davri bo‘yicha o‘rganish, majburiyatlarining aylanuvchanligi, tahlikali majburiyatlarning himoyalanganlik darajasini baholash, majburiyatlarning yuzaga kelishi va ularning muddatini o‘tkazib yuborilish sabablarini o‘rganish, majburiyatlar balansini tuzish, majburiyatlarning moliyaviy holatga ta’sirini baholash tashkil yetadi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tahlilining vazifalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: - aniq, to‘liq va o‘z vaqtida pul mablag‘lari va ularning harakati yuzasidan aniq hisob-kitoblarning yo‘lga qo‘yilganligini baholash; - hisob-kitoblarning va to‘lov intizomiga qat’iy rioya qilinganlik holatini baholash; - debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining (qarzlarining) turlari, to‘lov muddatlari va asoslanganligi bo‘yicha tarkibini aniqlash; - muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari holatiga, ularning jami majburiyatlar tarkibidagi salmog‘iga baho berish; - tovarlarni kreditga sotish, hisob-kitoblarning turli shakllari bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlarni baholash; - bank kreditlari va qarzlaridan maqsadli foydalanish, ular bo‘yicha majburiyatlarning joriy qismining qoplanishi yuzasidan holatini o‘rganish; - mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni xorijga sotish bo‘yicha majburiyatlarning yuzaga kelishi va ularning oqlanishi yuzasidan korxonadagi (hisob-kitoblarning shakli, valyuta kurslarining o‘zgarishlariga va h.k. ta’sirida) joriy va istiqboldagi tahlikalarni baholash. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotning birinchi shakli “Buxgalteriya balansi” to‘g‘risidagi hisobotdan, buxgalteriya balansiga ilovadan hamda balansning tegishli qatorlari bo‘yicha qaydlar, izohlar va tushuntirishlardan, “Korxonaning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi” statistik hisobot shakllaridan olinadi. Shuningdek, ichki moliyaviy tahlilda bosh kitob, hisob reestrlaridan, qarzdorlik vedemostlari, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari yuzasidan dalolatnomalar va boshqa manbalardan foydalaniladi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bevosita korxona bilan qarshi tomon o‘rtasida bo‘ladigan o‘zaro hisob-kitoblardan kelib chiqadi. Ularning yuzaga kelishi yuzasidan quyidagi sabablarni ko‘rsatish mumkin: - qarzdorlikning yuzaga kelishidagi yeng muhim sabab bu – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning to‘lov layoqatiga yega yemasligi, moliyaviy holatning yomonligidir. Debitor va kreditor qarzdorlik, ular hajmining o‘sib borishi, to‘lov muddatlarining cho‘zilib ketishi aktivlar va ularning likvidligidan pastligi bilan izohlanadi; - shartnomaviy munosabatlarga to‘liq rioya qilmaslik ham debitor va kreditor qarzdorlikning ortishiga olib keladi va tashkiliy sabablardan bittasidir; - mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotish yuzasidan pul mablag‘lari va o‘zaro hisob-kitoblarning mulkka bo‘lgan yegalik huquqining boshqa birovga o‘tishi bilan bog‘lanmaganlik sharti majburiyatlar yuzaga kelishining muhim sabablaridan biridir; - hisob-kitoblar, qarzdorlikni tartibga solishdagi qat’iy me’yorlarni ishlab chiqarish, tijorat va moliya faoliyatining zamonaviy talablariga va shakliga mos yemasligi ham qarzdorlikni oshishiga sabab bo‘lmoqda. Ya’ni, qarzdorlikni yuzaga kelishining o‘zigina yemas, balki uni undirish yuzasidan korxona yo‘l qo‘yadigan xarajatlar summasi tobora oshib ketmoqda; - qarzdorlikning oshishi va ularni to‘lash muddatlarining tobora cho‘zilib ketishining asl sabablaridan biri bu jismoniy va huquqiy shaxslarda qarzdorlik madaniyatining yo‘qligi hamdir. Qarzdorlikni so‘ndirish imkoniyatlari bo‘lgan holda, uni ortga surish, kechiktirish, to‘lamaslikka afsuski ko‘pchilikda moyillik kuchli.



Download 30,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish