Referat mavzu: O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari Tayyorladi


O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi mazmuni va mohiyati



Download 64,81 Kb.
bet9/13
Sana09.07.2022
Hajmi64,81 Kb.
#763599
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
my referay (1)

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi mazmuni va mohiyati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.


Ushbu vazifalardan kelib chiqib, yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, kelgusiga mo‘ljallangan vazifalar hamda yoshlar siyosatini amalga oshirishning milliy modelini belgilaydigan, sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun dasturulamal bo‘ladigan konsepsiya loyihasi taqdim etildi.
Konsepsiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Yoshlar — 2030” strategiyasida belgilangan “Yoshlar manfaatlarini ko‘zlab, ular bilan ishlash” bosh tamoyiliga asoslanadi.
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Yoshlar parlamentlari, Yoshlar komissiyasi, yoshlar tashkilotlari, yoshlar siyosati bo‘yicha milliy va xorijiy ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, faol yoshlar va boshqa keng ilmiy doiralar va jamoatchilik vakillarining muhokamalari, taklif va tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan.
Konsepsiyani ishlab chiqishda 50 dan ortiq mamlakatlarning yoshlar siyosatiga oid qonun hujjatlari, 20 dan ortiq yoshlar mintaqaviy birlashmalarining bitim va hujjatlari (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi, Islom Hamkorlik Tashkiloti va boshqalar), 30 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning umumiy normativ-hujjatlari (Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti, Parlamentlararo kengash va boshqalar) o‘rganilib, tahlil qilingan.
Konsepsiyaning maqsadi — yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga faol jalb qilishdan iborat.
Konsepsiyada 2021 — 2025-yillarda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bo‘yicha prognozlarni inobatga olgan holda, quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
a) yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish;
b) mamlakatda xavfsizlik, adolat va ekologik barqarorlikni ta’minlashda yoshlarning rolini oshirish;
v) yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, ular o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash;
g) ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;
d) yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik g‘oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
e) yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish;
j) yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish;
z) ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash;
i) yosh salohiyatli kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash;
k) yosh xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirish;
l) yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash;
m) yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Yuqorida qayd etilgan maqsad va vazifalar 4 bosqichda amalga oshiriladi:

  • yoshlarning fikrini o‘rganish orqali yoshlar sohasida mavjud muammolarni aniqlash;

  • ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda muammolarni hal etishga qaratilgan aniq yechimlarni ishlab chiqish;

  • aniqlangan muammolarni hal etish choralarini ko‘rish va ishlab chiqilgan takliflarni amalga oshirish;

  • muammolarning hal etilishi va takliflarning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish.



Download 64,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish