Referat mavzu: O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari Tayyorladi


Davlat xizmati tizimi yoshlar nigohida



Download 64,81 Kb.
bet6/13
Sana09.07.2022
Hajmi64,81 Kb.
#763599
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
my referay (1)

Davlat xizmati tizimi yoshlar nigohida.
Yoshlarni ish bilan ta'minlashning hozirgi tendensiyasi shuni ko‘rsatadiki, yosh avlod kasblarni "o‘z xohishiga ko‘ra" ya'ni qiziqishidan kelib chiqqan xolda, tanlashni afzal ko‘radi hamda tanlagan kasbida martabasining o‘sishi va moliyaviy mustaqillikka erishishiga umid qiladi. Barqaror ravishda ish bilan ta'minlanganlik va shu bilan birga "betashvish nafaqa" kabi omillar endi unchalik ahamiyat kasb etmaydi. Shu sababli, ish haqi miqdoridan qoniqmaslik va ish joylarini tez-tez almashtirish tendensiyasi yuzaga kelmoqda.
Yaqinda, 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston yoshlarining davlat xizmatiga bo‘lgan munosabatini aniqlashga qaratilgan "Ijtimoiy fikr" sosiologik tadqiqotining natijalari ma'lum qilindi. Unga ko‘ra, respondentlarning deyarli yarmi 49,4 foizi davlat idoralarida ishlashga xohish va istaklari borligini bildirdi. Olingan ma'lumotlarning tahlil natijalariga ko‘ra, respondentlarning gender xususiyatlariga qarab afzalliklarining farqlanishini ko‘rsatdi. Shunday qilib, qizlarning 55,6 foizi va yigitlarning 44,6 foizi davlat organlari tarkibida ishlashni afzal ko‘rishadi.
Har ikkinchi respondent davlat xizmati tizimida ishlashning eng jozibali shartini muhim boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda qatnashish, shuningdek, mamlakat va butun jamiyat rivojiga hissa qo‘shish imkoniyati deb biladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bugungi kunda davlat xizmatidagi yoshlarning ulushi 25 foizni tashkil etadi, shundan 15 foizi ishonchli tarzda yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.
O‘z navbatida, davlat organlarida ishlashni rejalashtirmagan respondentlar o‘zlarining mavqelarini ish haqining yetarli emasligi bilan oqlashadi. Bundan tashqari, so‘rovda qatnashgan fuqarolarning 27,4 foiziga ko‘ra, davlat xizmati istiqbolsiz, bir xildagi va odatiy ish deb ta'kidlashgan.


Qanday qilib yoshlarni davlat xizmatiga jalb qilish mumkin?
Hozirgi sharoitda, so‘rov natijalariga ko‘ra, davlat idoralari va tashkilotlariga yosh kadrlar bilan ishlash formatini o‘zgartirish, menejment yondashuvlari, xodimning ijodiy salohiyatini ochishga qaratilgan vazifalarni berish usullarini qo‘llash, qulay mehnat sharoitlarini tashkil etish va mehnatiga yarasha moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy qilish lozim.
Shuningdek, tajribali rahbar tomonidan yosh kadrlar uchun ustozlik institutini amalda ko‘llash, bitiruvchilarning kasbiy moslashuvi va yosh mutaxassislarning martaba o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, hujjatlarni rasmiylashtirishni minimallashtirish uchun davlat xizmatini iloji boricha raqamlashtirish zarur.
Yosh kadrlarning davlat xizmatiga kirish motivasiyasini oshirish uchun hukumat va yoshlar o‘rtasida o‘zaro aloqani o‘rnatish muhim. Masalan, BAA hukumatining yuqori mansabdor shaxslari muntazam ravishda "vazir bilan soat" o‘tkazadilar, suxbat davomida, bo‘lim rahbarlari o‘zlarining martabaga erishish sari bosib o‘tgan yo‘llarini, davlat xizmatida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari va istiqbollari to‘g‘risida suhbat uyushtirishadi, qizg‘in savol-javoblar va dadil tashabbuslar muhokama qilinadi.
Shu bilan birga, "Ijtimoiy fikr” tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma ko‘ra ishtirokchilarning 27,9 foizining, iste'dodli yoshlarni aniqlash va saralash uchun intellektual musobaqalarni muntazam o‘tkazish, universitetlar va davlat idoralari o‘rtasida yaqin aloqalarni o‘rnatishga zamin yaratadi.
Bundan tashqari, mavjud bo‘lgan yosh mutaxassislarning malakasini oshirishga alohida e'tibor berish muhimdir. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat organlari va tashkilotlarining malakali xodimlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun eng istiqbolli davlat xizmatchilarining chet ellarda doimiy ravishda stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.



Download 64,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish