Referat mavzu: Yevropa tiklanish va tarqqiyot banki



Download 29,66 Kb.
Sana30.05.2023
Hajmi29,66 Kb.
#945796
TuriReferat
Bog'liq
YTTB


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR TA`LIM VAZIRLIGI

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
“Moliya va bank ishi ” kafedrasi

Pul va banklar” fanidan


REFERAT

MAVZU: Yevropa tiklanish va tarqqiyot banki



Tayyorladi: Yusupov Hasan
Xoliqberdiyev Hasan
Qabul qildi: Melikov Otabek
Denov-2023 yil

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (inglizcha European Bank for Reconstruction and Development) — Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga aʼzo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam koʻrsatuvchi xalqaro bank. 1990-yilda 42 aʼzo mamlakat hukumatlari tomonidan 10 mlrd. ekyu mablagʻ bilan tashkil etilgan. 1991-yildan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida boʻlgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar (davlat mulki va korxonalarini xususiylashtirish hamda monopoliyadan chiqarish; tadbirkorlikni rivojlantirish; islab chiqarish, xizmat koʻrsatish va moliya sektorlariga investitsiyalarni jalb etish; kapital bozorini shakllantirish va boshqa)ga moliyaviy yordam koʻrsatadi va ularning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tezroq qoʻshilishiga koʻmaklashadi. Bank kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlar sinfini shakllantirish masalalariga katta eʼtibor beradi, transport, energetika, islab chiqarish sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashda ishtirok etadi. Bank resurslarining kamida 60 % xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari yoki xususiy sektor korxonalariga, 40 % infratuzilma yoki boshqa loyihalarga yoʻnaltiriladi. 1997-yilda bank tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyaviy taʼminlagan loyihalar qiymati 240 mln. ekyuni tashkil etdi. Oʻzbekiston 1992-yil boshida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankiga aʼzo boʻldi va shu yili Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi. 1993-yildan Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. 1994-yil 10-yanvarda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Direktorlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari boʻyicha salbiy garov shartlarini bekor qildi.
Tarixi
Londonda joylashgan YTTB dastlab xususiy sektorga, asosan banklar, sanoat tarmoqlari va biznes vakillariga sarmoya kiritish va ularning siyosatini muvofiqlashtirish orqali Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida markazlashtirilgan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtishiga eʼtibor qaratishni maqsad qilgan edi [1]. Bank Sovuq urushning tugashi natijasida, mavjud xalqaro tizim, oʻsha paytdagi tarixiy va siyosiy kontekst bilan bogʻliq alohida muammolar tufayli yaratilgan [2]. Qolaversa, u tomonidan sarmoya kiritilayotgan mamlakatlar "koʻp partiyaviy demokratiya va siyosiy plyuralizm" yoʻlida harakat qilishlarini kafolatlashlari kerak edi [3], bu esa YTTBni boshqa moliyaviy institutlardan ajratib turadigan xususiyat hisoblanadi [1]. Dastlab 1989-yilda Fransiya prezidenti Mitteran kabi Yevropa siyosiy arboblari tomonidan ilgari surilgan ushbu moliya muassasini Yevropa davlatlari ishtirokida yaratish gʻoyasi Berlin devori qulashidan ancha oldin paydo boʻlgan edi. Bu taklifni qabul qilish mamlakatga qarab yumshatilgan, masalan, inglizlar tomonidan dushmanlik sifatida qabul qilingan, fransuzlar esa loyihaning asosiy tarafdorlari boʻlgan va jarayonga taʼsir qilgan [2]. 1990-yil yanvar oyida YTTBning maqsadlari, uning davlat va xususiy sektorga nisbatan kredit siyosati boʻyicha muzokaralar boshlandi va oʻsha paytdagi barcha Yevropa Ittifoqi davlatlari, shuningdek, boshqa Yevropa davlatlari, Yevropadan tashqari davlatlar hamda Yevropa Ittifoqi vakillari va Yevropa investitsiya banki ishtirok etdi. Sovet Ittifoqi bu jarayonda oʻz delegatsiyasi bilan ishtirok etdi va shu tariqa muzokaralarda AQSh bilan bir qatorda ishtirok etdi. Keyinchalik, institutning siyosiy va iqtisodiy maqsadlari boʻyicha kelishmovchiliklar tufayli Sovet Ittifoqining aʼzo boʻlishi xavfi tugʻildi. Qisqa muzokaralar sifatida koʻrib chiqilgan shartnoma (Sharqiy Yevropadagi vaziyat va Yevropa boʻylab xususiylashtirish toʻlqini bilan bogʻliq sabablarga koʻra) uning yaratilishiga olib kelgan 1990-yil 29-mayda 40 ta davlat va ikkita Yevropa tashkiloti kabi ishtirokchilar tomonidan imzolangan [4] va 1991-yil mart oyiga kelib, bank ochilgandan soʻng oʻzining birinchi taʼsirini koʻrsatdi. YTTBning tashkil etilishi uning birinchi faoliyatidan keyingi yillarda turli loyihalarni moliyalashtirishga olib keldi, masalan, 1992-yilda YTTB 2,1 milliard EKYu miqdorida yigirmata loyihani moliyalashtirgan [4]
YTTBning Oʻzbekistondagi faoliyati
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonda moliyaviy sektor va bank infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurelarni uzlashtirish, paxtani qayta ishlash va engil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy ettirish kabi etti yoʻnalishda faoliyat yuritadi. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln. ekyu); energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 mln. ekyu) va Toshkent xalqaro aeroportini taʼmirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln. ekyu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratdi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki ishtirokida umumiy qiymati 1 mlrd. AKD1 dollaridan ortiq boʻlgan 15 loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln. AQSh dollariga teng). Xususan, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki tomonidan Oʻzbekistonda oʻrta va kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 120 mln. AQSh dollaridan iborat kredit berildi. Shundan 60 mln. AQSh dollari hukumat kafolatisiz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 mln. dollari esa hukumat kafolati bilan boshqa tijorat banklariga berilgan[5].
Prezidentlari

  • Jacques Attali (1991–1993)

  • Jacques de Larosière (1993–1998)

  • Horst Köhler (1998–2000)

  • Jean Lemierre (2000–2008)

  • Thomas Mirow (2008–2012)

  • Suma Chakrabarti (2012–yildan)[6][7]

YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI (ETTB) (The European Bank for Reconstrustion and Development) — Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga a’zo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam ko’rsatuvchi xalqaro bank. 1990 yilda 42 a’zo mamlakat hukumatlari tomonidan 10 milliard EKYu mablag’ bilan tashkil etilgan. 1991 yildan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda. ETTB bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida bo’lgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar (davlat mulki va korxonalarini xususiylashtirish hamda monopoliyadan chiqarish; tadbirkorlikni rivojlantirish; ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va moliya sektorlariga investitsiyalarni jalb etish; kapital bozorini shakllantirish va hokazolar)ga moliyaviy yordam ko’rsatadi va ularning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tezroq qo’shilishiga ko’maklashadi. Bank kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash va tadbirkorlar sinfini shakllantirish masalalariga katta e’tibor beradi, transport, energetika, ishlab chiqarish sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashda ishtirok etadi. Bank resurslarining kamida 60% xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari yoki xususiy sector korxonalariga, 40% infratuzilma yoki boshqa loyihalarga yo’naltiriladi. 1997 yilda bank tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyaviy ta’minlagan loyihalar qiymati 240 million EKYuni tashkil etdi. O’zbekiston 1992 yil boshida ETTBga a’zo bo’ldi va shu yili Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi. 1993 yildan O’zbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. 1994 yil 10 yanvarda ETTBning direktorlar kengashi O’zbekiston Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari bo’yicha salbiy garov shartlarini bekor qildi. ETTB O’zbekistonda moliyaviy sektor va bank infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurslarni o’zlashtirish, paxtani qayta ishlash va yengil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy ettirish kabi etti yunalishda faoliyat yuritadi. ETTB Farg’ona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 million EKYu); energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 million EKYu) va Toshkent xalqaro aeroportini ta’mirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 million EKYu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratdi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda ETTB ishtirokida umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollaridan ortiq bo’lgan 15 loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 million AQSh dollariga teng). Xususan, ETTB tomonidan O’zbekistonda o’rta va kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 120 million AQSh dollaridan iborat kredit berildi. Shundan 60 million AQSH dollari hukumat kafolatisiz O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 million dollari esa hukumat kafolati bilan boshqa tijorat banklariga berilgan (2001). Ashur Qodirov.
Download 29,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish