Reja : L. Kirish 1


Biz bu mavzuni boshlashdan avval, Buxoro viloyati, shuningdek, uning tumanlaridan bo’lgan Peshko’ haqida to’xtalib o’tamiz



Download 103,47 Kb.
bet2/4
Sana13.06.2022
Hajmi103,47 Kb.
#664961
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi Me\'moriy obidalar.Rasulov Orifjon

Biz bu mavzuni boshlashdan avval, Buxoro viloyati, shuningdek, uning tumanlaridan bo’lgan Peshko’ haqida to’xtalib o’tamiz.
Buxoro viloyati — Oʻzbekiston Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida, chegasining kattaligi boʻyicha Navoiydan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan.
va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 39,4 ming km2. Aholisi 2 millondan ziyod kishi (2018). Buxoro viloyati tarkibida 11 qishloq tumani:
Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorakoʻl, Gʻijduvon, 11 shahar (Buxoro, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Kogon, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorakoʻl, Qorovulbozor, Gʻijduvon), 3 shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Buxoro shahar aholisining etnik tarkibi asosan Uzbek, Rus, Fors (Eroniylar), Turkman, tojik, Ukrain, koreys, tatar va boshqalar tashkil etadi

Buxoro viloyatining hududiy boʻlinishi va unda Peshko` tumani

#

Tuman nomi

Tuman markazi

1

Olot tumani

Olot

2

Buxoro tumani

Galaosiyo

3

Gʻijduvon tumani

Gʻijduvon

4

Jondor tumani

Jondor (shaharcha)

5

Kogon tumani

Kogon

6

Qorakoʻl tumani

Qorakoʻl (shahar)

7

Qorovulbozor tumani

Qorovulbozor

8

Peshku tumani

Yangibozor

9

Romitan tumani

Romitan

10

Shofirkon tumani

Shofirkon

11

Vobkent tumani

Vobkent

Keyingi sahifada Buxoro voloyati tumanlari,xususan, Peshko` tumani ham xaritada ko`rsatilgan. Bu xarita orqali Buxorodagi tumanlar vaKurs ishi mavzusi bo`lgan Peshko` haqida muayyan tushunchaga ega bo`lishi mumkin


Bo'linishi: Olot (1), Buxoro (2), Vobkent (11), G'ijduvon (3), Jondor (4), Kogon (5), Qorako'l (6), Qorovulbozor (7), Peshkun (8), Romitan (9), Shofirkon (10)




Peshkoʻ tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi tuman. 1950-yil 15-aprelda tashkil etilgan. Maydoni 8,72 ming km2. Aholisi 107,5 ming kishi (2013). Aholi zichligi 1 km2.ga 13,1 kishi toʻgʻri keladi. Peshkoʻ tumanida 10 qishloq fuqarolari yigʻini (Abu Ali ibn Sino, Bogʻimuso, Varaxsha, Jongeldi, Zandoni, Peshkoʻ, Chibogʻani, Yangibozor, Qalʼaimirishkor, Qoraqalpoq) bor. Markazi — Yangibozor shaharcha
Bu yerda dastlab(1925-yilgi milliy chegaralanishdan so`ng),Zandani tumani tashkil etilgan bo`lib,1930-yilda Vobkent tumaniga qo`shib yuborilgan
1959-yil 19 aprelda Vobkent tumani tarkibiga kiritilgan, 1978-yil. 5 aprelda qaytadan tuzilgan. 1988-yil 5 sentabrda da Romitan tumani bilan birlashtirilgan, 1989-yil 17-maydan yana alohida tuman maqomiga ega boʻldi.
Peshku tumani viloyatning markaziy qismida joylashgan va shimoli-gʻarb yoʻnalishi boʻylab uning eng shimoliy chekkasigacha 250 km masofaga choʻzilgan. Shimoldan dan Navoiy viloyati, shimoli-garbdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shimoli-sharq va sharqdan viloyatning Shofirkon, Vobkent tumanlari, janub va janubi - sharqdan Romitan, Jondor tumanlari bilan chegaradosh. Tabiati. Tuman hududi, asosan, tekislikdan iborat. Faqat, Quljuqtovga tutash yerlarida relyefi bir oz murakkab va bu yerdagi past togʻlarning bal. 785 m ga yetadi. Bu viloyatdagi eng baland joydir. Peshku tumanining 4% ga yaqin may-doni Buxoro vohasidagi sugʻoriladigan yerlardan iborat, qolgan qismi turli tipdagi choʻl yaylovlaridir.
Peshku tumani viloyatning markaziy qismida joylashgan va shimoli-gʻarb yoʻnalishi boʻylab uning eng shimoliy chekkasigacha 250 km masofaga choʻzilgan. Shimoldan dan Navoiy viloyati, shimoli-garbdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shimoli-sharq va sharqdan viloyatning Shofirkon, Vobkent tumanlari, janub va janubi - sharqdan Romitan, Jondor tumanlari bilan chegaradosh.
Tabiati. Tuman hududi, asosan, tekislikdan iborat. Faqat, Quljuqtovga tutash yerlarida relyefi bir oz murakkab va bu yerdagi past togʻlarning bal. 785 m ga yetadi. Bu viloyatdagi eng baland joydir. Peshku tumanining 4% ga yaqin may-doni Buxoro vohasidagi sugʻoriladigan yerlardan iborat, qolgan qismi turli tipdagi choʻl yaylovlaridir.
Iqlimi subtropik belgilarga ega boʻlgan keskin kontinental choʻl iqli-mi. Tuman hududi shimoli-gʻarbga choʻzilganligi tufayli iqlimida sezilarli xudu-diy farqlanishlar bor. Yanv. oyining oʻrtacha tempraturasi janubda 0° atrofida, shimolda —2°,—3°, iyulniki 28—31,5°. yillikoʻrtacha yog‘in 100—130 mm., Quljuqtovda 200 mm, togʻning shimoli-gʻarbiy etagidagi pastqam tepaliklarda 75 mm.Shamollar yil davomida aksariyat janub, janubi-gʻarbiy yoʻnalishga ega. Tuman choʻl zonasida joylashgan, doimiy oqar suvlar yoʻq.
Ekinzorlar Amu—Buxoro mashina kanalining shimoli.-gʻarbiy tarmogʻidan sugʻoriladi. Tuman hududidan qoʻshni tumanlarga kirib keladigan oqova suvlar Shimoli-Gʻarbiy kollektor orqali suv boʻyida yashovchi qushlarning yirik maskani boʻlgan Qoraqir koʻliga (mayd. 23,7 km2) oqiziladi. Tumanning voha qismida madaniy tuproqlar, choʻl zonasida sur tusli qoʻngʻir, choʻl qumli, qumloq, taqir, taqirsimon va shoʻrxok tuproklar uchraydi. Quljuqtov etagidagi quruq oʻzanli Daryosoy vodiysida taqirsimon tuproqlar katta maydonni egallagan. Qumli joylarda oq saksovul, quyonsuyak, qandim, partak, patloq, cherkez, gipsli choʻllarda shuvoq, isiriq, sassiqkovrak, qizilcha (efedra), tuyatovon, etalak, karrak oʻsadi. Choʻllarda sut emi-zuvchi hayvonlarQorakoʻl koʻli atrofilarida esa suv boʻyi qushlar yashaydi. Qoraqir tashlama koʻli va koʻl sohili, suv boʻyi qushlari va nodir hayvonlarni qoʻriqlash maqsadida, buyurtma hudud deb eʼlon qilingan.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, turk, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 10,1 kishi. Barcha aholi qishloqlarda yashaydi.
Xoʻjaligi. Tumanda paxtachilik, gʻallachilik, sabzavot va polizchilik, chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Oʻrmonchilik, ipakchilik yoʻlga qoʻyilgan. Sanoat korxonalari faoliyati qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan bogʻliq. Paxta tozalash zavodi, 2 avtokorxona, 427 kichik, 2 kooperativ, bitta xoʻjaliklararo korxona bor. Oʻzbekiston—Belorussiya «Peshku-teks» qoʻshma korxonasi mavjud. Avtoyoʻllar uzunligi 392 km. Tumanda 15 shirkat xoʻjaligi, 487 dehqon-fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Sugʻoriladigan yerlar maydoni 22,3 ming ga, shu jumladan, 10,5 ming ga yerga paxta, 5 ming ga yerga don, boshqa yerlarga poliz, sabzavot, kartoshka, ozuqa va boshqa ekinlar ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 38 mingdan ziyod qoramol, 104,8 ming qoʻy va echki, 1892 tuya, 518 ot, 21450 par-randa boqiladi.
Tumandagi 48 umumiy taʼlim maktabida 23027 oʻquvchi taʼlim oladi. 2 kollej (Peshku sanoat, transport, aloqa va qishloq xo’jalik kollejlari, 1060 oʻquvchi) ishlab turibdi. 32 kutubxona, buyuk alloma ibn Sino yurti Afshona qishlogʻida Abu Ali ibn Sino muzeyi bor. Tumandagi 300 oʻrinli kasalxona va boshqa tibbiy muassasalarda 126 vrach ishlaydi. 1979-y. dan «Peshku ovozi» gazetasi chop etiladi (adadi 1000).
Mahalliy toponimistlarning fikricha, tuman nomi PESHKO` so`zining o`zi fors tojik tilidagi “Pesh” – “old”, “ko`” – “tog` yoki tepalik” ma`nolarini bildiradi.
Afsonalarga ko`ra bu hudda avval tog` bo`lgan va tog`(yoki tepalik) yaqinidagi qishloq nomidan shunday nom olgan. Boshqa afsonaga ko`ra esa, Buxoro yurtiga dushman bostirib kiribdi. Ko`p joylarni zabt etib, hozirgi Peshko` tuprog`iga qadam qo`yganda, har gal dushman oldida tog` paydo bo`lar, dushman chekinishi bilan,yana tog` o`z o`rniga qaytar ekan. Boshqa manbalar «Peshi kuy — «Katta yoʻl ustidagi joy» maʼnosini bildiradi va shu nomdagi qishloqqa nisbatan ishlatilgan deya ma`lumot beradi. Keyinchalik tuman ham shu nom bilan atalgan. Bu atamaning «peshi koʻh» — «oldindagi togʻ» varianti ham bor. Bundan tashqari, Peshko` aslida Peshkoh – oldingi,hashamatli,katta qishloq,qo`rg`on,qal`a ma`nolarini anglatadi. Olimlardan T.Nafasov va V.V.Bartold ,Muhammad Narshaxiylar Koh so`zini “qasr” shaklida talqin etishgan. Shuni hisobga olsak, “Peshko`” so`zi Peshkoh so`zining o`zgargan shakli bo`lishi va tepadagi ma`noni anglatishi mumkin6 Peshko`da joylashgan eng qadimiy hududlardan biri Afshona Afshina tarzida Muhammad Narshaxiy tomonidan yozilgan “Buxoro tarixi” kitobida keltirilgan. U yozadi: ”Afshina. Katta shoristonga va mustahkam hisorga egadir. Bir qancha qishloqlar unga mansubdir. U yerda har haftada bir kun bozor boʻladi. Bu qishloqning ekin yerlari va biyobonlari madrasa talabalariga vaqf qilingan. Qutayba ibn Muslim u joyda masjidi jome bino qilgan. Muhammad ibn Vose ham bir masjid qurdirgan. Bu yer duo qabul boʻladigan joy. Odamlar shahardan u joyga boradilar va uni tabarruk deb hisoblaydilar”7.
U Peshko’dagi yana bir qadimiy qishloq Zandani haqida ham yozib qoldirgan. O’z kitobida bu qishloq haqida:
“Zandana. Bu qishloq katta qalʼaga, koʻpgina bozor joylarga masjidi jomega ega. Bu yerda har juma kuni namoz oʻqiydilar va bozor qiladilar. Bu qishloqda (toʻqib) chiqariladigan narsa— boʻzni «zandaniychi», yaʼni «Zandana qishlogʻidan chiqadigan» deb ataydilar. Bu yerda u ham yaxshi, ham koʻp boʻladi. Shu xil boʻzdan Buxoroning koʻp qishloqlarida toʻqiydilar va buni ham«zandaniychi» deb ataydilar. Chunki u avvalo shu qishloqda toʻqib chiqarilgan. Shu xil boʻzdan Iroq, Fors, Kermon, Hindiston va boshqalar kabi hamma viloyatlarga olib boradilar. Barcha ulugʻlar va podshohlar undan kiyim qiladilar va ipakli kiyimlik bahosida sotib oladilar. Xudo bu qishloqni hamisha yashnatsin!” 8
Bundan tashqari yana bir qiziq ma’lumot 1997-yilda chiqarilgan “Romitan tarixi” kitobida ham uchraydi. Unda “Ibn Sino uz tarjimayi holida shunday yozadi: “Xarmaysan qishlog’i yaqinida Afshona nomi bilan qishloq bor. Shu yerda tug’ilganman”. Afshona qishlog’ini ayrimlar qo’shni Lag’laqa qishlog’i bilan bitta, deb hisoblab adashadilar. Afshonani manbalarda baʼzan Afshina deb ham ataganlar.L. Soldadze Afshona xakida kimmatli maʼlu motlarni keltiradi. Uning taʼkidlashicha, turk xalqi uzining urug’ oqsoqolini Ashina deb atagan. Eramizdan avvalgi II asrda xitoyliklar bilan xunnlar o`rtasida qattiq,jang bo’ladi. Xitoyliklar xunnlarni qirib tashlaydi. Oltoyda, rivoyatlarga ko’ra, faqat 9 yashar qo’l-oyoqlari kesilgan o’g’il bola qoladi. Undan, keyinchalik qutqarilgan ona bo’ridan o’nta o’g’il tug’iladi va Ashina xalqi yuzaga kela boshlaydi. “A”— xitoycha “oliyjanoblik belgisi” , “shino”— qadimgi mo’g’ulcha — “bo’ri” . Ashina—’’oliyjanob bo’ri” demakdir. Balki bu haqiqatdan yiroq bir afsonadir. Lekin Afshona— “xaft shona” yaʼni “etti tarmoq” degan maʼnoni xam bildiradi” degan ma’lumot keltirilgan9.Shuningdek, Peshko’ nomi Abdulkarim as-Samoniyning “Nasabnoma” asarida “Baskoir” shaklida qayd etilgan. Ammo bu ham shubhali sababi bu hududning Buxorodan qancha uzoqdaligi aniq ko’rsatilmagan. “Nasabnomaning o’bekchasida esa bu hudud taxminiy hozirgi Peshko’ hududiga to’g’ri kelishi yozilgan. Baskoir atamasi Peshko’ nomidan ancha uzoq bo’lib balki, Peshko’ga yaqin qishloq shunday nomlangan bo’lishi mumkin. Ehtimol, asrlar mobaynida qishloq nomi o’zgargan yoki “ Nasabnoma”ni ko’chirish jarayonida orfografik,morfoligik xato ketgan balki. Sababi “ Nasabnoma”da Afshona nomi Narshaxiy ma’lumotidan farqli ravishda Afsha-von,Fashna shaklida qayd etilgan
Miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri yillikning boshlarida Zarafshonning quyi qismlaridagi Moxon-daryo, Gurdush va Gujayli oʻzanlarining atroflari dashtlikka aylanib, hayot uchun nobop va istiqbolsiz boʻlib qolgan. Yarim chorvador va yarim dehqon qabilalar bu oʻlkani tark etib, hozirgi Buxoro vohasining shimoliy va shimoli- gʻarbiy qismlariga Qiziltepa va Vobkentdaryo adogʻlariga tomon siljigan. Natijada ushbu hududlarda aholi manzillari, mudofaa istehkomlari paydo boʻla boshlagan. Bu jarayonlar miloddan avvalgi 6-5- asrlarga toʻgʻri keladi,Peshku tumanidagi qadimgi aholi manzillari hamda Varaxshadan 20 km. gʻarbda qayd etilgan Boshtepa guruhiga mansub yodgorliklar shu ajdodlar tomonidan bunyod etilgan. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda esa Varaxsha atroflari hamda Vobkentdaryo adogʻidagi yerlar oʻzlashtirilib, ilk dehqonchilik qishloqlari qad koʻtara boshlagan. Bu hududlar hozirgi Peshkoʻ tumaniga ham qarashli boʻlib, qad koʻtargan aholi manzillari, Narshaxiy asarida qayd qilinganidek,Buxoro shahridan qadimiyroqdir. Bu manzillar arxeologlarimiz tomonidan chuqur tahlil etilib, Zamonbobo va boshqa madaniyatlar shaklida tarixiy manbalarda qayd etilgan. Akademik Axmadali Asqarov “Oʻzbek xalqining kelib chiqishi tarixi” asarida "Samarqand va Buxoroni ilk shahar madaniyatining tarixiy ildizlari qaysi davr va qanday yodgorliklarga borib taqalishi fanda nomaʼlum edi. Shuning uchun sobiq shoʻro davri tarixshunosligida Oʻrta Osiyoga ilk shahar madaniyati Eron Ahmoniylari va Iskandar boshliq yunonlar tomonidan olib kelingan, bu joyning aholisi saklar esa o’tovlarda yashab koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullangan edilar”, deb tushuntirilar edi. Ammo o’tgan asrning 70-yillaridan boshlab olib borilgan arxeologik izlanishlar bunday gʻayriilmiy qarashlarning asossiz ekanini isbotladi”, deb taʼkidlab oʻtgan. Tarixiy manbalarga asoslanilsa, Axmoniylarning oʻzi mintaqani bosib olgandan keyin, undan keyingi bosqinchi Aleksandar Makedonskiy bu yerlarga shahar qurish uchun kelmagani aniq. Agar ular qasrlarda yashagan boʻlsa, Turon zaminiga nima uchun kelgan. Muvorounnahrda axmoniylardan oldinroq ham, Abu Rayhon Beruniy taʼkidlaganidek, Iskandar bu yerlarni bosib olishdan IX asr ilgari ham Xorazm hududida Turk sultonligi mavjud boʻlgan. Demak, biz shaharsozlikni ulardan oʻrganmaganligimiz kundek ravshan.Akademik Ahmadali Askarov qayd etganlaridek, Zarafshon vodiysida topib oʻrganilgan choʻl mintaqalariga xos moddiy madaniyat obidalar kompleksining eng qadimiysi Zamonbobo madaniyatidir. Miloddan avalgi 2 ming yillik oʻrtalarida Zarafshon vodiysiga kirib kelgan chorvador qabilalar mintaqada boshlangan muntazam iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqarib yubormasa-da, ammo siyosiy va harbiy hukmronlik ular qoʻliga oʻtgach, uzoq yillar davomida Sarazmdan boshlangan urbanistik rivojlanishni butun vodiy boʻylab vaqtincha toʻxtatib qolishga olib keldi.Natijada Zamonbobo madaniyati aholisi miloddan avvalgi ming yillikni oʻrtalarida Oʻrta Osiyoga uning shimoliy-gʻarbiy hududlari tomonidan kirib kelgan Yevroosiyo chorvador dasht qabilalari tarkibiga singib ketdi. Ahmadali Asqarovning "Oʻzbek xalqining kelib chiqish tarixi” asarida quyidagilar qayd etilgan: "Soʻnggi bronza davrida Oʻrta Osiyoning shimoliy-sharqiy hududlari tomonidan kirib kelgan Andronova qabilalari qadimgi Xorazm sarhadlari bilan cheklanmadi. Uning katta guruhi bronza va ilk temir davrida Amudaryoning quyi havzalaridan janubiy Qizilqum orqali Buxoro vohasining shimoliy-gʻarbiy qismlariga ham joylashib,keyin undan quyi hududlariga Zarafshon vodiysining Moxandaryo xavzalari boʻylab kelib o’rnashadilar,(Ahmadali Asqarov, "Oʻzbek xalqining kelib chiqishi tarixi". 194,262,264 bet)
"Ular tarkibiga bu zaminning Zamonbobo madaniyati aholisi asta-sekin singib ketadi. Ular Qorakoʻl tumanidan oʻtgan Moxandaryoning Goʻjayli oʻzanlari sarhadlari, shimoliy-sharqiy chegaralarida koʻchma qumliklar oralab,Zamonbobo koʻlidan to Kichik Tuzkon, Katta Tuzkon, Kantari koʻligacha yoyilgan toshqin suv chegaralarida, shuningdek, Qashqadaryoning Moxandaryo Irmoq oʻzanlarining Qumsulton chegarasigacha choʻzilgan dashtliklarda 30 ta punktda mavsumiy manzilgohlar sifatida bizgacha yetib kelgan”. Tarixiy manbalar, arxeologik izlanishlar natijasidan bilamizki, Buxoro shahri oʻrni, uning atroflari botqoqlik koʻllardan iborat boʻlgani bois ham, bu hududda aholi yashash maskanlari boʻlmagan. Demak, bu yerlarni makon insonlar Yevroosiyo hududlaridan kirib kelgan koʻchmanchi va turkiy chorvador qabilalar boʻlgan. Bu migratsion jarayonlar Peshkoʻ va boshqa tumanlarga ham aloqador.
Demak, Peshkoʻ, Romitan tumanlari hududidagi aholi maskanlari Buxoro shahridan qadimiyroq deyishimizga asos bor. Muhammad Narshaxiy keltirgan faktlar va arxeologik izlanishlarning xulosalari bizning fikrimizni tasdiqlaydi. Agar Zandana rudini (katta kanal) turkiy sulola Kushon podshohligi davrida chiqarilganini inobatga olsak, demak, bundan 2000-yillar ilgari ham Peshkoʻ hududidachorvachilik, dehqonchilik, irrigatsiya ishlariga alohida eʼtibor qaratilgani ayon boʻladi. Tarix bu kechagi kun geografiyasi. Uni bila-koʻra buzish kechirilmas gunohdir.Ayrim tarixiy manbalarni oʻrganar ekanmiz, maʼlum davrlarda, Turkiston, Movarounnahr tarixini soxtalashtirishga harakat qilingani nurday ravshan boʻladi. Sobiq ittifoq davrida oʻzbeklarni qoloq, savodsiz, bobokalonimiz Amir Temur, islom dini, uning ulugʻ alloma-lari shaʼniga otilgan toshlar, yolgʻonlarni hali unutganimiz yoʻq. Ana shu “savodsiz o‘zbek”lar asos solgan fanlar tufayli insoniyat bugungi kunda kosmosga yoʻl oldi, mobil telefonlarni yaratdi. Hindistondagi "Tojmahal", Nil daryosidagi "Suv oʻlchagich"ni qurgan, arab tilining birinchi grammatikasi yozgan,aylanasini hisoblagan, X oxirlaridaAmerika qitʼasini aniqlagan ham ana shu oʻzbek boʻladi. "Avesto” da qayd etilganidek, bu zaminda "Tur” lar yashagani, bu juda ulkan mintaqa Turon va keyinchalik Turkiston deb nomlanganini butun dunyo biladi. “Avesto” ning vatani Xorazm esa dunyoning eng qadimgi (2700-yil) davlatlari sirasiga kiradi. Betakror Samarqand ham ana shunday ulugʻ yoshda. Bu shaharning birinchi rivojlanish davri Turk xoqonligi tasarrufida boʻlgan Soʻgʻd podshohligi (V-VII asrlar) davriga toʻgʻri keladi. Oʻsha davrda Zarafshon vohasida hoqonlik himoyasida tinchlik-osoyishtalik sabab dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va boshqa sohalar taraqqiy etgan. Buni biz tarixiy manbalardan yaxshi bilamiz. Arablar bosqini davrida Soʻgʻd hududi, qolgan viloyatlar ham tushkunlik iskanjasida qolgan. Somoniylar davrida markaz Buxoroga koʻchirildi. Samarqand va Buxoro Chingiz tomonidan buzib tashlandi. Bobomiz Amir Temur Samarqandni Turkistonni poytaxtiga aylantirgach, shahar qayta tugʻildi va Sharq poytaxtiga aylandi. Maʼlumki, Movarounnahr uning atrofidagi davlatlarning koʻpchiligi miloddan ilgari 1 asrdan boshlab turkiy sulolalar qoʻl ostiga oʻtadi. Bunga Kushonlar (I-IV asr), Eftaliylar (IV-VI asr), Turk xoqonligi (ashinaliylar, VI-VIII asrlar)ni misol sifatida koʻrsatish mumkin. 715-yildan esa Movarounnahr toʻliq arablar tasarrufigaoʻtdi. Lekin mintaqada, asosan, turkiy xalqlar yetakchilik qildi. Somoniylardavrida (898-999) ham harbiy qoʻshin,uning sarkardalari asosan turkiylardan tashkil topgan edi.Ular Movarounnahr, Buxoroni bir necha asrlar davomida himoya qildilar. Oʻsha davrda Samarqand, Buxoro shaharlariaholisi asosan, turklar va mahalliy tojiklardan iboratboʻlgan. Buxoro Somoniylar davlatining poytaxtisifatida taraqqiy etdi. Dehqonchilik, hunarmandchilik,ilm-fan rivoj topdi va bu sulola ham oʻzbek davlatchilik tarixida alohida iz qoldirdi. Birgina Ibn Sinoni misol qilib keltirishning oʻzi bunga kifoya qiladi.

2. Peshko’ tumanining Oʻrta va Yangi asr obidalari hamda tarixi



Tarixiy manbalarda qaysi urugʻdan boʻlishdan qatʼiy nazar, Buxoroni boshqargan hukmdorlar buxorxudotlar debtilga olinadi. Arablar Movorounnahrga bostirib kirgandavrlarda Buxoroni Bidun va uni turmush oʻrtogʻi turkmalikasi manbalarda Xoʻtak Xotun (Xabaj Xotun) boshqargan.Eri vafotidan keyin malika oʻgʻli Tugʻshoda balogʻat yoshigyetguncha, yolgʻiz oʻzi Buxoro hududiga rahbarlik qilgan. Muhammad Narshaxiyning taʼkidlashicha, Xabaj Xotunhukmronlik qilgan davrda undan donoroq biror kishi boʻlmagan. U donolik bilan hukmronlik qilgani uchun xalq unga itoatda boʻlgan. Arab qoʻshinidan yengilgach, Xotun Buxoroni arablar zulmidan qutqarish uchun sulh tuzishga majbur boʻladi. Umuman olganda, bu sulola, yaʼni Tugʻshodalar 782-yilgacha Buxoroga hukmronlik qilgan. Oxirgi Buxorxidod Bunyod arablarga qarshi qoʻzgʻolonni qoʻllab- quvvatlagani uchun arablar tomonidan qatl etilib, xudodlik tugatilgan.Oʻsha davrlarda Buxorxudodlar tasarrufiga hozirgi Buxoro shahri, Buxoro, Qorakoʻl, Jondor, Kogon, Vobkent, Romitan, Olot tumanlari hududlari kirgan. Peshkoʻ, Shofirkon, Gʻijduvon, Qiziltepa, Navoiy viloyati hududlari Vardonxudodlar tarkibida boʻlgan. Fikrimizcha, ana shu davrlarda Peshkoʻ tumanining markazi Afshonada boʻlgan va bu hududni Afshina (Afshona) shohi boshqargan. Muhammad Narshaxiy bu haqida shunday yozib qoldirgan: "Bir vazir” Turkistondan kelgan edi. Nomi Vardonxudod, Vardona yerlari unga tegishli edi. Qutayba (arab sarkardasi) u bilan koʻp urush qilishiga toʻgʻri kelgan edi". Shuningdek, Narshaxiy Vardona katta qishloq boʻlib,Vardona Turkiston chegarasida joylashganligi, u joyda har hafta bozor boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Buxoro tarixiqoldirgan. Tarixi Tabariyda hikoyaqilinishicha, arab qoʻshini jangda Vardonxudod boshliq tur qoʻshinidan yengilgach, Qutayba Soʻgʻd (Samarqand) hokimi Tarxun bilan sulh tuzib Vardonxudodni zaiflashtirib, 708-709-yillarda uning ustidan gʻalabaga erishadi. Buning natijasida Buxoro ham arablarga toʻliq tobe boʻlib qoladi. Bu voqealardan soʻng ham hududni toʻligʻicha turkiy va mahalliy sulolalar boshqaradi. Albattta, arablarning vassali sifatida. Vardonxudod Zarafshon vodiysi hukmdorlari orasida eng kuchlisi boʻlgan. Qutayba ibn Muslim u bilan boʻladigan alohida tayyorganlik koʻrgani yuqorida taʼkidlanganidek, hiyla-nayranglar ishlatgani tarixiy manbalarda taʼkidlab oʻtilgan. Albatta, bu janglardaPeshkoʻ farzandlari ham ishtirok etganligi aniq. Chunki oʻsha davrda Afshina (Afshona da) turk qoʻshini garnizoni boʻlganboʻlishi kerak.
Keyinchalik,VIII asr o’rtalarida davrda Xitoy ham fursatdan foydalanib Movorounnahrni bir qismini bosib olish niyatida boʻlgan. 751-yil Fargʻona va Shosh hukmdorlari oʻrtasida kelishmovchiliklardan foydalanib Fargʻona hukmdorining istagiga muvo-fiq kelib chiqishi koreys boʻlgan Gao boshchiligida 70 ming kishilik qoʻshin uzatadi. Natijada Shosh vayron etilib,boyligi talanadi.Shosh shahzodasi talabiga asosan arab qoʻshini yordamga keladi. Talasda oʻtgan jangda 50 ming kishilik Xitoy qoʻshini qirib tashlanib, 20 mingi asirga olinadi. Ularning bir qismi Samarqandda qoldirildi va keyinchalik xitoy-liklar u yerda qogʻoz ishlab chiqarishda yordamlashgan, Yedeyiladi. Yuqorida qayd etilganidek, oʻsha davrda turkey hukmdorlar Fargʻona, Shosh, Zarafshon vodiysi, Xorazm ham jihatlikda harakat qilganlarida Movarounnahrni hech kim bosib ololmas edi. Bu holatni biz keying davrlarda Buxoro,Xorazm va Qo’qon xonliklariga bo’linib, Rossiya tomonidan zabt etilishida ko’ramiz. Vardona to’g’risidagi ma’lumotlar bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Masalan, “Shofirkon tarixi” kitobida bu qo’rg’onni Vardona ismli mahalliy boy qurdirgan deyilgan bo’lsa, Narshaxiyda Turkistondan kelgan boy qurdirgan deya ta’riflanadi.Turk xoqonligi davrida dunyod etilgan tarixiy fakt U Shofirkon tumani hududida joylashgan qoʻrgʻonning uzunligi 110 metr, kengligi 60 metr, balandligi 45 50 metr bo’lgan. Unda Turk xoqonligi hukmdorlaridan Vardonxudolarning qarorgohi boʻlgan, u davrlarda Romitan, Afshona hudida ro’y bergan voqea-hodisalar toʻgʻrisida manbashunos olim To’ra Halimov va Ismoil Qobilovlar "Romitan tarixi” kitobida yozadilar: "Hozirgi Romitan tumani hududida Zarafshon daryosi boʻylarida qadim qadim zamonlardan odamlar yashab kelganlar. Ular massagetlar, yaʼni "ulugʻ getlar yoki buyuk saklar deb atalgan", Massagetlar aynan olingan bitta qabila boʻlmay, balki bir necha qabilalarning birikuvidan, ittifoqidan tashkil topgan. Massagetlar malikasi Toʻmaris boʻlgan. Ayrim manbalarda Toʻmaris massagetlarning derbik tarmogʻidan boʻlib, buxorolik degan maʼlumotlar bor”10, Darhaqiqat, Xitoy manbalarida koʻrsatilishicha, massagetlar yuechilar bilan aynan bir xalqdir, deyiladi. Bu fikrga S.P.Tolstov ham qoʻshilgan. Uning fikricha, massaget konfederatsiyasi tarkibiga xorazmiylar, apasnaklar, saks xamuvarkalar, saka-amoriylar, derbikar, toharlar, osnalar, usunlar, yaksartlar, otasiylar va boshqalar kirgan. Gerododning yozishicha, massagetlar koʻchmanchilar. Ular otda, piyoda jang qiladilar.
Otlarini koʻkragiga sovut kiydiradilar. Ko’proq nayza, kamon va sagaris kabi jang qurollarini kiyadilar. Massagetlarning barcha jihoz va qurol-yaroqlari mis va oltindan yasalgan, deydi. Ana shunday i janglarning birida Ahamoniylar davlati hukmdori Kir II halok boʻlgan, Massagetlar kadimgi Xorazm davlati qo’shinining asosini tashkil qiladi. Bu Makedoniyalik Iskandar davrida yanada oydinlashdi. Xulosa qilsak, massagetlar,saklar, skif-turkiy xalqlari ajdodlaridir. Ularning derbii tarmogʻiga kelsak, ular xaqiqatdan ham S.P.Tolstovning qayd qilshicha, Turkmanistonning Chorjo’y, Toshhovuz na Buxoro vohasining janubida Amudar bo’ylarida yashaganlar. Qadimgi Sugʻd davlati ham konfederatsiya shaklda tashkil topgan edi. Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasida qayd etilganidek, shimoldan kirib kelgan turkiy qabilalar hamda boxtariylar ishtirokida Yunon-Baqtriya davlati egallangach, Sugʻd viloyati oʻz mustaqilligini tiklashga kirishadi va keyinchalik milodiy birinchi asrlardan boshlab oʻz konfederatsiyasini tuza boshlagan. Buxoro ham keyinchalik Sugʻdga qoʻshilgan. Ammo aniq bir sana tarixiy manbalarda qayd etilmagan. Sugʻd viloyati bilan Buxoro oʻrtasidagi chegara Malik choʻli hisoblangan. Narshaxiy “Buxoro tarixi” asarida Afshona, Romitan, Zandana toʻgʻrisida ayrim faktlarni yozib qoldirgan. “Afshona katta shahristonga va mustahkam hisorga egadir. Bir qancha hisorlar ungamansubdir. Yaʼni koʻplab qishloq aholi maskanlari (Afshona) orqali boshqarilgan. U yerda xar xaftada bir kun bozor bo’ladi. Bu qishloq yerlari madrasa talabalriga vaqf qilingan. Qutayba ibn Muslim u joyda masjidi jomeyʼ bino qilgan. Muhammad ibn Vosey ham bir masjid qurdirgan. Bu myer duolar qabul boʻladigan joy, odamlar shahardan u joyga boradilar va uni tabarruk deb hisoblaydilar”. Tarixchi olim Toʻra Halimov va Ismoil Qobilovlar "Romitan tarixi” kitobida Afshona haqidagi ayrim qimmatli fikrlarini, shuningdek, Abu Ali ibn Sino haqida asar yaratgan L.Soldadzening Afshonada juda qadimdan turkiy tilda gaplashilgani va uning qurlishi haqida qimmatli faktlarni keltirgan. Shuningdek, Muhammad Narshaxiy Afshonaning qurilishi haqida yozib qoldirgan. Turk xoqoni “Sheri Kishvar otasi Qora Churindan Buxoro shahrida shahriston qurish uchun ruxsat oladi. Shahar malika uchun edi. Askarlar va otlar turishi uchun Buxorodan uncha uzoq boʻlmagan yerda qishloq qurishni moʻljallaydi. Afshona qishlogʻi shu tariqa barpo boʻlgan”. Uning maʼlumotiga koʻra, Afshona VI asrda qurilgan. Aziz ustozlar, Peshko’ tarixi va undagi me’moriy obidalar haqida biz Romitan, Shofirkon, Vobkent tumanlari tarixlaridan koʻproq foydalanishimizning sababi bu hudud oʻtmishda ham, suv yoʻllari orqali maʼlum bir kichik vohacha sifatida oʻzaro bogʻliq boʻlgan. Endi Qora Churin, Sheri Kishvar kim degan savolga toʻxtalmoqchimiz. Sheri Kishvar - Turk hoqonligi shahzodalaridan El-Arslonning fors tilidagi taxallusi. U xonlikning mashhur hukmdorlaridan Qora Churin (Tardu 576-603-yillar) hoqonning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, turk hoqonligining asoschilaridan biri Istamiy Yabg’uning (552-576) nevarasi boʻlgan. Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida qayd etilishicha, u Abru qoʻzgʻolonini bostirgan va Buxoro vohasida 20 yil hukmronlik qilgan.
Agar bu haqda chuqurroq bilishni istasangiz “Milliy ensiklopediya”ning 11- tom 88 bet, 8-tom, 640-670 betlariga qarash mumkin.. Abruy kim? Abruy (unvon) qadimgi turkcha “apa” xitoycha “Abo” katta maʼnosida. Uning asl ismi Toʻramon(taxminan 585-yil. Paykent), Kadivarlar qoʻzgʻoloni rahbari edi.Tarixchi olimlar fikricha, u Turk xoqoni Mo’g’on va Sug’d hokimining qizidan tug’ilgan turk shahzodasi edi. Aytib o’tilganidek, uning ismi To’ramon bo’lib, Abroy “aba,Apa” nomining forschada o’zgargan shakli edi. Utaxt uchun kurahsda yengilgach, Buxoroda zodagonlar va savdo aristokratiyasiga qarshi qo’zg’olonga boshchilik qilgan.Mahalliy zodagon lar Qora Cho’ringa murajaat qilishadi. U o’gli El-Arslonni qo’zgh’olonni bostirish uchun yuboradi.Qo’zgolon bostirilib,yerlar egalariga qaytarilgan.
Oldin aytilganidek, Nartshaxiy Afshonani “Afshin” deb atagan.Afshinlar kimlar? Buni Usturshona bilan bog’liq deb o’ylaymiz. Usturshona V-VI asrlarda Eftaliylar,so’ngra Turk xoqonligi tarkibida edi. Bu hududni arablar zabt etgunicha, uni Afshin urug’I boshqargan.Arablar bosqinidan so’ng ham 893-yilgacha Ustrushonani vassal sifatida boshqarishgan. Faqat shu yili bu unvon Somoniylar tomonidan bekor qilingan. Demak, Afshina duolar qabul bo’ladigan joy emas,balki hukmdor,hukmdor qarorgohi,boshqaruv markazi degan ma’nolarni anglatadi. Afshina Hind-Yevropa tillariga mansub bo’lib, hozirgi sharqiy slavyan tillaridagi “Obshina” so’zi bilan o’zakdosh bo’lsa kerak.Ibn Sino asari muallifi L. Soldatze “ Turklar O’z oqsoqoli xoqonini Ashina deb ataydilar” deb qayd etgan. Shundan kelib chiqib, Afshona o”sha davrlarda Afshina deb qayd etilgani bois,bu so’zning asl “oʻzagnmi yoki “Ashina" soʻzining fonetik yoki ataylab buzilganimi? Shu muammo ancha mushkullik tugʻdiradi. Afshina (Afshona) Narshaxiy, at-Tabariy asarlarida shahar sifatida tilga olinadi. At-Taboriy oʻz asarida arab lashkarboshisi Muslim ibn Sayid va Afshina podshohi oʻrtasida sulh shartnomasi tuzilgani va shartnoma asosida Afshina hukmdori oʻlpon toʻlashi va qalʼani, yaʼni Afshona qoʻrgʻonini topshirishini talab etilganini qayd qilgan. Ehtimol, Afshina qalʼasi hozirgi Qoʻrgʻontepa deb ataladigan tepalik ustida boʻlgandir. Shaharchaning oʻzi hozirgi Afshona oʻrnida boʻlganmi yoki qoʻrgʻon atrofida boʻlganmi – bu ham aniqlanmagan. Narshaxiy “Afsho-na” atamasini joy nomi etimologiyasiga qarab emas, balki Movarounnahrda birinchilardan boʻlib Afshonada qurilgan muqaddas dargoh masjidga Buxoro shahri, barcha hududlardan odamlar namoz oʻqish va savob ilinjida toat-ibodat qilish uchun bu yerga muntazam ravishda kelib ketishlarini inobatga olgan holda Afshonaga "Duolar ijobat boʻladigan joy” sifatida izoh bergan boʻlishi mumkin. Darhaqiqat, masjid- muqaddas dargoh.
Qayerda boʻlmasin, masjidda qilingan duolarni Alloh hohlasa ijobat qiladi. Bunga shubha yoʻq. Lekin Afshina shahrining nomlanishi bu bilan bogʻliq emas bizning fikrimizcha. Afshina Turk hoqonligi davrida (VI asr)dan boshlab Somoniylar davrigcha ham juda obod shahar boʻlgan. Bu yerda Ibn Sinodan oldin ham avliyo, valiulloh darajasiga yetgan Avdaniylar, Afshoniylar yashagan. Maʼlumki, Ibn Sinoning otasi Abdulloh Somoniylar davrida amirlikning Hurmitan va Afshonadagi moliyaviy masalalar boʻyicha noibi boʻlgan. Afshonalik Sitoraga uylanib ikkinchi farzandi Mahmud tugʻilgan davrlarda ham ular Afshonada yashagan. Soʻngra Ibn Sinoda oʻtkir zehn borligini sezgan ota-ona farzandlariga chuqur bilim berish maqsadida Buxoroga koʻchib ketishadi.
Narshaxiy Buxoro viloyati hududiy doirasida tarkib topgan. 14 shaharlardan 11 tasi Nur, Karmana, Tavovis,Iskajkat, Shargʻ, Zandana, Vardona, Afshina, Romitan,Varaxshani qishloq deb tilga oladi. Ammo ular Istarxiy,Muqaddasiy, Yaqubiy asarlarida iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlangan rustak markazlari sifatida tilga olinadi. Maʼlumki, rustaklar tuman darajasidagi hududiy birlik hisoblanadi.Keyingi asrlarda ham Afshona juda soʻlim, obod hudud sifatida mashhur boʻlgan. Afshona VI-VIII asrlarda, yaʼni arablar Movarounnahrni egallaganga qadar yirik turk qoʻshini joylashgan lashkargoh boʻlgan. Shu bois turklardan qoʻrqqan arablar Afshina qoʻrgʻonini topshirishni talab qilgan.Narshaxiy "Buxoro tarixi”da keltirishicha, Zandana tumanning qadimgi rustaklaridan biri hisoblanadi. Ilk oʻrta asrlarda Zandana oʻzining "Zandanchi" matosi bilan dunyoga mashhur boʻlgan. Bu harir bezakli mato dunyonin koʻplab mamlakatlariga olib ketilgan va saroy ahllari boylar uchun eng qadrli hisoblangan. Bu mato viloyatning boshqa yerlarida ham toʻqilgan. Lekin "zandanchi” tamg’asi bilan sotilgan. Hozirgi kunda zindanacha matosining namunalari dunyoning koʻplab mamlakatlarini muzeylarida saqlanmoqda. Buxorxudodlar toʻgʻrisida har xil afsonalar yuradi. Bugungi kunda bu haqida barcha tarixiy manbalarda izohlar yetarli. Buxorxudod – Buxoro hukmdori maʼnosini anglatadi.
Yuqorida qayd etganimizdek, bu mansab-unvoni keyinchalik yoʻqotilgan. Buxorxudod unvoni qachon boshlab tilimizda isteʼmolga boʻlgani aniq emas. Chunki koʻpgina tarixiy asarlar voqea hodisalar davom etayot ayni vaqtda emas, aksariyat hollarda yuz yillab, hatto undan ortiqroq davrlar oʻtgandan keyin manbalarda qayd etib borilgan. Natijada tarixiy faktlarni buzib koʻrsatib,soxtalashtirilishiga olib kelgan. Movarounnahrni Amudaryoga yaqin janubiy hududlar Kushonlar davrida vassal sifatida Sosoniylar boshqargan boʻlsa kerak. Bu eftaliylar davrida ham bir oz davom etgan koʻrinadi. Buni Bahrom Chubin bilan bogʻliq voqealardan bilib olsa boʻladi. Ammo keyinchalik Eftaliylar Sosoniylar oʻrtasida munosabatlar ayrim sabablarga yomonlashgan. Eftaliylar Eronning bir qismini ega istilo qilib oʻsha ketadilar.yuqorida dilar. Maʼlumki, VI asrning ikkinchi yarmida eftallar ham turk hoqonligiga qaram boʻlib qoladilar. Ularning bir qismi janubiy-sharqiy hududlarni yerlarda qoladilar va koʻpgina hollarda turkiy tillarini ham unutib mahalliy aholiga qorishib Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari Ham taʼkidlaganimizga oʻxshash ayrim qusurlardan holi emas.
Asarda oʻz davri siyosati, munosabatlaridan kelib chiqib ayrim hollarda tarixiy faktlarni buzib koʻrsatilgan holatlarni ham kuzatish mumkin. “Maʼlumki, Buxoro shahrida yashovchilar har ikki etnos (turk va for-tojik)ning aslzodalari boʻlib, Narshaxiy turkey etnos orasidan kelib chiqqan badavlat kishilarni “kashkoshonlar” nomi bilan atab, ularni quyidagicha taʼriflaydi: “Buxoroda bir qavm bor ediki, uni kashkoshon der edilar. Ular hurmatli, qadr-qiymatli va eʼtiborli odamlar boʻlib, Buxoro aholisi oʻrtasida zoʻr eʼtiborga ega edilar; Ular dehqonlardan boʻlmasdan, chetdan kelgan kishilar boʻlib, aslzoda, savdogar va boy odamlar edilar”. Maʼlumki, arablar Buxoroni bosib olishda turkiylarning qattiq qarshiligiga uchraydilar. Shu sabab ham Buxoroda kashkashonlarning obroʻsini ortib borishidan tashvishga tushar edilar. Shu bois ham qanday boʻlmasin bu qavmning yetakchilarini obroʻsizlantirishga harakat qilishgan. Ammo bunga erisha olishmagan. Buxoroni 782-yilgacha Tugʻdodalar boshqargan. Somoniylar davrida Buxoro Movarounnahrning poytaxtiga aylandi. 999-yilda Buxoroni qoraxoniylar egalladi. Shundan keyin bu mintaqani gʻaznaviylar, saljuqiylar boshqardilar. 1220-yilda Oʻrta Osiyoni moʻgʻullar bosib oldi. Shular qatorida Movarounnahr, Buxoro,Peshkoʻ ham moʻgʻullar qoʻl ostida qoldi. Bobomiz Amir Temur 1370-yilda taxtni egallaganidan keyin Oʻrta Osiyoni,jumladan Yevropaning qator davlatlarini chingiziylar asoratidan qutqardi. 1500-yillardan boshlab mintaqaShayboniylar koʻl ostiga oʻtdi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga koʻchirildi. Shunday soʻng Movarounnahrni ashtarxo-niylar, 1920-yilgacha mangʻitlar boshqardilar. 1920-yildan BXSR tarkibida,1925-yildan O’zbekiston SSR tarkibida,1991-yildan O’zbekiston respublikasi tarkibida bo’ldik.
Endi Peshko’dagi qabristonlar haqida.Ular bevosita o’rta asrlar va Yangi davr bilan bog’liq me’moriy obidalar albatta

Peshko’ tumanidagi qabristonlar



Bu yorugʻ olamda inson necha yil yashashidan qatʼiy nazar, uning soʻnggi manzili qabristondir, qabristonlarga eʼtibor ajdodlar ruhiga hurmat demakdir. Shu bois oʻtmishda ota-bobolarimiz qabristonlar uchun imkon qadar balandroq soʻlim gushalarni tanlaganlar.Tabiiy balandliklar boʻlmagan yerlarda xashar yo’li bilan sun’iy tepaliklar barpo etishgan. Bu avvalo,qabristonlarni tabiiy ofatlardan va boshqa sabablarga toptalishdan asrash uchun bo’lgab
Maʼlumki, oʻtmishda, ehtimol, hattoki, hozir ham qator xalqar, qabilalarda mayitning jasadini kuydirib, tanasining kuli togʻ va daryolarga sepilgan. Umuman olganda, bu masalada har bir dinning alohidaqoidalari, rasm-rusumlari mavjud boʻlgan. Ularning koʻpchiligi hozir ham amalda.Bizning muqaddas islom dinimiz jasadni yoqishni man etadi. Bu birinchi navbatda insonning yaratilgan oliy mavjudot ekanligi va inson umri davomida oʻzi amalga oshirgan uvolu savoblari uchun yaratgan oldida javob berishi muqarrar ekanligi, ana oʻshandan keyingina Yaratganning amri ila doʻzax yoki jannatga yoʻl olishi tayinlanganligi uchun ham jasadni yoqish man etilgan.
Qator tarxiy manbalarda qayd etilganidek, sobiq Ittifoq davrida masjid, madrasalar, kabristonlargaeʼtibor yoʻq hisobi edi. Jahon taraqqiyoti, jamiyatda ulug’ insoniy fazilatlarni qaror toptirishda, butun kuch,bilimini safarbar etgan yuksak tafakkur sohiblari,islomiy ilmu maʼrifatni, jarishumul adolat haqiqatni yoyilishida birinchilardan boʻlgan ulugʻ zotlar sharafiga oʻrnatilgan maqbaralar, qabrlar buzib tashlandi.
Sobiq ittifoq davrida kommunistlar partiyaning rahbarlari oʻzining asosiy mafkuraviy faoliyatini diniy jamoalarni jilovlash, xalqning aql-idrokini toʻligʻicha kommunistik gʻoya bilan toʻldirishga bor kuchini safarbar etdi. Din oʻsha davrda sunʼiy ravishda davlat siyosatiga va mafkuraga karshi raqibga aylantirildi. Oʻi minglab bilimli islom dinining moʻʼtabar bilimdonlari qatag’on qilindi. Minglab masjid va madrasalar buzib tashlandi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga kadar islom diniga oid kitoblar va gazetalar taʼqiqlab qo’yildi. Natijada xalqimiz orasida islomga zid ananalar va rasm rusumlar rivoj topdi. Mustaqillikdan so’ng davlatimiz rahbarligida xalqimizning asriy orzulari amalga oshdi, Mustaqillik yillarida islom maʼrifati va maʼnaviyati taraqqiiyotiga hissa qoʻshgan, dunyo uygʻonish davri olimlarining tavallud topgan va abadiy qoʻnim topgan maskanlari obod qilinib, betakror ziyoratgoh majmualar barpo etildi. Bunga Respublikamizning hududlarida barpo etilgan Xojayi Abduxoliq Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband xazratlari, Sayid Amir Kulol hazratlari, Abu Ali ibn Sino tavallud topgan Afshona qishlogʻi (Buxoro), Hakim at-Termiziy (Termiz),Ahmad al-Fargʻoniy (Fargʻona), Burhoniddin Margʻiloniy(Margʻilon), dunyo imomi Ismoil Al-Buxoriy (Samarkand)ziyoratgohlari kabi yuzlab maskanlarii misol qilib ko’rsatish mumkin. Dunyo ziyoratgohlarining eng ulugʻi va muqaddasi Makkayu Madinani paygʻambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassalamning muborak qabrlarini ziyorat qilish, haj safarlariga borish uchun imkoniyat yaratildi. Davlatimizning bu gʻamxoʻrligini vatanimiz aholisi koʻzda quvonch yoshlari bilan kutib olganliklarining guvohi boʻlganmiz.
Bugungi kunda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning tashabbuslari bilan Respublikamiz poytaxti Toshkentda Islom taraqqiyoti markazi, Islom akademiyasi va qator hududlarda

Islomiy ilm markalarning tashkil etilishini xalqimiz, katta qoniqish bilan qabul qildilar. Shuningdek,keying keyingi yillarda barcha qabristonlarga ham e’tibor kuchaydi. Qabriston Xasan Basriy aytganlaridek «Qabr – oxirat manzilining boshi dunyo manzilining oxiri” dir. Demak, bu yer shunchaki jasadlar dafn etiladigan manzil emas umri davomida bosib oʻtgan hayot yoʻliga qoʻrquv va yoki qalb xotirjamligi bilan nazar solishga majbur qilish maskandir. Dunyoda qabristonsiz hudud kam boʻlsa kerak. Ko’pgina qabristonlarga ma’lum sabbalrga ko’ra,nom berilgan. Masalan,«Oqtepa»,«Gʻariblar», «Xoʻjalar», «Oʻzbak Shayx», «Guri Amir», «Bobo Qambar», «Qoʻrgʻontepa» va hokazo. Ammo hozirda koʻpchilik oʻzi yashab turgan hududdagi qabristonlar hatto oʻzi yashayotgan qishlogʻining etimologiyasi ga qiziqmaydi. Toʻgʻri,Vatanimiz mustaqillikka erishgandan soʻng qator ziyoratgohlari haqida ma’lumotlar tarjima qilinib, ularning hayot yoʻllari to’gʻrisida aziz avliyolar, islom olamida taniqli zotlar haqida ko’plab asarlar chop etildi. Televideniye, radio va boshqa matbuot vositalari orqali qariyb har kuni ulugʻ olimlar, shoirlar, aziz avliyolar shuningdek, islom olamida koʻzga koʻringan zotlarining insoniyatga qoldirgan meroslari keng targʻib qilib borilmoqda.


Agar mana shu mazu menga berilmaganda,men hattoki atrofimizdagi qabristonlar nomini ham bilmas edim. Tumanimizdagi Valfajir qishlogi’idagi 2 qabriston haqida hozir ma’lumot beramiz. Ulardan biri «Shoxo’ja eshon», ikkinchisi “ Qirq qiz» deb ataladi. Abdulkarim as-Samoniyning “ Al -Ansab" asarida (Allox, u kishidan rozi bulsin) “ Mashhur hadishunos Abu Harra ibn Ofiya Al-Vanuxaviy shu qishloqdan edilar” eb yozilgan. Demak, qishloqning nomi qadimda Vanufagn» (tugonning adogʻi va x.k.) deb atalgan. Hozirda Valfajir deb talaffuz qilinadi. Ehtimol, «Abu Xarra ibn Ofiya al-Vanufakiy hazratlari shu qabristonda dafn etilganliklari bois qabriston “Shohxo’ja eshon»deb atalgandir. «Abu Xarra ibn Ofiya al - Vanufaxiy 894-yilda vafot etgan boʻlsalar, unda qіshloqning yoshi nechada? qishloqning xozirgi nomiga kelsak talaffuzi keskin oʻzgargan yoki boshqa sabab tufayli «Valifajr» shaklida talaffuz qilinmoqda. Qurʼoni karimda «fajr» surasi ham bor. Albatta, joy nomlari chuqur tahlilni talab qiladi. Afsuski, bu mavzu manbalar ochilmagan qo’riq shaklida qolib ketayapti. «Qirq qizlar» nomli qabristonlar Markaziy Osiyoning koʻp yerida uchraydi. Ayrim joylarda fors-tojik tilida «Chil duxtaron» shaklida ham mavjud. Peshko’dagi "Valfajr” qishlogʻidan yuqoridagi «Navbahor», sal janubroqdagi «Sardushox» qishloqlari hududida ham (taxminan 4 km masofada) uch joyda shu nomdagi mozorlar bor. Matbuotda, televideniye orqali aynan «Qirq, qiz” toʻgʻrisida axborot berilganda, koʻpincha jurnalistlar bir rivoyatga toʻxtaladilar. Emishki, qadimda yov bostirib kelganda, 40 ta qiz dushmanga qul boʻlmaslik uchun Allohdan Oʻzlarini jonini olishni va bu dunyodan pok oʻtishni iltijo qilib soʻraganlarida, Yaratgan ularning duolarini ijobat qilgan deyishadi. Karami keng va rahimli Parvardigor pok bandalarini duolarini istasa ijobat qiladi albatta. Oʻtmishda bunday voqealar sodir boʻlgan boʻlishi mumkin. Bu faqat Tangri talloning oʻzigagina ayon. Qadimiy turkiy tilda quz (qiz) “tepalik, balandlik” maʼnosini anglatadi. Qir soʻziga izohning hojati boʻlmasa kerak. Qir quz so’zi asrlar mobaynida talaffuzi oʻzgarib,xalq tilida Qirqqiz shaklini olgan, Tojik tiliga esa shandan qirq qiz “Childuxtaron» shaklida oʻtgan. Do’simov va Egamovlarning «Joy nomlarning qisqacha izohli lugʻati” kitobida “Tog’ning quyosh nuri tushmaydigan joyi” Qirq tog’ deb ataladi deganlar.
Taniqli olim Suyun Qorayev o’zining” Geografik nomlar maʼnosini bilasizmi? Kitobida “ Qirq qiz» Samarqand viloyati, G’allaorol tumanidagi qoya tosh ekanini qayd etgan. . Afsonagʻa koʻra kuyov qiznikiga kelayotganda, birdan yov kelib qolgan, qiz bilan dugonalari va kuyov, dushma qoʻliga tushgandan koʻra tosh boʻlib qolaylik deb Xudodan soʻragan ekanlar, duolari mustajob bo’lib, toshga aylanishgan emishlar. Taniqli olim T. Nafasov Qashqadaryo viloyatidagi «qiz bandi», «Qiz buloq», «Qiz mazor», «Qiz qoʻrgʻon» kabi joy nomlari tarkibidagi "qiya" soʻzini balandlik, tepalik, choʻqqi, qoya, yassi balandlii, tekis joylardagi yolgʻiz tepa, qoʻrgʻonlarning xarobasidagi oʻrni, bir necha tepaliklar boʻlgan joy, saroy, qalalar vayronalari, minorasimon boʻrtib chiqqan balandliklardan iborat xarobazorlar (r.h.k.) deb izoh beradi. Termiz shahri hududida «Qirq qiz» deb nomlangay saroy qala vayronalari bor. Bu hashamatli qalʼa X asrda qurilgan boʻlsa kerakdeyiladi. Ayrim olimlar bu qalʼani XIV asrda bunyod etilgan deb taxmin qilmoqdalar. Hozirgi taxminlarga koʻra saroy haqiqatdan ham «Qirq qiz» deb nomlangan. U yerda oʻti davrning zukko qizlari bilim olishgan va koʻplari komillik darajasiga yetgan degan rivoyatlar bor. Agar shu taxminlar rost boʻlsa, bu oʻquv maskanini dunyodagi birinchi ayollar oliygohi deyish mumkin. Maʼlumki, IX-XI asrlarda Movarounnahr olimlari dunyo "Uygʻonish davri" ni boshlan berdilar. Yevropaning koʻplab zodagonlari farzandlari musulmon mamlakatlaarida o’qishni istaganliklari rost.
Oʻzbekistonimizda ham koʻplab qabristonlar nomiga Xoja, Xoʻja, Bobo, Ota,Hazrat so’zlari qoʻshib talaffuz qilinadi. Bu soʻzlar qanday ma’noni anglatadi? Xo’ja va Xoja soʻzlari maʼno jihatidan farqli albatta.
Xoja nimagadir egalik, nimaningdir egasi kabi maʼnolarni anglatadi. Xoʻja So’zining maʼnolari ham koʻp. Xoʻja-qatlam, urugʻ nomi. Diniy adabiyotlarda xoʻjalar toʻrt xalifa (Choryorlar)ning avlodlari deyiladi.
Ayrim manbalarda esa ular arab sarkardalari, diniy amaldorlar yoki aynan oʻshalar tomonidan egallangan hududlarga rahbar etib tayinlangan xalifalarning noiblari deb taʼrif beriladi. Oʻrta Osiyoda xoʻjalar 1920-yilgacha qator imtiyozlarga ega boʻlgan oqsuyaklar avlodlari sifatida ulugʻlanib kelingan.
Xo’ja va xoja soʻzlari ulugʻlash, hurmatlash, ehtirom,boshqalarga nisbatan ustun qoʻyish kabi maʼnolarda ham keladi. Juda koʻplab qabriston, ziyoratgoh hatto joy nomlariga ham qoʻshilib aytiladi. Bu soʻzlar birinchi navbatda usha qabriston, ziyoratgohlarda xoʻja urugʻiga mansub ulugʻlar, avliyo, pir-ustozlar, aziz shayxlar, islom olimlari dafn etilganini anglatish bilan birga mazkur abadiy oromgohlarda yotgan ajdodlar ruxini e’zozlashni bildiradi.
Xoja soʻzi xo’jayin maʼnosini anglatsa-da, shu bilan birga, juda ulugʻ, buzruk maʼnosida ismlardan oldin ishlatiladi. Xoja - bu unvon. Bu soʻz Yusuf Hamadoniydan boshlab avliyolar, islom olimlariga berila boshlangan. Undan avval asosan shayx soʻzi ishlatilgan. Misol,Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Sayid Amir Kulol, Xojayi Jahon Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Xoja Axmad Yassaviy,Ubaululloh Ahror singari juda koʻplab ulugʻ zotlarni faxr bilan aytib oʻtish mumkin. Koʻpincha bu ismlar oldida hazrat soʻzi xam koʻshib aytiladi: Hojayi Jahon hazrati Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Xojayi Buzruk Bahouddin Naqshband hazratlari kabi (Ilohim, Alloh ulardan rozi boʻlsin!). Yuqorida taʼkidlanganidek, Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa, serquyosh oʻlkamizdagi koʻplab ziyoratgoh, qabristonlar, xalqimiz tomonidan ilohiy quvvatga ega deb tan olingan ayrim maskanlar nomlariga "bobo“, ota, "hazrat” soʻzlari ham qoʻshib aytiladi. Toponomistlardan ayrimlari "bobo" soʻzi avliyolar dafn etilgan maskanlar, qabriston ziyoratgohlar nomlariga qoʻshilib aytiladi deydilar. Bobo soʻzi qadimiy, ulkan, baland maʼnolariga ham ega.Olim S. Qorayev «Geografik nomlar maʼnosini bilasizmi?» toponomik lugʻatida «bobo» soʻzi avliyolar dafn etilgan joylar nomlariga koʻshib qoʻllaniladi, deb qayd etgan. «Bobotogʻ» (Surxandaryo), «Boboqambar» (Peshkoʻ), «Chuvirdonota» (Qorakoʻl), «Langar ota» (Qashqadaryo), «Zangiota», «Shayx Xuvond Tohur ota», «Shayx Azizulloh-yalangʻoch ota» (Toshkent), Qozogʻiston (Chimkent) Respublikasida Hazrati Shayx Ibrohim ota (Chimkent), Denov tumanida Shayx Xoji Haydarqul bobo, Uzun tumanida Hazrati Ostona bobo kabi(Alloh barchalaridan a rozi boʻlsin) misollarni keltirish mumkin. Peshku tumanidagi 92 ta qabristonning 27 tasiga “Xo’ja” so’zi qo’shib aytiladi. Koʻpchilik qabristonlar arab, fors tillari asosida nomlangan. Uning ayrimlari tarixi eramizning boshlariga borib taqaladi.
Peshkoʻ tuman markazidagi «Xoʻjabeshik»qabristonining nomini bir necha xil maʼnoda izohlash mumkin. Beshik inson orom oladigan maskan, Hazrati Xasan Basriy aytganlaridek, bu tiriklik olamining oxiri,abadiy olamning boshi kabi yoki bu soʻz oʻtmishda "Xo’ja beshak” shaklida talaffuz etilgan boʻlishi ham mumkin. Qabristonning geografik yer relyefi nuqtayi nazarda ya tahlil qilinsa, shakli beshikka oʻxshashini anglash ham qiyin emas. Nima boʻlganda ham ota-bobolarimiz abadiy oromgohlarga nom tanlashda oʻta zukkolik va qalb amri, islomiy bilim va axloq asosida yondashganlari aniq Hazrati Rasululloh salollohu alayhi vassalam aytadilar: «Inson oʻlgach, uning butun amallari savobi uziladi, illo uch narsada uzilmaydi; sadaqayi joriya, foydali ilm, ortidan duo qiladigan solih farzand». (Imom Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasayiy rivoyatlari). Bundan tashqari tumanimizda Hazrati Bobo qambar qabristoni ham bo’lib, “Hazrat”, “Bobo” qo’shimchalarini olmoqda.Afsonalarga ko’ra, Bobo Qambar 1000-yillar atrofida yashagan ulug’ olim va shu yerdagi qo’rg’on egasi ekaN. Bir kuni dushman bostirib kelganda Allohga iltijo qilib,ularni asrab qolishini so’raganlar. Natijada, bu yerdagi uning qo’rg’oni atrofdagi barcha odamlarni himoya qila oladigan mustahkam qal’aga aylanibdi. Yov yurtni tark etgach, Bobo Qambar G’orga kirib ketibdilar. Bu haqiqat yoki yolg’on bunisi nom’alum. Ammo hozirda ham u yerda Bobo Qamabarning qabrlari va qadimiy qumdan qilingan Qo’rg’onning qoldiqlari mavjud



Download 103,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish