Reja: Angliyada parlamentning vujudga kelishi


Mahalliy boshqaruv tizimining rivojlanishi va sud organlari



Download 30,21 Kb.
bet2/6
Sana27.06.2022
Hajmi30,21 Kb.
#710732
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Angliyada parlamentning vujudga kelishi. Parlamentning vujudga kelishi va vakolatlarining kengayishi

Mahalliy boshqaruv tizimining rivojlanishi va sud organlari
hunday qilib, parlament tashkil top-gan davridayoq o‘z vakolatlarini asta-sekin kengaytirib bordi. Tabaqa-vakillik monar-xiyasi davrida mahalliy boshqaruvda eski sudlarning va grafliklar majlislarining roli juda pasayadi. Ularning funk-siyalari yangi mansabdor shaxslarga va yangi turdagi sayyor sudlarga o‘tadi. Bularning vakolatlari tobora kengayib boradi.
Grafliklarning majlislari XIII asr oxiri - XV asrda asosan parla-mentga vakillarni va mahalliy mansabdor shaxslarni saylash uchun chaqirilardi. Ular summasi 40 shillinggacha bo‘lgan da’volar bo‘yicha nizolarni ko‘rishlari mumkin edi.
XIII asrda grafliklarda ilgarigidek sherif, yuzlikda uning yordam-chisi - beylif qirol ma’muriyati tepasida turardi. Ulardan tashqari joylarda qirol ma’muriyati vakillari sifatida tojdorlar va konstebllar bo‘lardi. Ular mahalliy majlislarda saylanardi. Tojdorlar odam o‘ldirish jinoyatlari bo‘-yicha tergovni amalga oshirganlar, konstebllar politsiyachilik funksiya-lariga ega bo‘lganlar. Sherifning juda katta hokimiyatga ega ekanligi vaqt o‘tishi bilan qirollikda ishonchsizlik keltirib chiqara boshlaydi. Qirol bu mansabning "feodallashuvi"ni, merosiy bo‘lishga aylanishining oldini olishga harakat qiladi. XIII asrda o‘zaro urushlardan so‘ng sherif man-sabining qisqa muddatli bo‘lib qolganligi va qirollik tomonidan nazorat ostiga olinganligi tasodifiy hol emas edi. 1215 yilgi Erkinliklarning buyuk xartiyasining 24-moddasi sheriflarning qirollik da’volarini hal qilishini taqiqladi va shu vaqtdan e’tiboran sherif lavozimi asta-sekin, har holda sud qilish sohasida, o‘z ahamiyatini yo‘qota boshladi.
XIII asrning oxiridan boshlab grafliklarda mahalliy yer egalaridan tinchlikni saqlovchi yoki, boshqacha so‘zlar bilan aytganda, murosaga keltiruvchi sudyalar tayinlash amaliyoti batamom o‘rnatiladi. Ular dastlab politsiyachilik va sud qilish vakolatlariga ega bo‘lganlar, lekin vaqt o‘tishi bilan sheriflar o‘rniga mahalliy boshqaruvning ancha muhim funksiya-larini bajara boshlaydilar. 1390 yilgi statut bo‘yicha har bir graflikka sakkiztadan murosaga keltiruvchi sudyalar tayinlandi. Murosaga keltiruv-chi sudyalar oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini nazorat qilganlar, uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklarini, jun olib chiqilishini kuzatib turganlar, ishchilar haqidagi (1349 va 1351 yillardagi), bid'atchilar haqidagi (1414 yilgi) qonunlarning hayotga tadbiq qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirganlar va hatto ish haqi miqdorlarini (1427 yilgi statutda) o‘rnatar-dilar. Bu mansabni egallash uchun mulkiy senz yillik daromadning 20 funt sterlingini tashkil etgan.

Murosaga keltiruvchi sudyalarning sud vakolatlariga odam o‘ldirish va o‘ta og‘ir jinoyatlardan tashqari, barcha jinoiy ishlarni ko‘rib hal qilish kirardi. Ishlarni ko‘rib hal qilish bir yilda to‘rt marta chaqirib turiladigan sessiyalarda amalga oshirilgan. Bu majlislar "chorak sessiyalar" sudlari degan nom olgandi.XIII-XIV asrlarda turli darajadagi qirollik sudyalarining soni o‘sdi, ularning ixtisoslashuvi kuchaydi. Shu bilan birga ko‘pgina muas-sasalarning sud va ma’muriy funksiyalari hali ajratilmagan edi. Bu davrda Angliyada: Qirol kursisi sudi, Umumiy tortishuvli sud va Xazina sudi oliy sudlar hisoblanardi.
Xazina sudi birinchi bo‘lib XII asrning 20-yillaridayoq o‘z majlislari bayonini yozib qo‘ya boshlaydi. Bu sud asosan moliyaviy nizolarni ko‘-rishga ixtisoslashtirilib, avval xazina va qirollikdan qarzlarga taalluqli nizolarni ko‘rib hal qilardi.

Umumiy tortishuvli yoki "umumiy kursili" sud ko‘pgina xususiy fuqarolik da’volarini ko‘rib hal qilardi va umumiy huquqning asosiy sudi bo‘lib qolgandi. Sudda barcha debatlar yozilib va manfaatdor tomonlarga tanishish uchun tarqatilardi, XIV asrdan boshlab esa doimo e’lon qilib turilardi. Bu sud huquqni o‘rganuvchi barcha talabalar uchun amaliyot o‘tash joyi ham bo‘lgandi.

Umumiy tortishuvli sud, shuningdek, mahalliy va manorial sudlar ustidan nazoratni amalga oshirardi. Devonxonadan chiqarilgan buyruq bo‘yicha shikoyatlar har qanday boshqa quyi sudlardan olinib, bu sudning ixtiyoriga o‘tkazilishi mumkin edi. Maxsus sud buyruqlari sharofati bilan Umumiy tortishuvli sud boshqa sudlarning sudda yo‘l qo‘ygan xatolarini to‘g‘rilay olardi.
Qirolning shaxsiy sudidan asta-sekin Qirol kursisi sudi shakllanadi. Bu sud XIV asrning oxirigacha faqat qirol va uning yaqin maslahatchilari ishtirokida majlislar o‘tkazardi. U boshqa barcha sudlar uchun, jumladan, Umumiy tortishuvli sud uchun ham, oliy apellyatsion va nazorat instantsiyasi bo‘lib qolgan edi. Biroq vaqt o‘tishi bilan u jinoiy ishlar bo‘yicha apellyatsiyalarni ko‘rishga ixtisoslashtiriladi.

Fuqarolik ishlarining rivojlanishi bilan oliy qirollik sudlarining umu-miy tizimidan Lord-kansler sudi ajralib chiqadi. U masalalarni "adolat yuzasidan" hal qilardi. Bu sudning faoliyati bilan yangi shakldagi jara-yonning va huquq normasi (adolat huquqi)ning vujudga kelishi bog‘liq bo‘lgan.

XIII-XIV asrlarda qirollikning sayyor sud ishlarini yuritish tizimi ancha keng tarmoqli va turlicha edi.
Umumiy sudlarning aylanib yurish tartibi juda noqulay bo‘lganligi va qimmatga tushishi sababli XIII asrda sayyor sudlarning umumiy ayla-nib chiqish muddati yetti yilda bir marta qilib o‘rnatilgan. XIV asrda umu-miy sayyor sudlar o‘z ahamiyatini yo‘qotdi va o‘rnini ancha ixtisoslashgan sayyor komissiyalarga bo‘shatib berdi. Sayyor komissiyalar orasida assiz-lar sudlarini (yerga egalik qilishda imtiyoz huquqi haqidagi nizolarni ko‘-rish bo‘yicha), isyonlar haqidagi ishlar bo‘yicha komissiyani va turmalarni umumiy tekshirish bo‘yicha komissiyani alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Sud ishlarini yuritishda qasamxo‘r maslahatchilarning katta va kichik jyurilari muhim rol o‘ynardi. Katta yoki ayblovchi jyuri ayblovchi qasamxo‘r maslahatchilarning sayyor sudlar tomonidan so‘roq qilinishi protsedurasi munosabati bilan rasmiylashgan. U sudga berish organi bo‘lib qolgan. Katta jyurining bor-yo‘g‘i 23 ta a’zosi bo‘lgan. 12 ta jyuri a’zosi-ning yagona fikri gumon qilinuvchiga nisbatan ayblov hujjatining tasdiq-lanishi uchun kifoya qilardi.


Download 30,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish