Reja: Angliyada parlamentning vujudga kelishi


Ijtimoiy tuzumdagi o`zgarishlar



Download 30,21 Kb.
bet5/6
Sana27.06.2022
Hajmi30,21 Kb.
#710732
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Angliyada parlamentning vujudga kelishi. Parlamentning vujudga kelishi va vakolatlarining kengayishi

Ijtimoiy tuzumdagi o`zgarishlar
IV-XV asrlar mobaynida Angliyaning iqti-sodi va ijtimoiy tuzumida absolutizmning qaror topishiga shart-sharoitlar yaratuvchi muhim o‘zga-rishlar sodir bo‘ldi.

Feodal yer egaligining asta-sekin kapitalizmga o‘sib o‘tishi yuz ber-di. Tovar-pul munosabatlarining va sanoatning rivojlanishi, Angliya juniga bo‘lgan talabning ortishi feodal yer egaligi xo‘jaligining tovar xo‘jaligiga aylanishiga olib keldi. Bularning hammasi kapital jamg‘arilishiga va dastlabki manfakturalarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Dastlabki manfakturalar hammadan avval kapitalistik ishlab chiqarishning rivoj-lanishi yo‘liga to‘sqinlik qilayotgan sex tizimi mavjud bo‘lmagan port va qishloqlarda vujudga keldi.
Angliyada vujudga kelayotgan kapitalistik munosabatlarning o‘ziga xos tomoni shunda ediki, bu yerda kapitalistik munosabatlar shaharga qaraganda qishloqlarga ancha erta kirib kelgandi. Shu munosabatlarning vujudga kelishi jarayonida Angliya feodal davlati mutlaq yakka hokim-likka-absolutizmga o‘tadi.

Feodallar o‘z yer egaliklarini qo‘ylar o‘tlatadigan yaylovlarga aylan-tirish maqsadida ularni kengaytirishga harakat qilib, dehqonlarni o‘z uchastkalaridan haydab, jamoa yerlarini tortib ola boshladilar ("g‘ov tu-tish"ni eslang). Bu qishloq aholisining fermerlarga, kam yerli ijarachilarga va yersiz batraklarga bo‘linib ketishini ancha tezlashtirib yubordi.
XV asrning oxiriga kelib ingliz dehqonlari ikkita asosiy guruh – frigolderlar va kopigolderlarga bo‘linadi. Kopigolderlar - ilgarigi kre-postnoy dehqonlarning avlodlari frigolderlardan farqli o‘laroq, feodallar foydasiga qator natural va pul majburiyatlari o‘tashda davom etardi. Ular-ning yer uchastkalariga nisbatan huquqlari manorlik sudlari qarorlarining nusxa (kopiya)lariga asoslanardi.

XV asrning ikkinchi yarmida feodallar sinfining o‘zida ham tarkibiy jihatdan muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. O‘zaro qizil va oq gullar urushi yirik yer egaligining qudratini sindirdi, eski feodal zodagonlarning qirib tashlanishiga olib keldi. Dunyoviy va ruhoniy feodallarning katta-katta yerlari qirollik tomonidan sotuvga qo‘yildi va shahar burjuaziyasi hamda dehqonlarning yuqori qismi tomonidan sotib olindi. Ayni vaqtda manfaat-lari burjuaziyaning manfaatlari bilan yaqin bo‘lgan dvoryanlar o‘rta taba-qasining roli oshdi. Xuddi shu tabaqadagi dvoryanlar orasidan o‘z xo‘ja-ligini kapitalistik usullarida yurituvchi yangi dvoryanlar shakllandi.

Yagona milliy bozorning rivojlanishi, shuningdek, ijtimoiy kurash-larning keskinlashuvi yangi dvoryanlar va shahar burjuaziyasining mar-kaziy hokimiyatni yanada kuchaytirishga bo‘lgan manfaatdorligiga sabab bo‘ldi.
Dastlabki kapital jamg‘arish davrida dengiz orti hududlarini mustam-lakaga aylantirish kuchaydi: Tyudorlar davrida Shimoliy Amerikada birinchi ingliz mustamlakasi - Virginiyaga asos solindi, XVII asrning bo-shida esa mustamlakachilikka oid Ost-Indiya kompaniyasi tashkil qilindi. Kompaniyalarda qatnashgan savdogarlar savdodan juda ko‘p foyda olar-dilar. Angliya qirollari kompaniyalar tuzishga jon-dili bilan rozi bo‘lardi, chunki savdogarlar ularning xazinasiga katta-katta mablag‘ to‘lab turardilar.
Sex tuzumining kuchsizlanishi shaharda kapitalistik elementlarning rivojlanishini yengillashtirdi. Shahar aholisi orasida tabaqalanish bosh-landi. Savdogarlar va ustalardan iborat shaharliklarning yuqori qismi ajralib chiqdi. Kapitalistik manufakturalarning vujudga kelishi bilan meh-natkashlarni ekspluatatsiya qilish kuchaydi. Bu esa shaharlarda sinfiy kurashning keskinlashuviga olib keldi. Bu kurash dehqonlarning yer uchun va yashash uchun kurashi bilan qo‘shilib ketgan edi (1549 yilgi Robet Ket boshchiligidagi kuchli dehqonlar qo‘zg‘olonini eslang).
Angliyada sinfiy kurashning keskinlashganligi "gadoy va daydilar"ga qarshi chiqarilgan qonunlarda va ish haqini tartibga soluvchi qonunlarda o‘z aksini topdi.

Dehqonlar va shahar kambag‘allarini tutqinlikda ushlab turish va qarshiliklarini bostirish uchun Angliya hukmron doiralari byurokratik boshqaruv apparatiga asoslangan kuchli davlat mashinasini tashkil qiladi.

Download 30,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish