Reja: Asab tizimining tuzilishi va fiziologiyasi



Download 37,2 Kb.
bet3/13
Sana14.06.2022
Hajmi37,2 Kb.
#668839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
11-ma'ruza

GLIAL HUJAYRALAR
Neyronlar oralig‘i glial hujayralar bilan toigan. Bu hujayralar miya kul rang moddasining 30-56% hajmini egallaydi. Nerv va glial hujayralar o‘rtasida eni 20 nm bo`lgan, hujayralararo suyuqlikka toigan yiriq bor. Glial hujayralar ikki xilga – astrotsitlar va oligodendrotsitlarga bo`linadi. Astrotsitlarda tanasidan har tarafga taralgan o‘siqlar ko‘p. Oligodendrotsitlarning o‘siqlari kam. Astrotsitlar miya kapillyarlariga yaqin joylashgan, oligodendrotsitlar esa neyronlarning aksonlari bilan bog‘langan. Oligodendrotsitlar soni astrotsitlar sonidan 10-15% ko‘p. Glial hujayralarning miyadagi umumiy soni 100 milliarddan oshadi.
Oligodendrotsitlar neyronlardan ajratib turuvchi bir nechta muhim xossalari bor. Ulardan birinchisi – glial hujayralar hayot davomida bo`linish qobiliyatini yo‘qotmaydi. Ikkinchidan, glial hujayralar o‘siqlari bilan neyronlarni ‖paypaslab‖, faol harakat qiladi. Oligodendrotsitlar rittmik ravishda goh kattalashib, goh kichiklashib tuaradi. Glial hujayralar katta miqdordagi – (80-90 mV) membrana potensialiga ega bo`lsada, ularda harakat potensiali vujudga kelmaydi. Faqat tevarak-atrofdagi neyronlar uzoq qo‘zg‘alib turganda, glial hujayralarning membrana potensiali ma‘lum chegarada pasayadi.
Glial hujayralarning funksiyalaridan biri miyelin hosil qilishidir. Oligodendrotsitlarning o‘sig‘i akson atrofida bir necha marta o‘ralib, miyelin parda shakllaydi. Miyelin elektr tokiga yuqori qarshilik ko‘rsatganidan, tolalarning elektr izolyatsiyasini ta‘minlaydi. Oligodendrotsit o‘sig‘i akson atrofida qancha ko‘p aylansa, tolaning elektr izolyatsiyasi shuncha ishonchli bo`ladi. Har bir oligodendrotsitning 30 ga yaqin o‘sig‘i bo`lishi mumkin. Demak, bir glial hujayra akson atrofida 30 ta bo‘g‘indan iborat miyelin parda hosil qiladi. Aksonlarning MNT dan tashqaridagi qismida miyelin pardani oligodendrotsitlarning bir turi – Shvann hujayralari o‘siqlari shakllaydi. Agar Shvann hujayrasi akson atrofida bir qavat parda hosil qilgan bo`lsa, u miyelinsiz tola deyiladi. Atrofida Shvann hujayrasi o‘sig‘i ko‘p marta aylangan, ko‘p qavatli pardaga ega bo`lgan tola miyelinli tola deyiladi. Miyelin parda ma‘lum teng masofalarda (1-2 mm) uzilgani tufayli Ranvye bo‘g‘ilmalari hosil bo`ladi. Ranvye bo‘g‘ilmalarida tola miyelin bilan qoplanmagan. Qozg‘alishning miyelinli va miyelinsiz tolalar orqali o‘tkazilishida katta farq bor.
Glial hujayralar elektrolitlar va mediatorlar almashinuvida katta ahamiyatga ega. Neyronlarning uzoq vaqt faol holatda bo`lishi kaliy ionlarining hujayradan tashqariga chiqishiga va tashqi suyuqlikda kaliy miqdorining sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Bu o‘zgarish neyron qo‘sg‘aluvchanligiga katta ta‘sir qilishi mumkin. Ammo glial hujayralar membranasi kaliyga nisbatan yuqori o‘tkazuvchanlikka ega. Shu tufayli ortiqcha kaliy ionlari glial hujayralarga o‘tadi. Neyronlar tinch holatga o‘tishi bilan kaliy hujayralararo suyuqlik orqali ularga qaytib kiradi. Neyronlar faol bo`lganidan glial hujayralar sinapslar atrofida ko‘payib ketgan mediatorlarni ham o‘zida vaqtincha saqlab turadi.
Glial hujayralar himoya funksiyasini ham bajaradi. Astrotsitlar va ular qoplab turgan miya kapillyarlarining devori qonni neyronlardan ajratib turadigan to‘siq – gematoensefalik to‘siqni hosil qiladi. Bu to‘siq miyaning ichki muhiti – serebrospinal suyuqlikning barqarorligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Gematoensefalik to‘siqdan ko‘p moddalar, jumladn toksinlar, ba‘zi biologik faol moddalar neyronlar atrofidagi suyuqlikka o‘ta olmaydi. Bundan tashqari, glial hujayralar fagotsitoz qobiliyatiga ega.
Glial hujayralar neyronlarga trofik faoliyat ko‘rsatadi. Astrotsitlar bevosita miya kapillyarlarida joylashgan. Shu tufayli kislorod va almashinuv uchun zarur moddalar bilan yaxshi ta‘minlanadi. Neyronlarning ba]zi moddalar bilan ta‘minlanishida va ulardan almashinuv qoldiqlarining yo‘qotilishida glial hujayralar ishtirok etadi.
Keyingi yillarda glial hujayralar shartli reflekslar hosil bo`lishida, xotira mexanizmlarida muhim ahamiyatga ega degan fikrlar aytilmoqda.

Download 37,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish