Reja: Jismoniy madaniyat tarixi fani bu mustaqil sohasi ekanligi



Download 44,57 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi44,57 Kb.
#902421
Bog'liq
1-mavzu


1-MAVZU: JISMONIY MADANIYAT TARIXI FANINING MAQSADI HAMDA VAZIFALARI
REJA:
1. Jismoniy madaniyat tarixi fani bu mustaqil sohasi ekanligi.
2. Jismoniy madaniyat tarixining muhim vazifasi
3. Boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Jismoniy madaniyat tarixi fani bu mustaqil sohasi bo‘lib, jismoniy madaniyat va sportga doir ilmiy bilimlarning muhim tarkibiy qismidir.

Jismoniy madaniyat tarixining muhim vazifasi ibtidoyi jamoa tuzimida jismoniy mashqlarni mehnat orqali paydo bo‘lganligi, ikki davr ya’ni onalik urug‘chilik va otalik urug‘chilik davrlarida jismoniy madaniyatni rivojlanish xususiyatlari, urug‘chilik davrining yemirilishi va quldorlik munosabatlarni vujudga kelishida jismoniy madaniyat, quldorlik davrida jismoniy madaniyat shakllari, feodal tuzimida jismoniy madaniyat, feodalizmni yemirilishi davrida buyuk gumanistlar jismoniy madaniyat haqidagi fikrlari, yangi davrni boshlarida chet mamlakatlarda sport o‘yinlarini rivojlanishi, xalqaro olimpiya qo‘mitasining tashkil etilishi va uning kongresslari, markaziy Osiyoga jismoniy madaniyatni kirib kelishi va rivojlanishi, xalq qo‘shinlarining harbiy va jismoniy tayyorgarligi, hamda O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sportni rivojlanishi va milliy olimpiya qo‘mitasini tashkil etilishi, barkamol avlodni madaniyatlashda jismoniy madaniyatning roli va o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan.


Jismoniy madaniyatning kelib chiqishi haqidagi masala jismoniy madaniyat tarixining eng muhim muammolaridan biri bo‘lib, prinsipial metodologik ahamiyatiga egadir. Bu masalani ko‘pgina burjuda olimlari hal etishga o‘rinib ko‘rdilar. Ularning tadqiqotlari bu muammoni o‘rganish borasida ma’lum rol o‘ynaydi. Biroq ular bu muammoni o‘z sinf manfaatlari nuqtai nazaridan hal etib, tarixni buzib ko‘satdilar, soxtalashtiradilar.
Leturno, Espinas, Gross, Byuxer, Shiller, Spenser va boshqa chet el olimlari jismoniy madaniyat hayvonlarining o‘yinidan kelib chiqqan, degan nazariyani olg‘a suradilar. Freyd va uning izdoshlari, o‘yin individualning to‘la qimmatiga ega bo‘lmaganligidan dalolat beradi, deb isbotlashga urinib ko‘radilar, chunki o‘yinda go‘yo insonning turmush qiyinchiliklaridan hayolat olamiga ketishiga urinishi ifodalanar emish. Jismoniy madaniyat va diniy marosimlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi burjua nazariyalari ham xuddi shu ta’limotga asoslanadi. Qator chet ellik tadqiqotchilar-Byuxer, Nering, Maksimov, Shternberg va boshqalar, hayvonlarning qo’lga o‘rgatilishi va umuman, mehnat ibtidoiy o‘yin va raqslardan kelib chiqqan deb ta’kidlaganlar.
Ularning fikrlariga ko‘ra “o‘yin mehnatdan kattadir” yoki “mehnat bu o‘yinni bolasidir” deganlar. G.V.Plexanov “Ibtidoiy o‘yinlari jismoniy mashqlar biologik faktorlardan emas, balki odamlarning mehnat foliyatidan kelib chiqqan” ligini ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Ayrim kishi hayotida o‘yin mehnatdan oldin bo‘lsa ham, umuman, jamiyatda esa u faqat mehnatni aks ettiradi. U “mehnat o‘yindan kattadir”, “o‘yin bu mehnat bolasidir” – degan edi.
In an era of the health and fitness entrepreneur, sport has become even more significant and pervasive in American society. Sport has become a multibillion-dollar industry that places unique demands on its personnel and increasingly requires specialized training. Leturno, Espinas, Gross, Byuxer, Shiller Jobs in the sport industry involve a variety of skills applicable to the sport setting and specific to the increasingly complex and multifaceted areas it represents. Sport management is now recognized by the sport industry as a legitimate profession and field of study in colleges and universities throughout the United States, Canada, and other sport-oriented countries; as a result, a new profession has arrived on the scene.1
Odamlarning toshni maydalashga va yorishga hamda yog‘ochdan oddiy qurollar yasashga o‘rganishlari uchun necha yuz ming yillar kerak bo‘ladi.
Jismoniy madaniyat unumlim mehnat jarayonida paydo bo‘lgan. Inson asrlar davomida tabiat bilan kurashishda o‘z kuchlarini oshirib borish bilan birga mehnat qurollarini takomillashtirib bordi. Mehnat jarayonida jismoniy va aqliy qobiliyatlarini to‘xtovsiz rivojlanib bordi. Kishining mehnat qobiliyatida jismoniy mashqlar ham vujudga keldi. Va rivojlanib bordi.
Jismoniy madaniyat tarixi fani qadim zamonlardan boshlab, shu kungacha turli xalqlarda jismoniy madaniyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va o’rganish bilan shug’ullanadi. Uning vazifasi turlicha tarixiy davrlarda jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyoti, jismoniy madaniyat shakllari, usullari, vositalari va kishilarning sport sohasidagi faoliyatining tahlilini berishdan iborat. Jismoniy madaniyat va sport tarixi fanini o’rganish davrlari:
I. Qadimgi dunyoda jismoniy madaniyat (mil.av. VIII mingyillikdan - milodiy. IV asrgacha)
II. O’rta asrlar davrida jismoniy madaniyat (V - XVII asrlar)
III. Yangai davrda jismoniy madaniyat va sport (XVIII – XIX asr oxiri)
IV. Eng yangi davrda jismoniy madaniyat va sport (XX asrning boshlari – hozirgi kungacha).
Jismoniy madaniyat va sport tarixi fanini o’rganish manbalari:
- qadimgi jismoniy madaniyatga oid arxeologik va etnografik manbalar;
- jismoniy madaniyat va sportga doir arxiv materiallari, ilmiy kitoblar va boshqa yozma manbalar;
- jismoniy madaniyat va sportga oid tasviriy san’at asarlari, badiiy kitoblar, kino, foto, fonomateriallar;
- turli xalqlar jismoniy madaniyatining rivojlanishi to’g’risidagi amaliy ma’lumotlar (sport yutuqlari, sport rekordlari);
- jismoniy madaniyat va sportga doir hukumat qonunlari, qaror va farmonlari, maxsus rasmiy hujjatlari.
Ashyoviy va yozma yodgorliklar, xalq doston va eposlari, jismoniy madaniyatning taraqqiy etish amaliyotlari ham jismoniy madaniyat tarixini o’rganish manbalari bo’lib xizmat qiladi.
Jismoniy madaniyat tarixining muhim vazifasi jahon xalqlari jismoniy tarbiyasining xususiyatlarini o’rganish va uning rivojlanish yo’llarini aniqlashdir.
Ijtimoiy fanlardan biri hisoblangan jismoniy madaniyat tarixi fanining eng muhim vazifasi – bo’lajak jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini yuksak g’oyaviylik, vatanga sadoqat, milliy iftixor va insonparvarlik ruhida tarbiyalashdir. Jismoniy madaniyat va sport tarixi farmining o'qitishdan maqsad - talabalarning jismoniy madaniyat va sportning turli tarixiy davrlarda rivojlnish qonuniyatlari, tizimlari to'g'risidagi nazariy bilimlarni shakllartirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga jismoniy madaniyat va sport tarixini ilmiy - nazariy jihatdan tahlil qilish, jismoniy madaniyat va sport sohasida erishilgan yutuqlarni, O'zbekistonda jismoniy madaniyat va sport tarixini, usullari va vositalarini, shakllarini hamda eng ilg'or tajribalarda foydalanishni o'rgatishdan iborat. Jismoniy madaniyat tarixi o'quv fanining o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
  • nazariy va amaliy mashg'ulotlarda jismoniy harakat, jismoniy madaniyatni paydo bo'lish davrlarini rivojlanish tarixi,


  • O'zbekistonda jismoniy madaniyat va sport harakatini rivojlantirish tarixi to'g'risidagi bilimlarga,


  • jismoniy madaniyat va sport tarixining asosiy davrlarini, rivojlantirish qonuniyatlarini bilishi kerak;


  • fanni o'rganishning tamoillarini, xalqaro sport va olimpiya harakati tarixini, uning rivojlanish bosqichlari va asosiy xususiyatlarini to'g'ri aniqlash ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak;


  • ilmiy nazariy jihatdan olingan bilimlarni tahlil qila olish kerak;


  • amaliy mashg'ulotlarda mustaqil fikr yuritishi, mavzularga ijodiy yondoshish malakalariga ega bo'lishi kerak;


  • fan bo'yicha o'zining fikr mulohazalarini to'liq, aniq bayon etishi kerak.


Jismoniy madaniyat va sport tarixi fani o'quv rejasiga kiritilgan pedagogika, O'zbekiston tarixi, sotsiologiya, falsafa, tibbiy biologik fanlar, tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati hamda jismoniy madaniyat va sportni boshqarish fanlari bilan uzviy aloqada o'qitiladi.


Jismoniy madaniyat jahon xalqlarining umumiy madaniyati mazmunidan chuqur o'rin egallamoqda. Uni o'qitish, o’rganish va ilmiy tadqiqot olib borish bugunning dolzarb muammolaridan biridir.
«Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi», - deb yangi tariximizga yo'l ochib beidi. (O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov) Buni yurtimizning mustaqilligi yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy madaniy islohotlarning samarali natijalarida ko'rish mumkin.
Jahon xalqlari tarixi, shuningdek, O'zbekiston xalqlari tarixida jismoniy madaniyat va sport tarixining ham o'ziga xos xususiyatlari hamda ijtimoiy-tarbiyaviy o'rni g'oyat kattadir.
O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport univversiteti (O'zDJTSU) va Respublika oliy o'quv yurtlarininig jismoniy madaniyat fakul'tetlari, shuningdek, pedagogika kasb-hunar kollejlarining jismoniy madaniyat bo'limlari, Olimpiya o'rinbosarlari kasb-hunar kollejlarida Davlat ta'lim standartlari asosida «Jismoniy madaniyat va sport tarixi» fan sifatida kiritilgan. Jismoniy madaniyat va sport sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning nazariy bilim hamda amaliy malakalarini oshirishda «Jismoniy madaniyat va sport tarixi hamda jismoniy madaniyat harakatini tashkil etish va boshqarish» fani asosiy mutaxassislik fanlaridan bin bo'lib hisoblanadi.
«Jismoniy madaniyat va sport tarixi» ixtisoslikka oid maxsus fan sifatida, eng avvalo, milliy qadriyatlar, ijtimoiy, madaniyat taraqqiyoti natijalari, mustaqillik yillarida joriy etilgan qonunlar, qarorlar, farmonlar, nizomlar hamda O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida asoslab berilgan g'oyalarga tayanadi. Ularni jismoniy madaniyat ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida o'ziga metodologik asos qilib oladi.
Shuningdek, jahon miqyosidagi va O'zbekiston sharoitidagi jismoniy madaniyat va sport taraqqiyoti fanning mazmunini tashkil etadi. Bu fan sport turlari tarixi, pedagogika tarixi, jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati hamda boshqa fanlar bilan uzviy bog'liq holda o'rganilmoqda va rivojlanmoqda.
Jismoniy madaniyat va sport tarixi fanini o’rganishda mutaxassis olimlar Rl.Ismoilov, Yu.S.Sholomitskiy, R.Abdumalikov, J.T.Toshpo'latov, A.K.Akramov, H.A.Botirov va boshqalarning o'quv qo'llanmalari, ilmiy-ommabop risolalaridan foydalaniladi. Ularning asarlariga asosan insoniyat taraqqiyotining ilk davridan boshlab to hozirgi kungacha bo'lgan jismoniy madaniyat tarixining rivojlanish yo'llarini o'iganish imkoniyatiga ega bo'lmoqdamiz.
Jismoniy madaniyat harakatida mutaxassis kadrlarga bo'lgan talablar va ehtiyojlar ijtimoiy turmush hamda mehnatda, ayniqsa, Xalqaro sport harakatida doimiy ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiaton Respulikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi Qonuni, “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Sog'lom avlod davlat dasturi”, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini hayotga singdirish, bolalar sportini rivojlantirish, o'quvchi yoshlarning «Umid nihollari», «Barkamol avlod» sport o'yinlari hamda talabalar «Universiada» larini tashkil qilishda asosiy maqsad buyuk kelajakning har tomonlama barkamol avlodlarini tarbiyalashdir. Aholining salomatligini yaxshilash, barkamol avlodning ma'naviy va jis­moniy rivojlanishini ta'minlashda jismoniy madaniyat va sportning nazariy asoslarini singdirish muhim vazifalardan biri qilib qo'yilmoqda.
Bu jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarining zimmasiga g'oyat katta sharafli mas'uliyatni yuklamoqda. Shu sababdan jismoniy tarbiya va sport bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor berilmoqda. Jismoniy madaniyat va sportining mohiyatini tushuntirish, ularni targ'ibot qilish, barcha sport turlari tarixi, xalq milliy o'yinlari tarixi bilan tanishtirish muhim ahamiyatga egadir. Bu yo'lda ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan madaniy-tarbiyaviy va ilmiy meroslar mazmunidagi jismoniy tarbiya hamda uning tarixi asosida ta'lim-tarbiya berishni davr taqozo etmoqda.
O'zbekistonda jismoniy madaniyat va sportning tarkib topishi va ijtimoiy tuzumlar asosida uning rivojlanishiga doir mukammal ishlangan o'quv qo'llanmalar darslik deyarli yo'q.
R.Ismoilov va Yu.Sholomitskiy ilk bor (1968) «O'zbekistonda fizkultura tarixi» o'quv qo'llanmani yaratgan. Unda qadimgi ajdodlarimizning jismoniy madaniyati haqida jiddiy ma'lumotlar uchramaydi. X.A.Botirov (1993) va A.K.Akramov (1997) «Jismoniy madaniyat va sport tarixi» ommabop va o'quv qo'llanmalarida ajdodlarimiz jismoniy madaniyati to'laqonlik bilan mazmun topmagan. R.Abdumalikov, J.E.Eshnazarov «Ajdodlar jismoniy madaniyati tarixini o'rganish masalalari» (1993) o'quv qo'llanmasida asosan xalq og'zaki ijodi durdonalari, tarixiy muzeylardagi ashyolar, Rossiya olimlarining tadqiqotlari natijalaridagi ba'zi ma'lumotlarga tayangan holda mazkur muammoga ozroq bo'lsada, oydinlik kiritilgan.
O'zbekistonning mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq (1991) mamlakat tarixini qayta yoritish va barcha voqeliklami ochiq-oydin ko'rsatish vazifa qilib qo'yildi. Respublika birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi» - degan so'zlari asosida «O'zbekistonning yangi tarixi» (3 ta kitob, 2000 y.) nashrdan chiqarildi. Tarixiy jarayonlar bu kitoblarda «Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida» (1-kitob), «O'zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida» (2-kitob), «Mustaqil O'zbekiston tarixi» (3-kitob) o'z nomi bilan asosli ravishda ifoda topdi.
Dunyodagi juda ko'p mamlakatlar hozirgi O'zbekiston va uning tarixiy o'tmishini yaxshi bilishadi va yanada chuqurroq o'rganish maqsadida ularning rasmiy vakillari yurtimizga tez-tez tashrif buyurishmoqda. Bu jarayonlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa rasmiy rahbarlar hamda mutaxassislarning chet ellarga qilgan rasmiy safarlarida ayniqsa, ko'proq namoyon bo'ldi.
Jahonda buyuk tarixiy o'zgarishlar yuz bermoqda. Bu yo'lda O'zbekiston mustaqil davlat maqomini o'z qo'liga kiritdi. Shu sababdan, mamlakatimiz jahondagi buyuk va eng taraqqiy etgan mamlakatlar (AQSH, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya va h.k.) bilan yelkama-yelka bo'lib faoliyat ko'rsatmoqda. Shular qatorida Arab mamlakatlari, Hindiston, Yevropa va boshqa mintaqalardagi davlatlar bilan ham madaniy aloqalarni kuchaytirmoqda.
Milliy madaniyat taraqqiyotida O'zbekiston dunyo davlatlari, hatto butun Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida o'ziga xos xususiyatlar O'zbekiston o'zining geografik va tabiiy qulayliklariga ko'ra qadimdan insoniyat tarixining ilg'or madaniy markazlaridan joy olib kelgan.
Asosiy adabiyotlar.
1. Xoldorov T.X, Nurmatov F.A., Yunusova D.S. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish T.: 2008 у 12-18 b.
2. Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. T.: 2002 yil. 5 – 25 b.


Qo’shimcha adabiyotlar
1. David C.Watt Sports management and administration 1998 David C.Watt. Р 29.
2. J. Eshnazarov Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish T.: 2008
3. Abdumalikov R. Eshnazarov J. Ajdodlar jismoniy madaniyat va sport tarixini o’rgatish masalalari.
Download 44,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish