Reja: Kirish Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati


Har bir davlat oʻz milliy strategiyasiga ega boʻlishi zarur



Download 0,64 Mb.
bet10/11
Sana30.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#598740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
107 O\'zbekiston milliy universiteti “makroiqtisodiyot “ kafedrasi

Har bir davlat oʻz milliy strategiyasiga ega boʻlishi zarur
Dunyoning ayrim mamlakatlarida ­tashqi qarzning kritik darajasi yuqo­rilab borayotganligi nafaqat mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligi, balki dunyo iqtisodiyoti barqarorligi nuqtayi nazaridan ham xavf-xatarlar keltirib ­chiqarayotganligi bor haqiqat.
Bir qator rivojlangan va jadal rivojlanayotgan mamlakatlar umumiy qarz majburiyatlarida nafaqat davlat qarzining, balki tijorat banklari va korporativ sektorning qarzlari keskin oshib ketishi iqtisodiyotda jiddiy muammolarni keltirib chiqarganligi jahon moliyaviy inqirozi avj olgan paytida YEIning Gretsiya, Portugaliya, Ispaniya kabi mamlakatlari misolida kuzatildi. Ushbu mamlakatlar tajribasi qarz­dorlik darajasini doimiy nazorat qilish, qarzlarning nooʻrin oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, tashqi va ichki qarz­larni samarali boshqarishda har bir davlat oʻzining milliy strategiyasiga ega boʻlishi zarurligini koʻrsatadi.
Oʻzbekiston sharoitida ichki kapital bozori endi shakllanayotgan paytda tizimli islohotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda hozircha yagona muqobil manba — tashqi qarz boʻlib qo­layotganligini hisobga olgan holda mamlakatning investitsiya va qarz bozorining moliyaviy dastaklari hamda mexanizmlarini tezroq ishga solish choralarini koʻrish maqsadga muvofiq. Bunda aholining qoʻlidagi mablagʻlarni iqtisodiyotga samarali jalb qilish muhim vazifadir. Ayni paytda aholi ixtiyorida 10 mlrd. AQSH dollari miqdorida mablagʻlar mavjudligi taxmin qilin­moqda.
Masalan, hozirgi paytda ayrimlarning oʻz sarmoyasini saqlash maqsadida Toshkent shahrining eng nufuzli hududlaridan, ehtiyoji boʻlmasa ham uy-joylar sotib olayotganligini hisobga ­olsak, ushbu taxminlar nooʻrin emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shunday ekan, ushbu mablagʻlarni iqtisodiyotimizga samarali investitsiya sifatida jalb qilish davlatning tashqi qarzlarga boʻlgan talabini bir oz boʻlsa ham qisqartirgan boʻlar edi. Buning uchun aholining qimmatli qogʻozlarga boʻlgan ishonchi va ishtiyoqini oshirish maqsadida maxsus qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tijorat banklari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri sotish imkoniyatlarini chuqur oʻrganishimiz kerak. Bunday amaliyotni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish kapital bozori rivojlanishining dastlabki bosqichida real iqtisodiyotni moliyaviy mablagʻlar bilan taʼminlashda hamda Davlat ­byudjetining taqchilligini qoplashning samarali vositasi sifatida xizmat qiladi.
Qisqacha aytganda, davlat qarzi va tashqi qarz masalasida Oʻzbekiston jiddiy muammolarga toʻqnash kelmaganligi, eng avvalo, Prezidentimizning uzoqni koʻzlab olib borayotgan iqtisodiy siyosatining natijasidir. Davlat qarzini boshqarishning milliy strategiyasida belgilangan vazifalar Prezidentimiz tomonidan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar bilan hamohang boʻlib, unda tashqi qarz portfelini optimallashtirish va ichki qarz bozorini rivojlantirish evaziga ichki mablagʻlarni iqtisodiyotning eng ustuvor yoʻnalishlari hamda dolzarb loyihalariga qa­ratish strategik ahamiyat kasb etgan. Buning tasdigʻini xalqaro moliya tashkilotlari monitoring guruhlarining ­berayotgan xulosalaridan ham topish mumkin.


Xulosa
Har bir mamlakat o‘z xarajatlarini soliqlar yoki qarzlar bilan moliyalashtirishni mo‘ljallaydi va defolt kutilmaydi. Qarz olish davlatni diskontlash yo‘li bilan joriy vaqtga keltirilgan soliqlar undirish zaruratidan ozod qilmaydi. Qarzlar miqdori va shakllarini tanlash soliqlarning kutiladigan joriy qiymatiga ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo soliqlar yig‘ish grafigiga va soliqlarning iqtisodiy oqibatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Davlat qarzini boshqarishning maqsadi xarajatlarni moliyalashtirishdan ko‘riladigan zararning joriy qiymatini minimallashtiriladi. Fan yutuqlari davlat qarzini boshqaruvchilar tafakkurida davlat qarzini boshqarish maqsadlariga erishish vositalariga aylanadi. Davlat tomonidan olinayotgan qarzlar bu davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini moliya bozorlaridan qarz olish yo‘li bilan jalb qilishdagi davlat faoliyatidir. Davlat olayotgan qarzlari davlat nomidan qarz olishni amalga oshirish vakolatini olgan davlat organlarining qarz majburiyatlari hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, ular davlatning qarzdorlik qimmatli qog‘ozlari bo‘lib, bozorda erkin aylanishi mumkin bo‘ladi. Davlat qarzdorliklari ikkita vazifani bajaradi: davlat g‘aznasiga pul mablag‘larini jalb etish va iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish. Davlat qarzlarini boshqarish davlat moliyaviy resurslar fondini shakllantirish va uni taqsimlash tizimini o‘rganish bilan birga, iqtisodiy-matematik modellar orqali amaliyotda vujudga keladigan iqtisodiy muammolarni tahlil qilishda va ularning yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, Davlat krediti va davlat qarzlarini boshqarish va uning maqsadlari O’zbekistonda innovatsion loyihalar olib borish har xil sohalarni rivojlantirish hususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida, iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida, ijtimoiy rivojlanish sohasida, va ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan.



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish