Reja: Kirish Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati


-Rasm. Davlat qarzining valyuta tarkibi (2020 y.)



Download 0,64 Mb.
bet6/11
Sana30.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#598740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
107 O\'zbekiston milliy universiteti “makroiqtisodiyot “ kafedrasi

4-Rasm. Davlat qarzining valyuta tarkibi (2020 y.)

Qayd qilish kerakki, davlat tashqi qarzining manbalari diversifikasiyasi ta'minlangan bo‘lib, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hissasiga davlat tashqi qarzining 45,7 foizi to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston Respublikasining asosiy kreditor mamlakatlari Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, AQSh, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Pol'sha, Saudiya Arabistoni, va boshqa mamlakatlarning xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri kelib, asosan turli investision dasturlarni Hukumat kafolatlari ostida moliyalashtirilishi uchun qarz mablag‘lari jalb etilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi oldidagi qarz majburiyatlari davlat tashqi qarzining 20,6 foizini tashkil etadi. Mazkur qarz mablag‘lari mamlakatimizdagi davlat korxonalari tomonidan yuqori rentabelli va eksportga yo‘naltirilgan investision loyihalarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki va Xitoy EksportImport Bankidan jalb etilgan bo‘lib, Hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyati hisoblanmaydi. Xitoy Xalq Respublikasi oldidagi qarzdorlik bo‘yicha xarajatlar davlat korxonalari tomonidan investision loyihalarni moliyalashtirish natijasida tushgan mablag‘lar hisobidan so‘ndiriladi.


5-Rasm. Xorijiy Hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan davlat tashqi qarzi qoldig’I (2020-yil)

Shuni ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan qarz mablag‘larini jalb qilishda konservativ yondashuvga va xatarlarni boshqarish tamoyillariga amal qiladi. Shuningdek, davlat tashqi qarzini makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlash, uni diversifikasiyalash va xatarlarni samarali boshqarishni ta'minlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlikda 2020-2022 yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzini boshqarish strategiyasi ishlab chiqildi.8


Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlikda “2020-2022 yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzini boshqarish strategiyasi” loyihasi ishlab chiqildi. Strategiya mohiyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzini boshqarishda quyidagi ustuvor maqsadlarga qat'iy rioya qilishni nazarda tutadi. Hukumatning jami qarzga bo‘lgan ehtiyojini eng maqbul narxlarda moliyalashtirish, davlat qarzini jalb qilishda xarajat va xatarlar mutanosibligini ta'minlash hamda davlat qarzi portfelini diversifikasiya qilish. Strategiyani ishlab chiqishda, 2020-2022 yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarzga bo‘lgan ehtiyoji aniqlandi. Hukumatning qarzga bo‘lgan ehtiyojini moliyalashtirishning muqobil strategiyalari tahlil qilindi; Ma'lumot uchun: 2019 yilning 1-11 aprel' kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Davlat qarzini boshqarishning o‘rta muddatli strategiyasini ishlab chiqishda texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasining qo‘shma texnik missiyasi tashrifi amalga oshirildi. Missiya vakillari tomonidan 2019 yilning oktyabr' oyida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga texnik ko‘mak hisoboti taqdim etildi. Mazkur hisobotda keltirilgan taklif va mulohazalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan davlat qarzini boshqarish strategiyasida aks ettirilgan. Jahon bankining ta'kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi 2030 yilga qadar yuqori o‘rta daromadli (upper middle-income) mamlakatlar qatoriga qo‘shiladi.9 Bu, o‘z navbatida, mamlakatning imtiyozli kreditlar olish imkoniyatini cheklab, uning qarzga bo‘lgan ehtiyojini tijorat shartlarida moliyalashtirishni taqozo etadi. Shunday ekan, barcha muqobil strategiyalarda mahalliy instrumentlarning jami moliyalashtirish manbalaridagi ulushini oshirish, asta-sekinlik bilan tijorat shartlarida davlat qarzini jalb qilish hamda mahalliy qarz bozorini faollashtirish ustuvor maqsad etib tanlandi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish